ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O`ZBEKISTONDA GASTRONOMIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

초록

Ushbu maqolada O‘zbekistonda gastronomik turizmning rivojlanish istiqbollari, milliy taomlarning turizm salohiyatidagi o‘rni, sohadagi mavjud imkoniyatlar va muammolar tahlil qilingan. Chet ellik sayyohlarning milliy oshxonaga bo‘lgan qiziqishi, statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan va xalqaro tajribalar bilan solishtirma tahlil o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalari gastronomik turizmni rivojlantirish orqali nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki madaniy merosning targ‘ib etilishiga ham erishish mumkinligini ko‘rsatdi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

ISTIQBOLLARI

Mingbayeva Go`zal Baxritdin qizi

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, TOUP 711-guruh talabasi

Ilmiy rahbar: Yo`ldoshev Abdumalik Ilxomovich

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonda gastronomik turizmning rivojlanish istiqbollari, milliy taomlarning turizm salohiyatidagi o‘rni, sohadagi mavjud imkoniyatlar va muammolar tahlil qilingan. Chet ellik sayyohlarning milliy oshxonaga bo‘lgan qiziqishi, statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan va xalqaro tajribalar bilan solishtirma tahlil o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalari gastronomik turizmni rivojlantirish orqali nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki madaniy merosning targ‘ib etilishiga ham erishish mumkinligini ko‘rsatdi.

Kalit so’zlar: Gastronomik turizm, milliy taomlar, O‘zbekiston oshxonasi, madaniy meros, sayyohlik salohiyati, turizm infratuzilmasi, pazandachilik, xalqaro tajriba.

Abstract

This article explores the prospects for the development of gastronomic tourism in Uzbekistan, focusing on the role of national cuisine in attracting tourists. It analyzes current opportunities and challenges in the sector, using statistical data and comparative insights from international experiences. The findings suggest that promoting gastronomic tourism in Uzbekistan can contribute not only to economic growth but also to the preservation and international promotion of the country’s rich cultural heritage.

Key words: Gastronomic tourism, national dishes, Uzbek cuisine, cultural heritage, tourism potential, tourism infrastructure, culinary arts, international experience.

KIRISH

So‘nggi yillarda turizm sohasiga bo‘lgan e’tibor O‘zbekistonda yangi yo‘nalishlar va imkoniyatlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. An’anaviy sayyohlik turlaridan tashqari, bugungi kunda gastronomik turizm — ya’ni milliy taomlar, ovqatlanish madaniyati va kulinariya merosini o‘rganishga asoslangan sayohat shakli tobora dolzarb mavzuga aylanyapti. Bu turizm turi nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki mamlakat madaniyatini dunyoga tanitishda ham muhim rol o‘ynaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda gastronomik turizmni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar, statistik hisobotlar va soha mutaxassislarining fikrlari shuni ko‘rsatadiki, gastronomik turizm nafaqat turizmning tarkibiy qismi, balki mustaqil iqtisodiy va madaniy yo‘nalish sifatida shakllanmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022–2024-yillarga oid hisobotlarida milliy taomlarni xorijiy bozorlarga olib chiqish, “Gastro-karvon” loyihalari, milliy pazandachilik festivallari tashkil etilishi ta’kidlab o‘tiladi. Xalqaro tajribalarni o‘rganishda BMT Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) hamda Yevropa davlatlari, jumladan, Italiya, Fransiya va Turkiya kabi mamlakatlarning gastronomik yo‘nalishda olib borayotgan siyosati foydali bo‘ldi. UNWTO tomonidan tayyorlangan "Gastronomic Tourism: The Basic Principles" nomli hujjatda aytilishicha, har bir hududning o‘ziga xos oshxona madaniyati uning turizm salohiyatining ajralmas qismi sanaladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda o‘zbek olimlari tomonidan yozilgan ilmiy maqolalarda (masalan, R. Mamatqulovning “O‘zbek milliy taomlarining turizmda tutgan o‘rni” nomli maqolasi) milliy taomlarimizning xorijiy sayyohlar e’tiborini tortishda tutgan o‘rni haqida qimmatli tahlillar keltirilgan. Mahalliy tadqiqotchilar gastronomik turizmning nafaqat madaniy, balki iqtisodiy ahamiyatini ham alohida qayd etadilar.

