ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O’QUVCHILARNING MUSIQA SAN’ATIGA QIZIQIQISHLARINI OSHIRISH ORQALI QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH

초록

Ushbu maqolada o’quvchilarning musiqa san’atiga qiziqiqishlarini oshirish yo’llari,  musiqiy qobiliyatlarni shakllantirish bosqichlari, pedagogning faoliyatinung samarali bo’lishi omillari, musiqa o`qituvchisining o`zida pedagogik qobiliyatlarining tarkib topishi, musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirishning nazariy asoslari haqida fikr yuritiladi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

OSHIRISH ORQALI QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH

G’. Toshmatov, B. Shokirxanov – Namangan davlat pedagogika instituti, Amaliy, jismoniy tarbiya va sport fanlari o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchilari

Annotatsiya; Ushbu maqolada o’quvchilarning musiqa san’atiga qiziqiqishlarini oshirish yo’llari, musiqiy qobiliyatlarni shakllantirish bosqichlari, pedagogning faoliyatinung samarali bo’lishi omillari, musiqa o`qituvchisining o`zida pedagogik qobiliyatlarining tarkib topishi, musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirishning nazariy asoslari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so`zlar: qobiliyat, iste’dod, ijod, pedagog, estetika, kreativlik, tarbiya, madaniyat.

Аннотация. В данной статье рассматриваются пути повышения интереса учащихся к музыке, этапы формирования музыкальных способностей, факторы эффективности педагога, состав педагогических способностей учителя музыки, а также теоретические основы развития музыкальных способностей.

Ключевые слова: способности, талант, творчество, педагог, эстетика, творчество, образование, культура.

Annotatsion. This article discusses the ways of increasing students' interest in music, the stages of musical ability formation, the factors of the pedagogue's effectiveness, the composition of the music teacher's pedagogical abilities, and the theoretical foundations of the development of musical abilities.

Key words: ability, talent, creativity, pedagogue, aesthetics, creativity, education, culture.

O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga muvofiq bugungi kunda jahon andozalariga mos ko`p bosqichli ta`lim yo’nalishlari joriy qilindi. Bularning barchasi har tomonlama еtuk mutaxxassis kadrlarni tayyorlash orqali barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgandir. Hozirgi kunda ta`lim sohasida zamonaviy talablarga javob bera oladigan musiqa o`qituvchisining faoliyatida o`quvchilarning musiqiy ijodiy qobiliyatlatini shakllantirish orqali musiqa madaniyatini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi.

O’quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni shakllantirishda faqat pedagogik faoliyat samarali bo’lishi shartigina emas, balki ko`p jihatdan pedagogning muvaffaqiyatli ishlashining natijasidir. Shu munosabat bilan musiqa o`qituvchisining o`zida pedagogik qobiliyatlarining aniq maqsadni ko’zlab tarkib topishi va rivojlanishi katta rol o`ynaydi. Tajriba va maxsus tadqiqotlar ham buni amalda batamom to’g’riligini ko’rsatmoqda. Masalan, shaxs xususiyatlarini kuzatish, pedagogning pedagogik tajriba hosil qilishiga, uning maxsus ma’lumotlar to`plashida muhim o`rin tutadi. Pedagog o`zining sotsial psixologik kuzatuvchanligi bilan o`quvchilarning turli xarakter xususiyatlari va mayllarini payqab qolishi, shu bilan birga ularning musiqiy qobiliyatlarini paydo bo`lish sabablarini bilib olishi, baho berish mahoratini rivojlantirishga qodirdir. Agar pedagogda o`quvchilar bilan munosabatlarning ishonch asosida qurilishiga yo`l-yo`riq bo`lsagina, bunday muloqat ro’y beradi.

O`quvchilarning ma’naviy sifatlarini shakllantirishda ularga o`tmish adabiyoti, musiqa tarixi, milliy urf-odatlar, an’analar haqida bilim berish pedagogdan doimo faollik bilan munosabatda bo`lishni talab qiladi. O`quvchining ma’naviy ehtiyojini qondirish, qiziqishini o`stirish mustaqil ishlar, har xil ijodiy ishlar orqali amalga oshiriladi. Mustaqil ishlar pedagog va o`quvchi faoliyatining uzviy bog‘langan tamonlaridir. Mustaqil va ijodiy ishlarda o`quvchi o‘z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o’z nuqtai nazari, qarashlarini shakllantirish bilan birga dunyoqarashi va manaviy saviyasini namoyon etadi.

