Ogahiy lirikasida she’riy san’atlarning o’rni.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Filologiya va tillarni o’qitish:arab tili
yo’nalishi (arab-ingliz) guruhi 1-bosqich talabasi
Shahobiddin Yo’ldoshev
Ilmiy rahbar f.f.d.,dots.Muxiddinova D.
Annotatsiya: Ushbu maqola shoir, tarixnavis, tarjimon hamda davlat va jamoat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy lirikasida she’riy san’atlarning o’rni haqida yozilgan. Maqolada serqirra ijod sohibining g’azal va ruboiylarining she’riy san’ati va ma’naviy jihatlari ilmiy asosda yaratilgan.
Kalit so’zlar:Ogahiy, husni ta’lil, talmeh, tarse
Annotation: This article is written about the role of poetic arts in the lyrics of the poet, historian, translator and public and public figure Muhammad Reza Ogahi. In the article, the poetic art and spiritual aspects of the ghazals and rubai of the prolific creator were created on a scientific basis.
Key words: Ogahi, husni ta’lil, talmeh, tarse
Adabiyotning asosiy quroli – so‘zning kuchidan samarali foydalanib, asarlarini bashariyat uchun yaratgan shoir badiiy tafakkurining ko‘lami va ko‘rkamligiga nazar tashlar ekanmiz, Ogahiy o‘z ijodida turli she’riy san’atlar- mubolag‘a, tashbeh, istiora, tamsil, tazod, husni ta’lil, talmeh, tardi aks, kitobat kabilardan mohirona foydalanganligining guvohi bo‘lamiz. Bu til vositalari shoir she’riyati, xususan, g‘azallari qurilishining zuvalasi pishiq, puxta, ta’sirchan va jozibadorligini ta’minlagan. Ulardan ayrimlarini tahlilga tortmoqchimiz. Muhammadrizo Ogahiyning asarlari bugungi kunga qadar insoniyat ma’naviy merosida katta ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatish ushbu maqolaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Keldi yuz fayzu tarovat birla ayyomi bahor,
Ayladi ro‘yi zamin jannat safosin oshkor.
Esti ofoq ichra har sori havoyi ruh baxsh,
Jonfizolig‘da dami Isoni aylab sharmsor.
Bahor o‘zining fayzu tarovatini zamin uzra yoyib, yer yuzini jannatga aylantiradi. Shoir talqinicha, uning jonbaxshligi Iso Masihni ham “sharmsor” qiladi. Ruboiyda talmehdan foydalanilgan. Talmeh (arabcha — nazar solmoq, ko‘z qirini tashlash) san’atida shoir biror siymoni gavdalantirishda uni o‘tmishdagi mashhur adabiy, diniy yoki tarixiy qahramonlar bilan qiyoslaydi, o‘xshatadi; goho o‘sha o‘tmish qahramonlari ism-shariflari aytilmay, ular bilan bog’liq voqealar esga olinishi ham mumkin. Har ikki holda ham talmeh san’ati sodir bo‘ladi.Baytdagi Iso Masih ismining keltirilishi bu san’atni hosil qilgan.
«Husni ta’lil» arabcha “chiroyli dalillash” ma’nosini bildiradi. Adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biron sabab ko‘rsatish san’ati shu nom bilan ataladi” Ogahiy bu san’atdan foydalangani holda takrorlanmas timsoliy ifodalar yaratgan:
Xoli mushkinlarki, yer tutmish labi shirinida,
Xayli hindudur ki, g‘avg‘o qildi shakkar ustida
Yuqoridagi misralarda xushbo‘y hidli xolning ma’shuqa shirin labi ustida makon topishi «hindular to‘dasi shakar ustida g‘avg‘o qilyapti» tarzida g‘ayritabiiy dalillangan.
Zarra uchubon nayyiri a'zam bo‘lmas,
yer bolish etib avji falak ham bo‘lmas.
Inson aro nodonni biling hayvondur,
Hayvon necha zo‘r aylasa odam bo‘lmas.
“Nayyiri a'zam” – quyosh ma'nosida qo‘llanmoqda. “Avji falak” – osmon gumbazining cho‘qqisi. Demak, yer baribir ana shu yuksak darajaga yeta olmaydi. Shoir tasbe san’atdan mahoratli foydalangan. Tasbeda birinchi misra oxiridagi so‘z keyingi misra boshida takrorlanadi .Tasbening asosiy xususiyati shundaki, u kitobxon diqqatini fikr yuritayotgan obyektga markazlashtiruvchi linza vazifasini bajaradi. Chunki birinchi misra oxiridagi so‘zning keying misrani boshlashi beixtiyor kitobxon ongida ta’sir qo‘zg‘atadi va bu ta’sir kitobxonni shu so‘z ustida o‘ylashga majbur qiladi. Shuning uchun ham yetuk shoirlarning deyarli barchasi tasbe uchun baytdagi eng muhim so‘zlarni tanlaydi.Bu ruboiyda hayvon so’zi tasbeni hosil qilgan.
“Inson aro nodonni biling hayvondur”
“Olloh ularning dillarini muhrlab qo‘ygan. Ko‘zlarini esa parda qoplab olgan” (“Baqara”, 7).Inson borki ,xato qiladi.Ammo uni to’g’irlay bilishi ham lozim,agar nodonlik qilib uni to’girlamasa,bunday insonlarni hayvonga qiyoslash mumkin degan ma’noni misradan anglab olishimiz mumkin.Demak, Muhammad Rizo Ogahiy insonni ezguliklarga to‘liq holda umrguzaronlik qilmoqqa, jaholatdan, johillikdan uzoq bo‘lmoqqa chorlamoqda.
Xulosa qilib yozganda, o’z asarlarini tuganmas xazina sifatida qoldirgan shoir, tarixnavis, tarjimon hamda davlat va jamoat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy serqirra ijod sohibidir. Ogahiy Sharqning xilma- xil she’riy shakllaridan to‘liq foydalangani holda ularda ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-didaktik, tabiat tasviri bilan bog‘liq mavzularni haqqoniy aks ettirdi. Ogahiy janr imkoniyatlariga ijodiy yondashib, ularni takomillashtirgan: o‘zigacha bo‘lgan 7-8, 10-12 baytli g‘azal yozish tartibini 23 baytgacha yetkazgan.Xalqimizning ma’naviy dunyosining shakllanishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir koʻrsatgan, ilm – fan ravnaqi va mukammal boʻlishi uchun xizmat qilgan xalqimizning ma’naviy, tasavvufiy-falsafiy tafakkurini boyitishda alohida oʻrin tutgan Ogahiy lirikasi va uning tarbiyaviy ahamiyati,albatta,katta.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Hojiahmedov A. She’r san’atlarini bilasizmi? – T.: Sharq, 2001. 2. Lapasov J. Mumtoz adabiy asarlar o‘quv lug‘ati. – T.: O‘qituvchi, 1994. 3. Ogahiy. Asarlar.1-jild.– T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at, 1972. 4. Yo‘ldoshev R. Ogahiy leksikasi bo‘yicha kuzatishlar // O‘zbek tili va adabiyoti, 2007 5. O‘zbek shevalari morfologiyasi. –Toshkent, 1984. – Б.47.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.