ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING ANTITSIPATIV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI.

초록

ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning antitsipativ kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinib, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy prognozlash salohiyatini oshirish pedagogik modellar orqali tizimli asoslab berilgan.


в данной статье анализируются теоретические и методологические основы формирования у студентов высшего образования прогностических компетенций и систематически обосновывается совершенствование потенциала профессионального прогнозирования будущих специалистов посредством педагогических моделей.

전체 PDF 문서

관련 논문

전문

ORCID:0000-0002-8678-4533

Annotatsiya

KIRISH

ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning antitsipativ kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinib, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy prognozlash salohiyatini oshirish pedagogik modellar orqali tizimli asoslab berilgan.

MAQSAD

oliy ta’lim tizimida talabalarning antitsipativ (prognozlash) kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslarini tahlil qilish hamda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy rejalashtirish salohiyatini oshirishga qaratilgan pedagogik modellar va didaktik vositalarni tizimli asoslab berish.

MATERIALLAR VA METODLAR

tadqiqot V. Vundt, N. A. Bernshteyn va P. K. Anoxinning antitsipatsiya bo‘yicha fundamental konsepsiyalari hamda zamonaviy pedagogik modellar doirasida olib borilib, unda tizimli va faoliyatli yondashuvlar, an’anaviy va antitsipativ ta’lim tizimlarining qiyosiy tahlili hamda ta’lim yo‘nalishlari kesimida didaktik vositalarni tasniflash usullaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

antitsipativ kompetensiyaning kognitiv, motivatsionqiymatli va praksik (faoliyatli) komponentlari ajratib ko‘rsatildi; retrograd hamda proaktiv ta’lim strategiyalari o‘rtasidagi konseptual farqlar asoslandi hamda gumanitar, tabiiy va texnik yo‘nalishlar uchun mos keluvchi interaktiv modellashtirish, Foresight loyihalar, keysstadi va 3D-simulyatorlar kabi didaktik vositalar samaradorligi isbotlandi.

XULOSA

talabalarda antitsipativ kompetensiyani tarkib toptirish ta’lim jarayonini proaktiv shaklga o‘tkazishni, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilishni hamda kognitiv turg‘unlikning oldini oluvchi evristik baholash tizimini joriy etishni talab qiluvchi muhim meta-kompetensiya hisoblanadi.

Kalit so‘zlar: antitsipatsiya, kompetensiya, oliy ta’lim, prognozlash, metodologiya, pedagogik modellashtirish, kognitiv faoliyat, integratsiya, transformatsiya, kasbiy tayyorgarlik.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ У

СТУДЕНТОВ ОЖИДАЕМЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО

ОБРАЗОВАНИЯ.

Садриддинова Феруза Мелиевна, доцент Джизакского государственного педагогического университета.

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

в данной статье анализируются теоретические и методологические основы формирования у студентов высшего образования прогностических компетенций и систематически обосновывается совершенствование потенциала профессионального прогнозирования будущих специалистов посредством педагогических моделей.

ЦЕЛЬ

анализ теоретико-методологических основ формирования прогностических (антиципативных) компетенций у студентов высших учебных заведений и систематическое обоснование педагогических моделей, направленных на повышение их профессионального прогностического потенциала.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

исследование опирается на фундаментальные концепции антиципации (В. Вундт, Н. А. Бернштейн, П. К. Анохин) и современные педагогические теории с применением системного и деятельностного подходов, сравнительного анализа традиционной и антиципативной систем обучения, а также методов классификации дидактических средств по направлениям подготовки.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

выделены когнитивный, мотивационноценностный и праксический компоненты антиципативной компетенции; обоснованы концептуальные различия между ретроградным и проактивным обучением; досказана эффективность использования кейс-стади, Foresight-проектов, имитационных игр и 3D-симуляторов для гуманитарных, точных и технических специальностей.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

формирование антиципативной компетенции выступает ключевой метакомпетенцией, требующей модернизации учебных программ, перехода к проактивной модели обучения и внедрения эвристических систем оценивания для предотвращения когнитивной ригидности студентов.

Ключевые слова: прогностическое мышление, компетенция, высшее образование, прогнозирование, методология, педагогическое моделирование, познавательная деятельность, интеграция, трансформация, профессиональная подготовка.

THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR DEVELOPING

STUDENTS’ EXPECTED COMPETENCIES IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM.

Sadriddinova Feruza Melievna, Associate Professor at Jizzakh State Pedagogical University.

Annotation

INTRODUCTION

this article analyzes the theoretical and methodological foundations for developing predictive competencies in higher education students and systematically substantiates the improvement of the professional forecasting potential of future specialists through pedagogical models.

AIM

to analyze the theoretical and methodological foundations for developing predictive (anticipatory) competencies in higher education students and systematically substantiate pedagogical models aimed at enhancing future specialists' professional forecasting potential.

MATERIALS AND METHODS

the study is built upon foundational concepts of anticipation (W. Wundt, N. A. Bernstein, P. K. Anokhin) and modern pedagogical theories, employing systemic and activity-based approaches, comparative analysis of traditional vs. anticipatory education, and classification of educational technologies across academic disciplines.

DISCUSSION AND RESULTS

the cognitive, motivational-value, and praxic components of predictive competence were identified; conceptual differences between retrograde and proactive training were justified; and the efficacy of specific didactic tools— such as Foresight projects, case studies, interactive modeling, and 3D simulators—was demonstrated across humanities, natural, and technical fields.

CONCLUSION

developing predictive competence is a critical meta-competence that necessitates modernizing curricula, transitioning toward proactive learning environments, and adopting heuristic assessment methods to prevent cognitive stagnation in students.

Keywords: predictive thinking, competence, higher education, forecasting, methodology, pedagogical modeling, cognitive activity, integration, transformation, professional training.

Bugungi global transformatsiyalar va jadal texnologik rivojlanish davrida oliy ta’lim tizimi oldiga nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirgan, balki kelajakdagi noaniqliklar sharoitida strategik qarorlar qabul qila oladigan mutaxassislarni tayyorlash vazifasi qo‘yilmoqda. Mehnat bozori tarkibining tez fursatlarda o‘zgarishi bo‘lajak mutaxassislardan voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, ehtimoliy xavf-xatarlarni prognozlash va ularga moslashuvchan reaksiyalar ko‘rsatish qobiliyatini talab etadi. Pedagogika va psixologiya fanlari kesishmasida ushbu fenomen antitsipatsiya (lotinchadan anticipatio – oldindan sezish, tasavvur qilish) tushunchasi bilan ifodalanadi [3; 12-b.]. Oliy ta’lim tizimida talabalarning antitsipativ kompetensiyalarini shakllantirish, ularni ijtimoiy-kasbiy hayotga tayyorlashning konseptual poydevori hisoblanib, mazkur muammoning nazariymetodologik asoslarini tadqiq etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

Antitsipatsiya tushunchasi o‘z tabiati va gnoseologik ildizlariga ko‘ra fundamental falsafiy-psixologik kategoriya hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda antitsipatsiya – bu insonning voqealar rivojini amalda sodir bo‘lishidan oldin o‘z ongida modellashtirish, harakatlar natijasini oldindan ko‘ra bilish va unga tayyor turish qobiliyatidir. Ushbu konsepsiya fanga dastlab Vilgelm Vundt tomonidan kiritilgan bo‘lib, keyinchalik turli ilmiy maktablar doirasida rivojlantirildi [3; 45-b.]. N.A.Bernshteynning harakatlarni tashkil etish modelidagi "kelajak modeli" hamda P.K. Anoxinning "funksional tizimlar" nazariyasidagi "harakat natijasini aks ettiruvchi apparat" konsepsiyalari antitsipatsiyaning neyrofiziologik va kognitiv mexanizmlarini tushunishga xizman qiladi [1; 88-b.], [2; 104-b.]. Biroq zamonaviy oliy ta’lim paradigmasida antitsipatsiya shunchaki psixologik jarayon emas, balki murakkab va tizimli shakllanadigan antitsipativ kompetensiya sifatida namoyon bo‘lmoqda [4; 7-b.].

