O‘zbek xalq maqollarida vatan mavzusi.
Otaboyeva Nodira Baxtiyor qizi.
Urganch davlat universiteti magistri.
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada vatan mavzusiga oid bo‘lgan maqollar va ularning izohi haqida mulohaza yuritilgan.
Kalit so’zlar: hikmat, zarbulmasal, dono xalq, manmanlik, jamiyat, aql va zakovat, yaxshilik.
ABSRACT
The article discusses some proverbs about homeland that people are use everyday and given several example of proverbs.
Key words: wise, parable, wise nation, arrogance, society, mind and consciousness, kindness.
Maqollar o‘zbek xalq ijodining eng qadimgi namunalaridan biri hisoblanib, asrlar osha xalqimizning hayotiy tajribalarini va bilimlarini ixcham shaklda namoyon etadi. XI asrda Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit-turk” asariga maqollar, qo‘shiqlar, rivoyat va boshqa janrga mansub asarlarni kiritdi.1 Shuni ta’kidlash joizki, dala sharoitida yozib olingan ijod namunalarida bizning ajdodlarimizam ham qatnashgan. Ulug rus yozuvchisi Tolstoy maqollar inson ruhiy dunyosini aks ettishi haqida mamniyat bilan to‘xtalib: “Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko‘raman.”2 deya qayd etadi. Maqollarda so‘z qimmati alohida ahamiyatga ega. Chunki maqollardagi so‘zlarni boshqasi bilan almashtirish yoki biron so‘z qo‘shish mumkin emas. Ular har bir xalqning ijodi o‘z qolipiga egadir.
Ya’ni bu janr dunyodagi barcha xalqlar og‘zaki ijodida mavjud. Vaqtlar osha maqollarar ham sayqallanib mavzu doirasi kengayib borgan. Filologiya fanlar doktori, professor X.G.Ko‘r Safaviylar davrida turkiy maqollar to‘plangani,biroq bu majmuaning bizgacha yetib kelmagani haqida ma’lumot bergan3. Xalq maqollarining mazmun ko‘lami inson hayotining turli sohalarini qamrab oladi. Maishiy hayotimizdagi kichik tasvirdan tortib, katta lavhalar maqollarda o‘z aksini topadi. 1 Madayev.O “O’zbek xalq og’zaki ijodi”T.:”Mumtoz so’z” 2010. 2 Imomov Q, Sarimsoqov B. O’zbek xalq poetik ijodi. T.: O’qituvchi,1990. 3 Mallayev.H.M.”O’zbek adabiyoti tarixi” T.:O’qituvchi.1971.
Quyida ona vatan haqidagi maqollarga to‘xtalib ularni izohlashga harakat qilamiz:
Har gulning o‘z isi bor, Har elning o‘z tusi bor.
Ushbu maqollar izohiga to‘xtalsak: har bir vatanning o‘ziga hos belgilari haqida fikr bildirilgan. Shohlardan biri Samarqand nonini o‘zga hududda tayyorlash uchun nonvoyga barcha shart-sharoitlar yaratadi. Lekin nonvoy Samarqand havosini so‘raydi. Xulosa shuki, vatan undagi narsalar yagonadir.
Badqavm bo‘lsang bo‘l, Beqavm bo‘lma.
Betkay ketar, bel qolar, Beklar ketar, el qolar
Bu maqolda esa insoni albatta eli bo‘lishi kerakligi aytilgan. Dunyodan qancha insonlar o‘tadi lekin ularning ortida ular yaratgan el, avlod qoladi. Chunki har kim o‘z elida azizdir.
O'z yurtingning qadri o'zga yurtda bilinar.
Begona tuproq – devona tuproq.
Har shaharning havosi boshqa.
Bu maqollarda begona joy hech qachon o‘z yurtingdek bo‘la olmasligiga ishora mavjud. Ko‘pchilik insonlar boylik yoki yaxshi hayot ortidan quvib o‘zga ellarga ketishadi. Fikrimcha o‘zga yurtning sim-u zaridan o‘z yurtimizning tuprog’i yaxshiroqdir. Hech bir narsa vatanimizdagi tinchlik va farovon hayotga teng kelolmaydi.
Vatangado bo'lguncha, Kafangado bo'l.
Vatanni sotgan er bo‘lmas.
Ushbu maqollarda vatanni sotgan inson hech qachon odamlar qatorida yashay olmasligiga ishora bor. Rivoyatlarga ko‘ra Marg‘iyona shahrini qo‘lga olmoqchi bo‘lgan dushmanlar davlat xaritasini olib kelganga insonga katta mukofat va’da qiladila. Malikaning ochko‘z kanizlaridan biri shahar xaritasini o‘g‘irlab dushman qo‘liga topshiradi va malika bo‘lish istagi borligini aytadi. Bosqinchilar podshohi esa o‘z yurtini sotgan kanizakni ko‘zlarini o‘yib oladi. Kanizak shu tarzda “mukofotlanadi”
Vataning tinch-sen tinch.
Vatanning vayronasi-Umrning g'amxonasi.
Bu maqollar esa vatanni doim qadrlash va uni saqlashga undaydi. Chunki tinchlik bor yurt kundan kunga obod bo‘lib boraveradi. Shy tinchlikka har birimiz hissa qo‘shib yashash barchamizning burchimizdir.
Bulbulga bog’ yaxshi,
Kaklikka tog’.
Vatansiz inson – kuysiz bulbul.
Bu maqollar esa har kimni vatanni sevishga undaydi ya’ni bulbul chamanda yayrasa inson vatanida yayraydi. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, o‘zbek xalq maqollaridagi vatan mavzusining o‘rni va ahamiyati kattadir. Vatanni qadrlab uni asrash esa barchamizning burchimiz hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1. I.A.Karimov “O‘zbekiston buyuk kelajak sari”.T.:O‘zbekiston,2018.
2. O‘zbek tili va adabiyoti. T.:Fan,1997.
3. Tafakkur gulshani. T.: G’G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.1981.
4. B.Safarov, K.Mirzayev “O‘zbek xalq og’zaki poetik ijodi”. T.:O‘qituvchi,1990.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.