Musiqa pedagogikasida o‘quvchilarning musiqiy madaniyatining shakllantirishda qiziqish muammosi eng muhim muammo hisoblanadi. Qiziqish bilan orttirilgan bilimlar ancha chuqur bo‘lib musiqa bilan shug‘ullanish istagining o‘yg‘onishiga sabab bo‘ladi. O‘quvchilarda musiqa bilan shug‘ullanish istagining mavjudligi esa musiqa tarbiyasining, shuning bilan birga iqtidorli, ijodkor shaxsni shakllantirishning garovidir. Umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga musiqa tarbiyasi berishning asosiy vazifalaridan biri musiqaga havas o‘yg‘otish, qiziqish va muhabbatini oshirish, musiqaning hayotiy mazmunini tushunishni shakllantirishdan iboratdir.

Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarni musiqaga qiziqtirib borish uchun o‘qituvchi bolalarni sevishi, darsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi, musiqa o‘qitishning barcha metod va tamoyillaridan to‘g‘ri foydalana olishi, so‘z mahoratiga usta bo‘lishi, bolalarga xos bo‘lgan qo‘shiqlarni chiroyli, mayin, bolalar ovoziga moslab yoqimli ijro etib ko‘ylar mazmunini ochib berishi zarur.

O‘quvchilarning musiqaga qiziqishini tarbiyalashda o‘qituvchi birinchi darslardanoq o‘quvchilarning hayotiy tajribalariga asoslangan holda har bir musiqa asari zamirida ma’lum his tuyg‘u va fikrlar aks ettirilishini tushuntirishi, musiqa asari o‘z o‘zidan paydo bo‘lmasligi uni kimdir katta ijodiy mehnat qilib yaratishi haqida suhbatlar o‘tkazilishi kerak.

Hozirgi davrda ommaviy axborot vositalarining tezkor rivojlanishi televedeniye, radio, gramyozuvlari va magnit tasmalari oqimi oldingi qo‘lami bilan mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydigan tovushlar dunyosini yaratmoqda.

Keyingi o‘n yillikda estrada musiqasi bolalarimiz hayotiga tobora chuqurroq kirib kelmoqda. Estrada musiqasining ommabopligi va tinglovchilarning yoshidan qat’iy nazar oson idrok etilishi uning tez ommalushuviga sabab bo‘ldi. Bu hol ma’lum darajada o‘quvchilarning musiqaga qiziqishini rivojlantirmoqda. Biroq bu holatlarning salbiy tomonlarini ham unutmaslik kerak. Chunki uyda tinglanadigan musiqalarning mazmuni bolalarning yoshlik xususiyatariga mosligi ancha kam nazorat qilanadi. Shuning uchun oilada ham bolalarga badiiy jihatdan qimmatli, yoshlik xususiyatlariga mos, yuqori saviyadagi asarlarni tinglash orqali musiqaga qiziqishini tarbiyalashga etiborni qaratmog‘i lozim.

Bu sohada oilada ota-onalarning yangi va murakkab bu vazifani bajarishi ma’lum darajada musiqiy pedagogik tayyorgarlikni talab etadi. Maktablardagi musiqiy pedagogik kadrlar bilan oilalarning hamkorligi ota-onalarga musiqaviypedagogik bilimlar berishga katta yordam beradi. Bundan tashqari ota-onalar bilan yakka tartibda bolalar musiqasi haqida suhbatlar o‘tkazish, o‘quvchilar ishtirokida tayyorlangan barcha musiqiy tadbirlar va konsert dasturlariga ota-onalarni taklif etish, oilada bolalarni musiqaga qiziqishini tarbiyalashga zamin tayyorlaydi.

