ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

OROLBO‘YI SAK-MASSAGET QABILALARINING DAVLATCHILIGI VA SIYOSIY TUZILISHI

초록

Ushbu maqolada miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi yarmida Orolbo‘yi hududida yashagan sak va massaget qabilalarining davlatchilik shakli, siyosiy tuzilishi, boshqaruv tizimi va ijtimoiy qatlamlari o‘rganiladi. Qabila ittifoqlari asosida shakllangan harbiy-demokratik boshqaruvning o‘ziga xos jihatlari, sardorlar va kengashlarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning qo‘shni davlatlar bilan siyosiy aloqalari, xususan Ahamoniylar imperiyasi bilan bo‘lgan to‘qnashuvlar tarixiy manbalar asosida yoritiladi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

SIYOSIY TUZILISHI

Kenjayev Bektash Davronbek o’g’li

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti

Ijtimoiy – Iqtisodiy fanlar fakulteti

Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar bo`yicha)

yo`nalishi 4-bosqich talabasi.

Tel: +998(99)-751-08-22

Annotatsiya: Ushbu maqolada miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi yarmida Orolbo‘yi hududida yashagan sak va massaget qabilalarining davlatchilik shakli, siyosiy tuzilishi, boshqaruv tizimi va ijtimoiy qatlamlari o‘rganiladi. Qabila ittifoqlari asosida shakllangan harbiy-demokratik boshqaruvning o‘ziga xos jihatlari, sardorlar va kengashlarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning qo‘shni davlatlar bilan siyosiy aloqalari, xususan Ahamoniylar imperiyasi bilan bo‘lgan to‘qnashuvlar tarixiy manbalar asosida yoritiladi.

Kalit soʻzlar: saklar, massagetlar, Avesto, skif, Katta Xorazm, urug‘-qabila, xorazmliklar, Quyi Amudaryo, davlatchilik.

Аннотация: В данной статье рассматриваются форма государственности, политическая организация, система управления и социальные слои саков и массагетов, населявших Приаралье во второй половине I тысячелетия до н.э. Анализируются особенности военно-демократического управления, сформировавшегося на основе племенных союзов, а также роль вождей и советов. Кроме того, исследуются их политические отношения с соседними государствами, в частности столкновения с Ахеменидской империей, на основе исторических источников.

Ключевые слова: Саки, массагеты, Авеста, скифы, большой Хорезм, родоплемя, хорезмийцы, Нижняя Амударья, государственность.

Annotation: This article examines the statehood structure, political organization, governance system, and social strata of the Saka and Massagetae tribes who inhabited the Aral Sea region in the second half of the first millennium BC. It analyzes the distinctive features of the military-democratic governance formed on the basis of tribal unions, as well as the role of chiefs and councils. In addition, the study highlights their political relations with neighboring states, particularly their confrontations with the Achaemenid Empire, based on historical sources.

Keywords: sacs, massagetes, Avesto, Scythian, great Khwarezm, seed-tribe, khwarezmians, lower Amudarya, statehood.

KIRISH (ВBЕДЕНИЕ / INTRОDUCTIОN).

Orolbo‘yi qadim zamonlardan beri turli qabilalar, etnik guruhlar va sivilizatsiyalarning chorrahasida joylashgan muhim hudud bo‘lgan. Ayniqsa miloddan avvalgi I ming yillikda bu yerda yashagan sak va massaget qabilalari o‘zining harbiy kuchi, erkinliksevarligi va siyosiy tashkiloti bilan ajralib turgan. Ular chorvachilik va ko‘chmanchilik asosida yashab, o‘zaro qabila ittifoqlariga birlashgan holda tashqi tahdidlarga qarshi kurash olib borishgan.

Massagetlar malikasi Tomarisning Ahamoniylar podshohi Kir II ustidan qozongan g‘alabasi bu qabilalarning siyosiy ongini, harbiy salohiyatini va siyosiy birlik darajasini yaqqol ko‘rsatadi. Mazkur maqolada Orolbo‘yi sak-massaget qabilalarining davlatchiligi va siyosiy tuzilishining asosiy xususiyatlari tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar hamda zamonaviy tadqiqotlar asosida yoritiladi. Maqsad — ushbu qabilalarning o‘z davrida qanday boshqaruv tizimi va siyosiy tuzilishga ega bo‘lganini aniqlashdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И

МЕТОДОЛОГИЯ / MATERIALS AND METHODS)

O‘zbek xalqining davlatchilik tarixi borasida boshqa yozma manbalar, Qadimgi Eron bitiklaridan, Yunon-rim tarixchilaridan Gerodot, Ktesiy, Arrian, Kurtsiy Ruf, Strabon va boshqalarning asarlaridan, o‘lkamizda arxeologik tadqiqotlar olib borgan tadqiqotchilarning asarlaridan qimmatli ma’lumotlar olish mumkin. Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi VI asrning o‘rtalariga kelib xalqlarning shakllanishi jarayoni tugagan, ularning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning ma’muriy chegaralari paydo bo‘lgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘zbekistonning dehqonchilik vohalarida so‘g‘diylar, baqtriyaliklar va xorazmiylar, tog‘, dasht va cho‘llarda saklar va massagetlarning chorvador qabilalari yashagan. Ushbu xalqlar turkiy va eroniy tillarda so‘zlashganlar [1].

