ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O`ZBEK QIZLARINI OILAVIY XAYOTGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK JIHATLARI

초록

Ushbu maqolada o`zbek oilalarida qizlarga xunar o’rgatish, qiz bolani har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ilm egallashiga ko’mak berish, buyuk muhaddis allomalarning oilaviy tarbiya xususida bildrgan fikrlari va o’zbek oilalarida juftiklar o’rtasida kuzatiladigan salbiy-axloqiy xususiyatlar


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

IJTIMOIY PSIXOLOGIK JIHATLARI

Shodiyeva Nodira Nrmamatovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Pedagogika” kafedrasi

o‘qituvchisi Telefon:+998978071007 nodirashodiyeva168@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada o`zbek oilalarida qizlarga xunar o’rgatish, qiz bolani har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ilm egallashiga ko’mak berish, buyuk muhaddis allomalarning oilaviy tarbiya xususida bildrgan fikrlari va o’zbek oilalarida juftiklar o’rtasida kuzatiladigan salbiy-axloqiy xususiyatlar

Kalit so`zlar: madaniy boylik, oila, ruhan barkamol, axloq, ilm egallash, kasbxunar.

Аннотация: В этой статье мы поговорим об обучении девочек в узбекских семьях, воспитании девочки до совершенства во всех аспектах, помощи ей в приобретении знаний, мнениях великих учёных-мухадди о семейном воспитании, а также о негативных моральных характеристиках, наблюдающихся между парами в узбекских семьях.

Ключевые слова: культурное богатство, семья, духовная зрелость, нравственность, учёность, профессия.

Abstract: In this article, we discuss the importance of teaching girls in Uzbek families, raising a girl child to perfection in all aspects, helping her acquire knowledge, the opinions of great muhaddi scholars about family education, and the negative moral characteristics observed between couples in Uzbek families.

Keywords: cultural wealth, family, spiritual maturity, morals, learning, profession.

Oila masalasi qadimdanoq, insonlarni qiziqtirib kelgan, chunki insonhayotini oiladan ayri tasavvur etib bo‘lmaydi. Oila jamiyatning kichik bo‘g‘ini bo‘lib bugunga qadar turli davrlarni bosib o‘tdi[1]. Jamiyat rivojlanib borgan sari bu muammoning ahamiyati yanada ortib boraveradi. Oila jamiyatning mustahkam poydevori, davlatning harakatlanishi kuchidir. Shunga ko'ra oila mavqei va munosabatlar masalasi doimiy davlat e'tiborida bo'lib kelgan. Barkamol inson haqida uning mehnati va turmushi, ma’naviy taraqqiyoti haqida g‘amho‘rlik mamlakatimizning asosiy maqsadidir. Kishi xislatlari uning mehnatiga ma’naviy, g‘oyaviy psixolagik va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oilada shakillanadi. Jamiyat mustahkam, ma’naviy va psixolagik axloqiy jihatdan sog‘lom oila bo‘lishidan manfaatdordir.

Oilada qizlarga xunar o’rgatish, o’kitib bilim berish qathiy yo’lga qo’yilgan. Zeroki, o’qimishli, xunarmand qiz o’z kasbi, bilimi bilan dastlab ota - ona xonadonini obod, saranjom qilib yursa, jufti xalolinikiga borganda, oilani boshqarish bilan birga kelajak avlod ta’lim va tarbiyasi bilan jiddiy shugullanishiga to’g’ri kelgan. Oilaga tayyorligiga o‘z ishonchini baholashdan qiyin ish bo‘lmasa kerak degan savolga ba’zi qizlarimiz “Ovqat tayyorlashni, pishiriqlar pishirishni, kir yuvish, dazmol qilish, uylarni tozalash, mehmon kutish bilsam bo‘ldi, uyog‘i bir gap bo‘lar”, deb o‘ylasalar adashadilar. Qiz bola avvalom bor oilaga ruhan tayyor bo‘lsa yuqoridagi beka sifatidagi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishi qiyin kechmaydi.