Mazkur tadqiqotda ilmiy-analitik yondashuv, statistik tahlil va solishtirma metodlar asosida ish olib borildi. Dastlab, O‘zbekistonning gastronomik turizm salohiyatini baholash uchun Turizm va madaniy meros vazirligining rasmiy statistik ma’lumotlari o‘rganildi. Shuningdek, bir nechta yirik sayyohlik platformalari (TripAdvisor, Lonely Planet, Booking.com) orqali sayyohlarning O‘zbekistonga nisbatan bildirgan fikrmulohazalari tahlil qilindi. Gastronomik turizm rivoji bo‘yicha xalqaro tajribalarni tahlil qilish uchun komparativ (taqqoslash) metodidan foydalanildi. Bu uslub yordamida Italiya, Turkiya, Gruziya va Yaponiya kabi mamlakatlarning gastronomik yo‘nalishdagi yondashuvlari O‘zbekiston tajribasi bilan solishtirildi. Mahalliy oshxonalar, restoranlar, mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish sifatini baholash uchun kuzatuv usuli qo‘llanildi. Shu bilan birga, sayyohlarning milliy taomlarga bo‘lgan munosabati haqida fikr olish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan onlayn so‘rovnoma natijalari tahlil qilindi. Metodologik yondashuvlar orqali faqatgina mavjud holat emas, balki istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari, imkoniyatlar va mavjud muammolar ham aniqlab chiqildi. Bu esa tadqiqotning amaliy ahamiyatini oshiradi va uni kelgusidagi strategik qarorlar ishlab chiqishda foydalanishga asos yaratadi. O‘zbek gastronomiyasining noyobligi

O‘zbekistonning oshxonasi asrlar davomida turli xalqlar va madaniyatlar ta’sirida shakllangan. Milliy taomlarimiz — palov, lag‘mon, manti, somsa, shurva va boshqa ko‘plab taomlar — nafaqat mazali, balki tarixiy va madaniy ahamiyatga ham ega. Har bir viloyatning o‘ziga xos taomlari bor: masalan, Farg‘ona palovi, Buxoro somsasi, Xorazm shivit oshi kabi. Gastronomik turizm aynan shu turli-tumanlikka tayangan holda rivojlantirilmoqda. Chet ellik sayyohlar nafaqat tarixiy obidalarni tomosha qilish, balki milliy taomlar tayyorlanish jarayonida ishtirok etish, mahalliy pazandachilik sirlarini o‘rganishni istaydilar. Raqamlar va faktlar

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarning 38 foizi milliy taomlar bilan tanishish istagida bo‘lgan. 2022–2024-yillar oralig‘ida gastronomik turizm bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan mehmonxonalar va restoranlar soni 27% ga oshdi. Bu esa soha rivojlanayotganining yaqqol dalilidir.

Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlar gastronomik turizm markaziga aylangan bo‘lsa-da, so‘nggi paytlarda Qashqadaryo, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ham mahalliy oshxona turlariga qiziqish kuchaymoqda. Rivojlanish istiqbollari Kelgusida gastronomik turizmni rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ishlash zarur:

1. Kulinariya festivallarini tashkil etish – Har yili o‘tkaziladigan “O‘zbekiston

milliy taomlari haftaligi” kabi tadbirlar orqali xalqaro e’tiborni jalb etish mumkin.

2. Mahalliy oshpazlarni xalqaro darajada tayyorlash – Ularning xorijiy

pazandachilik tajribasi bilan tanishishi va milliy taomlarni xorijliklarga yuksak

saviyada taqdim etishlari kerak.

3. Turistik marshrutlarga gastronomik yo‘nalishlarni qo‘shish – Misol uchun,

“Samarqand palov sayohati” yoki “Xorazm osh sayli” kabi paketlar tuzish.

4. Brending va marketing – O‘zbekiston milliy taomlarini xalqaro miqyosda tanitish

uchun maxsus platformalar, mobil ilovalar, bloglar va videolar tayyorlash muhim.

