ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O`zbekistonda elektr va elektronika sanoatiga TTXIlarni jalb qilish istiqbollari.

초록

Bu maqolada O`zbekistonda elektr va elektronika sanoatiga TTXIlarni jalb qilish istiqbollari o’rganilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

O`zbekistonda elektr va elektronika sanoatiga TTXIlarni jalb qilish

istiqbollari.

Prospects of attracting DFI to the electrical and electronics industry in Uzbekistan Euroasian economic union: specifics and development perspectives.

Перспективы привлечения TTXI в электротехническую и

электронную промышленность Узбекистана.

UDK: 005.8:005.341

A.B.Hasanov,

Osiyo xalqaro universiteti

Magistrant

tel:+998943318888

Rezume:

Bu maqolada O`zbekistonda elektr va elektronika sanoatiga TTXIlarni jalb qilish istiqbollari o’rganilgan.

Resume:

This article examines the prospects of attracting DFI to the electrical and electronics industry in Uzbekistan.

Резюме:

В данной статье рассматриваются перспективы привлечения TTXI в электротехническую и электронную промышленность Узбекистана.

Kalit so’zlar:

TTXI, Iste’mol tovarlari, Jalb qilingan mablag’lar, Mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi,Kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalar realizatsiyasi, yagona iqtisodiy muhit.

Key words:

DFI, Consumer goods, Raised funds, Volume of localized products, Realization of contracts concluded at the cooperative exchange, unified economic environment.

Ключевые слова:

ТТХИ, Товары народного потребления, Привлеченные средства, Объем локализованной продукции, Реализация договоров, заключенных на кооперативной бирже, Единая экономическая среда.

Kirish.

O’zbekistonda elektrotexnika sanoati rivoji bevosita o’z ichiga 25 ta turli ko’rinishdagi mulkchilik shakliga ega, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni birlashtirgan “O’zeltexsanoat” uyushmasi orqali tashkil etilgan. Ushbu uyushma quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyat olib boradi: mis resurslarini qayta ishlash (kabel va o’tkazgichlar ishlab chiqarish); sanoat-texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish (transformator, quyistansiya, taqsimlovchi uskuna, lift, boshqa sanoat tarmoqlari uchun ehtiyot qismlar); murakkab radiotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish (televizorlar, sanoat va xo’jalik muzlatkichlari, konditsionerlar, elektr choynaklari, va dazmollar); ta’mirlash xizmatlarini ko’rsatish. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 17 martdagi 144-son qarori hamda ta’sis majlisi qarori asosida “Radioelektrontexasbob” O‘zbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati konserni “O‘zeltexsanoat” uyushmasi etib qayta tashkil etildi. Hozirgi kunda O‘zeltexsanoat” uyushmasi 25 ta tarkibiy korxonalardan tashkil topgan (3.4- ilova).

Uyushmaning asosiy maqsadi va yo’nalish faoliyatlari quyidagilar:

 elektrotexnika sohasida yagona davlat texnik siyosatini olib borish;

 ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda radioelektronika,

elektrotexnika va asbobsozlik sanoatini barqaror rivojlantirishning istiqbolli

strategiyasini belgilash;

 kompaniya qatnashchilari bo‘lgan korxonalarga resurs va energiyani

tejovchi samarali texnologiyalarni joriy etishda, buyumlar va butlovchi materiallar

ishlab chiqarishni maxalliylashtirishni rivojlantirishda, korxonalarni

zamonaviylashtirish va texnologiyalar bilan qayta jixozlashda, ushbu maqsadlar

uchun joriy investitsiyalarni keng jalb qilishda yordam ko‘rsatish;

 korxonalarga axborot xizmatlari ko‘rsatish, muhandis-texnik va

boshqaruv xodimlari menejmentining zamonaviy usullarini va bozor sharoitlarida

ishlashni egallab olishlari maqsadida ularning malakasini oshirish, ularni

tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etishda ko‘maklashish1.

