AHAMIYATI
Yusupov Azat Ataxanovich,
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq
davlat universiteti dotsenti
Annotatsiya: maqolada oʻzbek tilini mustaqil oʻrganuvchi talabalar, xorijliklar uchun oʻquv-metodik taʼminotni yaratish, oʻrganuvchilarning egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini baholashning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, baholashga va koʻnikmalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi oʻquv topshiriqlar tizimini yaratish haqida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar: mustaqil taʼlim, mustqil oʻrganish, oʻquv topshiriqlar, oʻqitish metodikasi, savollar, mashqlar, topshiriq va baholash testlari
Аннотация: в статье отражены вопросы создания учебно-методической поддержки для студентов, иностранцев, изучающих узбекский язык самостоятельно, разработки научно-методических основ оценки знаний, умений и навыков, приобретаемых обучающимися, создания системы учебных заданий, которая служит для оценки и развития навыков.
Ключевые слова: Независимое образование, углубленное обучение, учебные задания, методика преподавания, вопросы, упражнения, тесты для выполнения заданий и оценки
Abstract: the article reflects the issues of creating educational and methodological support for students, foreigners studying the Uzbek language independently, developing scientific and methodological foundations for assessing knowledge, skills and abilities acquired by students, creating a system of educational tasks that serves to assess and develop skills.
Keywords: Independent education, in-depth training, training tasks, teaching methods, questions, exercises, tests for completing tasks and assessments
Oʻzbek tilini internet orqali, darslik va qoʻllanmalar orqali mustaqil oʻrganuvchilar soni kun sayin oshib bormoqda. Shu maʼnoda, oʻzbek tilini mustaqil oʻrganishda qulaylik yaratuvchi oʻquv metodik taʼminot yaaratish zauarti mavjud. Bu borada oʻquv topshiriqlari talabalarda nutqiy kompetensiyani toʻla shakllantira olishida katta ahamiyat kasb etadi.
Uzluksiz taʼlim tizimida oʻzbek tilini taʼlim boshqa tillarda olib boriladigan guruhlarda oʻqitilishi bilan bogʻliq monografik tadqiqotlar pedagogika fanlari doktori, professor X.Muhitdinova tomonidan tizimli ravishda olib borilmoqda. Taʼkidlash lozimki, mazkur tadqiqotda, asosan, rus guruhlarida oʻzbek tili oʻqitish koʻzda tutilgan. Shu bois olim oʻzbek tili taʼlimida muayyan mazmunni ifodalovchi grammatik bilimlarni mazmuniy uzviylik va bosqichma-bosqich uzluksizlikda berilishi, nutqiy mavzularni esa shunga mos holda berib borilishi rusiyzabon oʻquvchilarda oʻzbekcha toʻgʻri nutqning shakllanishiga va avtomatlashgan nutqiy koʻnikma va malakalarning hosil boʻlishiga olib keladi, deb hisoblaydi . Buni amalga oshirish uchun oʻzbek tili dasturlari va darsliklarida nutqiy mavzular va grammatik maʼlumotlar quyidagi tartibda berilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi: 1) muayyan fikrni ifodalashga oid mavzu; 2) grammatik mavzu; 3) nutqiy mavzu; 4) adabiy oʻqish uchun material. Tajriba-sinov ishlari oʻzbek tili taʼlimini shu tarzda tashkil etish oʻquvchi-talabalarning oʻzbek tilida fikrlash doirasini kengaytirishga, ularda oʻzbek tilida mustaqil ifodalay olish imkoniyatini yuzaga keltirishga, yordam berishini koʻrsatdi. Mazkur yondashuv uzluksiz taʼlim tilimining barcha bosqichlarida qoʻllanilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Ye.I. Passov oʻz tadqiqotlarida “Ikkinchi til taʼlimida eng muhim va murakkab muammolardan biri til va nutq materiallarini tanlash va ularni toʻgʻri taqsimlash boʻlib, bunda, avvalo, oʻquvchilarning yoshi, taʼlim yoʻnalishini eʼtiborga olgan holda grammatik minimumni tanlash va taqsimlash, yaʼni kimga nimani qachon berilishi muammosini hal qilish kerak boʻladi”, degan edi.
L. S. Vigotskiy ona tilini oʻrganish pastdan yuqoriga, xorijiy tilni egallash esa yuqoridan pastga yoʻnalishida amalga oshirilishini taʼkidlagan edi.
