ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O‘G‘IRLIK JINOYATINING JINOIY HUQUQIY BELGILARI VA OLDINI OLISH CHORALARI.

초록

Zamon rivojlanib borayotgani sari aholining ehtiyojlari ham shunga mos ravishda ortib bormoqda, ammo oramizda moddiy ehtiyojlarini halol mehnat qilib qondirishdan ko‘ra qing‘ir yo‘llarni tanlaganlar  ham yo‘q emas. Bunga bitta misol O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasida o‘z aksini topgan og‘irlik jinoyatidir. Ushbu maqolada o‘g‘irlikning jinoiy huquqiy belgilari haqida hamda uning  qanchalik ijtimoiy xavfli ekanligi 2010-2023- yillar oralig‘idagi statistikasini o‘rganish orqali tahlil qilib, Singapur qonunchiligi normalari asosida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo‘lamiz.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

OLISH CHORALARI.

Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti talabasi

Xursanova Zarina Anvarovna

Termiz davlat universiteti “Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi

o‘qituvchisi

Tursunov Behruz Normurod o‘g‘li

Annotatsiya: Zamon rivojlanib borayotgani sari aholining ehtiyojlari ham shunga mos ravishda ortib bormoqda, ammo oramizda moddiy ehtiyojlarini halol mehnat qilib qondirishdan ko‘ra qing‘ir yo‘llarni tanlaganlar ham yo‘q emas. Bunga bitta misol O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasida o‘z aksini topgan og‘irlik jinoyatidir. Ushbu maqolada o‘g‘irlikning jinoiy huquqiy belgilari haqida hamda uning qanchalik ijtimoiy xavfli ekanligi 2010-2023- yillar oralig‘idagi statistikasini o‘rganish orqali tahlil qilib, Singapur qonunchiligi normalari asosida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo‘lamiz.

Kalit so‘zlar: Jinoyat, o‘g‘irlik, ijtimoiy xavfli, talon-taroj, mulk, mulkdor, kissavurlik, va h.k.

CRIMINAL LEGAL SIGNS OF THEFT AND PREVENTIVE MEASURES.

Student of the Faculty of Law of Termiz State University

Xursanova Zarina Anvarovna

Lecturer of the Department of "Criminal Law and Civil Procedure" of Termiz State

University

Tursunov Behruz Normurod o‘g‘li

Abstract: As time progresses, the needs of the population are increasing accordingly, but among us there are still those who chose hard ways rather than satisfying their material needs by honest work. One example of this is the serious crime reflected in Article 169 of the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan. In this article, we will get a deeper idea about the criminal legal signs of theft and how socially dangerous it is by studying the statistics between 2010 and 2023, based on the norms of Singapore law.

Keywords: Crime, theft, social danger, robbery, property, owner, larceny, etc.

УГОЛОВНО-ПРАВОВЫЕ ПРИЗНАКИ КРАЖИ И МЕРЫ

ПРОФИЛАКТИКИ.

Студент юридического факультета Термезского государственного университета

Хурсанова Зарина Анваровна

Преподаватель кафедры «Уголовное право и гражданский процесс»

Термезского государственного университета

Турсунов Беҳруз Нормурод ўғли

Аннотация: С течением времени потребности населения соответственно возрастают, но среди нас все еще есть те, кто выбрал трудный путь вместо удовлетворения своих материальных потребностей честным трудом. Одним из примеров этого является тяжкое преступление, отраженное в статье 169 Уголовного кодекса Республики Узбекистан. В этой статье мы получим более глубокое представление об уголовно-правовых признаках кражи и ее общественной опасности, изучив статистику за 2010-2023 годы, основанную на нормах сингапурского законодательства.

Ключевые слова: Преступление, кража, общественная опасность, грабеж, имущество, собственник, воровство и др.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida mulk, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan Respublikamiz iqtisodiyotining negizini tashkil etadi,shuningdek O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi va mulkdor o‘z molmulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari hamda sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emas deb belgilangan.1 Shunday ekan mulkdorning roziligisiz mulkdan foydalanish qonunga xilof va buning uchun qonunchiligimizga bir qator