Antitsipativ kompetensiyaning tarkibiy komponentlari

Talabalarda antitsipativ kompetensiyalarni shakllantirish muammosini tizimli tadqiq etish uchun uning ichki tuzilishi va mezonlarini aniqlashtirib olish lozim. Bizning yondashuvimizga ko‘ra, oliy ta’lim jarayonida talabaning antitsipativ kompetensiyasi quyidagi o‘zaro bog‘liq komponentlardan tashkil topadi: kognitiv komponent, motivatsionqiymatli komponent hamda praksik (faoliyatli) komponent [5; 112-b.].

Kognitiv komponent kelajakdagi kasbiy faoliyat tendensiyalarini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan fundamental va amaliy bilimlar tizimi, mantiqiy va intuitiv fikrlash usullarini egallaganlik darajasini belgilaydi. Motivatsion-qiymatli komponent talabaning o‘z kelajagiga nisbatan mas’uliyati, kasbiy o‘sishga bo‘lgan ichki intilishi va noaniqlik sharoitida mustaqil qaror qabul qilishga bo‘lgan ijobiy motivatsiyasini ifodalaydi. Praksik (faoliyatli) komponent esa strategik rejalashtirish, muqobil variantlarni ishlab chiqish, risklarni boshqarish hamda preventiv harakatlar taktikasini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini qamrab oladi [6; 75-b.].

Pedagogik tizimdagi metodologik yondashuvlar

Oliy ta’lim sharoitida talabalarning antitsipativ kompetensiyalarini tarkib toptirish ko‘p bosqichli va murakkab jarayon bo‘lib, u bir qator fundamental metodologik yondashuvlarga tayanadi. Ulardan eng asosiysi tizimli yondashuvdir [5; 115-b.]. Tizimli yondashuv nuqtayi nazaridan, antitsipativ kompetensiyalar o‘quv fanlarining mazmuni, o‘qitish metodlari, pedagogik texnologiyalar va baholash mezonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan yaxlit tizim sifatida qaraladi. Bu tizimda ta’lim oluvchi faqat axborotni qabul qiluvchi emas, balki o‘quvkasbiy muhitning faol subyekti sifatida ishtirok etadi.

Ikkinchi muhim poydevor – faoliyatli yondashuv bo‘lib, unga ko‘ra antitsipatsiya qobiliyati passiv kuzatish orqali emas, balki faqat faol intellektual va amaliy harakatlar jarayonida rivojlanadi [7; 16-b.]. Talaba o‘quv mashg‘ulotlarida muammoli vaziyatlarni yechish, keys-stadi texnologiyalari bilan ishlash, loyihalarni modellashtirish va rolli o‘yinlarda qatnashish orqali voqealar rivojini prognoz qilishni o‘rganadi. Mazkur yondashuv maydoniga olib kirishi kerak.

Shu o‘rinda, an’anaviy ta’lim tizimi va antitsipativ yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim strategiyalari o‘rtasidagi farqni aniq ajratib ko‘rsatish lozim. An’anaviy ta’lim ko‘proq retrograd xarakterga ega bo‘lsa, antitsipativ ta’lim proaktiv xususiyatga egadir. Quyidagi jadvalda ushbu ikki yondashuvning qiyosiy tahlili batafsil bayon etilgan.

1-jadval. An’anaviy va antitsipativ ta’lim tizimlarining qiyosiy tavsifi

Mezonlar An’anaviy (retrograd) ta’lim

tizimi

Antitsipativ (proaktiv) ta’lim

tizimi

Maqsad yo‘nalishi

Tayyor bilimlarni, o‘tmish va

hozirgi kun andozalarini

o‘zlashtirish

Kelajakdagi noaniqliklarga

tayyorlik, prognozlash

ko‘nikmalarini shakllantirish

O‘qitish obyekti

O‘tmishda tasdiqlangan va

turg‘unlashgan faktlar,

qonuniyatlar

Dinamik rivojlanayotgan

modellar, muqobil

ssenariylar

Talabaning roli

Reaktiv (axborotni qabul

qiluvchi, ko‘rsatmalarni

bajaruvchi)

Proaktiv (muammoni

aniqlovchi, yechimlarni

oldindan modellashtiruvchi)

Natija

Ma’lum sohada standart

kompetensiyalarga ega

mutaxassis

Moslashuvchan, antitsipativ

va strategik fikrlaydigan

professional

1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasalarida talabalarning antitsipativ kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy-pedagogik zarurati konseptual farqlardan kelib chiqadi. Biroq, ushbu jarayonni amaliyotga joriy etish uchun ta’lim mazmunini chuqur modernizatsiya qilish va maxsus didaktik vositalarni ishlab chiqish talab etiladi [6; 82-b.].

