ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATIDAGI “MA’NAVIYAT” SEMALI OTLAR

초록

Ushbu maqolada “ma’naviyat” semali otlarning izohli lug‘atda salmoqli o‘rin egallashi va ma’nolarining berilishi uning “Falsafa qomusiy lug‘ati” va “Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”dan farqli va o‘xshash tomonlari o‘rganildi. Bu orqali o‘quvchilar uchun oson va tushunarli lug‘at bazasini yaratish ko‘zda tutildi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

OTLAR

Sayfullayeva Fotima Baxodir qizi

Navoiy davlat pedagogika institute O‘zbek tili va adabiyoti fakultet 2-bosqich

talabasi

Telefon raqam: +998919205260

fotimasayfullayeva004@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada “ma’naviyat” semali otlarning izohli lug‘atda salmoqli o‘rin egallashi va ma’nolarining berilishi uning “Falsafa qomusiy lug‘ati” va “Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”dan farqli va o‘xshash tomonlari o‘rganildi. Bu orqali o‘quvchilar uchun oson va tushunarli lug‘at bazasini yaratish ko‘zda tutildi.

Kalit so‘zlar: Ma’naviyat leksik-semantik kategoriya, lingvoma’naviyatshunoslik, yadro, otlar, adolat, jasorat

KIRISH

Ma’naviyat insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyati, ya’ni mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, undan zavqlanish, “yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir” [1, 13]. Ma’naviyat konseptining tilshunoslikda o‘rganilishi o‘quvchi uchun tushunarliligini oshiradi. Til va ma’naviyat kesishgan nuqtada yangi bir soha – lingvoma’naviyatshunoslik vujudga keldi. Lingvoma’naviyatshunoslik yo‘nalishiga e’tibor va uning tadqiqi kundan kunga ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan amaliy ahamiyatga ega bo‘la boshlayapti. Lingvoma’naviyatshunoslik bevosita shaxs ma’naviyati bilan bog’liqdir. Avvalo, ma’naviyat tushunchasi va uning mazmun mohiyatini anglash, tushunish, idrok etish, tizimlashtirishda lingvistik xususiyat muhim o‘rin tutadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

“Ma’naviyat” semasini lingvistik jihatdan tahlil qilish uchun, avvalo, uning ma’no-mohiyatini bilib olishimiz zarur. Bir nechta manbalarda “ma’naviyat” semasi haqida ma’lumot berilgan. Xusussan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da ushbu terminga quyidagicha ta’rif berilgan. Ma’naviyat – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, axloqiy holat; barcha axloqiy narsalar, xususiyatlar ma’nosini bildiradi. Insoniyatning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy, axloqiy kabi tasavvurlari va tushunchalari majmui.

“Ma’naviyat tushunchasining mazmuni faqat “ma’ni”, “ma’no” degan so‘zlar qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan alohida o‘rin tutadi. Shu fikrni mantiqiy davom ettirib, ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlari mezonidir”. [2, 13]

Birinchi Prezidentimiz fikrlariga qo‘shimcha ravishda “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da “ma’naviyat” semasining so‘z turkumlari jihatidan tasniflanishini ko‘rib chiqamiz. Ma’naviyatga oid leksemalar “ma’naviyat” semali otlar, “ma’naviyat” semali sifatlar, “ma’naviyat” semali fe’llar kabi guruhlarga bo‘linadi. Jumladan, “ma’naviyat” semali otlar haqida gapiradigan bo‘lsak, O‘TILda qolgan so‘z turkumlariga nisbatan ko‘proq uchraydi. Xususan, adolat, jasorat, vijdon, farosat, samimiylik, e’tiqod, axloq-odob, ma’rifat, uyat, kamtarlik, odamiylik, fidokorlik, sadoqat, sabr, rahmdillik, or-nomus, ezgulik, andisha, oqibat, mehr, g‘urur, halollik, ixlos, iymon kabi leksemalar kundalik hayotimizda ko‘roq ishlatiladi.

2 jildli hamda 5 jildli izohli lug‘atlar o‘zaro qiyoslanganda “ma’naviyat” umumiy semali atov birliklarning semantik-struktur jihatdan farqlarini kuzatish mumkin. 2 jildli izohli lug‘atda bunday atov birliklarga oid leksemalarning ma’noviy butunligi ta’minlanmagan va ularning faqat turkumga mansubligi ko‘rsatilgan, xolos. [3,19]

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR.