So’nggi yillarda mamlakatimizda elektronika sohasida rivojlanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Ayniqsa bu borada “Artel” kompaniyasi iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda muhim o’rin egallab kelmoqda. Quyidagi 3.5-rasmda 2021-yilda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan elektr va elektronika mahsulotlari tarkibi keltirilgan:

3.5-rasm. 2022-yilda elektrotexnika tarmog’i tarkibida ishlab chiqarilgan mahsulotlar guruhi

Ishlab chiqarilgan xalq iste’mol mollari nomenklaturasi – konditsionerlar, kir yuvish mashinalari, changyutgichlar, mikroto’lqinli pechlar, muzlatgichlar, ovqat pishirish texnikasi, televizorlar, mobil telefonlar, energiya tejamkor lampalar, lok bo’yoq mahsulotlari, kabel mahsulotlari va boshqalar.

2021-yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 32,7% eksportga chiqarildi (3.3- ilova). Ishlab chiqarilgan mahsulotlar Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Afg’oniston va Turkiya davlatlariga eksport qilindi. 1 Manba: http://uzeltexsanoat.uz/ “O’zeltexsanot” AK rasmiy sayti

51%

19%

27%

3% Kabel-sim mahsulotlari

Past voltli uskunalar,

kuchlanish

transformatorlari

Elektron uskunalar,

maishiy texnika

boshqa mahsulotlar Shuningdek “O’zeltexsanoat” AK va tarmoq kompaniyalari tomonidan eksport bozorini kengaytirish va diversifikatsiya qilish maqsadida, Afg’oniston, Misr, Gruziya Qirg’iziston kabi davlatlar bozoriga eksport yo’lga tushirilmoqda. MChJ “Hayat Power Cable Systems” va “Kinap” AJ mahsulotlari Turkmanistonga, “Sino” AJ mahsulotlari Qozog’istonga eksporti yo’lga tushirildi. Artel brendi ostida eksport qilinayotgan mahsulotlar va iste’molchilarga servis sifatini yanada oshirish maqsadida Artel kompaniyasi tomonidan Afg’oniston, Mozori-Sharif shahrida ulgurji va chakana savdo markazlari ochildi. 2014-yil oktyabr oyida VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi bo’lib o’tdi. Bu tadbirda soha tizimidagi 16 ta korxona ishtirok etdi. Korxonalar tomonidan materiallar va texnik uskunalar sotib olish uchun jami 504,7 mlrd.so’mlik 47 ta shartnoma tuzildi. 2022-yil 9 oy yakunlariga ko’ra korxonalar tomonidan 505,4 mlrd.so’mga moddiy va texnik resurslar sotib olindi, material va texnik resurslarni sotib olish rejasi 100,1% bajarildi2. Kompaniya korxonalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro ko’rgazmalar, yarmarkalar hamda chet davlatlar tenderlarida ishtirok etish uchun kerak bo’lgan barcha chora tadbirlar amalga oshirildi. Quyidagi 3.2-jadvalda elektronika sohasiga invetitsion dastur doirasida jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi keltirilgan:

3.3-jadval 2Manba: http://uzeltexsanoat.uz/ “O’zeltexsanot” AK rasmiy sayti

Investitsiya dasturi

2021 2022 Jalb qilingan mablag’lar

mln.doll 59.19 68.86 Mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi

mlrd.so’m 257.1 284.8

2021-2022-yillarda Elektr va elektronika starmog’iga xorijdan jalb

qilingan investitsiyalar hajmi

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 16.3 %ga o’sgan va 68.86 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan. Bundan tashqari mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi ham 10.7 % ga o’sgan va 284.8 mlrd. so’mga yetgan. Ma’lumki, XXI asrga kelib elektr va elektronika mahsulotlariga bo’lgan talabning keskin oshishi kuzatildi. Chunki sanoat, ximatlar, hattoki qishloq xo’jaligi sohalariga ham elektronika tizimi dunyo miqyosida faol jalb qilinmoqda. Shu nuqtainazardan bu soha istiqbolli sanaladi.

Tarmoqni rivojlantirish istiqbollari. Yangi ishlаb chiqаrish quvvаtlаrini yarаtish vа elеktrotехnika hаmdа mаishiy elеktrotехnika mаhsulоtlаrining yangi turlаrini Kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalar realizatsiyasi

mln.so’m 411.0 505.4

TTXI Eksport Import Inflyatsiya Fond

bozori

Bozor

hajmi

Real

valyuta

kursi

Iqtisodiyot

xarajatlari Eksport 0,919 Import 0,829 0,888 Inflyatsiya -0,174 -0,190 -0,473 Fond Bozori