Gastronomik turizmning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash bilan birga, madaniy merosni asrash va uni ommalashtirishda ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Chet ellik sayyohlar O‘zbekistonga tashrif buyurganlarida, avvalo mahalliy taomlarning o‘ziga xosligi, tayyorlanish uslubi va xizmat ko‘rsatish madaniyatiga katta qiziqish bildiradilar. Ayniqsa, mahalliy oshxonalarda pazandalar bilan bevosita muloqotda bo‘lish, milliy taomlar tarixi haqida eshitish va ularni o‘z qo‘llari bilan tayyorlab ko‘rish imkoniyati sayyohlar uchun unutilmas tajribaga aylanadi.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, gastronomik turizm sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, oshpazlik san’atiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish va ayni vaqtda an’anaviylikni asrab qolish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Masalan, qadimiy pazandachilik retseptlarini saqlab qolgan oilaviy oshxonalar, tarixiy bozorlar, mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlik qilish orqali gastronomik turizmga qiziqish yanada oshiriladi.

Yana bir muhim jihat shuki, turizm infratuzilmasi bilan bir qatorda, marketing va reklama ishlari ham kuchaytirilishi zarur. Chet el sayyohlariga mo‘ljallangan reklama roliklari, vloglar, xalqaro pazandachilik ko‘rgazmalarida O‘zbekiston oshxonasini targ‘ib etuvchi stendlar va ko‘rgazmalar orqali milliy taomlarimiz dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishishi mumkin. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda faol kontent yaratish, pazandalik master-klasslar va onlayn kurslar tashkil etish orqali ham bu yo‘nalishdagi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadi.

Bugungi kunda dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida gastronomik turizm alohida yo‘nalish sifatida shakllanib ulgurgan. Fransiya, Italiya, Turkiya yoki Yaponiya misolida ko‘rish mumkinki, milliy oshxonani to‘g‘ri brendlashtirish, uni global bozorda ilgari surish katta muvaffaqiyatlarga olib keladi. O‘zbekiston ham bu borada katta imkoniyatlarga ega. Tarixiy va madaniy meros bilan uyg‘unlashgan milliy taomlarimiz, turli hududlarga xos pazandachilik an’analari bu imkoniyatlarni samarali ro‘yobga chiqarish uchun yetarlicha zamin yaratadi.

Kelgusida gastronomik turizmni rivojlantirish jarayonida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh oshpazlarni tayyorlash, yangi kulinariya maktablarini tashkil etish, turizm xizmatlari sifatini oshirish, ichki turizmni rag‘batlantirish va xalqaro tajribalarni o‘rganish zarur. Ayniqsa, qishloq hududlaridagi pazandachilik an’analarini saqlash va ularga e’tibor qaratish orqali gastronomik turizmni yanada ommalashtirish mumkin.

NATIJALAR

Tadqiqot davomida olingan ma’lumotlar va tahlillar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston gastronomik turizm yo‘nalishida katta salohiyatga ega. Mamlakatimizning har bir hududida mavjud bo‘lgan milliy taomlar, pazandachilik an’analari va mahalliy mahsulotlar xilma-xilligi turistlar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda. Sayyohlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishida milliy taomlarning o‘rni yuqori ekani aniqlanib, bu turizmning aynan gastronomik yo‘nalishini alohida rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Statistik tahlillarga asoslanib, so‘nggi yillarda O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlarning muayyan qismi aynan mahalliy oshxona bilan tanishish maqsadida kelayotgani aniqlandi. Sayyohlarning ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlari, reytinglar va baholari O‘zbekiston oshxonasiga bo‘lgan ijobiy munosabatni aks ettirmoqda. O‘zbekiston Respublikasining xilma-xil hamda yilning turli fasllarida jozibador va raqobatbardosh turistik mahsulotlari, shu jumladan mamlakat hududlarida tematik turistik zonalari va klasterlarini yaratish orqali hamda turizmning istiqbolli turlari (ziyorat, ma’rifiy, ekologik, etnografik, gastronomik, sport, davolovchi-sog‘lomlashtiruvchi, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik va boshqalarni) hisobga olgan holda, yangi turizm dasturlarini ishlab chiqiladi1. Tahlil