1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI

javobgarliklarini belgilangan. Bu jinoyatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining X bobi"O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish"da o‘z aksini topgan. O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarning bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish, firibgarlik va o‘g‘irlik kabi turlari mavjud. Bulardan hozirgi kunda ayniqsa voyaga yetmaganlar o‘rtasida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgani deb og‘irlikni deb aytishimiz mumkin. Bunga sabab o‘g‘irlikning yashirin ravishda sodir etilishi va buning natijasida tergov amaliyatida ochilmasdan qolishidir. Bu esa o‘g‘irlikning ijtimoiy xavfliligini oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 169-moddasida o‘g‘irlik jinoyatga ta‘rif berilgan. Unga ko‘ra, O‘zganing mol-mulkni yashirin ravishda talon-taroj qilishga o‘g‘irlik deyiladi. O‘g‘irlik jinoyatining subyekti 14 yoshga to‘lgan har qanday jismoniy shaxs hisoblanadi. Bevosita obyekti esa, o‘zganing mol-mulkini muhofaza qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir. Mulk egasi, mulk ishonib topshirilgan yoki ixtiyorida turgan shaxsga sezdirmasdan, ular bo‘lmagan vaqtda yoxud mulkdor yoki boshqa shaxslar mulkning talon-toroj qilinayotganini anglamagan vaqtda sodir etilishiga talon-toroj qilishning yashirin usuli deyiladi. Agarda mulk egasi yoki mulk ixtiyorida bo‘lgan yoki u ishonib topshirilgan shaxs talon-toroj qilish chog‘ida hozir bo‘lsayu, ammo uxlayotgan yoxud alkogol yoki narkotik mastlik holatida bo‘lib talontoroj sodir bo‘layotganini tushunib yetmasa, shaxsning qilmishi o‘g‘irlik deb kvalifikatsiya qilinadi. Shaxs o‘zganing mol-mulkni yashirin ravishda talon-taroj qilishga qaratilgan harakatlari boshqalarga ma’lum bo‘lganligini anglab, o‘z xattiharakatini to‘xtatsa va jinoyat joyidan qochib, yashirinsa, uning qilmishi o‘g‘irlikka suiqasd deb hisoblanadi. Shuningdek, jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar molmulkining o‘g‘irlayotganini ko‘rgan bo‘lsada, aybdor bildirmasdan harakat qilyapman deb o‘ylagan bo‘lsa, bunday qilmishni ham o‘g‘rilik deb hisoblash zarurligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “O‘zgalar mulkini o‘g‘irlik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-taroj qilish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”ga Qarorining 1-bandida belgilangan.2 O‘g‘irlik jinoyatiga huquqiy baho berishda e‘tiborga olish lozim bo‘lgan jihati shuki, u talon-taroj qilishning zo‘rlik ishlatilmaydigan turi hisoblanadi. 2 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999 yil 30 apreldagi «O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va

O‘zganing mulki olib qo‘yilgan va aybdor shaxsda o‘g‘irlangan mulkni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishning real imkoniyati, ya’ni aybdorda o‘zi o‘g‘irlagan mulkni yashirish, sotish, berish, hadya qilish, belgilangan maqsadda foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘g‘irlik tugallangan jinoyat deb hisoblanadi.

Subyektiv tomondan o‘g‘irlik g‘araz maqsadlarda to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Aybdor olingan o‘zganing mulkini nafaqat g‘ayriqonuniyligini va qaytarib berilmasligini, balki o‘z harakatlarining yashirin usullarini ham tushunib yetadi.

Bundan tashqari o‘g‘irlik jinoyati sodir etilish usullariga qarab o‘girlashtiruvchi holatlari ham mavjud bo‘lib, ular uchun javobgarlik Jinoyat Kodeksi 169-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida belgilab qo‘yilgan. 169- moddaning ikkinchi qismida:

 a) jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo‘l yukidagi ashyoga nisbatan o‘g‘irlik ya‘ni Kissavurlik - jabrlanuvchi shaxsan olib o‘tuvchi, shakli va tuzilishidan qat’i nazar, yengil olib o‘tiluvchi buyum va ashyolarga qo‘l yuki deyiladi.3 Kissavurlikning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, aybdor jabrlanuvchining o‘zida bo‘lgan mol-mulkni olishga urinadi, agarda jabrlanuvchi payqab qolsa, unga nisbatan jismoniy zo‘rlik ishlatilishi ham mumkin;

 b) ancha miqdorda - O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida ancha miqdor va ko‘p miqdor haqida aniq meyorlar belgilangan bo‘lib, ancha miqdor deb bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdorga aytildi. Ayni damda bazaviy hisoblash miqdori 340 000(uch yuz qirq ming), demak ancha miqdor 34 000 000(o‘ttiz to‘rt million)dan 102 000 000( bir yuz ikki million)gacha;

 v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib - o‘g‘irlik jinoyatini sodir etish haqida oldindan kelishib olgan ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda o‘g‘irlik jinoyatini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilinadi; 3 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999 yil 30 apreldagi «O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va

 g) uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik - Aybdorning qilmishini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik deb baholashimiz uchun aybdorning qilmishida uy-joy, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy kirish namoyon bo‘lishi kerak. Bunda aybdorning o‘g‘irlik qilish niyati g‘ayriqonuniy uy-joy, omborxona yoki boshqa binolarga kirishidan oldin yuzaga kelgan bo‘lishi zarur, agar aybdor shaxs uy-joy yoki omborxonaga boshqa maqsadlarda kirgan bo‘lib, uning jinoiy maqsadi keyin paydo bo‘lgan bo‘lsa aybdorning qilmishi uy-joy, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik deb baholanmaydi;4

 d) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan;

 e) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga elektr energiyasi, gaz yoki suv ta’minoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan sodir etilgan o‘girlik.5