Ona tili oʻqitishdan farq qilgan holda taʼlim boshqa tillarda olib boriladishgan guruhlarda oʻquv topshiriqlarning asosiy qismi nutqiy koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi. Shunining uchun mazkur taʼlimga doir mashqlar ham turlicha boʻladi. Jumladan, B. Lapidus ularni nutq mashqlari va til mashqlariga ajratadi , Ye.Passov esa “mashqlarni til va nutq mashqlariga boʻlish til va nutqning butunligiga taʼsir koʻrsatadi” deb hisoblaydi va shunga koʻra u mashqlarni kommunikativ va shartli kommunikativ mashqlarga boʻlinishini taʼkidlagan.
X.Muhiddinova bu boradagi turli fikrlarni oʻzaro taqqoslab oʻrganar bugungi kungacha oʻzbek tili taʼlimida qoʻllanadigan mashqlar va topshiriqlarni osondan qiyinga tamoyilida bosqichma-bosqich rivojlantirib borish, bunda rusiyzabon oʻquvchitalabalarning yoshi, til xususiyati, bilim darajasi, taʼlim yoʻnalishini eʼtiborga olish, qaysi bosqichda, kimga, qanday mashq va topshiriqlarni berishning ilmiy-nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqish ilmiy metodik jihatdan tadqiq qilinmaganini taʼkidlaydi . Oʻzbek tilini rus guruhlarida oʻqitishda aynan qanday mashq turlaridan foydalanish, mashqlardan topshiriqlarni qanday farqlash va oliy taʼlim muassasalarida nutqiy koʻnikmalarni qanday rivojlantirib borish masalalarini ilmiy tadqiqiy jihatdan oʻrganish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Oʻquv topshiriqlari bilan bogʻliq muammolarni hal qilish oʻzbek tili darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarida ham mashqlar va topshiriqlarning berilishi bilan bogʻliq chalkashliklarni bartaraf etishga va oʻzbek tili taʼlimida nutqiy kompetensiyaning rivojlanishiga sharoit yaratadi. Oʻzbek tili oʻqitish metodikasida innovatsion yondashuvlar qoʻllanilayotgan boʻlsa-da, til oʻqitishning oʻziga xos usullari mavjud boʻladi. Shu oʻrinda Gʻ.Hamroyevning dars jarayonida mashq va topshiriqni bir-biridan didaktik jihatdan farqlash haqidagi nazariyasiga toʻxtalish joiz. Oʻquv topshiriqlarining oʻzbek tili oʻqitish amaliyotida, asosan, ikki koʻrinishi qoʻllaniladi. Bular mashq va topshiriqlar. Darhaqiqat, oʻzbek tili darslik va qoʻllanmalarida ham takrorga asoslangan mashqlar deyarli uchramaydi. Topshiriqlar mazmuni ham xorijiy tillar oʻqitish amaliyotidagi kabi koʻnikma va malakani shakllantirishga toʻla ixtisoslashmagan. Mashq va topshiriqlar, umuman, oʻquv topshiriqlari bilim hosil qilishdan koʻra nutqiy kompetensiyani shakllantirishga moʻljallanishi lozim.
“Kompetensiya”, “kompetentlilik” tushunchalariga toʻxtaladigan boʻlsak, bu atamalar tilshunoslikda ilk bor XX asr oʻrtalarida N.Xomskiy tomonidan muomalaga kiritilgan boʻlib, tilni ishlatish jarayonida “faoliyatga yoʻnaltirilgan bilim, koʻnikma va malakalar majmui sifatida”, taʼlim sohasida esa “kompetensiyaviy yondashuv” sifatida talqin etiladi, taʼlimda natijaviylikni belgilaydigan omillardan biri sifatida qayd etilgan. Lugʻatlarda bu soʻzlarning maʼnolari turlicha izohlanadi: “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da kompetensiya soʻziga shunday izoh beriladi: “Kompetensiya – (lot. sompetere – layoqatli, munosib boʻlmoq). 1) Muayyan tashkilot yoki mansabdor shaxsning rasmiy hujjatlarda belgilangan vakolatlari doirasi; vakolat. 2) Shaxsning biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi”.18 Tarjima lugʻatlarida esa bu soʻz quyidagicha sharhlanadi: “Kompetensiya – 1. Biror kishi yaxshi xabardor, omilkor boʻlgan soha; 2. yur. huquq (vazifa, ish) doirasi.” ; “Kompetensiya – 1. Biror kishi yaxshi xabardor boʻlgan soha yoki masala; 2.Vakolat, huquq ixtiyor; Kompetentn/ыy, -aya, oye, -ten, -tna – yetarli maʼlumotga ega boʻlgan, puxta bilimli, yaxshi biladigan, bilimdon, xabardor, omilkor; 2) asosli, eʼtiborli, moʻtabar; 3) kompetensiya ga, yaʼni huquqqa ega boʻlgan; vakolatli; Kompetentlik – chuqur bilimga egalik; chuqur bilimga asoslanganlik, asoslilik; xabardorlik, omilkorlik.”
