ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

“Nutq madaniyati va notiqning so‘z qo‘llash mahorati”

초록

Ushbu maqolada nutqning og‘zaki va yozma shakllari,  qay  darajada nutq madaniyatining mukammalligi haqida so‘z  yuritilgan. Shuningdek, notiqning so‘z qo‘llash mahorati  qanday  ekanligi  misollar tariqasida  ko‘rsatib berilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

“Nutq madaniyati va notiqning so‘z qo‘llash mahorati”

Termiz davlat pedagogika instituti

Filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich 306-guruh

talabasi

Qudratova Manija Shohmansur qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada nutqning og‘zaki va yozma shakllari, qay darajada nutq madaniyatining mukammalligi haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, notiqning so‘z qo‘llash mahorati qanday ekanligi misollar tariqasida ko‘rsatib berilgan.

Kalit so‘zlar: Nutq, til, madaniyat, ixchamlik, mahorat, og‘zaki nutq, yozma nutq, nutq madaniyati, qisqalik.

Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi.

Har bir inson o‘zining mukammal va shaxsiy nutqiga egadir. Inson bir-biri bilan so‘zlashganda va muloqotda bo‘lganida ana o‘sha nutqdan foydalanadi. Nutq ikki shaklga ega: og‘zaki va yozma. U nutq xoh og‘zaki xoh yozma bo‘lmasin shaxs o‘zining fikrini bu nutq turlarining birida to‘liq aks etadi. Ushbu shakllarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga, o‘z normalariga ega. Yaxshi gapirishni biladigan kishi har doim ham yaxshi yozishni bilmaydi va aksincha: savodli yozuvchi ba’zida og‘zaki nutqlarda qiyinchiliklarga duch keladi. Shubhasiz, gapirish va yozish psixologiyasi bir xil emas. Og‘zaki va yozma til – bu odamlar orqali bir-biri bilan aloqa qilishning ikki shakli. Ba’zi insonlar o‘zining shaxsiy fikrini og‘zaki yoki yozma nutq bilan ifodalab beradi. Bunda shaxs qaysi nutq turidan foydalanishi o‘zining xohish irodasiga bog‘liqdir. Ayrimlar og‘zaki nutq bilan o‘z fikrlarini mukammal tarzda ifodalab beradi va aksincha ba’zilar esa yozma nutq bilan to‘liq namoyon etadi. Og‘zaki nutq egalari yozma nutq egalaridan ko‘ra ancha kuchliroq bo‘lishlari mumkin, yozma nutq egalarini esa og‘zaki nutq egalaridan farqlash osonroqdir. Ayrim shaxslar og‘zaki nutqda ham yozma nutqda ham ancha boy va mukammal bilimlarga egadir. Bunday shaxslar o‘z ustidan tinimsiz mehnat qiladigan va har nutq jarayonida, oqimini tushunishini talab qiladi. U o‘ylash va o‘ylash uchun vaqt bermaydi. Yozma nutq nafaqat ruxsat beradi, balki ko‘pincha yozuvchidan fikrlash, xulosa va mulohaza qilish uchun ma’lum bir muddat vaqt ajratadi. Og‘zaki nutq aytilgan fikrlarni takrorlashga imkon beradi, tinglovchiga yuz ifodalari, intonatsiya, imo-ishora kabi vositalarni qo‘llaydi. Yozma nutqda uning tarkibini tushunishga yordam beradigan barcha yordamchi vositalar mavjud emas. Shuning uchun fikrlarni yozma ravishda ifodalashda, tinglovchilar uchun emas, balki o‘quvchi uchun ham bayon mazmunini tushunish qiyinroq ekanligini hisobga olishingiz kerak.

Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir. Bunda shaxs o‘zining nutqi orqali o‘qish savodxonligini qay darajada talaffuz qilishi va o‘zida bor nutqni tinglovchiga qanday yetkazib berishiga ham bog‘liqdir. Chiroyli so‘zlashuv, chiroyli nutq bu albatta insonning bilimni qay tarzda qabul qilishiga va yetkazib berishiga ham o‘z ahamiyatini ko‘rsatadi. Nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. Masalan, inson muloqot davomida nimani xohlashi va insonlarga shuningdek, muloqotda bo‘lgan kishiga nisbatan qanday fikrda ekanligini to‘liq tushunmasakda uning miqdorini oz bo‘lsa ham anglay olamiz. Nutq tufayli va nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻy-xayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy nutq, ilmiy nutq, rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniqlik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak. Eshitish qobiliyati past yoki ko‘rish qobiliyatidan aziyat chekadigan odamlar odatda noaniq, tushunarsiz, o‘qish va yozishda xato qilishadi. Nutqning xususiyatlari insonning psixologik xususiyatlariga, uning holati va xarakteriga bog‘liq. Og‘zaki va yozma nutq shakllari, shuningdek nutqning to‘rt turi mavjud: nutq, tinglash, yozish va o‘qish.

Nutq madaniyati avvalo, to‘gri, adabiy til meyorlariga amal qilgan holda so‘zlashdir. Nutq madaniyatining yuqori darajasi madaniyatli kishining ajralmas xususiyati hisoblanadi. Bu tarzda shakllanish insonlarning muhit ta’sirida qay tarzda yashashi, atrofdagilar va oila a’zolariga qay tarzda muomala qilishiga ham bog‘liqdir. Soxtalik va qalloblik qilish hammaning ham qo‘lidan kelishi mumkin, lekin chiroyli nutq so‘zlash, nutq madaniyatiga rioya qilish hammaning qo‘lidan keladigan harakat emasdir. To‘g‘ri, oz fursatda nutq madaniyatiga rioya qilib keladigan insonlar bo‘lishi mumkin, lekin ular ham fursat o‘tgandan keyin bu soxtalikdan charchab qolishlari va buni uddalay olmasliklari ham hech gap emas. Bu degani, yomonlik va hasad, g‘araz va nafrat hammaning ham qo‘lidan keladi, lekin masofa saqlash va chegara qo‘yish o‘zimizning qo‘limizdadir. Yaxshilik qilish hammaga ham emas, bu hammaning qo‘lidan kelavermaydi. Chunki u chin dildan qiladigan inson qalbining tubidan chiqadigan eng go‘zal ne’matdir. Nutqimizni yaxshilash har birimizning vazifamiz. Buning uchun talaffuzda, so‘z shakllaridan foydalanishda, jumlalarni tuzishda xato qilmaslik uchun nutqimizni kuzatib borishimiz kerak. Nutq madaniyati til ilmining nisbatan yosh sohasidir. Ushbu fanning mustaqil bo‘limi sifatida, u mamlakatimizda yuz bergan tub ijtimoiy o‘zgarishlar ta’siri ostida shakllandi. Faol ijtimoiy faoliyatga keng odamlarni jalb qilish ularning nutq madaniyatini oshirishga e’tiborni kuchaytirishni talab qildi. Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas bog‘liq holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega.

Inson madaniyatning keng tushunchasi, shubhasiz, aloqa madaniyati, nutq xulqatvori madaniyati deb nomlanadigan narsani o‘z ichiga oladi. Unga egalik qilish uchun nutq odob-axloqining mohiyatini tushunish muhimdir. XV asrdayoq oʻzbek adabiy tilining nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan. Bu insonlar orasidagi nutq madaniyatiga oid me’yorlarni anglatadi. Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Ogahiy, Nodira, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. “Mehnat qilgan rohat ko‘rar”, “Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — nodonning ishi” “Yaxshi soʻz — jon ozigʻi”, “Do‘st achitib gapirar, dushan kuldirib”, “Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir” “Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin” kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida nutq madaniyatiga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi. Nutqning ta’sirchanligi nutqda tashqi koʻrinish, talab, toʻgʻrilik, mantiqiylik, chiroylilik, yorqinlik, ta’sirchanlik, jozibadorlik, obrazlilik, ortologiya, notiqlik san’ati, fonetik, leksik, grammatik, urgʻu, morfologik va sintaktik chalkashliklar, ta’sir, ruhiyat, tildan tashqari omil, mavzu, muvofiqlik, ruhiy vaziyat, auditoriya, bilim, savodxonlik, samimiyat, e’tibor, nutq rejasi, nutqiy mashq kabilarning ahamiyati juda kuchlidir.

