ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O‘zbekiston neft va gaz sanoatining tarixi, rivojlanishi va istiqbollari

초록

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi neft va gaz sanoatining tarixi, rivojlanishi o‘rganilgan, tahlil qilingan va kelajak istiqbollari hususida xulosalar ko‘rsatib o‘tilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

O‘zbekiston neft va gaz sanoatining tarixi, rivojlanishi va istiqbollari

Xasanov Farrux Davronovich

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi moddiy ta’minot

kafedrasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi neft va gaz sanoatining tarixi, rivojlanishi o‘rganilgan, tahlil qilingan va kelajak istiqbollari hususida xulosalar ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: gaz sanoati, neft sanoati, yoqilg‘i energetikasi, milliy iqtisodiyot.

Annotation: In this article, the history development of the oil and gas industry of the Republic Uzbekistan is studied, analyzed and conclusions about future prospects are shown.

Keywords: gas industry, oil industry, fuel energy, national economy.

Аннотация: В данной стате изучена, проанализирована история развития нефтегазовой отрасли Республики Узбекистан и сделаны выводы о далнейших перспективах.

Ключевые слова: газовая промышленност, масло промышленност, топливная энергетика, националная экономикаю.

Neft va tabiiy gaz jahon iqtisodiyotida asosiy yoqig‘i sifatida ta’sirchan rol o‘ynaydi. Bu bo‘lsa har qanday mamlakat uchun iqtisodiy muammolarni hal qilish va hatto siyosiy maqsadlariga erishish uchun ham da’vo sanaladi.

Neft va tabiiy gaz energiya bozorida muhim sanoatdir. Bu o‘z navbatida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi yetarli darajada qulay yashashi, iqtisodiyotnining ustuvor tarmoqlarining normal ishlashi uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu mamlakat rivojlanishining muhim omillaridan biridir.

Tarixdan ma’lumki Markaziy Osiyo dunyoning geosiyosiy xaritasida “neft o‘chog‘i” deya qaraladi, sababi u nafaqat neft va gaz zaxiralariga boy , balki Yevroosiyoni bog‘lovchi ko‘prik bo‘lib ham xizmat qiladi. O‘zbekiston, shuningdek, Markaziy Osiyoda joylagan ikki davlat Qozog‘iston va Turkmaniston boy uglevodorod resurslariga egadir.

O‘zbekiston neft va gaz sanoati tarixi

O‘zbekistonda qadim zamonlardayoq neftdan foydalanib kelgan.Dastlab neftning o‘ziga xos o‘tkir hidi orqali qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda qo‘llanilgan. “Neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar o‘tkazgan”[1, b. 326]. Xorazm geografigi Bakrom (XIII asrda) Bokudagi neftni haydash texnologiyasi haqida birinchi bo‘lib eslatib o‘tgan. Shuning uchun ham neft va uni qayta ishlash O‘zbekistondagi eng qadimiy tarmoqlardan biridir. “O‘zbekistonda neft qazib chiqarish 1876-yildan boshlangan. Farg‘onaning Qamishboshi qishlog‘ida rus tadbirkori D.P.Petrov tomonidan XIX asrning 80-yillari boshida 25 maetrgacha burg‘ulangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha neft qazib olingan” [1, b. 327]. 1880-1883 yillar oralig‘ida bu quduqlar soni 4 taga yetgan. Quduqlar zarbali usul bilan qazilgan.

Rus tadbirkori D.P.Petrov 1885-yilda Sho‘rsuvda ikkita quduq qazdirgan va ulardan kuniga 400-500 kg neft olingan, undan maxsus qozonda kerosin va qoramoy ajratib olina boshlangan. “O‘zbekistonda neftni qayta ishlash sanoatining to‘ng‘ich korxonasi Vannovsk (hozirgi Oltiariq) neft zavodi 1904-yilda ishga tushurilgan” [1, b. 327]. Neftni qayta ishlash zavodi ham qurilishi yakunlandi. Keyinchalik, aka-uka Nobellar dala va zavodni sotib olishdi.

