ORTTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI SINDROMI.
Ziyodullayeva Nargiza Akmalovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filliali Davolash ishi 22-11 -a guruh
talabasi
Annotatsiya: Bir necha yildirki, OIV kasalligi dunyo hamjamiyatini tashvishga solib turgan kasalliklardan biri sanaladi.1981 yilda ilk bora ro’yxatga olingan ushbu infeksiya bugungа kelib pandemiya darajasiga yetdi. Bugun ushbu kasallik kirib bormagan mamlakat, davlat yoki hududning o’zi qolmadi. Bu kasallik ijtimoiy kasallikdir. Shuning uchun u keng ma’noda nafaqat iqtisodiy, siyosiy zarar yetkazadi, shuningdek, oilaviy, ruhiy, ma’naviy, axloqiy jihatdan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi), OIV, immunitet tizimi, virus, infeksiya.
OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) OIV deb nomlangan virus (odam immunotanqislik virusi) sabab bo’lgan sindrom, xalq orasida ko’proq SPID kasalligi nomi bilan tanilgan. Kasallik immunitet tizimini o’zgartirib, odamlarni infektsiyalar va kasalliklarga ko’proq moyil qilib qo’yadi. Bu sezuvchanlik sindrom rivojlanishi bilan yomonlashadi. Ushbu kasallikda organizmni ichki va tashqi zararli ta’sir etuvchi ta’sirotlardan himoya qiluvchi – immun tizimi virus ta’sirida izdan chiqadi. OITSni fransuz olimi Lyuk Montante va amerikalik olim Robert Gallo kashf etgan virus keltirib chiqarishi isbotlangan. Bu xastalikning negizida kishi organizmining kasalliklarga, ayniqsa, infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatining buzilishi yotadi.
OITS o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘limga olib kelmagani holda kishida o‘pka yallig‘lanishi, turli-tuman infeksiyalar, miyaning jarohatlanishi, xatarli o‘smalarning rivojlanishi va boshqa xastaliklarga zamin hozirlaydi. Uzoq davolana olmaydigan zotiljam, diareya, sil va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning barchasi uchun umumiy limfa tugunlarining kattalashishi, bemorning ozib ketishi, unda kuchli avitaminoz, bitmaydigan yaralar va boshqalar paydo bo‘lishi kuzatiladi.
OIV – virusi OITS ning rivojlanishi sababidir. Ba’zi hollarda esa virus bilan zararlangan odamlarda OITS rivojlanmasligi mumkin. OITS ko‘p hollarda OIV o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga keladi.OIV – bu retrovirus oilasiga kiradi, organizmning muhim organlari va immun tizimi hujayralarini zararlaydi. Agar virusning rivojlanishiga qarshi antirertovirus terapiyasi olib borilmasa, virus organizmda tez rivojlanadi. Virusning rivojlanishi turli omillarga bog‘liq. Bular insonning yoshi, organizmning OIV virusdan himoya xususiyati, sog‘ligi, boshqa infeksiyalar, irsiy omillar bo‘lishi mumkin.
OIV qanday yuqishi mumkin?Jinsiy aloqa – bu yo‘l bilan zararlangan jinsiy suyuqliklar (rektal, genital va og‘izning shilliq qavat) natijasida yuqadi. Bu holat jinsiy aloqa paytida himoya vositalaridan foydalanilmaganda, atipik jinsiy aloqa bo‘lganda, yoki ishlatiladigan ashyolar orqali sodir bo‘lishi mumkin. Onadan bolaga – OIV bilan zararlangan ayoli farzandiga OIV virusi bilan tug‘ruq davomida, homiladorlikda, ko‘krak suti bilan oziqlantirish paytida yuqtirishi mumkin.Qon orqali – bu yo‘l orqali yuqish rivojlangan mamlakatlarda qon quyish jarayonida ko‘proq sodir bo‘ladi. Bu holatda tomir ichiga yuboriladigan narkotik shprislarini o‘zgartirmasdan yoki zararlangan shpirslar orqali yuborilganda zararlanish kuzatiladi.
