ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI VA IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIGA UNING TA’SIRI

초록

Globallashuv sharoitida har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining jadal o‘sishi, avvalambor, milliy iqtisodiyotni raqamlashtirish, milliy va xalqaro savdoni rivojlantirish va tartibga solish, xorijiy investitsiyalar va moliyaviy xizmatlarni yaxshilash, budjet tashkilotlarini xarajatlarini qisqartirish va ularni samarali tashkil etish, budjet tashkilotlari va korporativ buyurtmachilarning xaridlarini optimal yechimlar bilan tashkil etish hamda tadbirkorlat faoliyatini takomillashtirishda elektron xaridlarni tashkil etish kabi omillar natijasida yuzaga keladi. Ushbu maqolada budjet tashkilotlari va korporativ buyurtmachilarning xaridlarini tashkil etishning ahamiyati va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ro’li tahlil qilingan.


Rapid growth of the national economy of each country in the context of globalization, first of all, digitization of the national economy, development and regulation of national and international trade, improvement of foreign investments and financial services, reduction of costs of budget organizations and their efficient organization, procurement of budget organizations and corporate customers It occurs as a result of such factors as organization with optimal solutions and organization of e-procurement in the improvement of business activities. This article analyzes the importance of organizing purchases of budget organizations and corporate customers and its role in the country's economy.

전체 PDF 문서

관련 논문

전문

THE SIGNIFICANCE OF ORGANIZING PUBLIC PROCUREMENT IN

THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND ITS EFFECT ON ECONOMIC

DEVELOPMENT

ЗНАЧЕНИЕ ОРГАНИЗАЦИИ ГОСУДАРСТВЕННЫХ ЗАКУПОК В

РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА

ЭКОНОМИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ

Atajanov Mamatsharip Karimberdiyevich

To‘rtko‘l tuman 1-sonli kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi

Annotatsiya

Globallashuv sharoitida har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining jadal o‘sishi, avvalambor, milliy iqtisodiyotni raqamlashtirish, milliy va xalqaro savdoni rivojlantirish va tartibga solish, xorijiy investitsiyalar va moliyaviy xizmatlarni yaxshilash, budjet tashkilotlarini xarajatlarini qisqartirish va ularni samarali tashkil etish, budjet tashkilotlari va korporativ buyurtmachilarning xaridlarini optimal yechimlar bilan tashkil etish hamda tadbirkorlat faoliyatini takomillashtirishda elektron xaridlarni tashkil etish kabi omillar natijasida yuzaga keladi. Ushbu maqolada budjet tashkilotlari va korporativ buyurtmachilarning xaridlarini tashkil etishning ahamiyati va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ro’li tahlil qilingan.

Tayanch so’zlar: budjet tashkilotlari, korporativ buyurtmachilar, davlat xaridlari,iqtisodiyot, infratuzilma, tender, tanlov, elektron do’kon, auksion

Abstract

Rapid growth of the national economy of each country in the context of globalization, first of all, digitization of the national economy, development and regulation of national and international trade, improvement of foreign investments and financial services, reduction of costs of budget organizations and their efficient organization, procurement of budget organizations and corporate customers It occurs as a result of such factors as organization with optimal solutions and organization of e-procurement in the improvement of business activities. This article analyzes the importance of organizing purchases of budget organizations and corporate customers and its role in the country's economy.

Key words: budget organizations, corporate customers, public procurement, economy, infrastructure, tender, competition, electronic store, auction

Абстрактный

Быстрый рост национальной экономики каждой страны в условиях глобализации, прежде всего, цифровизация национальной экономики, развитие и регулирование национальной и международной торговли, совершенствование иностранных инвестиций и финансовых услуг, сокращение издержек бюджетных организаций и их эффективная организация закупок бюджетных организаций и корпоративных заказчиков происходит в результате таких факторов, как организация оптимальных решений и организация электронных закупок при совершенствовании деловой деятельности. В данной статье анализируется значение организации закупок бюджетных организаций и корпоративных заказчиков и ее роль в экономике страны.

Ключевые слова: бюджетные организации, корпоративные заказчики, государственные закупки, экономика, инфраструктура, тендер, конкуренция, магазин электроники, аукцион.

Mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishida davlat xarajatlarini boshqarishning zamonaviy tizimlari muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat xarajatlari sarflanishining samaradorligini oshirish, ulardan optimal darajada foydalanishni yo‘lga qo‘yish milliy iqtisodiyotimiz rivojiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Davlat xaridi davlat infratuzilmasini iqtisodiy jihatdan ta’minlash uchun amalga oshiriladi.