Xalqaro tajriba bilan solishtirilganda, O‘zbekistonda gastronomik turizm hali to‘liq shakllanmagan bo‘lsa-da, uning rivojlanish istiqbollari keng va barqaror ekanligi ma’lum bo‘ldi. Taomlarning turli hududlarga xosligi, ularning tayyorlanish jarayoniga sayyohlarni jalb qilish imkoniyati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tabiiyligi va o‘ziga xosligi — bularning barchasi mazkur turizm turining jozibador jihatlari hisoblanadi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifati, oshpazlar malakasi, turistik marshrutlarga gastronomik yo‘nalishlarni kiritish kabi omillarni yaxshilash orqali bu sohani yanada rivojlantirish mumkinligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari gastronomik turizmni milliy brend sifatida shakllantirishga qaratilgan strategik chora-tadbirlar ishlab chiqish zaruratini ko‘rsatmoqda. Umuman olganda, O‘zbekiston gastronomik turizmini rivojlantirish orqali nafaqat turizm sohasida iqtisodiy o‘sishga erishadi, balki milliy madaniyatni xalqaro miqyosda ommalashtirishga ham erishadi. 2025-yil 1-avgustga qadar turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi. Bunda: mazkur imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan yangi ishlab chiqarilgan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtobus va haydovchidan tashqari sakkiz va undan ortiq o‘rindiqlarga ega bo‘lgan mikroavtobuslar uchun taqdim etiladi; import qilingan avtobuslar va mikroavtobuslar import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida boshqa shaxsga sotilgan yoki o‘tkazilgan yoxud ijaraga berilgan taqdirda, taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda bojxona boji belgilangan tartibda to‘liq hajmda import qilgan shaxsdan undirib olinadi; Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Turizm qo‘mitasi) tomonidan ro‘yxati shakllantiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoni “Turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” ko‘rgazmalarida turizm sohasidagi tadbirkorlar, hunarmandlar, madaniyat va san’at vakillari ishtirok etadi2. Xulosa

O‘zbekiston gastronomik turizm salohiyati yuqori bo‘lgan davlatlar sirasiga kiradi. Milliy oshxonamizning boyligi, mahalliy aholining mehmondo‘stligi, hududlar bo‘yicha taomlarning o‘ziga xosligi — bularning barchasi sayyohlarni jalb etuvchi omillardir. Agar yuqoridagi strategiyalar izchil amalga oshirilsa, yaqin yillarda O‘zbekiston Osiyodagi gastronomik turizm markazlaridan biriga aylanishi hech gap emas. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston gastronomik turizm sohasida katta salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Bu salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun izchil siyosat, innovatsion yondashuv va xalqaro hamkorlik zarur. Har bir milliy taom – bu nafaqat ovqat, balki xalqning tarixidan, urf-odatlaridan, qadriyatlaridan darak beruvchi madaniy qadriyatlardir. Demak, gastronomik turizmni rivojlantirish orqali biz o‘z milliy merosimizni asraymiz, uni jahon maydoniga olib chiqamiz va iqtisodiy taraqqiyotga ham hissa qo‘shamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdullaeva, M. (2022). O‘zbek milliy taomlari va ularning sayyohlikda tutgan

o‘rni. Toshkent: “Iqtisodiyot” nashriyoti.

2. Azizov, B. (2021). Turizm va madaniyat: O‘zbekistonda barqaror rivojlanish

yo‘llari. Samarqand: Registon nashriyoti.

3. Mamatqulov, R. (2020). “O‘zbek milliy taomlarining turizmda tutgan o‘rni”,

Turizm va innovatsiyalar ilmiy jurnali, 3(2), 45–51.

4. Mirzayeva, D. (2023). Gastronomik turizm: global tendensiyalar va O‘zbekiston

tajribasi. Toshkent: Fan va taraqqiyot.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son

Farmoni “Xorijiy turistlar oqimini oshirish va ichki turizmni rivojlantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”. lex.uz 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 18.07.2024 yildagi PF-102-son

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son

Farmoni “Turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”.

lex.uz

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son

Farmoni “Turizm infratuzilmasini takomillashtirish va xorijiy sayyohlar oqimini

ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. lex.uz

8. Qodirova, N. (2021). Pazandachilik san’ati va madaniy meros. Buxoro: Zarafshon.

9. UNWTO (2021). Gastronomic Tourism: The Basic Principles. World Tourism

Organization, Madrid.

10.Yusupova, L. (2022). “Gastronomik turizm va uning iqtisodiy ahamiyati”, Ijtimoiy-

iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, 5(1), 78–84.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.