Nutq madaniyatining yana bir xususiyati ixchamlik va qisqalikdir. Chunki sodda va qisqa nutq tinglovchi va atrofdagilarni zeriktirmaydi. Aytilayotgan voqea hodisalar, sarguzashtlar aniq, to‘g‘ri , mukammal, mantiqiy, sof va ravon bayon etilishi ham zarur. Katta mazmunli voqeani qisqa jumlaga jo etish ham so‘zlovchidan ulkan mahorat talab qiladi va bu mahorat oddiy so‘zlovchini qo‘lidan kelmaydi. Mashhur so‘z zargarlari darajasiga erishgan shoiru adiblar shunday mahorat sohiblari bo‘lganlar. Bunday inson nafaqat so‘z qo‘llash mahorati, balki nutqining go‘zalligi bilan ham atrofdagilardan farqlanib turadi.

Fikrimizning isboti uchun quyidagi parchalarga e’tibor bering:

“Xushro‘y uzun bo‘ylik, qotmaroq va zarcha tanlik edi. Zaynab qisqa bo‘y, go‘shtdor va oq tanlik edi. Xushro‘yning harakati yengil va lafzi tez edi. Zaynab loppos va o‘nta so‘zga arang bitta javob qaytaradirg‘an edi. Xushro‘yning ko‘zi o‘ynab, har sekuntda o‘n yoqqa alang‘lar edi. Singlisi bo‘lsa birav bilan betma-bet kelib so‘zlashqanida ham ko‘zini hamisha bir nuqtadan uzmas edi. Xushro‘yga bolalik chog‘idayoq uy ichi va qo‘ni-qo‘shni “shaddod” deb ism berganlar, chunki ul kimdan bo‘lsa-bo‘lsin, aytkanini qildirmay qo‘ymas, agar birarta ish uning tilagiga teskari ketsa shovqin-suronni xudda boshig‘a kiyib olar edi. Shuning uchun Xushro‘yning ra’yini bilmasdan qozon osilmas, unga yoqmagan gapga og‘iz ochilmas, ul bor joyda qadam ham sanalib bosilur edi.

Zaynab egachisining aksincha o‘z yaqinlaridan “pismiq” deb ism olg‘an, onasi bo‘lsa achchig‘i chiqg‘anda “Ming‘aymas o‘lgur”, deb uni qarg‘ar edi”.

Endi keltirilgan ushbu parchadan shuni izohlash kerakki, bunda “O‘tkan kunlar” romanidan Xushro‘y va Zaynabning qandayligi va ularning tashqi ko‘rinishi tasvirlandi. Lekin keltirilgan bitta so‘z ya’ni, “pismiq” sifati bilan qahramonning qanday insonligi, uning dunyoqarashi aniqlanib izohlab berilgan. Bunda yozuvchi o‘zining bitta keltirilgan sifati bilan qahramonning asar boshidan to yakuniga qadar qanday qahramon ekanli, qanday inson ekangini aniqlab berdi. Boshqalarga nisbatan qalbida qanday tuyg‘u va niyat borligi ushbu sifat bilan yaqqol namoyon qilingan.

Shuningdek, keltirilgan ushbu parchadan ham yuqorida ko‘rsatilgan fikrlarimizning isbotini ko‘ramiz:

“.....Kecha oydin, qabriston tip-tinch, uzoqroqdan Qur’on tovushi eshitilar edi. Ikki tub chinor butoqlarida qo‘nib o‘tirgan uch-to‘rtta boyqushlar, qabr yonig‘a tizlangan Otabek va yuqori, quyi do‘mbaygan qabrlar bu tilovatga somi’ kabi edilar. Qur’on oyatlari qabriston ichiga og‘ir ohangda oqar edi. Qabr yonig‘a tiz cho‘kkan yigitning ko‘zyoshlari ham Qur’on oyatlariga qo‘shilib oqar edi.

Birar soatdan keyin tilovat to‘xtatildi. Otabek holsizlanib, oyog‘ uzra turdi va orqasidag‘i yarim yalang‘och ko‘lagani ko‘rib bir necha qadam qabr tomong‘a tislandi... Ko‘laga yaling‘ansumol unga yaqin yurib keldi...

– Kim bu?

– Men Kumush...

Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi.

– Ket mundan!

–Men Kumush, - dedi yana Zaynab, ammo ketmay iloji qolmadi. Zeroki, dunyodag‘i eng yaqin kishisi unga “ket!” amrini bergan edi. Zaynab orqasig‘a qarayqaray Otabekdan uzoqlashdi.Otabek qaytib unga qaramadi, qabr yonig‘a tiz cho‘kdi...”.

Bu keltirilgan parchada yozuvchi Otabek va Zaynabning holati qabrda yotgan Kumushning fojeasidan ko‘ra kam emasligini shunchaki so‘z bilan ta’riflab o‘tirmaydi, uni quruqdan quruq bayon qilmaydi. Qur’on oyatlariga qo‘shilib oqayotgan ko‘z yoshlari Otabekning musibati naqadar og‘ir ekanligini ko‘rsatib turadi. Zaynabning bu musibatini shunday atash mumkinki, Otabekni sevib Kumushdan-da qadrliroq va sevimli bo‘lishni istab shu kuyga tushgan. Lekin, shu holatida ham Otabekka faqat Kumush kerakligi va faqat uni xohlashini fahmlaydi. Kumushdek bo‘lgisi keladi, unga berilgan mehr va e’tiborni o‘zida ko‘rishni xohlaydi. “Men Kumush” deyishi bilan Zaynabning ayanchli qismati butun murakkabligicha ko‘z oldimizga keladi. Yuqoridagi muxtasar parchada yozuvchi roman qahramonlarining musibatlarini tasvirlaydi, kitobxon qalbini larzaga soladi. Buni o‘qigan inson ushbu voqeada o‘zini ham guvoh singari his etadi. Bu misollar zamirida shuni anglash mumkinki, yozuvchining so‘z qo‘llash mahorati har tomonlama boy va mukammaldir.

Xulosa qilib aytganda, yozma shakldan foydalanish sizning nutqingiz haqida uzoqroq o‘ylash, uni asta-sekin tuzatish va to‘ldirish imkonini beradi, natijada og‘zaki nutqga qaraganda ancha murakkab sintaktik konstruktsiyalarning rivojlanishi va qo‘llanilishiga yordam beradi. Yozma matnda takrorlash, tugallanmagan tuzilish kabi og‘zaki tilning xususiyatlari stilistik xatolarga olib keladi. Nutqdagi qisqalik va ixchamlik so‘zlovchining lisoniy bilimi, so‘zni o‘rinli tanlay olishi, gaplarni muxtasar tuza bilish mahoratiga bog‘liqdir. Xalq maqollari, hikmatli so‘zlar, matallar qo‘shiqlar ixchamlikning namunasi hisoblanadi. Lekin, ushbu muxtasar satrlar zamirida olamolam mazmun jo etilgan. Ya’ni ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati ana shu kichkina va qisqa jumla bo‘lgan maqol va matallarda ham o‘z ma’nosini yorqin namoyon etadi. Shunday vaqtda yozuvchining qay darajada mukammalligi seziladi. Yuksak nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madaniyatini, tilga nisbatan ongli mehr-muhabatini namoyon qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Ganeev B.T. Til va nutqdagi qarama-qarshiliklar. - Ufa: BDPU nashriyoti, 2004. - 470 b.

2. Levontina I. B. Zamonaviy rus tilidagi nutq va til // Til haqida til. Shanba Maqolalar / Umumiy bo'yicha. qo'llar. va ed. N. D. Arutyunova. - M .: Rus madaniyati tillari, 2000. - C. 271-289.

3. Lomtev TP Umumiy va rus tilshunosligi. - M., 1976. - S. 54-60

4. Nikolaev, V.V. Til va nutq estetikasi / V.V. Nikolaev.- L .: Nauka, 1979.- 216p.

5. Rus tili va nutq madaniyati: darslik / Ed. V.I. Maksimova. - M .: Gardariki, 2003 .-- 413 p.

6. Formanovskaya, N.I. Nutq odob va aloqa madaniyati / N.I. Formanovskaya. - M .: Oliy maktab, 1989 .-- 159 p.

7. Abduvahob Mavdaliyev OʻZME Birinchi jild . Toshkent . 2000-yil

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.