ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O‘ZBEK TILIDAGI “DO‘PPI” LEKSEMASI ISHTIROK ETGAN MILLIY-MADANIY BO ‘YOQDORLIKGA EGA FRAZEOLOGIK IBORALARNING TAHLILI

초록

Phraseological units in the Uzbek language reflect the national spirit and the life experiences of the people. The word “do‘ppi” (traditional Uzbek skullcap) is one of the key components in such phraseological expressions. It appears in numerous idioms, reflecting the cultural and social characteristics of the Uzbek people. This article analyzes phraseological units containing the word “do‘ppi,” exploring their meanings, usage contexts, and national features. These expressions not only highlight the richness of the Uzbek language, but also embody the way of life and values of the nation.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

“O‘ZBEK TILIDAGI “DO‘PPI” LEKSEMASI ISHTIROK ETGAN MILLIY-

TAHLILI”

Rustamova Shohzodabonu Jahongir qizi

1-kurs magistratura talabasi,

Ingliz tilshunosligi kafedrasi,

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti

rushadarose@gmail.com

Ilmiy rahbar: Mamatova Feruza Maxammadovna

O‘zbekiston Milliy universtiteti

Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

feruzahon26@gmail.com

Annotation: Phraseological units in the Uzbek language reflect the national spirit and the life experiences of the people. The word “do‘ppi” (traditional Uzbek skullcap) is one of the key components in such phraseological expressions. It appears in numerous idioms, reflecting the cultural and social characteristics of the Uzbek people. This article analyzes phraseological units containing the word “do‘ppi,” exploring their meanings, usage contexts, and national features. These expressions not only highlight the richness of the Uzbek language, but also embody the way of life and values of the nation.

Key words: Doppi, idiom, national, mentality, values, social values.

Аннотация: Фразеологические единицы в узбекском языке отражают национальный дух и жизненный опыт народа. Слово «доппи» (узбекская традиционная тюбетейка) является одним из основных компонентов таких фразеологических выражений. Оно встречается во многих идиомах, отражающих культурные и социальные особенности узбекского народа. В данной статье рассматриваются фразеологические единицы с участием слова «доппи», их значения, сферы употребления и национальные особенности. Эти выражения, с одной стороны, демонстрируют богатство узбекского языка, а с другой — отражают образ жизни и ценности народа.

Ключевые слова: Тюбетейка, идиома, национальный, менталитет, ценности, социальный.

Annotatsiya: O‘zbek tilidagi frazeologik birliklar milliy ruhni va xalqning hayotiy tajribasini aks ettiradi. “Do‘ppi” so‘zi ham ana shunday frazeologizmlarning asosiy qismlaridan biridir. U ko‘plab iboralarda ishlatilib, o‘zbek xalqining madaniy va ijtimoiy xususiyatlarini aks ettiradi. Ushbu maqolada “do‘ppi” so‘zi ishtirok etgan frazeologik birliklar tahlil qilinadi, ularning ma’nolari, qo‘llanilish doirasi va milliy xususiyatlari o‘rganiladi. Bu iboralar, bir tomondan, o‘zbek tilining boyligini ko‘rsatib, boshqa tomondan, xalqning turmush tarzini, qadriyatlarini ifodalaydi.

Kalit so‘zlar: Do‘ppi, ibora, milliy, mentalitet, qadriyat, ijtimoiy.

Xalqning turmushidagi jarayonlar va shunga suyanuvchi obraz va predmetlar asosida shakllangan frazeologik birikmalar ushbu millat mentaliteti va madaniyatining ko‘zgusidir [1]. O‘zbek tilidagi “do‘ppi” so‘zi ko‘plab frazeologik birliklarda ishlatiladi va bu iboralar xalqimizning dunyoqarashi, hissiyoti va madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Quyidagilar o‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan “do‘ppi” so‘zi ishtirok etgan iboralarga misollardir.

1. Do‘ppisini osmonga otmoq. Ma’nosi: Juda xursand bo‘lish, quvonchini yashirmaslik. Misol: “Sizni qarang, men “to‘rt” olsam, do‘ppimni osmonga otgan bo‘lardim!” (O. Yoqubov, “Muqaddas”) [2]. Bu ibora o‘zbek xalqining quvonchni oshkora ifodalashga bo‘lgan moyilligini ko‘rsatadi. Do‘ppining osmonga otilishi tasviriy tarzda baxtiyorlikni, erishilgan muvaffaqiyatni ifodalaydi. Milliy-madaniy jihatdan o‘zbek xalqida xursandchilik va quvonchni jamoaviy tarzda, oshkora ifodalash qadriyatiga katta e’tibor beriladi. Bu ibora, shuningdek, kuchli ijtimoiy aloqalar va birgalikdagi quvonchni ifodalaydi.

2. Do‘ppisi tor kelmoq. Ma’nosi: Ilmiy imkonsizlik, og‘ir holatga tushish. Misol: “Azim boyvachcha Xolxo‘janing joniga ora kiradi… do‘ppisi tor kelib qolganida, ikkinchi magazindan pora uchun gurunch olganini gapirgan edi.” (A. Muhiddin, “Qitmir”) [3]. Bu iboraning milliy-madaniy xususiyati shundaki, ibora o‘zbek tilida kishining cheklangan holatga tushishini, ya’ni qiyin ahvolda bo‘lishi inson do‘pissi tor kelgan payttagi noqulaylik va qiyinchilik bilan qiyoslanadi. Do‘ppi, bu yerda, insonning tashqi holatini (bosh kiyimi tor kelish) ichki ruhiy ahvoli bilan bog‘lash orqali uni simvolik tarzda ifodalash imkonini beradi.