-0,480 -0,443 -0,357 0,461 Bozor hajmi

0,766 -0,825 0,934 -0,636 -0,469 Real valyuta Kursi

0,576 0,518 0,693 -0,520 -0,238 0,761 Iqtisodiyot xarajatlari

0,834 0.886 0,961 -0,587 -0,508 0,985 0,726 1 o‘zlаshtirish yo‘li bilаn elеktrtехnikа sоhаsini rivоjlаntirish mаqsаdidа aksiyadorlik jamiyati kоrхоnаlаri tоmоnidаn 2021–2022-yillаrdа impоrt o‘rnini bоsuvchi, rаqоbаtbаrdоsh elеktrotехnika mаhsulоtlаrining ishlаb chiqаrish ko‘lаmini kеngаytirishgа yo‘nаltirilgаn istiqbоlli Invеstisiоn lоyihаlаrni аmаlgа оshirish bo‘yichа tegishli chora-tadbirlar оlib bоrilmоqdа.

Demak, elektronika va elektr sohasini yanada takomillashtirish, ushbu sohaga faol investitsiyalar jalb qilish orqali yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni eksport qilish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar amalga oshirishi zarur. Chunki hozirgi kunga kelib, jahon bozorida qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan elektr va elektronika mahsulotlariga bo’lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Ushbu sohaga TTXIlarni jalb qilish har jihatdan istiqbolli hisoblanadi. Bu borada Malayziya tajribasi har jihatdan mos keladi. 3.4-jadval

O’zbekistonga TTXIlarni jalb qilishga ta’sir etgan omillarning korrelatsiyasi

Manba: Internet ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tuzildi.

Jahon tajribasidan ma’lumki, TTXIlar mamlakat iqtisodiy rivojining muhim omili bo’lib hisoblanadi. Shu nuqtai-nazardan mamlakatimizga TTXIlarni jalb qilish mexanizmini yanada takomillashtirish har jihatdan ustuvor vazifa sanaladi. Hozirgi kunda mamlakatimizga TTXIlarni jalb qilishda ahamiyatga ega omillarni baholashga harakat qilib ko’ramiz. Quyidagi 3.4-jadvalda TTXIlarni kirib kelishiga aloqador omillarni ta’sirining korrelatsiyasi keltirilgan:

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, TTXIlarni mamlakatimizga kirib kelishiga eksportning ta’siri o’ta yuqori darajada, ya’ni TTXIlarga bog’liqlik darajasi 0.91 koeffisientni tashkil etganligini kuzatishimiz mumkin. Import hajmining o’sishi esa bevosita TTXIlar bilan 0,829 foiz bog’liqligini kuzatishimiz mumkin. Inflatsiya darajasiga to’xtaladigan bo’lsak, inflatsiyaning TTXIlarga ta’siri teskari proporsional bo’lib, -0,174 koeffisientni tashkil etadi. Ya’ni, inflyatsiyaning past darajada bo’lishi TTXIlarni kirib kelishini rag’batlantiruvchi omil sanalmagan. Keyingi o’zgaruvchi “Toshkent fond birjasi” ning qimmatli qog’ozlar savdo aylanmasi esa model natijalariga ko’ra teskari bog’liqlikni ko’rsatdi. Bu holatni, qimmatli qog’ozlar bozorini yetarli darajada rivojlanmaganligi va xorijiy investorlarning qimmatli qog’ozlar bozorida ishtirok etmasligi bilan izohlandi.

Mamlakatimizdagi aholining o’zgarishi bevosita TTXIlarni kirib kelishi bilan bog’liqligini kuzatishimiz mumkin. Bunda bog’liqlik darajasi 0,766 koeffisientni tashkil qilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, aholi xarid qobilyati ham investitsiyani jalb qilishda muhim omil sanaladi. Real valyuta kursining TTXIlarni kirib kelishiga ta’sini kuzatsak bunda milliy valyutani AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi bevosita TTXIlarni kirib kelishini rag’batlantirgan. Ushbu holatni bevosita milliy valyutani qadrsizlanishi eksportni rag’batlantirishi bilan izohlash mumkin. Davlatning iqtisodiyotga qilgan xarajatlari ham TTXIlarni 0,834 keffisient bogliqlikka ega. Demak, oxirgi 10 yilni tahlil qilsak, tanlab olingan omillar orasida tashqi savdo aylanmasi, ichki bozor hajmi, iqtisodiyot xarajatlari va real valyuta kursi TTXIlarni kirib kelishiga sezilarli ta’sir qiluvchi omillar bo’lgan.