Har bir xonadonda qiz bola farzand dunyoga kelsa, beshikdan to balog'at yoshiga yetishi uni to'g'ri tarbiyalash, har bir ota – onaning fikrini “qiz bola – boshqa xonadoning” fayzi”, - degan xayol uning voyaga yetgunicha va uni turmushga bergunga qadar tark etmaydi. Buning uchun hozirgi kunda turmushga chiqayotgan yosh qizlarning zimmasiga katta ma'suliyat yuklanadi. Ushbu ma'suliyatlardan biri bu ma'naviy boylik, saramjon – sarishtalik, fahm – farosat va albatta gigiyenik ozodalikdir. Xalqimizda ushbu xususiyatlar “Har bir qiz bolada mujassam bo'lishi kerak”, - degan fikr yuradi. Qiz bolani har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, unga hamisha g’amxo’rlik qilishning ahamiyati yuksak, oqibati xayrlidir. Oysha roziallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Bir kuni mening huzurimga ikkita qizini yetaklab bir ayol tilanchilik qilib kirib keldi. Mening huzurimda bitta xurmodan boshqa narsa yo’q edi. Men xurmoni bersam, ayol uni ikkiga ajratdida, ikki qiziga berdi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam kirganlarida bu haqda xabar bersam, u zot: “Kim mana shu kabi qiz farzand bilan imtihon qilinsa, qizlarini chiroyli parvarish etsa, uning uchun jahannamdan parda bo’ladi” dedilar.

Qiz bola tarbiyasi shunchalar muhimki, inson farzandlari uchun sovg’a olib kelgan bo’sa uni tarqatishni avvalo qizlaridan boshlashi haqida ko’rsatmalar bor. Qiz bolaning ko’ngli nozik bo’lganligi sababli, ularga alohida mehr ko’rsatiladi, va ularga har tomonlama ta’lim tarbiya berishga chaqiriladi. Bu haqida Muhammad sallollohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Farzandlaringizga ta’lim bering, chunki ular sizniki bo’lmagan vaqt uchun tug’ilganlar”. Demak har bir ota-ona bolaning o’z zamonasining ilm-fanini egallashiga befarq qaramasligi kerak. Oilada qiz bola tarbiyasi ayolga, onaga ishonib topshiriladi. Qizlar oila saboqlarini bobo-buvisidan, ota - onasidan, aka - opalaridan, qo’ni - qo’shnilaridan, jamiyki mahalladoshlaridan oladi. Tarbiyada eng mas’uliyatli vazifa onaga topshirilar ekan, onajonlarimiz bu jarayonlarga yanada ehtiborli bo’lib qizlarining sog’lom unib o’sishi, ilmu hunar egallab, odob–axloq, ibo hayoda ham boshqalarga o’rnak namunasini ko’rsatadigan qiz bo’lib kamolga yetishiga ahamiyat qaratadilar. Xususan, qiz bolaga ilm o’rgatishdan tashqari, kasbu hunar egallashiga ko’mak berish, pishirish, tikish-bichish, bola parvarishlash, qo’yingki, kundalik turmushda zarur bo’lgan bilimlar bilan doimiy tanishtirib borish lozim.

Tarbiya jarayonidagi eng muhim vosita bu - mehr va shirin so’zlikdir. Bu ikki vosita nozik qalb sohibasi bo’lgan qiz bolaning ko’ngliga yo’l topish, uni avaylab parvarishlash uchundir. Turmushga chiqayotgan qiz bola avvalom bor irodasini tarbiyalay olishi kerak bo‘ladi. Xalqimiz tili bilan aytadigan bo‘lsak, oilaviy hayotda suv kelsa simirib, tosh kelsa kemiriladi. Oila sirini tashqariga chiqarmaslik oila mustahkamligining saqlashga harakat qilishda irodani axamiyati beqiyosdir desak xato bo‘lmaydi.