OITS belgilari.OIV ning belgilari asosan ikkilamchi infeksiyalar bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar bilan zararlanish natijasida yuzaga chiqadi. Agar odamning immun tizimi sog‘lom bo‘lsa, bu holat rivovlanmasligi ham mumkin.OIV ning boshlang‘ich belgilariBa’zi OIV bilan zararlangan insonlarda kasallikning belgilari oylab, hatto yillab ham kuzatilmasligi mumkin. 80% holatda virus bilan zararlangandan so‘ng 2-6 haftadan so‘ng gripp bilan zararlangan holatdagi belgilar kuzatilishi mumkin. Buni o‘tkir retrovirus sindromi deyiladi.
OIV boshlang‘ich simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Yuqori harorat;
• Qaltirash;
• Bo‘gimlarda og‘riq;
• Mushaklarda og‘riq;
• Tomoq og‘rig‘i;
• Tunda ko‘p terlash;
• Bezlarning kattalashuvi;
• Tanada qizil rangli toshmalar;
• Tez charchash;
• Tezda vazn yo‘qotish.
Shuni yodda tutish kerakki yuqoridagi belgilar faqatgina OIV virusning o‘zi bilan emas, balki ikkilamchi viruslar bilan zararlangan keyin yuzaga keladi.
OITS bilan ogʻriganlarning koʻpchiligini narkomanlar (giyoxvandlar), fohishalar, gomo- va biseksuallar tashkil etadi. OITS organizmga jinsiy aloqa, parenteral muolajalar (nosteril igna, shprits va boshqa tibbiy anjomlar ishlatilganda), inifitsirlangan qon va uning oʻrnini bosuvchi dorilarni qoʻllash, aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) vaqtida, shuningdek, virusni yuktirib olgan onadan homilaga homiladorlik davrida, tugʻish jarayonida va goʻdak emi-ziladigan boʻlsa, koʻkrak suti bilan yuqib qolishi mumkin.Oʻzbekistonda OIV/OITS bilan bogʻliq masalalar Sogʻliqni saqlash vazirligining OIV/OITS xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Respublika.OIV/OITS markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi OIV/OITS markazi, Toshkent shahar va viloyatlar OIV/.OITS markazlari oʻz xududlarida ushbu soha faoliyati bilan bogʻliq barcha profilaktik, epidemiologik, lab. tekshiruvi, davolash tadbirlarini olib boradi. Har bir markaz qoshida oʻz ixtiyori bilan lab. tekshiruvi uchun kelganlarni sir saqlagan holda tekshiradigan anonim xonalar mavjud. Maqsadli guruhlargiyohvandlar va seksiolog xodimlari bilan virus yuqib qolishining odsini olish maqsadida xufiyona ish olib boradigan Ishonch punktlari (IP) ham ishlaydi.
Profilaktikasi. Ushbu infeksiya keng tarqalgan kasalliklardan biri boʻlgani uchun muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha soha vakillari ishtirokida olib borilishi lozim. Har bir yigit-qiz bu infeksiyaning tarqalish yoʻllari, uning oldini oladigan tadbirlardan xabardor boʻlishi va oʻzini undan ehtiyot qilishi kerak.[
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 197 mamlakatida 2000 yil oxirigacha 5,5 million odam OITS bilan xastalangan va ulardan 15,5 millioni vafot etgan. Hozirgi kunda esa bu xastalikka chalinganlar soni 90 million atrofida.O‘zbekistonda ham OITS bilan kasallanganlarning soni ortib bormoqda. Shuning uchun xalqimizga OITS haqida ilmiy asoslangan, mukammal tushunchalarni yetkazishning ahamiyati nihoyatda katta.
OITS kasalligining belgilari: Kasallikning yashirin davri o’rtacha 3-4 haftadan 5- 6 oy, hatto 2-5 yilgacha davom etib, so’ng OIV infeksiyasining klinik belgilari namoyon bo’ladi. Bunda kamquvvatlik, ishtaha pasayishi, kechalari terlash, uzoq vaqt sababsiz tana haroratining ko`tarilishi, limfa tugunlari (jag’ osti, qo’ltiq osti, chov)ning kattalashuvi kuzatiladi, terida toshmalar paydo bo’ladi. Shuningdek, ich ketishi (diareya), sababsiz o`pka shamolashlari (atipik pnevmoniya) holatlari, odamning keskin ozib ketishi, xavfli o`smalarning rivojlanishi yuzaga keladi. Avj olish davrida bemor sariq kasal, sil, nafas yo’llari va oshqozon ichak tizimini zararlovchi turli kasalliklarga beriluvchan bo’lib qoladi.Tanada yuzaga kelgan boshqa kasalliklarning asorati tufayli inson hayotdan ko`z yumadi. Kasallik muqarar o`lim bilan tugaydi.
