O‘ZBYEK MILLIY NAQQOSHLIK SAN’ATINI
Xatammirzayeva Sevara Odiljon qizi
Namangan Davlat Universiteti Amaliy san'at va rangtasvir
kafedrasi, badiiy kulolchilik yo`nalishi II- bosqich talabasi
Khatammirzayeva@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada xalq amaliy bezak san’atidan biri bo’lmish naqqoshlik san’ati haqida so’z boradi. Unda naqqoshlik san’atning vujudga kelishi, tarixi, rivojlanishi, uning turlari, naqqoshlik maktablari va boshqa amaliy san’at turlarida qo’llanilishidagi o’rnini yoritib beradi. Shu bilan bir qatorda naqqoshlik san’atining insonlarga ta’siri, ularning estetik madaniyati , didi dunyo qarashi va qobiliyatlarini shakllantirishdagi o’rnini bayon etadi.
Kalit so`zlar: tasviriy san’at, naqsh, gul, inkurustatsiya, girix, handasiy naqsh, estetik madaniyat, simmetriya, assimetriya, ramziy naqsh
Kirish: O’zbekiston xalq amaliy bezak san’atinig tarixi, qadriyatlari amaliy bezak san’ati, madaniyat durdonalarini, har tomonlama ilmiy o’rganish va tahlil etish g’oyat muhimdir. Shu maqsadda, naqqoshlik san’atini ilmini olgan har bir inson borki, o’z ishining ustasidir. Qilayotgan har bir ishi san’at darajasiga ko’tarilib, butun dunyoda o’zbek milliy amaliy san’atini, xalq ustalari maqomini yuqorilashda o’z hissasini qo’shib kelmoqda. O’tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar xozirgi kungacha maftunkor jilosini yo’qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda. Miliy naqshlarimiz g’oyatda boy mazmunga ega. O’zbekistonning an’anaviy me’morchiligida naqqoshlik asosan shiftlarni, jimjimador araqilarni, saroy ustunlarini, masjidlar, maktablar, boylarning uylari, yog’ochdan yasalgan buyumlarni bezashda qo’llangan. Naqshdagi o’zaro singib ketgan novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan gullarning ritmik harakati, o’zbek ustalarining ishlaridagi islimi va girih naqshlarining bevosita an`anaviy mumtozligi shiftlarning shakliga moslangan. Naqsh ko’proq bino inshootlarni ichki va yopiq ayvon, peshayvonlarni bezashga xizmat qiladi. Hozirgi paytda naqshdan me’morchilikda, uy jihozlari, sovg’alar, mayda yog’och o’yinchoqlar, musiqa asboblari va turmushda kerakli buyumlarni bezashda faydalaniladi. Bu go’zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan bo’lib, asrlar davomida bunyod topdi, rivojlandi, me’morlik hamda tasviriy san’at namunalari bilan omuxta ravishda uygunlasha bordi. Naqqoshlik ayniqsa sabr-toqat, mustahkam asab, yuksak quntni talab qiluvchi hunardir.
Naqsh-arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatadi. Qush, hayvon, o’simlik, geometrik va boshqa elementlarni ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Dizayn va amaliy san’atning barcha turlarida loyihalash deb ataladi. Naqqosh turli shakl va manzaralarni bir-biriga nisbatan solishtirib va joylashtirib nafis san’at asari yaratadi. Bunday holni biz boshqa san’at turlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Ko‘pincha asarning tomoshabin tomonidan qabul qilinishi, uning kompozitsion yechimiga bog‘liq ekanligini yodda tutmoq kerak. Kompozitsiyani o‘simliklar dunyosidan boshlab o‘rganishga harakat qilib ko‘raylik. Daraxt misolida ko‘rilganda unib chiqayotgan ildiz, shox, barg, novdalarning tanasiga uzviy bog‘liq ekanligini nazarda tutmoq lozim. Tasviriy shakl orqali bo‘laklarni bir-biriga bog‘laydi va umumlashtiradi. Tasvirlash: asar bo‘laklarini o‘zaro aloqalarini o‘rganish, ularni umumiy yaxlitlikka bog‘lash, umumlashtirish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishdan iborat. Naqqoshlar asrlar davomida o‘z asarlarining tasviriy yechimini aniq, ravshan, tiniq namoyon etish maqsadida, kompozitsiyaning yangi tuzilmalarini qidirishgan. Natijada asarlarda shakl elementlarining joylashuvi tartibsiz emasligi, mantiq mavzuning ahamiyatga molik unsurlari oddiy geometrik ko‘rinishlarda uchburchak piramida, doira, oval, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchaklardan tashkil topadi. Yangi zamonaviy kompozitsiyalar yaratish uchun albatta, g‘oya, joylashtirish, oltin kesma qoidasi, mutanosiblik, simmetriya, assimmetriya, nisbiylik marom, harakat turlari, ranglar uyg‘unligi, kompozitsiya markazi, hajmi, badiiylashtirish-stilizatsiya, shakllarni to‘g‘ri va teng qismlarga bo‘lish, rangshunoslik qonunlariga to‘liq rioya qilish lozim. Madaniyatning rivojlanishi natijasida rassomlik va naqqoshlik ajralib chiqdi va rivojlandi. Naqqoshlik har bir davlatning o’ziga hos muhitiga: geografik o’rniga, o’lkaning o’simlik dunyosiga ko’ra rivoj topdi.
