DAVOLASH USULLARI.
Rahmonova Aziza, Xaydaraliyeva Surayyo, Baxronova Mashhura,
Gulmirzayeva Shahzoda, Xolmo`minova Madina.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Ilmiy rahbar. A.E.Kubayev
Annotatsiya: Ushbu maqolada Og’iz bo’shlig’i kasalliklari,kariyes, gingivit, periodontit, stomatit kasalliklarini kelib chiqish sabablari va eng sodda tabobat bilan integratsiyalashgan holda davolash usullari bayon qilinadi.
Kalit so’zlar: Og’iz bo’shlig’i kasalliklari,kariyes, gingivit, periodontit, stomatit, tibbiy ko’rik, profilaktika.
CAUSES AND TREATMENT METHODS OF ORAL CAVITY DISEASES
Rahmonova Aziza, Xaydaraliyeva Surayyo, Baxronova Mashhura,
Gulmirzayeva Shahzoda, Xolmo'minova Madina
Samarkand State Medical University
Scientific Advisor: A.E. Kubayev
Abstract: This article discusses the causes of oral cavity diseases such as caries, gingivitis, periodontitis, and stomatitis, as well as treatment methods that are integrated with simple traditional medicine practices.
Keywords: Oral cavity diseases, caries, gingivitis, periodontitis, stomatitis, medical examination, prevention. Og’iz bo’shlig’i kasalliklarining asosiy turlari.
KARIYES
Kariyes-tish emalining yemirilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik bo’lib,ko’pincha noto’g’ri ovqatlanish va og’iz gigiyenasi qoidalariga rioya qilmaslik natijasida kelib chiqadi.Kariyesning uch xil turi bor.Bular,anatomik, topografik va klinik.Anatomik turi ,asosan, emal kariyesi, dentin kariyesi va sement kariyesidan iborat.Topografik turi xastalik chuqurligiga bog’liq bo’lib, dog’ shaklidagi kariyes, yuza kariyes, o’rta kariyes va chuqur kariyes.Klinik turi bo’yicha tez kechuvchi va sekin kechuvchi kariyes turlari mavjud.Bu kasallikni paydo boʼlish sabablari esa Shirin va kislota hosil qiluvchi mahsulotlarni ortiqcha iste’mol qilish, og’iz gigiyenasiga rioya qilmaslik va flora buzilishi va mikroorganizmlar faolligi hisoblanadi. Xo‘sh qanday davolash usuli bor, karioz to’qimalarni olib tashlash va plombalash, fluoridli preparatlar bilan mustahkamlash, kalsiy va fosforga boy mahsulotlar iste’mol qilish shu bilan bir qatorda doimiy dorivor o‘simliklar damlamasidan foydalanish talab etiladi.
GINGIVIT
Gingivit-milklarning yallig’lanishi bilan bog’liq kasallik bo’lib,aksariyat hollarda noto’g’ri gigiyena natijasida yuzaga keladi.Сhirigan tish qirrasi, noto’g’ri qo’yilgan tish yoki yasama tish,shuningdek,dag’al tish cho’tkasining milkni chaqalashi, kimyoviy moddalar va issiqdan kuyish ham gingivitga sabab bo’lishi mumkin.Gingivitda milk qizarib shishadi, salga qonaydi, milk cheti kulrang karash bilan qoplanadi, ostidan yara chiqadi, og’izdan sassiq hid keladi.So’lak oqadi, temperatura ko’tariladi, jag` ostidagi limfa bezlari kattalashadi. Bunday kasallikni paydo bo ‘lishga sabab, tish toshlari va blyashkalar yig’ilishi, vitamin C yetishmovchiligi va gormonal o’zgarishlardir. Davolash jarayonida tish toshlarini olib tashlash, antiseptik eritmalardan foydalanib chayish, vitamin ko’proq iste’mol qilish hamda doimiy dorivor o‘simliklar damlamasidan foydalanish yaʼni ogʻiz bo ‘shligini chayqab turish talab etiladi.
