Oʻzbek tilida zoonimlar masalasi
Xudoyberganova Munira.
Urganch davlat universiteti Lingvistika: oʻzbek tili yoʻnalishi 1- bosqich
magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqola onomastik birlik hisoblangan zoonim termini haqida tilshunos olimlarning qarashlari haqida fikr yuritadi. Maqolada zoonimlarning oʻzbek tili leksik sathidagi koʻlami haqida maʻlumot berilgan.
Kalit soʻzlar: zoonim, umumiy nom, farqlovchi nom, xalq nomi, kitobiy nom, aralash nom.
Annotation: this article reflects on the views of linguistic scientists on the term zoom, which is considered an onomastic unit. The article provides information about the scale of zoonyms in the lexical level of the Uzbek language.
Keywords: zoom, common name, distinguishing name, folk name, biblical name, compound name.
Oʻzbek tili leksik qatlamini kuzatar ekanmiz, nomlar alohida ahamiyatga ega ekanligiga guvoh boʻlamiz. Zoonimlar atamasi ilk bor grek tilida paydo boʻlgan va soʻnggi oʻn yil ichida zoonimlarga qiziqish yanada ortdi1. Tilshunoslikda zoonimlarga oid ilk tadqiqot N.K.Dmitriev tomonidan olib borilgan2. Insoniyat yaralibdiki bir narsani ikkinchi narsadan farqlash uchun ularni oʻz dunyoqarashidan kelib chiqib nomlashga harakat qilib kelgan. Xalqimizda qadimdan urugʻ-qabilalar, joy, oʻsimlik, hayvonot nomlari mavjud boʻlgan. Quyida maqolamizning oʻrganish obyekti boʻlmish zoonimlar ya’ni hayvon nomlari haqida fikr yuritamiz.
Yurtimiz hududida hayvonlarning 8 turga oid 100 dan ortiq turi uchrashini inbatga olsak, zoonimlar oʻzbek tili leksik qatlamida katta miqyosni tashkil qilishiga guvoh boʻlamiz. Oʻzbek tilidagi zoonimlarni bir qancha turlarga ajratib tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir:
1. Qush nomlari
2. Hashorot nomlari
3. Baliq nomlari 1 Ряденка.Н.К. Зоономика. – M.1985 2 Марудова. А. С. К вопросу о содержании термина Зооним. – M.1980
4. Uy hayvonlari nomlari yoki xonaki hayvonlar
5. Yovvoyi hayvonlar nomlari
6. Sudralib yuruvchi hayvonlar nomlari
7. Kemiruvchilar nomlari
Zoonimlarni tasniflashda ularni yetakchi va farqlovchi turlarga ajratib oʻrganamiz. Yetakchi nom hayvonlarning umumiy nomini ya’ni, ularni tur va oilalarga ajratib tasniflaganda berilgan umumiy nomni anglatadi. Masalan, mushuksimonlar nomi bu oilaga mansub boʻlgan barcha turdagi hayvonlarga berilgan umumiy nom hisoblanadi. Farqlovchi nomlar umumiy nomlarga nisbatan tor tushuncha hisoblanadi. Farqlovchi nomlar bir tur ichidagi hayvonlarning bir-biridan farqlovchi belgilari, alohida xususiyatlari, rangi, hajmi, kabi oʻziga xosliklarga tayanib berilgan nomlar hisoblanadi. Mushuk, yoʻlbars, sher kabi nomlar mushuksimonlar turkumiga kiruvchi hayvonlar nomi hisobalanadi.
Hayvonlarni nomlashda ma’lum konvensiyaga amal qilingan3. Shunga koʻra hayvon nomlarini katta 3 guruhga ajratib tadqiq qilishimiz mumkin.
1. Xalq – ma’lum bir hudud vakillariga, amalda mavjud boʻlgan til egalariga yaxshi ma’lum va barcha uchun tushunarli boʻlgan hayvonlarning tarixan shakllangan, chuqur ildiz otgan nomlari.
2. Kitob - olimlar tomonidan ilmiy maqsadlarda qabul qilingan, ilmiy adabiyotlarda biologiya darslik kitoblarida foydalanilgan, ilm-fan ahli uchun yaxshi tushunarli boʻlgan, mahalliy va jahon faunasidagi hayvonlarning guruh, tur va turkumlari nomlari.
3. Aralash – xalq guruhlari nomlari tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan yoki qarzga olingan alohida ta’riflarbilan toʻldirilgan nomlar.
Hayvonlarga nom berish jarayonida ularning hayot tarzi, xulq-atvori, oziqlanishi, yashash joyi va xalq xoʻjaligidagi ahamiyatiga tayanilgan. Masalan, Oʻzbekistonning choʻl va togʻoldi zonalarida uchrovchi mushuksimonlar oilasiga mansub hayvon yovvoyi mushuk yovvoyi holda hayot kechirishi, insonlarga uzoqda yashashi kabi xususiyatlarni inobatga olib yovvoyi mushuk nomi berilgan. 3 Курашкинаю Н. А. Словарь орнитонимов как форма трансляции экологических знаний. Уфа – 2014. Б – 3
Oʻzbekistonda hududida tarqalgan burgut, bugʻu, ilon, qoʻy, echki kabi hayvonlarning choʻl, togʻ, adir zonalarida va xonaki hayot kechiruvchi turlari mavjud. Ularning yashash joyi inobatga olinib, choʻl burguti, choʻl bugʻusi, suv iloni, choʻl iloni, togʻ echkisi, togʻ qoʻyi nomlari berilgan.
Tilimizda mavjud boʻlgan hayvon nomlarini 3 ta katta guruhga boʻlib oʻrganishimiz mumkin:
1. Hayvonlarning ilmiy nomlari;
2. Hayvonlarning koʻp qoʻllaniladigan an’anaviy adabiy nomlari;
3. Hayvonlarning mintaqaviy soʻzlashuv ismlari (dialektizmlar)
1. Hayvonlarning ilmiy nomlari zoologiya fanining ajralmas qismi boʻlib, ilm-fan doirasida keng qoʻllaniladi. Bunday nomlar ilm-fan ahli uchun yaxshi tushunarli boʻlib, ilmiy adabiyotlarda lotin tilida beriladi.
2. Hayvonlarning koʻp qoʻllaniladigan an’anaviy nomlari til vakillarining barchasi uchun birdek tushunarli boʻlgan, adabiy til talablariga toʻla mos keluvchi, me’yorlashgan, ilmiy nomlarga nisbatan sodda va tushunarli nomlardir.
3. Hayvonlarning mintaqaviy soʻzlashuv ismlari ya’ni dialektizmlar ma’lum bir hudud aholisigagina tushunarli boʻlgan, keng tarqalgan boʻlishiga qaramay ishlatilish doirasi chegaralangan nomlardir.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, zoonimlar oʻzbek tili leksik sathida yetakchi miqyosga ega nomlar hisoblanadi. Zoonimlarning paydo boʻlishida tillarda xalq omili, aralash omil, kitobiy omil yetakchilik qilgan. Zoonimlarni oʻrganish nafaqat, tilshunoslik ilmi uchun, balki biologiya uchun ham manfaatli boʻladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Ряденка.Н.К. Зоономика. – M.1985
2. Марудова. А. С. К вопросу о содержании термина Зооним. – M.1980
3. Курашкинаю Н. А. Словарь орнитонимов как форма трансляции экологических знаний. Уфа – 2014. Б – 3
4. Эназаров Т, Хусаинова М, Эсэмуратова А. Ўзбек номшунослиги. Тошкент, 1951
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.