Davlat infratuzilmasi iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmadan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy infratuzilma transport, ishlab chiqarish sohalarini kengaytirish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni turli sohalarga jalb etishdan iborat bo‘lsa, ijtimoiy infratuzilma jamiyatning ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan sohalar(ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya kabilar)ni o‘z ichiga oladi. Davlat xaridi ushbu infratuzilmalarni moliyaviy jihatdan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Davlat xaridi orqali iqtisodiyotning turli sohalarida ishlab chiqarish darajasini yuksaltirishga, korxonalar o‘rtasidagi raqobatni rivojlantirishga, korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada yaxshilashga, kichik biznesni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga, davlat xaridi orqali milliy ishlab chiqaruvchilarning chet el korxonalari bilan raqobatbardosh bo‘la olishi imkoniyati ortadi. Chunki davlat o‘ziga kerakli xaridni amalga oshirar ekan, bunda xizmat yoki mahsulot sifati yuqori bo‘lishi kerak. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarni turli elektron savdolar va tenderlarda faolligini oshiradi. Sifatli mahsulot yaratuvchi korxonalar chet elda o‘tkaziladigan tenderlarda ham ishtirok etishi mumkin. Natijada eksport ortadi, aholi daromadlari ko‘payadi.

O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimining shaffofligini ta’minlash hamda uni yanada takomillashtirish hisobiga korporativ buyurtmachilar, shu jumladan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash hamda samaradorligini oshirish, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish maqsadida bir necha qonun va qarorlar qabul qilindi.bulardan O‘zbekiston respublikasi prezidentining davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish choratadbirlari to‘g‘risida gi 05.12.2022 yildagi PQ4544-son qarorini misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, hudud va tarmoqlar rahbarlariga 2022-yil 1-apreldan boshlab avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilishdan o‘zini tiyishni buyurdi. Bosh prokuraturaga budjet tashkilotlarida ushbu xarajatlarning oldini olish ustidan tizimli nazorat o‘rnatish va viloyat kesimida har hafta prezidentga axborot berish topshirilgan. «Bu – mablag‘lar olib qo‘yiladi, degani emas. Barcha iqtisod qilingan mablag‘lar ushbu hudud va tarmoqning rivojlantirish dasturiga yo‘naltiriladi», degan edi O’zbekiston Resapublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev1.

Bu chora tadbirlar esa o‘z navbatida davlar xaridlari tizimini qaytadan ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlar va narx tizimini davlat tomonidan tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, iqtisodiyotda narx tizimini tartibga solish orqali makroiqtisodiy barqarorlikka erishiladi, bozor raqobat natijasida sifatli mahsulot, ish va xizmatlarga to‘yinadi.

Korxonalar tomonidan ishlab chiqaladigan strategiyalar bevosita narx siyosatiga bog‘liq bo‘lib, raqobat kurashi kuchaygan sharoitda oqilona narx siyosati 1www.kun.uz korxona moliyaviy natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Qolaversa, davlat xaridi tizimida raqobatni rivojlantirish maqsadida optimal narxda tovar(ish,xizmat) etkazib beruvchi korxonalar va kichik biznes sub’ektlarining elektron katolog va elektron savdolarda ishtiroklari ko‘lamini kengaytirish dolzarb masalalardan biridir. Bu maqsadga erishish uchun bo‘lajak moliya tizimidagi mutaxassislarda, ya’ni talabalarda davlat xaridi va narx siyosatining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va mexanizmi, davlat xaridini tashkil etishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning istiqbol yo‘nalishlari, xorijiy davlatlarning davlat xaridi tizimini o‘rganish va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ilg‘or tajribalarini o‘zimizning amaliyotga tadbiq etish borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Mazkur o‘quv majmua aynan mana shu maqsadga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda davlat xaridi tizimini rivojlantirishga hamda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishida ushbu tizimning barcha imkoniyatlarini ekspluatatsiya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu jarayonda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar davlat xaridining zamonaviy metodlarga asoslangan mutlaqo yangi tizimini ishlab chiqishga qaratilgan. Bu yangi tizim nafaqat davlat xaridi jarayonida yuzaga keladigan sarfxarajatlarni qisqartirish orqali byudjet mablag‘larini iqtisod qilishni hamda buyurtmachilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga bo‘lgan ehtiyojini maksimal darajada qondirishni ta’minlashni, balki xarid jarayoniga kichik biznes subyektlarini kengroq jalb qilish orqali uning iqtisodiyotga stimul beruvchi mexanizm sifatidagi imkoniyatlarini oshirishni nazarda tutadi. Davlat xaridining yuqorida ta’kidlangan yangi tizimi 2023-yil 9-aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi bilan boshlandi. Mazkur Qonun davlat xaridi tizimining yagona huquqiy asosi sifatida yangi bosqichning barcha jihatlarini o‘zida aks ettiradi. oqilona ta’minlashga xizmat qiladi.