PERIODONTIT
Periodontit-tish yorig`i hosil bo’lishi va yallig’lanishi bilan kechadigan kasallik.Tishning uchki qismida tish ildizini o`rab turgan biriktiruvchi to’qimaning yallig’lanishi bilan ajralib turadigan kasallik.Periodontit bakteriyalarning pulpadan periodontga o`tishi natijasida boshlanadi.Bu narsa nervning yemirilishiga va tishni tutib turuvchi boylamning zararlanishiga olib keladi va paydo bo‘lish sababi kariyesning asoratlari qolishi, tish plakalari va toshlari, immunitet pasayishidir. Bu kasallikni professional gigiyena qoidalariga amal qilish, antibiotik terapiya va periodontal jarrohlik usuli bilan davolash talab etiladi.
STOMATIT
Stomatit-og’iz shlilliq qavatining yallig’lanishi bo’lib, u bakterial, virusli yoki allergik kelib chiqishiga ega bo’lishi mumkin.Stomatitning turli xillari mavjud bo’lib, ular turli xil belgilarni namoyon qiladi.Turlariga misol qilib Aftoz stomatit, og’izda afta deb ataladigan og’riqli yaralar paydo bo’ladi.Bu yaralar doira shaklida bo’lib, oq rangli yuzaga ega. Ko’pincha immun tizimi buzilganda yoki stress paytida paydo bo’ladi.Bu turdagi stomatitni davolash uchun antiseptik eritmalar,vitamin terapiyasi,immunitetni mustahkamlash kabi chora tadbirlar qo’llaniladi.Stomtitning asosiy belgilari bu og’iz bo’shlig’ida qizarish va shish, og’riqli yaralar, pufakchalar yoki oq qoplamalar, xarorat ko’tarilishi va og’izda yomon hidlaring paydo bo’lishi.
Allergik stomatit organizmning allergik reaksiyasi sababli yuzaga keladi. Ko’pincha tish protezlari, dori vositalari, oziq-ovqat allergiyasi sabab bo’ladi.Davolash uchun allergenni aniqlash va uni yo’qotish va antigistamin preparatlardan foydalanish talab etiladi. Ammo sabablariga kelsak, immunitetning zaiflashishi, bakterial va virusli infeksiyalar, dori vositalarining nojo`ya ta’siri bo‘lib chiqadi. Bu kasalliklarni davolashda antiseptik eritmalar bilan chayish vа yallig’lanishga qarshi dorilar qabul qilish, immunitetni oshirishga olib keladi. Kasalliklar oldini olish uchun esa Har kuni 2 marta tishlarni yuvish, shirin va kislota hosil qiluvchi mahsulotlarni cheklash, tish shifokoriga muntazam tashrif buyurish kerak.
Stomatitni davolashda yarani davolovchi va yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega bo'lgan turli dorivor o'simliklar yordam beradi. Bir osh qoshiq maydalangan xom kartoshkani kuniga 2 marta 5 daqiqa davomida og'izda ushlab turish lozim. Davolash 5-7 kun davom etishi kerak. Moychechak ham turli xil yallig'lanishlarni davolash uchun universal vositadir, xususan, stomatitni davolashda ham yordam beradi.
Bir stakan qaynoq suvga 1 choy qoshiq quritilgan romashka gullari solib, dimlanadi. Damlama ilq holga kelgach, 1 osh qoshiq asal qo'shiladi. Bu damlama bilan 3- 4 marta chayish lozim. Moychechak o'rniga achchiq ko'k choydan ham foydalanish mumkin.
Mingyaproqri esa nafaqat stomatitga, balki periodontal kasalliklarga, tish og'rig'iga va gingivitga ham yordam beradi. Bu o'tning bir qosig'i bir stakan qaynoq suvga solinib, 15 daqiqa dimlanadi. Tayyor damlama bilan kuniga 3-4 marta og'iz chayiladi. Sarimsoq an'anaviy ravishda og'iz kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Stomatit uchun siz 3 dona sarimsoqni maydalaysiz va bir choy qoshiq yogurt bilan aralashtirasiz. Aralashma og'izga solinib, til bilan shilliq qavat va milklarning barcha ta'sirlangan joylariga surtish kerak. Og'izda yonish hissi paydo bo'ladi.