Oktabr to‘ntarishidan so‘ng neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari milliylashtirilib, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham sho‘rolar hokimiyatiga o‘tdi.O‘zbekistonga boshqa respubliklardan ko‘plab mutaxasislar yetib kela boshladi. 1924-yil Qo‘qon shahrida “O‘zbekneft ”, Termiz konida “Termiz neft” trestlari tashkil qilindi . 1935-yilga kelib Surxondaryo viloyatida ham Uchqizil va Havdag neft konlari ochildi va ishga tushirildi. 1940-yilga kelib respublikada mavjud neft konlari soni 11 taga yetdi.

1941-45 yillarda yangi neft konlari ochildi va tez fursatda ishga tushirildi.Buning natijasida davlatda neft infratuzilmasi ham vujudga keldi.Neft qazib chiqarish 1941- yilda 196 ming tonna , 1945-yilda bu ko‘rsatkich 478 ming tonnaga ko‘tarildi. 50- yillardan neft konlarida telemexanizatsiya vositalari qo‘llanildi, turbinali burg‘ulash joriy qilina boshladi. 1959-yil Surxondaryo mintaqalaridagi 9 neft konining o‘zidan 1460 ming tonnadan ziyod neft olindi. O‘sha davrda Buxoro-Xiva mintaqasidan topilgan neft konlari ishga tushurildi, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etildi. 70-yillar boshidan ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaydi. Yangi neft konlarini topish uchun mintaqalarda chuqur quduqlar o‘zlashtirishga to‘g‘ri keldi.

Neft bilan yo‘ldosh tarzda uchraydigan tabiiy gazni qazib olish 1940-yillardan oldin boshlangan. 1940-yillarda gaz qazib olish hajmi 0.7 mln m3 ni tashkil etgan. 1944- yil neft gazidan sanoat maqsadlarida foydalanish uchun 15 km uzunlikdagi birinchi gaz quvuri “Andijonsanoat” va Andijon shahri o‘rtasida qurulgan. Gazni alohida sanoat usulida qazib olish 50-60-yillarda boshlangan. Tabiiy gaz qazib olish sanoati korxonalari Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona, Surxondaryo hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasida joylashgan.

O‘zbekistonda gaz sanoatining tarkib topishi va rivojlanish tarixi 1953 yil hissalariga to‘g‘ri keladi. Aynan o‘sha yili Buxoro viloyatida birinchi tabiiy gaz koni – "Setalantepa"topildi.Bu konning topilishi O'zbekistonning kelajakdagi rivojlanishida katta rol o'ynadi, hamda gaz sanoatining shakllanishini ochib berdi. Keyingi yillarda bu yerda "Toshkuduq", "Ki –Merek", "Yangiqozg'on", "Uchqir" kabi boshqa gaz konlari ham topilgan."Shunday qilib, Buxoro-Xiva neft va gaz regioni tashkil etildi.

1955-yillarda Jarqoq, 1953-yillarda Gazli konlarining ochilishi natijasida gaz sanoatining moddiy bazasi yaratildi.1958-60-yillarda “Jarqoq-Buxoro-SamarqandToshkent” magistral gaz quvuri qurulishi bilan respublika sanoat markazlari, shahar va ayrim qishloqlarni gazlashtirish boshlandi.1962-yilda katta gaz zaxirasiga ega bo‘lgan Gazli koni ishga tushurildi. Zudlik bilan magistral gaz quvurlari qurulib, O‘zbekiston gazi sobiq SSSRning Yevropa qismi, Ural, Qozog‘iston, Qizg‘iziston, Tojikiston, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va boshqa mintaqalarga uzluksiz jo‘natib turildi. Shunday qilib, O'zbekiston tabiiy gaz ishlab chiqaruvchiga aylandi.

1985-yilga kelib, Turkmaniston bilan chegarada mamlakatdagi neft zaxiralarinig 70% ini tashkil qiladigan va O‘zbekiston gaz sektori uchun muhim bo‘lgan “Ko‘kdumalak” yirik neft gaz koni topildi.Mustaqillikga erishganimizdan so‘ng Turkmaniston va O‘zbekiston shartnoma imzoladilar, unga ko‘ra davlatimiz 2012-yilga qadar konda ishlab chiqariladigan neftning bir qismini Turkmanistondagi “Seidi” neftni qayta ishlash zavodiga bepul yetkazib berishi kerak edi.