3. Do‘ppining tagida odam bor. Ma’nosi: Odamlarning ichki dunyosi va tashqi ko‘rinishining farqini ko‘rsatish. Misol: “Bundan keyin bunaqa gapni sekinroq gapiringlar, do‘ppining tagida odam bor-a.” (S. Ahmad, “Qadrdon dalalar”) [3]. Bu ibora xalqimizning insonlarni tashqi ko‘rinishidan ko‘ra ichki sifatlariga ko‘proq e’tibor berishini ko‘rsatadi. Do‘ppi, shunday qilib, tashqi ko‘rinishni anglatib, shaxsiyatni yashirishning imkoniyatlarini ta’kidlaydi. Shuningdek, bu yerda gapirganda ehtiyot bo‘lish, ya’ni ko‘rganlarimiz har doim ham haqiqat bo‘lavermasligi ham ta’kidlanadi.

4. Do‘ppining tagidakkina. Ma’nosi: Juda kichik, kichik bir joyda mavjud bo‘lgan narsani ifodalash. Misol: “Bizning Qamishkapa do‘ppining tagidakkina joy bo‘lsa ham, bu yerda turli toifa odamlar bor…”(P. Tursun, “O‘qituvchi”) [3]. Bu ibora kichik joylarning ham katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbek tilida kichik joylar va hamda ularda yashovchi turli odamlar o‘rtasidagi aloqalar muhim o‘rin tutadi. Ushbu ibora kichkina narsalarni ifodalash orqali o‘zbek xalqi madaniyatidagi qanoat tushunchasini ham ilgari suradi.

5. Do‘ppisini yerga qo‘yib. Ma’nosi: O‘z fikrlarini bir joyga yig‘ib, mushohada qilish, ochiq gapirish. Misol: “Uyga qaytgan-u, do‘ppisini yerga olib qo‘yib o‘ylagan: “Nimaga shoshilyapman, elburutdan bo‘ynimga to‘rva-xalta ilib nima qilaman?”’’(J. Abdullaxonov, “To‘yga kelinglar”) [3]. Milliy-madaniy tahliliga ko‘ra, bu ibora odamlarning o‘z fikrlarini joyiga qo‘yib, asosli qarorlar qabul qilishga bo‘lgan e’tiborini aks ettiradi. Shuningdek, xalqimizda mas’uliyatli fikrlash va qaror qabul qilishda hushyor bo‘lish qadriyatining mavjudligini ko‘rsatadi.

6. Do‘ppini yarimta qilib. Ma’nosi: Yengil, beparvo kayfiyatda bo‘lish. Misol: “Sessiya, sessiya deb qo‘rqitishadi, sessiyasi hech gap emas ekan-ku”, – deb, do‘ppini yarimta qilib yurishuvdi.”(P. Qodirov, “Uch ildiz”) [3]. Bu ibora xalqimizning befarqlik va yengil kayfiyatni ifodalashda ishlatadigan qiziqarli ifodalardan biridir. Do‘ppining yarimta qilinishi, ya’ni uni qiyshaytirib kiyish, o‘ziga xos shaklda beparvolikni ifodalaydi. Lekin do‘ppisi yarimtalik har doim ham fazilat emas, u o‘zidan bexabarlikka , turli mashaqqat va qiyinchiliklarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ushbu ibora o‘zbek xalqining soda sifati va fikrlashidagi ijobiylikni ham ifodalashi mumkin. Iboralar xalqning tajribalarini va mafkuraviy tushunchalari tufayli uning madaniyatini aks ettiradi va frazeologik birliklarning katta qismini har bir millatning o‘ziga xos bo‘lgan odatlari va madaniy xususiyatlarini namoyon qiladi [4]. Bundan kelib chiqadiki, “Do‘ppi” so‘zi o‘zbek tilida faqat bosh kiyim sifatida emas, balki ijtimoiy, madaniy va psixologik holatlarni tasvirlovchi muhim frazeologik birlik sifatida ishlatiladi. Har bir ibora milliy mentalitet, xalqning hayotiy qadriyatlari va turmush tarzini aks ettiradi. O‘zbek xalqining tilida do‘ppi leksemasi ishtirok etgan frazeologizmlari o‘ziga xos boylikni va madaniyatni tashkil etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Adashulloyeva Gulnoza Muhaybinovna. Tojik va o‘zbek tillarida shaxs

xususiyatini ifodalovchi frazeologizmlarning qiyosiy-tipologik tahlili. Filologiya

fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand. 2018. 23-b. 2. Shavkat Rahmatullayev. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. “O‘qituvchi”

nashriyoti. Toshkent. 1978. 77-b. 3. Shavkat Rahmatullayev, Nizomiddin Mahmudov, Zulxumor Xolmanova, Iqbol

O‘razova, Kamola Rixsiyeva. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. G‘afur

G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent. 2022. 147-148-b. 4. Yu Fang. Cultural characteristics in idiom translation. School of International

Education, Chifeng University, Chifeng, China. Atlantis Press. 2017. 1-p.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.