O‘quvchilarning musiqaga qiziqishini tarbiyalash orqali musiqiy madaniyatini tarbiyalash ularning ma’naviy-ahloqiy kamolotida muhim ahamiyatga ega. Maktabda musiqa tarbiyasi masalalarini amalga oshirishda inson ma’naviyatning tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa madaniyatining tarbiyalashda o‘quvchilarning musiqaga qiziqishini tarbiyalashga juda e’tibor berish kerak. Shaxsning ma’naviy kamoltida musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosi sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib komil inson muammosining hal etishda xizmat qila oladi.

Qobiliyat – ma’lum bir turdagi faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning subektiv sharti bo‘lib hisoblanuvchi shaxsiyatning individual xususiyatidir. Qobiliyat – bilim, malaka va ko‘nikmalar emas, balki ularga erishish dinamikasidir. Qobiliyat faoliyat usullari va yo‘llarini egallash tezligi, chuqurligi va puxtaligida aniqlanadi.

Qobiliyat – faoliyat jarayonida namoyon bo‘luvchi imkoniyatdir. Masalan, agar inson musiqiy faoliyat uchun zarur ko‘nikmalarni egallamagan bo‘lsa, uning musiqiy qobiliyati haqida gapirish mumkin emas. Amaliyotdan misol keltiramiz: o‘qituvchi bir sinfning ikki o‘quvchisiga bir asarni topshiradi. Bir o‘quvchi bir haftadayoq bu asarni tez va bexato idrok etadi, boshqasi esa bir oydan so‘ng ham ijroda xatoga yo‘l qo‘yadi. Bunday hollarda har qanday pedagog yutuqlardagi farqni qobiliyatlardagi tafovut hisobiga kiritadi. Demak, qobiliyat deganda insonning lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarni egallashida va ularni amaliyotda samarali qo‘llashida yordam beruvchi psixologik xususiyatlar tushuniladi.

Yuqorida keltirilgan nazariy holat va amaliy misollarga qaramay qobiliyat va uning rivojlanish muammosi psixologiya va pedagogikaning eng murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Qobiliyat sezgi analizatorlari, kuch, harakat hamda asabiy, jismoniy va aqliy jarayonlar muvofiqlashishi kabi nerv sistemasi xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan tabiiy iqtidor, iste’dod, shuningdek, tashqi ijtimoiy muhit ta’siri ostida rivojlanadi. Musiqiy ta’limni boshlash, musiqiy qobiliyatni rivojlantirish haqida G.G.Neygauz shunday degan: «Qaysidir musiqa cholg‘usida chalishni o‘rganishdan avval – u bola bo‘ladimi, katta yoshli odam bo‘ladimi – qandaydir musiqani allaqachon egallagan bo‘lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, musiqani ongida saqlashi, ko‘ngliga jo qilishi va idroki bilan eshitishi lozim. Talant va buyuklikning siri shundaki, kishi ongida musiqa u birinchi bor barmoqlarini klavishaga tegizishi yoki torni chertishidan ancha avval mavjud bo‘ladi».

Qobiliyatning eng yuqori darajasi “Talant” deb ataladi. Talant – insonga qaysidir murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o‘ziga xos tarzda amalga oshirish imkonini beruvchi qobiliyat, tabiiy iqtidor hamohangligidir. Talant haqida xalqning o‘zida «Xudo bergan» degan gap bor. O‘z navbatida, tabiiy iqtidor, qobiliyat, talant hayotiy, kasbiy tajriba va zo‘r mehnat bilan uyg‘unlashsa mahorat shakllanadi. Agar qobiliyatning yuqori darajada namoyon bo‘lishi “Talant” deb atalsa, talantning yuqori darajada namoyon bo‘lishi buyuklikdir. Buyuklik – bu inson ijodiy kuchining yuksak darajada namoyon bo‘lishi.