Jinoyat Kodeksi 169-moddasining uchinchi qismida:

 a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan - takroran o‘g‘irlik sodir etish deganda, shaxsning ikki yoki undan ko‘p marta o‘g‘irlikni sodir etganligi, ammo ularning birortasi uchun ham sudlanmaganligi tushuniladi. Agarda avvalgi sodir etgan o‘g‘irlik jinoyati uchun shaxs qonunda belgilangan tartibda javobgarlikdan yoki 4 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999 yil 30 apreldagi «O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida 5 169-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi O‘RQ-822-sonli Qonuniga asosan “d” va “e” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143- son — 2023-yil 15-iyundan kuchga kirgan). jazodan ozod qilinganda, yoxud yangi o‘g‘irlik sodir etilgan paytgacha aybdorning sudlanganligi qonuniy olib tashlangan yoki bekor bo‘lgan, jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tgan shuningdek ilgari sodir etgan o‘g‘irlik jinoyati uchun javobgarlik amnistiya akti yoki avf etish orqali olib tashlangan bo‘lsa, o‘g‘irlik takroriy deb baholanmaydi;

 b) qonunga xilof ravishda axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib - aybdor shaxs o‘zganing hisobidagi pul mablag‘ini o‘zining hisobiga kompyuter tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lmasdan turib amalga oshirgan bo‘lsa, jinoyat sodir etgan shaxsning qilmishi kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib sodir etilgan o‘g‘irlik deb kvalifikatsiya qilinadi. Bu jinoyat aybdorning hisobiga pul mablag‘i tushgan paytdan tugallangan hisoblanadi;

 v) ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘irlik - bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor. Ya‘ni bu miqdor 102 000 000(bir yuz ikki million)dan 170 000 000(bir yuz yetmish million)gacha;

 g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida o‘g‘irlik sodir etilishi uchun javobgarlik nazarda tutilgan.

Jinoyat Kodeksi 169-moddasi 4-qismida esa quyidagilar:

 a) juda ko‘p miqdorda - bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdor. 170 000 000(bir yuz yetmish million) va undan ortiq;

 b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik deb hisoblashimiz uchun aybdor shaxs o‘g‘irlik jinoyati sodir etishidan oldin sud tomonidan uni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi hukmi qonuniy kuchga kirgan bo‘lishi lozim;

 v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan o‘g‘irlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, uyushgan guruh deb, ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishiga aytiladi.6 Uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab deyishimiz uchun esa jinoyatlar guruh manfaatlarini, so‘ng esa aybdorning subyektiv manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirish uchun sodir etilayotganligini tushunishi lozim. 6 http://lex.uz//docs/-111453 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi.

Yurtimizda o‘g‘irlik jinoyati qanchalik darajada rivojlanayotganini 2010-2023 yillardagi statistikani tahlil qilish orqali chuqurroq tasavvurga ega bo‘lamiz:

Yuqoridagi statistik ma'lumotlardan ko‘rinib turibdiki, sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatlari 2010-yilga qaraganda 2023- yilda qariyb uch mingtaga oshgan.

Sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatining Surxondaryo viloyatidagi ko‘rsatkichlariga to‘xtaladigan bo‘lsak: 7 Qarang: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/crime-and-justice-2

12022

13861 12905 12521 13234 13436 13605 12705

19732

15237 14851

10000

15000

20000

25000

O’zbekiston Respublikasida 2010-2023-yillarda sodir etilgan

o’g’rilik jinoyati statistikasi.

2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni tahlil qiladigan bo‘lsak Viloyatimizda o‘g‘irlik jinoyatini sodir etish darajasi 2014-2016 yillardagi oralig‘ida keskin ko‘tarilib ketgan. 2023-yilda esa nisbatan kam biroq bu ham yaxshi natija deb bo‘lmaydi. Bulardan eng ko‘p sodir etiladigani uydagi o‘g‘irlik ekanligi haqida qulog‘imizga chalingan. Buning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida jinoyatchilik darajasi ancha past bo‘lgan davlat qonunchiligi tajribasini o‘rganib chiqamiz. To‘g‘ri, hech bir davlatni jinoyatchilikdan holi deb bo‘lmaydi, biroq jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida amalga oshirgan harakatlari va jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazolaridan kelib chiqib nisbatan kamroq sodir etilishi mumkin. Bunday davlatlardan biri deb Singapurni misol qilib keltirishimiz mumkin, ya‘ni singapurda o‘g‘irlik jinoyati boshqa davlatlarga nisbatan ancha kichik ko‘rsatkichlarda sodir etilgan.