IX-X asrlarda O’rta Osiyoda naqqoshlik san’ati avj olib rivojlandi. Arxitekturada g’isht qalab naqsh solish yuksak darajada rivojlandi, binolarning ichki tomoniga ganch, yog’och o’ymakorligini qo’llash yuksak rivoj topdi. Ayniqsa maqbaralarning peshtoqlari devor va ravoqlari ganch-naqshlar bilan bezatildi. Ramziy naqshlar dunyoda sodir bo’layotgan voqealiklar tilaklarni aks ettirgan. Har bir chizilgan naqshda o’ziga hos ma’no bo’lgan. Chunonchi, o’simliksimon naqsh gulsapsarni olaylik, u osoyishtalik umr uzoqlik timsoli, «pechak islimiy» naqshi boylik va farovonlikni, novda va yaproqlar esa to’kinchilik hamda bahor chog’ida uyg’onishni bildiradi. Naqqoshning tasvirlari bu uning ona tabiatga bo’lgan muhabbatini bildiradi. Uning ranglari o’ziga hos ma’no va harakterga ega. Naqsh o’zbek madaniyatining hamma bosqichlarida hamroh bo’lib kelgan. Eng oddiy prinsiplari bir-biriga mutanosiblik, uyg’unlik, yo’sin va usullarini ajoyib qayta-qayta takrorlashidan hosil bo’ladi. Nozik o’simliksimon-geometrik badiiy naqqoshlik ranglarning uyg’unligida va o’ziga xos kompozisiyalarda go’zallik yaratish san’atidir. Naqqosh usta o’z ishida ranglarning tabiiy jilosidan va uyg’unligidan, bejirim shakldan, material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib yorqin ifodalikka erishadi.
Yosh avlod tarbiyasida milliy hunar o‘rganishning ta’siri, halol mehnat kabi axloqiy tushunchalar shubhasiz yuksak ma’no kasb etadi. Bu bilan insonlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini rivojlantirishga, turmush darajasini taraqqiy ettirishga yaxshi dalillar keltiriladi. Hunar va kasb o‘rganish yoshlarni har qanday nojo‘ya xattiharakatlardan xoli qiladi. Hayotda uchragan qiyinchiliklar oqibatida tugilishi mumkin bo‘lgan yomon fikrlardan qaytishga o‘rgatadi. Alisher Navoiy naqqoshlar hunaridan zavqlanib, ularga el oldida boqiy umr tilagan, naqsh gullarining topilishi va takomillashishiga, amaliy bezak ishlarining bardavomligini saqlab kelajak avlodlarga ham milliy qadriyat va an`analarimizni saqlanishiga o`z hissalarini qo‘shadilar deb o`tgandi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilanbirga quramiz. ‐Toshkent:O‘zbekiston, 2017.
2. Ruzinov, B., & Abdullayev, A. (2021). Ko‘hna Axsikent. Obщestvo i innovatsii, 2(2/S), 692-698.
3. Ro‘zinov, B. A., Nuriddinov, B. X., & Karimboyev, X. Q. O‘. (2021). Moddiy madaniy meros ob’ektlari orqali talabalarning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan mehrini uyg‘otish. Academic research in educational sciences, 2(3), 99-108.
4. Ruzinov, B. A. (2022). Akhsikent Earthquake. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 9, 209-212.
5. Ro‘zinov, B. A., Nuriddinov, B. X., & Umarov, X. (2021). Farg‘ona vodiysi amaliy san’atining ta’lim tarbiyadagi O‘RNI. Academic research in educational sciences, 2(3), 117-123.
6. Qozoqov T, R. B., & Vohidov, A. (2020). Buyuklarga beshik bo‘lgan Axsikent yohud Farg‘ona allomalari. Toshkent: Navro‘z.
7. Ro‘zinov, B., Rejabova, S., & Ismoilov, Yu. (2013). Qosimov A. Namangan viloyati madaniy merosi. Namangan: Namangan.
8. Ro‘zinov, B., & Rajabova, S. (2006). Namangan viloyati madaniy merosidan lavhalar. Namangan nashriyoti.
9. Qozoqov, T., Ruzinov, B., & Vohidov, A. (2018). Ibrat nigohidagi Axsikent. Toshkent: Navroz.
10. Qozoqov T, R. B., & Vohidov, A. (2018). Ibrat nigohidagi Axsikent. Toshkent: Navro‘z.
11. Ismoilov, Yu., & Ro‘zinov, B. (2013). Axsikent-qadimgi farg‘ona poytaxti. Namangan: Namangan nashriyoti.
12. Ruzinov, B. A. (2023). Tasviriy san’at rivojlanish tarixi va bugungi kundagi ahamiyatli jihatlarini o’rganish va taxlil qilish. models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(19), 1-8.
13. Ruzinov, B. A. (2022). Fargona vodiysi amaliy sanati. Journal of new century innovations, 10(3), 70-74.
14. Nuriddinov, B., & Ruzinov, B. (2021). Namangan, The City Of Flowers. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(01), 35-38.
15. Sharipjonov, M. Sh. (2020). Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy mahoratlarini takomillashtirishda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi. Molodoy uchenыy, (43), 351-353.
16. Amanullaev, A.A. (2022). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT
O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDAGI HOZIRGI MASALALAR. ASIA
PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836
Impact Factor: 7.603 , 11 (03), 1-3.
17. Muhammad, A. (2022). MANZARA JANRIDA TARKIBI VA
RANGNING ALOQASINI ILMIY O'RGANISHNING XUSUSIYATLARI. ASIA
PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836
Impact Factor: 7.603 , 11 (02), 5-8.
18. Abdumo’Minova, D. A. Q. (2022). Talabalarga tasviriy san’atdan mashg’ulotlarni tashkil etishda qalamtasvirning nazariy qonunlardan foydalanish. Science and Education, 3(9), 467-473.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.