СОЛНЦЕ НАРОДНОЙ ЛЮБВИ. АНАЛИЗ СЮЖЕТА «СОСЕДСТВО»
Пардабоева Адиба Шухрат кизи
Студент по направлению Узбекский язык и литература Нукусского
государственного педагогического института. Аннотация: Повесть «Махалля» Абдуллы Каххора – это история, которая проливает свет на ценность чувств любви и любви между людьми, необходимость ценить своих близких, когда они у нас есть. «Махалля» – яркий образец узбекской литературы, отражающий связь между социальной средой, человеческими ценностями, семьей и обществом через тонкое эмоциональное и реалистическое выражение. Несмотря на то, что история короткая, в ней есть жизненная вдумчивость, трагикомедия, любовь, одиночество, социальная ответственность и глубокое освещение человеческого достоинства. Kлючевые слова: Бабушка наслаждения, Бабушка любви, Самовар, Болезнь, Печь, Невестка, Душевная трагедия, Копание могилы, Посадка деревьев, Соседство, Люди, Газета, Внуки.
THE SUN OF PEOPLE'S LOVE . “NEIGHBORHOOD” STORY ANALYSIS
Student majoring in Uzbek language and literature at Nukus State Pedagogical Institute. Abstract:. The story "Mahalla" by Abdulla Khahhor is a story that sheds light on the value of the feelings of love and love between people, the need to appreciate our loved ones when we have them. "Mahalla" is the vivid example of Uzbek literature, reflecting the bond between the social environment, human values, family and society through a subtle emotional and realistic expression. Although the story is short, it contains vital thoughtfulness, tragicomedy, love, loneliness, social responsibility, and profound illumination of human dignity. Keywords: Grandmother of Pleasure, Illness, Stove, Daughter-in-Law, Spiritual Tragedy, Grave Digging, Tree Planting, Neighborhood, People, Newspaper, Grandchildren.
KIRISH
Abdulla Qahhor qalamiga mansub bo‘lgan hikoyalarning juda ko‘pchiligi xalqning ijtimoiy hayotini yoritib berishga, insonlar orasidagi mehr va muhabbat tuyg‘ularining qadri qiymatini anglatishga qaratilgan. “Mahalla” hikoyasi “Anor” hikoyalar va qissalar to ‘plami ichiga kirgan kichik hikoya bo‘lib, o‘zining ma’no va tarbiyaviy jihatidan ajralib turadi. Hikoya mazmuni Rohat buvining oyog’I og’rib qolishi va pechkaga qaratib isitib turishi voqealari bilan boshlangan. Hikoyaga epigraf sifatida Erkin Vohidovning quyidagi misralari olingan:
Inson bilan tirikdir inson,
Muhabbatdan hayotning boshi,
Odamzodga baxsh etadi jon,
Odamlarning mehr quyoshi. Hikoyani o‘qish davomida ushbu misralar Hikmat buva tomonidan Rohat buviga qarata aytilgan deb ham o‘ylab qolasiz. Chunki Rohat buvi o‘limidan birnecha kun avval, eti uchib, oyog’i og’rib, sovqotgani haqida voqealar keltirilgan. Rohat buvi o‘zbek ayoli timsolidir: mehribon, mehnatkash, tinimsiz harakatda bo‘lgan, ammo qarilik va kasallikdan holi bo‘lmagan obraz. U hikoyaning boshida oddiy, kundalik holat - pechkaga oyoq tovlayotgan holatda ko‘rinadi, ammo bu oddiy holat qisqa fursatda uning hayotidagi so‘nggi lahzalarga aylanadi. Aynan mana shu voqea Hikmat buvaning hayotida ruhiy fojealarning boshlanoishiga sabab bo‘ladi. Chunki ikki juftlik umrining ellik uch yilini birgalikda, bir dasturxondan tuz totib, bir ko‘rpani bosib, birga kulib, birga yig’lab, ellik uch yildan beri mushukchaday bir-biriga suykanib, ellik uch yildan beri mehr atalmish ulkan tuyg’u rishtasini pilla qurtiday bir maromda asta-sekin chuvib yashab kelishayotgan edi. Uning vafoti - hikoya uchun keskin burilish nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. U faqat oila uchun emas, balki butun mahalla uchun qadrlangan obraz bo‘lib chiqadi: “Mahallamizning ko‘chasi bir metr cho‘kdi”, deydi bir cho‘tkachi - bu ayolning obro‘sini ramziy tarzda ko‘rsatadi. Cholni kampirining o‘limidan keyin yolg’iz qoldirmaslikka harakat qilishadi. Chunki Hikmat buvi kampirining vafotidan keyin kasal musichaday bir chekkada qo’nishib o‘tiradigan, uning olamida hech narsaga umidi qolmagandek edi. Kampiri oyog’i og’riganida kalishining jag’ini kesib kiyganini eslar ekan, kalishni olib, avaylab artib, uyga olib kirib qo‘ydi. Chol uchun o‘sha vaziyatda kampiri yana bir bora o‘lgandek bo‘ldi. Kelini bir kuni unga magnitafon olib kelganda, “Qizim, shu narsani ilgariroq topib kelganingda kampirni ovozini yozib olardim” deyishi insonlarni vaqtida qadriga yetishlikka, hamisha bir-biringizga yelkadosh bo‘lishlik va ahil bo‘lishlikka chaqiradi. Hikmat buva – hikoyaning markaziy obrazidir. U oddiy chol sifatida boshlangan bo‘lsa-da, xotinining o‘limidan keyin ruhan sinadi, lekin keyinchalik ichki kuch topib, butun mahalla hayotida faol ishtirok eta boshlaydi. Uning qayg‘usi yurakni ezadi: “Ellik uch yillik birga yashash”da orttirilgan tuyg‘ular bir zumda uziladi. O‘zi aytganidek: “go‘yo yurak-bag‘rim sug‘urib olindi.” Bu g‘oyat poetik, fojiali va hayotiy satrlarda inson qalbidagi chuqur yo‘qotish hissi ifodalanadi.Lekin Hikmat buva faqat o‘z ro‘zg‘ori, daraxt ekish masalalari — bularning barchasida u fidoyilik bilan harakat qiladi. Uning yuragi xasta bo‘lsa ham, irodasi kuchli.
Xulosa o‘rnida ayta olamanki, bu hikoya bobom bilan bog’liq bo‘lgan voqeani menga eslatib yubordi. Bobom vafot etganlarida, uyning har yeridan go‘yoki ularni qidirib chiqgandim. Kunlar ma‘nosiz, hatto hayot ham rangini qoraga aylantirgandek tuyulardi menga. “Mahalla” hikoyasi — bu o‘zbek jamiyati, oilasi, ehtirom, muhabbat, yo‘qotish va jamiyatdagi faollik haqida teran falsafiy badiiy asar. Hikmat buva obrazida biz o‘z otamizni, bobomizni, hatto o‘zimizni ko‘rishimiz mumkin. Bu hikoya achchiq, ammo hayotiy saboq beradi: “Odam sevgisiz yashay olmaydi, ammo foydali bo‘lish bilan o‘zini tutib qoladi.”
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Abdulla Qahhor. “Anor” 2012
2. Abdulla Qahhor - Vikipediya
3. D. Quronov : Adabiyotshunoslikka kirish
4. Qoʻshjonov M. Abdulla Qahhor mahorati. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi
Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1984.
5. Karimov N. va boshqalar. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. – T.: „Oʻqituvchi“, 1999.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.