O‘zbekiston yoqilg‘i energetika kompleksi uchun muhim voqea 1972-yilda Qashqadaryo viloyatida Muborak gazni qayta ishlash zavodining ishga tushurilishi bo‘ldi. Ushbu korxonaning ishga tushurilishi O‘zbekistonda gazni qayta ishlashning boshlanishi edi. 1980-yilda Sho‘rtan shahrida yana bir yirik gazni qayta ishlash zavodi qurildi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishganidan so‘ng neft va gaz sanoatida sezilarli darajada o‘sish yuzaga keldi. Respublika sanoat maxsulotining umumiy hajmida yoqilg‘i energetika kompleksi mahsulotlari hajmi 2005-yilda 16.3% ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 1995-yilda 18.3% ga teng edi. Respublika sanoatida band bo‘lgan ishchi-xizmatchilarning 6% neft va gaz sanoati tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Respublika 90-yillar boshida yoqilg‘i balansida qazib olingan yoqilg‘i (shartli yoqilg‘i -7000 kkal. hisobida) umumiy hajmida neftning hissasi 87.3% ni tashkil etgan. 2005- yilda respublika yoqilg‘I sanoatida 5.4 mln tonna neft va gaz kondensati, 59.7 mlrd m3 tabiiy gaz, 211.6 ming tonna suyultirilgan gaz, 1393.9 ming tonna benzin, 1436.3 ming tonna dizel yonilg‘isi, 978 ming tonna mazut, 353,1 ming tonna kerosin, 229.5 ming tonna moy va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi.[1, b. 248] Noyob Ko‘kdumaloq neft gaz-kondensat konining ochilishi va ishga tushirilishi bilan neft sanoatining yoqilg‘i sanoati kompleksidagi mavqeyi ortib bordi.

Mustaqillik vaqtlaridan boshlab neft sanoatida bir muncha o‘zgarishlar sezildi. Dastlab neft sanoati o‘z milliy bozorimizni ta’minlay olmas edi. Bu o‘z navbatida neftni import qilishimizga sabab bo‘lardi. Ammo Ko‘kdumalak koni ishga tushirilishi sanoatda keskin burilish yasadi. “Bu konda 1997-yil 500 atm. Gacha bosimda gazni yer osti qatlamlariga haydash kompressor stansiyasi ishga tushurildi”[1, b. 248]. Bu kondagi yangi texnologiya asosida gaz kondensatini yuqori koeffitsiyentlarda olishimizga imkon yaratdi. Ushbu loyiha texnologiyasi AQSHning “Kellog” hamda Yaponiyaning “Nisho-Ivai” konsorsiumi bilan birgalikda amalga oshirilgan edi. Biroq, ishlab chiqarishning o'sishiga katta xarajatlar evaziga erishildi. Noto‘g‘ri foydalanish allaqachon cheklangan zaxiralarning kamayishiga olib keldi. Bundan tashqari, mamlakatda neft qazib olish ahamiyatsiz ekanligini aytish ham o‘rinli. Sababi bu kabi yirik konlarga yetkazib beradigan neft zaxiralari ham mavjud emas edi. Vaqt o‘tishi bilan bu g‘oya o‘rinsiz ekanligi ko‘rinib qoldi. Bu neft qazib chiqarishning kamaygani bilan oydinlashdi.(1-rasmga qarang)

1-rasm. Neft qazib chiqarish[2].

O‘zbekiston Respublikasida neft qazib chiqarish yildan yilga kamayishi kutildi. Bu o‘z navbatida aholini zaruriy ehtiyojlarini qondirish bir muncha murakkab holga keldi.Respublika neft sanoati milliy iqtisodiyotning neftga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish imkoniyatlariga ega emasligi namoyon bo‘lib qoldi.Bizga zarur bo‘lgan neft iste’molini import evaziga to‘ldirdik.(2-rasmga qarang)

2-rasm. Import dinamikasi[2].

Qazib chiqarish bilan o‘z navbatida iste’mol darajasida ham o‘sish yuzaga kelayotganini ko‘rishimiz mumkin. “Jahon energetikasining statistik sharhiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi jahon miqyosida yillik gaz iste’moli bo‘yicha 15-o‘rinni egalladi. Respublika yillik iste’moli 1 700 417 250 MMcf ga teng. Bu jami iste’molning 1.4% ni tashkil qiladi”[3].Bu ma’lumot Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasida

2000200120022003200420052006200720082009201020112012201320142015201620172018201920202021

Neft qazib chiqarish (ming tonnada)

2000200120022003200420052006200720082009201020112012201320142015201620172018201920202021

Import dinamikasi

Yoqilg`i-moylash mahsulotlari Homashyo Qayta ishlangan aytilgan gaplari qanchalik asosli ekanini tasdiqlaydi."”Afsuski, iqtisodiyotimizda energiya sarfi boshqa mamlakatlarga nisbatan ikki barobar yuqori"[4, b. 79]. Bu juda yuqori energiya sarfi demakdir.

