RIVOJLANISH TENDENSIYALARI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA, 2024-
YIL STATISTIKASI ASOSIDA)
Abduraxmanova A.B.
Urganch davlat tibbiyot instituti
Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va ftizyatriya kafedrasi
Ilmiy rahbar: Masharipova Shoxista Sabirovna
Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va ftizyatriya kafedrasi dotsenti PhD Kirish: O‘tkir ichak infeksiyalari global sog‘liqni saqlash muammosi bo‘lib, ularning ko‘plab turlari mavjud: salmonellyoz, dizenteriya, esherixioz, rotavirusli va norovirusli infeksiyalar, kampilobakterioz va boshqalar. Bu infeksiyalar asosan ifloslangan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik orqali yuqadi. O‘zbekistonda ichak infeksiyalari asosan issiq mavsumda ko‘proq uchraydi. Tadqiqot maqsadi: 2024-yildagi statistik ma’lumotlar asosida O‘zbekiston hududlarida o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallanish darajasini baholash, epidemiologik xususiyatlarini aniqlash va ularning oldini olish chora-tadbirlarini tavsiya etish. Materiallar va usullar:2024-yilda O’zbekiston Respublikasida qayd etilgan rasmiy statistik ma’lumotlar tahlil qilindi. Kasallanish darajasi 100 000 aholi soniga nisbatan hisoblab chiqildi. Viloyatlar kesimida solishtirma tahlil va tendensiyalar o‘rganildi. Tadqiqot natijalari:2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallanish darajasi 100 000 aholi soniga nisbatan 134,1 tani tashkil etdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (59,4), Farg‘ona viloyati (39,7), Samarqand viloyati (28,46) va Jizzax viloyati (27,7) yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Eng past ko‘rsatkichlar Qashqadaryo (4,8), Namangan (4,8) va Andijon (7,9) viloyatlarida qayd etildi. Bu esa hududlar bo‘yicha gigiyena, sanitariya holati, ichimlik suvi sifati va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlaridagi tafovutlarni aks ettiradi. Shuniyam aytib o’tish kerakki 2024-yil xonadonlarning ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichi Qoraqalpog‘iston Respublikasida66.4%, Farg‘ona viloyatida- 71,8%, Samarqand viloyatida- 75,6%, Jizzax viloyatida- 66,1% ni tashkil qilgan. Kasallik epidemiologiyasi: Kasallikning asosiy manbai bemor odam yoki tashuvchilardir. O‘tkir ichak infeksiyalari sabablari orasida rotavirus, norovirus, adenovirus kabi viruslar, shuningdek, salmonella, shigella, Escherichia coli (E. coli)kabi bakteriyalar, giardia lamblia va entamoeba histolytica kabi parazitlar mavjud. Ushbu kasalliklar asosan fekal-oral yo‘l bilan yuqadi, ya’ni ifloslangan suv yoki oziq-ovqat iste’moli orqali, shuningdek, bemor bilan bevosita yoki bilvosita aloqa (kontakt) yo’li tarqaladi. Gigiyena qoidalariga rioya qilinmasligi kasallik tarqalishining asosiy omillaridan biridir. O‘tkir ichak infeksiyalari epidemiologiyasi jihatidan yoz oylarida kasallanish darajasi ortadi, bu esa yuqori haroratda suv va oziq-ovqatning tez buzilishi bilan bog‘liq. Bolalar, ayniqsa 5 yoshgacha bo‘lganlar va immuniteti zaif shaxslar bu kasalliklarga nisbatan sezuvchanroq hisoblanadi. Yuqori aholi zichligi, past sanitariya sharoiti va toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan hududlar infeksiya uchun qulay muhit yaratadi. Ko‘pincha kasalliklar guruhli holatlarda, ya’ni bolalar bog‘chalari, maktablar yoki ovqatlanish muassasalarida uchraydi. Xulosa: 1. 2024-yilgi statistik ma’lumotlar Oʻzbekistonda oʻtkir ichak infeksiyalari hali ham dolzarb muammo ekanligini koʻrsatmoqda. Kasallanish darajasi boʻyicha hududlar oʻrtasida sezilarli tafovutlar mavjud, bu esa gigiyena, sanitariya holati, ichimlik suvi ta'minoti va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlaridagi farqlarni aks ettiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Farg'ona, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kasallanish darajasi yuqori boʻlib, bu hududlarda profilaktika va sanitariya-epidemiologiya nazoratini kuchaytirish zarurligini koʻrsatadi. 2.Kasallikning asosiy manbalari bemorlar va tashuvchilar boʻlib, fekal-oral yoʻl bilan yuqish asosiy tarqalish mexanizmi hisoblanadi. Yoz oylarida kasallanishning ortishi, bolalar va immuniteti zaif shaxslarning yuqori sezuvchanligi epidemiologik xususiyatlardir. 3.Oʻtkir ichak infeksiyalarining oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur, ichimlik suvi sifatini yaxshilash, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash, aholining sanitariya madaniyatini oshirish, epidemiologik nazoratni kuchaytirish va Rotavirus infeksiyasiga qarshi emlash dasturlarini kengaytirish.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.