Oilalardagi hayot tarzi va undagi shaxslararo munosabatlar madaniyati buyuk muhaddis allomalar Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, At-Termiziy ijodlarida hamda tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari bo‘lmish Ahmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Xoja Ahror Vale tariqatlarida, oilaviy turmush qoidalari, undagi shaxslararo munosabatlar madaniyati, farzand tarbiyasiga e’tibor, erkak bilan ayol munosabatining o‘ziga xosligi, insoniy fazilatlarning shakllanish me’yorlari haqidagi qimmatli fikrlar sharq xalqlari, xususan, o‘zbek xalqining og‘zaki ijodida (Alpomish, Kuntug‘mish, Go‘ro‘g‘li, Oysuluv, Layli va Majnun, Yusuf va Zulayho kabi qator o‘zbek xalq dostonlari) atroflicha bayon qilinganligi asoslangan. O’zbek oilalarida juftiklar o’rtasida kuzatiladigan salbiy-axloqiy xususiyatlar o‘rganilganda, er yoki xotinda uchraydigan besabrlik, o‘zgani tushunmaslik, e’tiborsizlik, qizg‘anchiqlik, jizzakilik, uquvsizlik, bilimsizlik, beparvolik, loqaydlik, qo‘pol muomala sababli yuzaga kelishini, ba’zi oilalarda betakalluflik, didsizlik, uyatsizlik, munofiqlik tufayli namoyon bo‘lishini e’tirof etdilar. Afsuski, real hayotda salbiy sifatlarni (illatlarni) orttirgan yoshlar ham barcha fuqarolar qatorida oila quradilar. Yigit yoki qizdagi avvaldan orttirilgan salbiy-axloqiy illatlar oila barqarorligining o‘zgarishiga, unda ziddiyatlar, kelishmovchiliklar yuz berishiga va hatto oilalarning buzilib ketishiga olib kelishi kuzatildi. Shaxslarda shakllangan salbiyaxloqiy sifatlarni ijtimoiy-psixologik asoslarini o‘rganish, ularni kelib chiqish sabablarini aniqlash, rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilish oilada yuzaga keladigan kelishmovchiliklar va ziddiyatlarning oldini olishga, oilani buzilishlardan saqlab qolib, uni barqarorligini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Qizalarni oilaviy hayotga tayyorlashda oilaviy muammolarni o’rganish maqsadida olib borilgan tadqiqotlardan shu narsa ma’lum bo`ldiki, oilaviy muammolar o`zaro munosabatlardagi kelishmovchilik, o`zini tuta olmaslik, yoshlarda muomala madaniyatini shakklanmaganligi, turmush o`rtog`idan mamnun bo`lmaslik, zerikarli hayot, oilaviy burchlarning taqsimlanishi, janjalkashlik, o`ta manmanlik, xulqatvordagi nomukamallik, moddiy qiyinchiliklar, jizzakilik kabi oila a’zolariga xos xatti-harakatlar va xarakter xususiyatlaridan kelib chiqar ekan. Yana shu narsaga amin bo`ldikki inson o`zi ideal insonni izlarkan. Ko`p holatlarda er-xotinlarning bir-biridan qoniqmaslik (ish vazifalaridan norozilik), gumonsirash, tanqid, tanbeh kabilar ham ko`pgina muammolarni keltirib chiqarishini bildik. Oila a’zolari oilada bir-birini o`zaro tushunmaslik, xarakter xususiyatlarining bir-biriga to`g`ri kelmasligida deb bilsalar, ayrimlarida ayol kishi noroziligi, tanbehlari erkakdan o`zini ustun qo`yishi deb bildilar. Bundan shu narsa ma’lum bo`ldiki, oilaviy muammolarning asl sababi oilalarda pedagogik va psixologik bilimlarning yetishmasligidadir. Buning uchun mahallalarda bu borada keng qamrovli ishlarni olib borish, mahalla yig`inlarini oilalar bilan hamkorlikda amalga oshirish, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash uchun avvalo ularni onalarini psixologik savodxonligini oshirish, psixolog va pedagoglarga bo`lgan ishonchini oshirish masalalarini hal etish lozim. Qizlarimizni oilaviy hayotga tayyorlashda ularga oilaviy hayotning chiroyli taraflari bilan bir qatorda hayotning pastbalandliklari ham mavjud ekanligini, turlixil murakkab vaziyatlardan shirin so’zchiroyli muomala bilan yechim topish mumkinligi borasida bilimlarni ham berib borish lozim. Misol uchun ko’pgina oilalarda uchrab turadigan muammolar bilan ham tanishtirib borilsa, o’zlari katta hayotga qadam qo’yganda qiyinchiliklarga duch kelishganda dovdirab qolishmaydi, oqilona yo’lini tanlab bu vaziyatdan chiqa olishlari mumkin bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNALSCIENCE SHINEIssue 8. 31.

07. 2023

2. M.Muhamedova Qizlar iffati – baxt suvrati. Toshkent -1997 y.

3. D.Turdiyeva Adashgan ― nozik hilqat‖ Toshkent Mavraunnahr- 2016 y

4. A.Muxtorov Globallashuv sharoitida ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish omillari Toshkent Ma’naviyat -2015 y

5. O‘zbekistonda amaliy psixolog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish: muammo va yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ilmiy maqolalar to‘plami. 236 b.

6.https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=X 6ETm88AAAAJ&citation_for_view=X6ETm88AAAAJ:W7OEmFMy1HYC

7.https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=X 6ETm88AAAAJ&citation_for_view=X6ETm88AAAAJ:YsMSGLbcyi4C

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.