Qadimgi chorvador qabilalardan skif, sak va massagetlar haqidagi dastlabki ma’lumotlar zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”da, Doro I ning Behustun yozuvlarida, yunon-rim tarixchilari Geradot, Dioniskiy Periget, Klavdiy Ptolomey, Strabon asarlarida ma’lumotlar uchraydi. XIX asrdayoq chorvador etnoslardan biri saklarni V.V. Grigoryev “Skif xalqi Saklar haqida” nomli asarida ta’riflab o‘tgan. Albatta u skif va sak qabilalarini o‘rganishda antik davr tarixchilari ma’lumotlariga tayangan [2]. Pompey Trog skiflar (saklar) haqida to‘xtalib, “Ular Parfiya va Baqtriyaga asos solganlar”, deb qayd etadi [3].

MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ / DISCUSSION)

Zardushtiylarning diniy kitobi bo‘lgan “Avesto”da Markaziy Osiyo va Sharqiy Eron hududlarida Ahamoniylar imperiyasi tashkil topgan vaqtga qadar qandaydir davlat tizimi bo‘lganligi haqida dastlabki ma’lumotlar uchraydi. Ular harbiy-demokratiya tipidagi qabilalar ittifoqidan o‘sib chiqqan dastlabki davlatlar edi. Yunon mualliflari (Gerodot, Gekatey)ning xabariga ko‘ra, bu zaminda qabilalar konfederatsiyasi asosida tarkib topgan dastlabki davlatlar mavjud bo‘lgan. «Katta Xorazm» va «Baqtriya podsholigi» harbiy demokratik prinsiplar asosida tarkib topgan. Afsuski, yozma manbalarda ular haqida uzun-yuluq va juda qisqa ma’lumotlar uchraydi. Ularning ba’zilari esa afsonaviy xarakterda, zardushtiylik dinining bosh islohotchisi Zaratushtra nomi bilan bog‘liq xolda eslatiladi.«Avesto» berilgan ma’lumotlarni mashhur xorazmshunos olim S.P.Tolstov, Yevropa olimlaridan V.Xenning hamda I.Gershovichlar arxeologik izlanishlar va tarixiy-geografik ma’lumotlarni solishtirib, «Katta Xorazm» davlati haqidagi o‘z qarashlarini bayon etganlar [4].

NATIJALAR (РЕЗУЛЬТАТЫ / RESULTS)

Boshqa nazariyaga ko‘ra, (Y.A.Rapoport, O.A.Vtshnevskaya) mil. avv. VII asrda xorazmlik saklarning janubiy viloyatlarga (Marg‘iyona, Parfiya) yurishlari paytida, ular janubdagi shaharlarning mudofaa tizimi, sun’iy sug‘orish inshootlari va moddiy madaniyati bilan tanishib chiqishi natijasida, bu sohalarda o‘zlashtirilgan bilimlar va ko‘nikmalar Quyi Amudaryo hududlaridagi hunarmandchilik va binokorlik sohalariga tatbiq etilgan. Shuningdek, mil. avv. VI asrdan boshlab, xususan shu saklar “xorasmiylar” degan shaxsiy etnonimga ega bo‘lganlar degan fikr ilgari surilgan [5].

Bizning olkamizda saklar, ulaming bir ko‘rinishi bolgan massagetlar qadimdan yashagani e’tirof etiladi. Ularda xo‘jalikning asosiy sohasi chorvachilik bo‘lib, yilqichilik muhim o‘rin tutgan. Mil. aw. VII asrda sak-massagetlar harbiy demokratiya davriga o‘tadilar. Mil. aw. VI asrga kelib sak-skif davlatlari vujudga kelgan. Ular atrofdagi davlat va jamiyatlar bilan ziddiyatli, tinch munosabatda bolganlar va ko‘plab urushlar olib borganlar. Sak-massagetlar yaylov-otloq, yer-suv uchun doimo boshqa urug-qabilalar bilan urush-to‘qnashuvlar girdobida yashaganlar. Urug-qabilaning har bir a’zosi jangchi bolgan. U o‘z uyi, podasi, oHoq-yaylov va suv havzasini himoya qilish uchun qilich, kamon, nayza va boshqa qurollardan foydalana bilishi hamda chavandoz bolishi hayotiy zarurat bolgan. Qurg‘oqchiliklar, uning natijasida ochlik, qahraton qish, izglrin sovuqlar kо‘chmanchilar hayotini doimo xavf-xatarga qo‘ygan. Yer-suv, otloq-yaylovlar uchun qo‘shni urug‘-qabilalar bilan o‘zaro to‘qnashuvlar ко ‘chmanchilaming doimiy hamrohi bolgan. Ana shunday xavf-xatarga tola hayot ko‘chmanchi urug‘-qabilalardan o‘zini himoya qilish va tirik qolish uchun harbiy jang san’atini o‘rganishni taqozo qilgan [6].