Ko’pgina hollarda OITSning dastlabki alomatlari yo’qolib ketganidan keyin ko’p yillar davomida qo’shimcha kasallik alomatlari kuzatilmaydi.Shu vaqt ichida virus rivojlanib, immun tizimi va tana a’zolariga zarar yetkazishda davom etadi. OIVni replikatsiyalashga qarshi dori vositalarisiz ushbu jarayon o’rtacha 10 yilgacha davom etishi mumkin. Infektsiyalangan odamda odatda hech qanday alomat kuzatilmaydi, u o’zini yaxshi his qiladi va sog’lom ko’rinadi.
Qon namunasini tahlil qilish.Tashxis virus mavjudligini aniq ko’rsatadigan qon tahlili yordamida amalga oshiriladi. Agar virus aniqlangan bo’lsa, test natijasi «ijobiy» bo’ladi. Qon bemorga kasallik mavjud deya xabar berilgunga qadar bir necha marta qayta tekshiriladi.Agar bemor virusga duchor bo’lsa, u imkon qadar tezroq sinovdan o’tishi juda muhimdir. OIV erta aniqlanganda davolanishning muvaffaqiyatli bo’lishi ehtimoli ko’proq. Bundan tashqari, uyda o’tkazsa bo’ladigan test vositasidan foydalanish mumkin. Virus yuqganidan so’ng, test natijasida ijobiy natija berishi uchun 3 haftadan 6 oygacha vaqt ketishi mumkin. Ba’zan qayta sinov qilinishi talab etiladi.
Oits (spid) ni davolash.Hozirgi kunda OIV yoki OITSga davo yo’q. Mavjud davolash usullari kasallikning rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin va ko’pchilik odamlarga uzoq va nisbatan sog’lom hayot kechirishga imkon beradi.Infektsiyalanish erta muddatlarda aniqlanganda antiretrovirusli davolanish juda muhimdir — bu hayot sifatini yaxshilaydi, umr ko’rish davomiyligini uzaytiradi. Shuningdek, 2013-yil iyun oyida chop etilgan Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti yo’riqnomalariga muvofiq yuqtirish xavfini kamaytiradi. Hozirgi kunda ushbu infektsiyaga qarshi hech qanday emlash yoki dori-darmon ishlab chiqilmagan, ammo so’nggi yillarda davolash usullari ancha yaxshilandi. Bemorlarning sog’ligi va hayot sifatini kuniga qabul qilinadigan bir tabletka sezilarli darajada yaxshilasi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, OITS biz bilan birga XXI asrga kirib kelganini hisobga olib, har bir kishi bu masalada jon kuydirmog‘i darkor. OITS virusining yuqish ehtimoli bor ekan, har bir erkak, ayol va farzandlarimiz, OITSning kelib chiqishi sabablarini yaxshi anglab, o‘z xulq-atvorlarini oliy darajada saqlab yursalar, bu kasallik changaliga tushmasliklari aniq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абидова 3. М.. Азимова Ф. В. “Определение видового состава возбудителейорофарингеального кандидоза у больных ВИЧ-инфекцией". Журнал “Дерматовенерология и эстетическая медицина”. 2 0 1 1.Л'°1-2,с. 93-94.
2. Азизов Б. С.. Исмаилова Г. А. “Видовой спектр возбудителей при гнойничковых поражениях кожи у больных с ВИЧ-позитивным и ВИЧнегативным статусом”. “Новости дерматовенерология и репродуктивного здоровья”. 2010.М’ I -2.с.6-9.
3. Axmedov К. R. “SPID” nima? - T.:”Meditsina”. 1990.
4. Arifov S., Eshboyev E. “Teri va tanosil kasalliklari”. - Т . : 2010.
5. Атабеков H.C. и др. “Возрастные особенности ВИЧ-инфекции в Узбекистане “. В кн. “Материалы Республиканской научно-практической конференции “Актуальные вопросы инфекционных болезней и
ВИЧ/СПИДа”.201 I .e.367-368.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.