H.Muhiddinova taʼlim sohasida kompetensiya soʻzini layoqat, kompetentlikni esa layoqatlilik deb, taʼlimga kompetensiyaviy yondashuvni egallangan bilim, koʻnikma va malakalarni oʻz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʻllay olish layoqatlarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim yoʻnalishi, deb tushunish maqsadga muvofiq ekanligini taʼkidlaydi. Til taʼlimida kompetensiyaviy yondashuv taʼlim oluvchilarning oʻrganayotgan tili materiallaridan va olingan axborotlardan oʻz hayotiy faoliyatida oqilona foydalana olish, shu tilda oʻz fikrini ogʻzaki va yozma tarzda mustaqil ifodalash va nutqiy vaziyatlarga mos ravishda qoʻllay olish koʻnikmamalakalarini tarkib toptirish, yaʼni tilni maqsadli ravishda amaliy qoʻllay olish layoqatini shakllantirishdan iborat. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan taʼlim – egallangan bilim, koʻnikma va malakalarni oʻz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʻllay olish layoqatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim boʻlib, oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlish, tashabbuskorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oʻz faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sogʻlom raqobat hamda umummadaniy koʻnikmalarni hosil qiladi.
Masalan, oʻzbek tili oʻqitishda nutqiy kompitensiyani rivojlantirish uchun boshlangʻich mashgʻulotlarda talaffuz mashqlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda talaba, albatta, mashq jarayonida oʻzbek tilida oʻrganayotgan maʼlumotlarini oʻz ona tilisiga taqqoslaydi, qiyosiy talaffuzga tayangan holda oʻrganadi. Keyin boshqa boʻlimlar ham shu yondashuv asosida samarali oʻzlashtiriladi.
Albatta, oʻzbek tilidan mustaqil shugʻillanib zarur kompetensiyaga ega boʻlish muayyan qiyinchiliklarini keltirib chiqaradi. Bu borada oʻrganuvchilarni egallagan koʻnikma va malakalarini baholovchi elektron kontent yaratish zarurati mavjud.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, yuqorida tahlilga tortilgan uzluksiz taʼlim tizimida oʻquv topshiriqlar borasidagi nazariyalar mustaqil taʼlim topshiriqlarini ishlab chiqishda asos vazifasini bajara oladi. Biroq bunday topshiriqlarni ishlab chiqishda mustaqil oʻrganuvchilarning psixologiyasi, qarashlari, imkoniyatlarini ham inobatga olish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Муҳиддинова Ҳ. Таълим босқичларида ўзбек тили ўқитилиши узлуксизлигини таъминлашнинг илмий-методик асосларини такомиллаштириш. Пед.ф.д-ри. дисс. автореф.– Т, ТДПИ, 2011. – 52 б.
2. Пассов Е.И. Основы методики обучения иностранным языкам. –М.: Русский язык, 1977.– С. 152
3. Выготский Л.С. Мышление и речь //Избранные психологические исследования.– М.,1956.–С. 291.
4. Лапидус Б.А. К проблеме функциональной дифференциации языкового материала // Иностранные языки в высшей школе. – М.: 1975.
5. Пассов Е. И. Коммуникативные упражнения. – М.–Л.: Просвещение, 1967. – С. 6–8.
6. Муҳиддинова Ҳ. Таълим босқичларида ўзбек тили ўқитилиши узлуксизлигини таъминлашнинг илмий-методик асосларини такомиллаштириш. Пед. ф. ном-ди дисс. автореф.– Тошкент: ТДПИ, 2011. – 52 б.
7. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 4–жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат илмий нашриёти, 2008. -267-бет
8. Зимняя И.Н. Ключевые компетенции – новая парадигма результата образования // Ж.Высшее образование сегодня, №5. – Москва, 2003. – С.34-42.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.