ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

OIV INFEKSIYASINING YUQISH YOʻLLARI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

초록

Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hozirda 42 millionga yaqin bemor qayd etilgan boʻlib, kasallanish boshlanishidan buyon bugungi kunga qadar  qurbonlar soni 20 millionni tashkil etdi.   OITS bilan kasallanishning eng yuqori darajasi 20 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan. OIVning onadan bolaga yuqish chastotasi Yevropa va AQSHda 15-25% dan Afrika va Osiyoda 25-40% gacha. OITS yurak qon-tomir tizimi kasalliklari va neoplazmalardan keyingi oʻrinda oʻlim darajasi boʻyicha uchinchi oʻrinda turadi. OITS koʻpchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar oʻlimining asosiy sababchisidir. 


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

CHORA-TADBIRLARI

Djuraeva Muxabbat Ergashyevna, Alimardonova Zulxumor Jalilovna

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat

salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi

Oʻzbekiston, Termiz shahar Dolzarbligi. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hozirda 42 millionga yaqin bemor qayd etilgan boʻlib, kasallanish boshlanishidan buyon bugungi kunga qadar qurbonlar soni 20 millionni tashkil etdi. OITS bilan kasallanishning eng yuqori darajasi 20 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan. OIVning onadan bolaga yuqish chastotasi Yevropa va AQSHda 15-25% dan Afrika va Osiyoda 25-40% gacha. OITS yurak qon-tomir tizimi kasalliklari va neoplazmalardan keyingi oʻrinda oʻlim darajasi boʻyicha uchinchi oʻrinda turadi. OITS koʻpchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar oʻlimining asosiy sababchisidir. Har yili respublikamizda OIV infeksiyasi bilan yangidan aniqlanayotgan holatlar hisobga olinib, OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni ortib borishi kuzatilmoqda. Kasallikning koʻp yillik dinamikasida 2017-2019-yilar holatigi qaraydigan boʻlsak 2017-yil OIV bilan roʻyxatga olinganlar soni 4025 nafarni, shulardan erkaklar2293, ayollar-1732 nafarni tashkil etmoqda. 2018-yilda 4060 nafarni, shulardan erkaklar- 2303, ayollar esa-1757 nafarga yetgan. 2019-yilda 3983 holat qayd etilgan, shulardan 2291-nafari erkaklarni, 1692-nafarini ayollar tashkil etgan. 2019-yilda OIV infeksiyasi bilan roʻyxatga olinganlar soni va kasallanishning eng yuqori koʻrsatgichi Toshkent shahrida-671 shaxs, Andijon viloyatida-562 shaxs, Toshkent viloyatida-554 shaxs, Samarqand viloyatida-434 shaxsda aniqlangan boʻlib, eng past koʻrsatgich Navoiy viloyatida-56 shaxs OIV infeksiyasi bilan kasallangan. Maʼlum boʻlishicha respublikamizda soʻngi yillarda yiliga oʻrtacha 3,9-4,2 ming nafar atrofidagi shaxslar OIV infeksiyasi bilan roʻyxatga olinmoqda. Hozirgi vaqtda odamning immunitet tanqisligi virusi yuqishining uchta yoʻli mavjud: 1. Jinsiy yoʻl orqali yuqishi. 2. Parenteral yoʻl bilan yuqishi. 3. Onadan bolaga (vertikal) yuqishi. OIV infeksiyasining oldini olish chora-tadbirlari. Aholini OIV infeksiyasi masalalari boʻyicha xabardorligini oshirish: Aholining OAV (televideniya, gazeta, jurnallar, radio, masjitlar) orqali sogʻlom turmush tarzi va OIV yuqish xavflari haqida xabardorligi; Yoshlar, maktab oʻquvchilari vaqtlarini oʻtkazadigan joylarda (lagerlar, klublar, diskotekalar), xavfli guruhlari uchun xavfsiz jinsiy aloqa, yakka nikohlilik, turmush oʻrtogʻiga sodiqlik haqida maʼruza, seminarlar oʻtkazish; Yoshlar orasida (maktab oʻquvchilari, talabalar) OIV yuqishini oldini olish maqsadida ommabop maʼlumotni broshyura koʻrinishida bosma qilish va tarqatish. OIVning onadan bolaga oʻtishini oldini olish: Bolalar OIVni ona qornida, tugʻruq vaqtida yoki koʻkrak sutini emizish vaqtida yuqtirishi mumkin. Ayol homiladorligining birinchi 3 oyligida, OIVning yuqishi havfi qaysi guruhga mansub boʻlishidan qatiy nazar, OIVga testdan oʻtkaziladi. Buning uchung qon namunasi olinib IFA usulida tekshiriladi, musbat natija olinganda, tashxisni tasdiqlash uchun kon namunasi IB usulda takroran tekshiriladi. OIVning qon orqali yuqishini oldini olish: OIVning qon orqali yuqishini oldini olish, havsiz qon mahsulotlari bilan taʼminlash (donorlarni nazorat qilish, qon va uning preparatlarini OIV infeksiyasiga tekshirish). OIV infeksiyasini jinsiy aloqa yoʻli orqali yuqishini oldini olish, tasodifiy aloqalarga yoʻl qoʻymaslik, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, jinsiy aloqa sheriklari sonini kamaytirish, moddiy ragʻbatlantirish evaziga intim xizmat qiluvchilar bilan jinsiy aloqaga yoʻl qoʻymaslik, yakka nikohlikka va turmush oʻrtogʻiga sodiqlik, aholini, ayniqsa yoshlarni xavfsiz jinsiy xulq atvorga oʻrgatish. Bugungi kunda aholining barcha qatlamlarida xususan 12-45 yoshli aholi orasida OIV infeksiyasini oldini olishga qartilgan profilaktik chora-tadbirlar, sanitariyatargʻibot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadga muofiqdir.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.