Natija: Og'iz bo'shligi kasalliklari, kariyes, gingivit, periodontit, stomatit kasalliklarini kelib chiqish sabablari va davolash usullari eng sodda tabobat bilan integratsiyalashgan holda davolash usullari yaxshi natijalarga olib keladi.
Xulosa: Og'iz bo'shlig'i kasalliklari turli sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin, jumladan, infeksiya, yallig'lanish, mexanik shikastlanish, immun tizimi zaifligi va gigiyena qoidalariga rioya qilinmasligi. Ushbu kasalliklarni samarali davolash uchun yuqorida keltirilgan yondashuvlar orqali og'iz bo'shligi kasalliklarini davolashda kompleks yondashuv muhim ahamiyatga ega. Kasallikning turi va og'irlik darajasiga qarab, individual davolash rejasi tuziladi. Maxsus davolash usullarini belgilash uchun stomatologga murojaat qilish tavsiya etiladi. Аsosiy adabiyotlar.
1. A.P.Avanesyan, ‘’Stomatologiya asoslari’’, Toshkent, 2018.
2. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi, ‘’Og’iz gigiyenasi
bo’yicha metodik qo’llanma’’, 2020.
3. F.R.Xolmurodov, ‘’Tish kasalliklari va ularni davolash ‘’,Samarqand, 2019.
4. J.D.Walter, ‘’Oral Health and Preventive Dentistry’’,London,2021.
5. R.M.Kaminskiy,’’Stomatologiyada zamonaviy yondashuvlar’’,Moskva, 2022.
6. Qo’shimcha adabiyotlar
7. N.A.Rabinovich, ‘’Terapevtik stomamtologiya’’,Moskva , 2016.
8. R.D.Sinitsyn, ‘’Parodontologiya asoslari’’,Sankt-Peterburg, 2017.
9. V.M.Balakirev, ‘’Tish kasalliklari va ularning oldini olish’’,Toshkent, 2022.
10.World Health Organization, ‘’Oral Health Report’’, 2021.
11.American Dental Association,’’ Fundamentals of Dentistry’’, 2020. Ilmiy jurnallar
1. A.E.Kubayev et al.THE RECOMMENDATION FOR CREATIMG A
WEBSITE\\Galaxy International Research Journal.-2022-T.10.
2. A.E.Kubayev., S.B.Abdullayeva TIBBIY TASVIR OLISHDA RADIOLOGIYA
SOHASINING TAVSIFLANISHI \\Galaxy International Interdisciplinary
Research Journal.-2022-T. 10.
3. A.E.Kubayev.,A.S.Berdiyevna FORMATION OF STUDENTS’SKILL IN USING
THE INTERNET AND HIT THE TECHNOLOGIES \\Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal.-2022.-T.11.
4. Bozorov Erkin Hodjievich, & Kubaev Asaliddin Esirgapovich. (2023). Medical
Diagnostic Models. International Journal of Studies in Natural and Medical
Sciences, 2(4), 87–96. Retrieved from
5. Khojievich , B. E. ., & Esirgapovich , K. A. . (2023). Mathematical Models and
Their Classification the Use of Problem-Solving Technologies in Teaching the
Subject. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE
EDUCATION, 2(5), 1–7. Retrieved from
6. https://inter-publishing.com/index.php/IJISE/article/view/1628
7. Bozorov Erkin Hodjievich, Kubaev Asaliddin Esirgapovich, & Hodjiev
Shohjakhan Erkin o’g’li. (2023). Structural Models, Classification of the
Pharmacokinetics of Drugs, Substances. International Journal of Studies in
Advanced Education, 2(04), 56–64. Retrieved from
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.