Orolbo‘yi saklari mil. avv. 518-yilda Doro I (522-486) tomonidan istilo qilingan. Doro I ning Kirmonshoh shahri yaqinidagi Behistun qoyasiga yozdirgan zafamomasida tobe etilgan 23 ta mamlakat va xalqlar orasida Xorazm ham qayd etiladi. Persepol shahrida Doro I va Kserks saroyiga olib boruvchi tosh pillapoya devorlarida Eron ahamoniylariga tobe mamlakatlardan xiroj olib kelgan vakillaming bo‘rtma rasmlarining 8 qatorida sug‘diyonaliklar, 11 qatorida saka tigraxaudalar, 13 qatorida parfiyaliklar, 15 qatorida baqtriyaliklar, 17 qatorida esa xorazmliklar aks etgan bo‘lib, xorazmliklar qo‘llarida dudama xanjar, jangovar harbiy bolta va bilaguzuk tutib, ot yetaklab kelayotgan holda tasvirlangan [7].

XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ / CONCLUSION)

Orolbo‘yi hududida yashagan sak va massaget qabilalari miloddan avvalgi I ming yillikda Markaziy Osiyo tarixida muhim rol o‘ynagan siyosiy va harbiy kuchlardan biri bo‘lgan. Ularning siyosiy tuzilishi an’anaviy davlat shakllaridan farq qilgan bo‘lsa-da, qabila ittifoqlari asosida tashkil etilgan boshqaruv tizimi muayyan darajada markazlashuvga erishgan edi. Qabila sardorlari (ko‘pincha harbiy yetakchilar) boshchiligida qarorlar kengash orqali qabul qilinib, muhim siyosiy masalalarda xalq ishtiroki ta’minlangan. Sak va massagetlarning boshqaruv tizimida harbiy-demokratik an’analar asosiy o‘rin tutgan bo‘lib, bu ularning mustaqillikni asrab qolishida va tashqi bosqinlarga qarshi kurashishda asosiy omil bo‘lgan. Ahamoniylar imperiyasi bilan bo‘lgan to‘qnashuvlar, xususan, Tomiris malikasi rahbarligidagi qarshilik va Kir II ustidan qozonilgan g‘alaba, ularning siyosiy tafakkuri va tashkilotchilik salohiyatini yaqqol ko‘rsatadi.

Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sak-massaget qabilalari boshqaruv tizimida:

Qabila sardorlarining yetakchiligi,

Harbiy kuchning siyosiy hayotdagi roli,

Urug‘lararo ittifoqlar asosidagi siyosiy birlik,

Davlatga xos ayrim belgilarning mavjudligi, mavjud bo‘lgan va bu omillar ularni o‘z davrining muhim siyosiy kuchiga aylantirgan.

Ularning siyosiy tuzilmasi va davlatchilik tajribasi keyingi davrlardagi turkiy va eroniy xalqlarning boshqaruv tizimlariga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Shu sababli, sak va massagetlarning siyosiy merosi nafaqat tarixiy ahamiyatga, balki hozirgi siyosiy tafakkur taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutadi.

ADABIYOTLAR ROʻYXATI (ИСПОЛЬЗОВАННАЯ ЛИТЕРАТУРА /

REFERENCES)

1. Jo‘rayev I “O‘zbekiston davlatchiligi tarixida boshqaruv tizimining

shakllanishi” Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023 19-bet.

2. Sultanov E “Ancient Sogd herdsmen” https://www.supportscience.uz/

index.php/ojhpl Oriental Journal of History, Politics and Law 127-bet.

3. Manbashunoslik va Tarixshunoslik fanidan o‘quv-uslubiy majmua Namangan –

4. Valiyeva G “Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalarining yuzaga kelishi journal

of new century innovations https://scientific-jl.org/index.php/new volume–

71_issue-1_february-2025. 19-bet.

5. O‘ZBEKISTON TARIXI I kitob Toshkent «VNESHINVESTPROM» 2019 164-

bet.

6. Rajabov R “Qadimgi sharq harbiy san’ati” Yangi asr avlodi Toshkent 2018 71-72-

betlar

7. Doniyorov M “Markaziy osiyo xalqlari tarixshunosligi” Toshkent NIF MSH 2020

45-bet.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.