O‘TILda berilgan “ma’naviyat” semali otlarning ayrimlarini boshqa lug‘atlar bilan qiyosiy tahlil qilamiz. Adolat leksemasi O‘TILda:

ADOLAT [a] Odilona va xolisona ish tutish, haqqoniylik, haqqoniyat, odillik. Bashariyat tarixi zulm, hassizlik, talonchilik davrini poymol etib, erk va adolatning nurli asriga g‘olibona yurayotir . Oybek, Nur qidirib. [4, 27]

2004-yilda nashr qilingan, “Falsafa qomusiy lug‘ati”da esa quyidagicha ta’rif beriladi:

ADOLAT – shaxs va ijtimoiy guruhlar imkoniyatlari va talablari, huquqlari va farovonligining me’yorini, jamiyatning shaxs oldiga qo‘yadigan talablari me’yorini, turli sinflar va ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy voqealarga munosabatini xarakterlovchi ijtimoiy ong tushunchasi. [5, 14]

“Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati” dagi ta’rifda:

ADOLAT (arab. odillik, to‘g‘rilik, hamma uchun barobar bo‘lgan haqiqatning talab va tamoyillariga amal qilinishi) – insoniyatning azaliy orzusi, ezgu g‘oyasi, ma’naviyat, axloq va huquqning me’yoriy kategoriyalaridan biri.

Adolat leksemasining 3 xil lug‘atdagi ma’nolaridan kelib chiqib, adolat yadrosida “odillik”, “xolislik”, “haqqoniylik”, “to‘g‘rilik”, “haqiqat” semalarining namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. [6, 15]

JASORAT [a] Mardonavor ish, harakat, mardlik, botirlik, dovyuraklik. Sovet jangchilarining fidokorona jasorati. Jasorat qilmoq. Jasorat ko‘rsatmoq.

[4, 274-275]

JASORAT – axloq kategoriyasi; qahramonlik xatti-harakati, inson komilligini ko‘rsatuvchi ma’naviy-axloqiy hodisa. Jasorat insondan jamiyat va uning a’zolari manfaatlarini himoya qilish uchun o‘ta noqulay sharoitlarda kuch va imkoniyatlarni to‘la sarflashdir. [5, 126]

JASORAT – insonning yuksak kamolotga erishganini ko‘rsatuvchi ma’naviyaxloqiy hodisa; insonning jamiyatda uning a’zolari manfaatlarini himoya qilish, muayyan vazifani ado etishda fidoyiligi, butun kuch va imkoniyatlarini to‘la safarbar etishini anglatadigan ma’naviyat kategoriyasi. Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida jasoratning mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish xususiyatlari dalil va misollar asosida ochib berilgan. [6, 162]

“Ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasining jasorat leksemasi ham lug‘atlarda umumiy xususiyatlarga ega. Jasorat leksemasining yadrosida “mardlik”, “botirlik”, “dovyuraklik”, “fidokorlik”, “komillik” kabi semalar mavjud.

“Ma’naviyat” semali otlarni izohli, falsafiy qomusiy va ma’naviyat izohli lug‘atlaridagi ma’nolarini izohlashdan maqsad o‘quvchilar uchun oson, tushunarli lug‘at bazasini yaratish. Zero “ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyalari o‘quvchilarning ongiga ijobiy ta’sir qilib, ularning komil inson bo‘lishi uchun tayanch vazifasini o‘taydi.

XULOSA.

Xulosa qilib aytganda, Milliy ma’naviyat, avvalo, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning or-nomusi, vijdoni, e’tiqodi, axloqi, milliy dunyoqarashi bilan belgilanadi. Lingvoma’naviyatshunoslik yo’nalishining maqsadi esa yuksak ma’naviyatli shaxs tarbiyasiga xizmat qiladigan ilmiy-amaliy mexanizm uchun muayyan lingvistik ta’minotni vujudga keltirish. Lug‘atlardagi ma’naviyatga oid tushunchalarni o‘quvchilarga oson yetkazib berish uchun ma’lumotlarni bir-biriga qiyoslab o‘rganish lozim.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

1. Mirziyoev Sh. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – B. 13.

2. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008,13-bet

3. Yuldashev Farrux Xaqberdiyevich o‘zbek tilining “Ma’naviyat” leksiksemantik kategoriyasi “e’tiqod” ma’noviy guruhi atov birliklari tizimi 10.00.01 – o‘zbek tili filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 19 b

4. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2 томли. 2-том. – М.: Русский язык, 1981. – Б. 632

5. Фалсафа қомусий луғат. – Тошкент: “Шарқ” НМАК, 2004. – Б. 491.

6. Маънавият асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа уйи, 2013. – Б. 760

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.