Mamlakatimizda TTXI larni jalb qilish borasida ham yechimini kutayotgan bir qancha muammolar mavjudligini ham aytish o’tish lozim. Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda mavjud kamchilik va muammolar:

- ishlab chiqarishni ilmiy tadqiqotlar va dizayn bilan bog’liq ravishda tashkil etilmaganligi;

-xorijiy investorlar uchun xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar ta’minotini tizimli tashkil etilmaganligi;

-xorijiy investorlarni ishlab chiqarishi uchun yetarli infratuzilma bilan ta’minlanmaganligi, xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni zaruriy infratuzilma (elektr energiya, suv, va gaz) bilan ta’minlash, yoki ularning uzluksiz faoliyat yuritishiga to’sqinlik qilayotgan boshqa muammoli masalalariga yetarli darajada e’tibor bermaslik holatlari;

- TTXI investorlarning jalb qilishda tarmoqlardagi alohida mahsulotlar uchun alohida imtiyozlarni yaratilmaganligi;

- xorijiy investorlarni O’zbekistonning investitsion salohiyati haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lmayotganligi;

Xulosa siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, qulay investitsion muhit va soliq siyosati, boy mineral xomashyo zaxirasi va energiya mustaqilligi, qulay geografik joylashuv, kadrlar va intellektual salohiyati mamlakatimizga TTXIlarni jalb qilishda muhim omillardan sanaladi. Bundan tashqari, Jahon banki tomonidan har yili e’lon qilinadigan “Doing Business” ko’rsatkichi bo’yicha so’nggi yillarda yuqori o’rinlarga ko’tarilayotgani ham investitsiyalarni kirib kelishiga asosiy turtkilardan biri sanaladi. TTXIlarni sohalar bo’yicha ulushi borasida mamlakatimizda eng ko’p xorijiy investitsiya neft gaz sohasiga kiritilayotganligi ahamiyatga molik. TTXIlarni jalb qilishda qo’shma korxonalarni ahamiyati yuqori ekanligini hisobga olsak, mamlakatimizdagi mavjud korxonalarning eksport salohiyatini oshirish ham uztuvor vazifa hisoblanadi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda elektr va elektronika tarmog’i kabel sim mahsulotlari, past voltli uskunalar kuchlanish transfarmatorlari, elektron uskunalar va maishiy texnikalar ishlab chiqarish sohalari rivojlanib kelmoqda. Elektronika va elektr sohasini yanada takomillashtirish, ushbu sohaga faol investitsiyalar jalb qilish orqali yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni eksport qilish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar amalga oshirishi zarur. Chunki hozirgi kunga kelib, jahon bozorida qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan elektr va elektronika mahsulotlariga bo’lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Ushbu sohaga TTXIlarni jalb qilish har jihatdan istiqbolli hisoblanadi. Bu borada Malayziya tajribasi mamlakatimizga har jihatdan mos keladi. Mamlakatimizda TTXI larni jalb qilish borasida ham yechimini kutayotgan bir qancha muammolar mavjudligini ham aytish o’tish lozim.

Asosiy adabiyotlar

1. А.В.Вахабов, Ш.Ҳ.Хажибакиев, Н.Г.Муминов. Хорижий инвесициялар: - Т.: “Молия”, 2010. – 47-50, 54-б.

2. Сиражиддинов Н, Султанова Г.К, Хамдамов М.М, Шерматова Н.М «Уч.

пособие, МЕЖДУНАРОДНЫЕ ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ» Т. 2012.

Стр. 60.

3. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, o’quv qo’llanma, Vahobov A. V., Tadjibayeva D. A., Xajibakiyev Sh. X 2011, 459-bet.

4. Ё.К.Қориева, И.У.Нематов “Хорижий инвестициялар” фани бўйича таълим технологияси. / “Иқтисодий таълимдаги ўқитиш технологияси” сериясидан. – Т.: ТДИУ, 2008, 154-бет.

5. Б. Самарходжаев. Инвестиции в Республике Узбекистан. стр. 15 изд. “Академия” Т.2003.

6. Сиражиддинов Н. Проблемы повышения эффективности внешней торговли Узбекистана. Теоретико-методологические аспекты. Монография. Ташкент – 2004. Стр. 68.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.