Amaliy didaktik modellar va texnologik vositalar nazariy asoslarini amaliy didaktik tekislikka ko‘chirish o‘qitish metodologiyasini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oliy maktabda antitsipativ kompetensiyani shakllantirish shunchaki alohida o‘quv kursini joriy etish bilan cheklanmaydi [4; 9-b.]. Aksincha, u barcha fanlar tarkibiga integratsiya qilinishi, talabalarning mustaqil va ilmiy-tadqiqot faoliyatini qamrab olishi lozim. Bu jarayonda ta’lim oluvchining ichki kognitiv resurslarini faollashtiradigan proaktiv ta’lim muhitini yaratish fundamental ahamiyatga ega.

So‘nggi yillarda pedagogika fani va oliy ta’lim amaliyotida antitsipatsiyani rivojlantirish bo‘yicha bir qator konseptual modellar ishlab chiqildi. Xususan, kontekstli ta’lim texnologiyasi doirasida talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyat syujetlari o‘quv jarayoniga muammoli vaziyatlar ko‘rinishida olib kiriladi [7; 18-b.]. Bu borada interaktiv modellashtirish va konseptual loyihalash usullari yetakchi o‘rin tutadi. Talaba an’anaviy topshiriqlarni bajarishda faqat bitta to‘g‘ri javobni topishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, antitsipativ yondashuvda unga ko‘p variantli, noaniqlik darajasi yuqori bo‘lgan vazifalar beriladi.

Talabalarda antitsipativ kompetensiyalarni tizimli rivojlantirish muayyan bosqichlarni qamrab oladi. Birinchi bosqichda retrospektiv va diagnostik tahlil amalga oshirilib, talabalarning boshlang‘ich analitik va prognozlash qobiliyatlari tashxis qilinadi. Ikkinchi bosqich vaziyatli va proaktiv modellashtirishni o‘z ichiga olib, o‘quv jarayoniga o‘zgaruvchan parametrlarga ega kognitiv topshiriqlar kiritiladi. Yakuniy bosqich esa strategik va integrativ sintez bo‘lib, unda talabalar uzoq muddatli individual yoki jamoaviy prognoz loyihalarini (Foresight loyihalar) ishlab chiqadilar [6; 90-b.].

Xalqaro miqyosda oliy ta’lim pedagogikasi va kognitiv psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar antitsipativ kompetensiyalarning talabalar kasbiy yetukligiga bevosita ta’sirini tasdiqlamoqda [4; 11-b.]. Pedagogik amaliyotda antitsipatsiyani o‘lchash va baholash uchun asosan kognitiv moslashuvchanlik hamda ehtimollikni prognozlash mezonlaridan foydalaniladi. Quyidagi 2-jadvalda ta’lim yo‘nalishlari kesimida antitsipativ kompetensiyalarning shakllanganlik darajasi va ularni rivojlantirish uchun eng samarali hisoblangan didaktik vositalar ko‘rsatilgan. 2-jadval. Ta’lim yo‘nalishlari kesimida antitsipatsiyaning ustuvor shakllari va vositalari Ta’lim yo‘nalishi bloklari Antitsipatsiyaning ustuvor

shakli

Eng samarali didaktik

vositalar va texnologiyalar Gumanitar va ijtimoiy fanlar

Ijtimoiy-kommunikativ

antitsipatsiya (kelajakdagi

ijtimoiy trendlar va nizolarni

oldindan ko‘rish)

Diskursiv tahlil, rolli va

imitatsion o‘yinlar, keys-

stadi [8; 54-b.] Tabiiy va aniq fanlar Mantiqiy va matematik

antitsipatsiya (tizimli

o‘zgarishlar dinamikasini

hisoblash)

Matematik modellashtirish,

virtual laboratoriyalar,

algoritmik tahlil Texnik va muhandislik sohalari

Konstruktiv-texnik

antitsipatsiya (tizimlarning

nosozligi va

ekspluatatsiyasini

prognozlash)