Nemis faylasufi Shopengauer bu haqda shunday deydi: «Hech kim tekkiza olmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan – talantdir, hech kim ko‘rmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan – buyukdir». Qobiliyat masalasidagi markaziy muammo uning irsiyligi, tug‘maligidir. Platon inson qobiliyatlari tug‘ma ekanligini aytgan va inson bilgan barcha narsa uning ideal bilimlar dunyosida bo‘lgan paytidan xotiralar bo‘lib hisoblanadi, deb taxmin qilgan. Mashhur tabiatshunos Charlz Darvinning amakivachchasi Frensis Galton o‘zining birinchi kitobi «Talantning tug‘maligi, uning qonuniyatlari va oqibatlari» (1869), shuningdek, boshqa kitoblarida ta’kidlashicha, buyuklik va iste’dod avloddan avlodga beriladi, tashqi muhit omili esa bunda sezilarli rol o‘ynamaydi. Mashhur polyak pianinochisi Ignatsiy Paderevskiy, aksincha, o‘zining ajoyib pianinochilik yutuqlarining siri nimada ekanligi haqidagi savolga javob bera turib aytadi: “Bir foiz talant, to‘qqiz foiz omad va 90 foiz mehnat”.

Taniqli amerikalik kashfiyotchi Tomas Edisonning buyuklik – bu 99 foiz mehnat va bir foiz ilhom degan so‘zlari mashhurdir. Amerikalik psixolog Artur Djensen ta’kidlashicha, har bir kishi qattiq mehnat jarayonida o‘z qobiliyatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishi mumkin. Lekin qobiliyatlarni faqat ma’lum bir chegaragacha, tabiat imkon berguncha rivojlantirish imkoniyati bor. Kishi qattiq va fidokorona mehnat natijasida buyuk bo‘lib qomaydi, buyuklik unga berilgan tabiat in’omi bo‘lib hisoblanadi.

Mashhur ingliz psixologi Gans Ayzenk o‘zining ko‘p yillik tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga kelgan, talant muvaffaqiyati tizimida genetik omillar 80 foizni tashkil etadi. Nutqiy qobiliyatlar, xotira, tasavvur, hisobga olish qobiliyatlari genetik asosga ega. 20 foizi ijtimoiy shart-sharoitlarga bog‘liq, ularga oiladagi, maktabdagi sharoit, omad va baxtli tasodiflar kiradi. Genetik va ijtimoiy omillarning bu munosabatini tajribaviy yo‘l bilan tekshirib ko‘rish mushkul.Galton yuqorida eslatilgan kitobida ijodning bir yoki boshqa turi bo‘yicha qobiliyatlar avloddanavlodga o‘tgan ba’zi oilalarni misol keltiradi. Xususan, Bax avlodlarida musiqiy iqtidor ilk bor 1550 yilda kuzatilgan va besh avloddan so‘nggina I.S.Bax dahosida bir muncha kuchliroq namoyon bo‘ldi. Baxlar oilasida 60 ga yaqin musiqachi bo‘lgan; ularning 20 ga yaqini mashhur deb tan olingan. Motsart ajdodlari orasida 5 nafar, Gaydnda esa ikkita musiqachi bo‘lgan. Musiqiy musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirishning shart-sharoitlari yaratish va usullarini ishlab chiqish muvafaqqiyatli amalga oshirilsa musiqa ta’limining mazmunida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Musiqiy ta’limda musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish muommolarini o`rganish bo`yicha tajriba sinov ishhlari va natijalarni aniqlash asosida musiqa ta`limi tizimini samaradorlagini oshirishning shakl va usullarini ishlab chiqish. savodxon, chuqur bilimli, o‘z kasbiga fidoiy bo‘lgan o‘qituvchi shaxsiga bog‘liqdir.

Xulosa qilib aytganda, o`quvchilarning musiqa san’atga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda hamda musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirishda dars samaradorligini oshirish, o`quvchilarning ijodiy faolligini oshirishning yangi usul va yo’llarini musiqa ta`limiga qo`yilgan zamonaviy talablar asosida ishlab chiqish va o`quv jarayoniga tadbiq etish orqali amalga oshirish har bir pedagogning vazifasi ekanligini va pedagogning kasbiga munosib bo’lishi bosh maqsadi bo’lsagina u tarbiyalagan o’quvchilar har tomonlama еtuk insonlar bo’lib ulg’ayadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Sh.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11.

2. D.Soipova. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent., 2009.

3. Кабалевский Д.Б. Про трёх китов и многое другое. Москва., 1976.

4.E.Qobilova. Musiqa o’qitish metodikasiva maktab repertuari. Toshkent., 2023.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.