Ishlab chiqarilayotgan tabiiy gaz va iste’molning solishtirma dinamikasi ichki bozorni to‘laligicha ta’minlay olishini ko‘rsatadi. Ammo shuni ham unutmasligimiz zarurki Xitoy va Rossiya davlatlari bilan gaz eksporti bo‘yicha shartnoma mavjudligini. Bu o‘z-o‘zidan tabiiy gazga bo‘lgan talabni ortishini taqozo qiladi hamda ichki bozorni ta’minlash bo‘yicha muammolarni yuzaga keltiradi. “Ochiq aytish kk energetika soxasidagi muammolar bugun paydo bo‘lgani yo‘q.Ko‘p yillar davomida yangi gaz konlariga investitsiya kiritilmagani elektr va gaz tarmoqlari modernizatsiya qilinmagani ham ayni haqiqat. Oqibatda tizimda aniq hisob yo‘qligi, kata yo‘qotishlar oddiy holga aylanib qolgan edi” [4, b. 78]. Ayni mana shu sababli energetika sohasida katta katta muammolar ko‘rina boshladi.

3-rasm. Tabiiy gaz qazib chiqarish va iste’molining solishtirma dinamikasi[2].

Mana shunday muammolarni bartaraf etish uchun islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022-yil 22- dekabrda qilgan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasida bu mummolarni bartaraf qilish yo‘llarini taklifini bergan. Ya’ni ”Gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha 10 yillik dastur qabul

10000

20000

30000

40000

50000

60000

70000

Tabiiy gaz qazib chiqarish va iste'molining solishtirma

dinamikasi (mln.m3)

Tabiiy gaz qazib chiqarish dinamikasi Tabiiy gaz iste'moli dinamikasi qilamiz. Bunda yangi texnologiyalarni joriy etib ilk bor chuqur qatlamlarda gaz qazib chiqarish ishlarini boshlaymiz. Jumladan Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlar jalb qilinadi. Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta ko‘rib chiqiladi, samarasiz ishlayotgan korxonalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi” [4, b. 81].

Bugungi kunda globallashuv jarayonida, murakkab geosiyosiy vaziyatda davlatlarni olib boradigan siyosati kelajakni misli ko‘rilmagan darajada o‘zgartirib yuborish imkoniga ega. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi neft va gaz sanoatida eng muqobil yo‘lni tanlashi zarurdir. Neft va gaz sanoati sektorining asosiy muammosi bu qazib olishni kamayishi hamda aholi soni ortishiga mutanosib ravishda iste’molning ortishidir.Bu tabiiy muammolarni hal qilishni “Respublika miqyosida investitsiyalarni jalb qilish, yangi texnologiyalar asosida neft isrofini kamaytirish shuningdek undan maksimal darajada foydalanishni amalga oshirish” orqali neft va gaz sanoatining hayotiyligini oshirishga umid qilmoqda. O‘z navbatida IES larni ishga tushirish yoqilg‘i evaziga emas balki toshko‘mirlar hisobiga amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu juda ko‘p miqdordagi yoqilg‘ini tejashga hamda aholini gaz bilan ta’minlashga yordam beradi. Davlatimiz bugungi kun ila yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali tejamkorlik samarasini yuqoriga ko‘tarishi zarur, shu orqaligina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 6-жилд. Мирий-Пархиш. Тахрир хайъати А.Абдувохитов, А.Азизхўжаев, М. Аминов, Т.Даминов ва б. Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2003.-704 б.

2.https//www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika

3.https://www.worldometers.info/gas/gas-consumption-by-country/

4.Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис ва Ўзбекистон халqига мурожаатномаси [Матн]/Ш.М.Мирзиёев.- Тошкент:”O‘zbekiston” nashriyoti, 2023-88 б.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.