Kraud-sorsing loyihalari,

3D-simulyatorlar, xavflarni

tahlil qilish matrisalari

Antitsipativ kompetensiyani rivojlantirish talabalarda yangi sharoitga moslasha olmaslik (kognitiv turg‘unlik) sindromining oldini oladi. U talabaning intellektual potensialini bugungi kun muammolari doirasidan chiqarib, ertangi kun imkoniyatlari tekisligiga ko‘taradi [8; 60-b.]. Shu nuqtayi nazardan, oliy ta’lim muassasalarida baholash tizimini ham transformatsiya qilish zaruriyati tug‘iladi. Talabalarning kreativ va proaktiv fikrlashini o‘lchaydigan evristik topshiriqlar, keysler va muammoli situatsion testlarni amaliyotga keng joriy etish lozim. nazariy-metodologik asoslarini tadqiq etish shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy mutaxassisning raqobatbardoshligi uning faqatgina mavjud bilimlarni o‘zlashtirganlik darajasi bilan emas, balki kelajakdagi noaniqlik va yuqori dinamika sharoitida tizimli prognozlar qila olish salohiyati bilan belgilanadi [5; 120-b.]. Antitsipatsiya talabaning kognitiv va kasbiy faoliyatini harakatlantiruvchi ichki kuch bo‘lib, uni reaktiv pozitsiyadan proaktiv pozitsiyaga o‘tkazadi.

Olib borilgan ilmiy-nazariy tahlillar va didaktik modellarni umumlashtirgan holda, bir necha muhim xulosalarga kelish mumkin. Birinchidan, antitsipativ kompetensiya oliy ta’lim paradigmalarida alohida ajratilgan ko‘nikma emas, balki talaba shaxsining intellektual, motivatsion va praksik sohalarini qamrab oluvchi meta-kompetensiya hisoblanadi. Ikkinchidan, ta’lim jarayonini proaktiv shaklga o‘tkazish o‘quv dasturlariga maxsus muammoli vaziyatlar va keys-stadi texnologiyalarini tizimli ravishda kiritishni taqozo etadi. Uchinchidan, talabalarda voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish ko‘nikmalarini shakllantirish ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida kognitiv turg‘unlik va stress holatining oldini olishda preventiv himoya mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi [8; 62-b.].

Tadqiqot natijalariga tayangan holda, bir qator amaliy tavsiyalar ilgari suriladi. Birinchidan, o‘quv rejalari va fan dasturlarini modernizatsiya qilish hamda o‘quv jarayoniga talabalarda strategik rejalashtirish, xavf-xatarlarni boshqarish va ssenariylar metodologiyasini o‘rgatuvchi maxsus tanlov fanlarini joriy etish zarur. Ikkinchidan, faqatgina talabaning reproduktiv xotirasini o‘lchaydigan an’anaviy baholash vositalaridan voz kechib, evristik topshiriqlarga asoslangan integratsiyalashgan baholash tizimiga o‘tish lozim. Uchinchidan, ta’lim jarayonida zamonaviy intellektual simulyatorlar, virtual laboratoriyalar va modellashtirish vositalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish talab etiladi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI / СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ / REFERENCES

1. Anokhin, P. K. (1975). Biology and Neurophysiology of the Conditioned Reflex and Its

Role in Adaptive Behavior. Oxford: Pergamon Press. 2. Bernshteyn, N. A. (1996). On Dexterity and Its Development. Lawrence Erlbaum

Associates. 3. Wundt, W. (1912). An Introduction to Psychology. London: George Allen & Company. 4. Boyatzis, R. E. (2008). Competencies in the 21st century. Journal of Management

Development, 27(1), 5-12. 5. Muslimov, N. A. (2014). Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirishning

nazariy-metodologik asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya. 6. Sharipov, Sh. S. (2020). Talabalarda proaktiv fikrlash va ijodiy faollikni rivojlantirishning

didaktik tizimi. Toshkent: O‘qituvchi. 7. Ismailova, Z. K. (2019). Oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini

rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalar. Kasb-hunar ta’limi, (3), 14-21. 8. Karimova, V. M. (2022). Ijtimoiy idrok va antitsipatsiya psixologiyasi. Toshkent: Mumtoz

so‘z.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.