2014 yildan 2023 yilgacha Singapurdagi o'g'irlik va

unga aloqador jinoyatlar(100 000 aholiga) 8Qarang: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/crime-and-justice-2

2023-yilda Singapurda har 100 000 kishiga to'g'ri keladigan o'g'irlik va unga aloqador jinoyatlar soni 145 tani tashkil etdi. Singapur doimiy ravishda dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlardan biri sifatida qayd etilgan va umuman olganda jinoyat darajasi past. Bu ko‘rsatkichga qanday erishildi degan savol barchani birdek qiziqtiradi. Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin:

Birinchidan, Singapurda o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishda samarali bo‘lgan asosiy omillardan biri o‘g‘irlik jinoyati uchun qat‘iy qonunlar va qattiq jazolarning mavjudligidir. Darhaqiqat ular huquqbuzarliklar uchun to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari jinoyatchilikning oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham ta‘sir ko‘rsatadi. Ya‘ni bu fuqarolardan ogohlik hissini uyg‘otadi.

Ikkinchidan, statistik ma‘lumotlarga qaraganda, Singapurda uydagi o‘g‘irlik tez-tez sodir bo‘lib turar ekan, shu sababli ham kuzatuv kameralari va biometrik tizimlardan foydalangan holda o‘g‘irlikning sonini sezilarli darajada kamaytirishga erishilgan.

Uchinchidan, fuqarolarning jamoatchilik harakatlarida faol ishtirok etishlarini keltirish mumkin. Sababi, faol fuqarolarning ko‘payishi va sodir etilgan jinoyatchilik haqida darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishi jinoyatni va jinoyatchi shaxsini vaqtida aniqlashga yordam beradi. 9 Qarang: https://www.statista.com/statistics/628515/theft-and-related-crime-rates-in-singapore/

To‘rtinchidan esa, fuqarolarni ogohlikka chaqirish maqsadida targ‘ibot va tashviqot ishlari muntazam olib boriladi.

Umuman olganda, qat'iy qonunlar, samarali huquqni muhofaza qilish, jamoatchilik ishtiroki, texnologik yutuqlar, ta'lim va qadriyatlar uyg'unligi Singapurda o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga sezilarli hissa qit'asi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Singapurda qonunchiligida ya‘ni "PENAL CODE 1871" Jinoyat kodeksining 378- moddasi "O‘g‘irlik" deb nomlangan bo‘lib, unda jinoyatga quyidagicha ta‘rif berilgan: Har qanday ko'char mol-mulkni shaxs, egasining roziligisiz olib qo'yish niyatida bo‘lsa va boshqa joyga ko'chirsa, o'g'rilik qilgan hisoblanadi. O'g'irlik qilgan shaxs jinoyatining ijtimoiy xavfliligiga, og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlariga qarab ozodlikdan mahrum qilish va jarima yoki ozodlikdan mahrum qilish va qamish bilan urish kabi jazolarga hukm qilinadi.

Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib yurtimizda ham o‘g‘irlik jinoyati ayniqsa uydagi o‘g‘irlik keskin ortib bormoqda. Buni oldini olish maqsadida avvalo har birimiz o‘z mulkimizni asrab avaylashimiz zarur, xalqimizda "o‘zingga ehtiyot bo‘l qo‘shningni o‘g‘ri tutma" degan maqol ham shundan dalolat beradi. Keyingi o‘rinlarda esa fuqarolarning faolligini huquqiy bilimlarini oshirishga harakat qilish, yoshlarni esa qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ya‘ni birovning mulkidan ruxsatsiz foydalanish mumkin emasligini uqtirish zarur. Bundan tashqari uydagi o‘g‘irlikni oldini olish uchun esa har bir turar joyga xavfsizlikni ta'minlovchi signalizatsiyalarni hamda kameralari o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Shu yo‘llar orqali o‘g‘irlik jinoyatini keskin kamaytirishga erishish mumkin.

REFERENCES

1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI;

2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi;

3. M.X Rustambayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi llV Tom;

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999 yil 30 apreldagi «O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida";

5. «O‘G‘IRLIK JINOYАTI TUSHUNCHASI VA PROFILAKTIKASI»

6. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/crime-and-justice-2

7. http://lex.uz//docs/-6445145

8. https://www.statista.com/statistics/628515/theft-and-related-crimerates-in-singapore/

9. https://sso.agc.gov.sg/Act/PC1871

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.