Davlat tizimi va boshqaruv sohasidagi islohotlar natijasida xarajatlarni boshqarishning yangi huquqiy tizimi shakllantirilmoqda. Bu o‘z navbatida, davlat mablag‘larini sarflanishi samaradorligini ta’minlashga, uning zamonoviy boshqaruv mexanizmlarini amalda tatbiq etishga imkon beradi. Xalqaro miqiyosda yuzaga kelgan yangi iqtisodiy vaziyat, davlat mablag‘lari hisobidan xarajatlarni amalga oshirishda hukumatlar oldiga qo‘yilgan vazifalarning muhimligini oshirmoqda. Ma’lumki, davlat o‘z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi zarur. Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga investitsiya qilishga, aholining turmush darajasini ko‘tarishga, hamda ijtimoiy vazifalarni bajarishga qaratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani ta’minlash kabi aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan xarajatlardan iborat bo‘ladi. Umumdavlat xarajatlari, asosan, davlat byudjeti va davlatning boshqa markazlashtirilgan fondlari orqali moliyalashtiriladi.

Davlat byudjetining iqtisodiy tushunchasi, umumjamiyat miqyosida markazlashgan, davlat ishtirokida to‘plangan va sarflanadigan moliyaviy resurslarni anglatadi. Davlat xarajatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida davlat xaridi alohida o‘ringa ega. Tovar va xizmatlarni xarid etish dunyo rivojlanish amaliyotida muhim o‘rin egallaydi hamda fondlar hamda investitsiyani samarali o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan uzluksiz jarayon hisoblanadi.

Xususan, davlat xaridi tizimini boshqarish bo‘yicha tizimli yondoshuvga bo‘lgan talab hamda davlat xaridining iqtisodiyotning ayrim sohalariga bo‘lgan ta’sir etuvchi mexanizm sifatida foydalanish strategiyalari shakllantirilmoqda. O‘zbekistonda davlat xaridining hajmi YaIMning 11 foizini tashkil etgani holda, uni iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Davlat xaridi YaIMni shakllanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi2.

Davlat xaridini tashkil etishda ijtimoiy-iqtsodiy ahamiyati Davlatimizning tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida sezilarli o‘sishi orqali rivojlanishida, narx-navo va pul inflyatsiyasi tushishida, tadbirkorlikni rivojlantirishda o‘z samaradorligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, YAIMga ta’siri orqali o‘zimizning mahsulotga talab kuchaygani sababli, aholi turmush darajasi oshishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib, Davlat xaridini tashkil etish va uni rivojlantirish Davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini o‘sishiga olib keladi.

Davlat xaridlari jarayoniga elektron savdolarning tatbiq etilish holatini real statistik raqamlar vositasida baholaymiz. Jumladan, 2018-2020-yillarda elektron savdolar shaklida amalga oshirilgan davlat xaridlarining hajmi ko‘payib borgan. Bunga quyidagi 1-rasmda aks ettirilgan ma’lumotlar orqali ishinch hosil qilish mumkin. 2 O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlarini boshqarish muammolari va yo‘nalishlarini takomillashtirish to’g’risida analitik eslatma. BMTTD. Toshkent-2021 6 U. Burxonov. Davlat xaridlari. http://el.tfi.uz/pdf/gos_zakup_ru.pdf

2018-yil 2019-yil 2020-yil

610,5

750,8

870,6

Ряд 1 Столбец2 Столбец1

1-rasm. 2018-2020-yillarda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elektron

savdolar hajmi dinamikasi (mlrd so‘m)

Rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2018-yilda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elektron savdolar hajmi 610,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. 2019-yilda mazkur ko‘rsatkich 750,8 mlrd so‘mdan iborat bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 22% ga oshgan. 2020-yilga kelib davlat xiridini amalga oshrishda elektron savdolarning ahamiyati yanada oshdi. Mazkur yilda elektron savdolar hajmi deyarli 16%ga ko‘payib, 870,6 mlrd so‘mni tashkil qildi3.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ham davlat xaridi tizimini takomillashtirishga hamda iqtisodiyotni rivojlantirishda ushbu tizimning barcha imkoniyatlaridan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat xaridining mustahkam huquqiy bazasini yaratish birlamchi ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohadagi qonunchilik davr talabidan kelib chiqqan holda davlat xaridi jarayoniga yangi yondashuvlarni joriy qilish asnosida doimiy ravishda takomillashib bordi. “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan davlat xaridi tizimining yagona huquqiy asosi shakllandi. Ushbu qonunning qabul qilinishi davlat xaridi sohasini ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solish sharoitida yuzaga keladigan ziddiyatlarning oldini olish imkonini beradi. Mamlakatimizda davlat xaridining elektron tizimini ishlab chiqish hamda kichik biznes sohasini rivojlantirishda davlat xaridi mexanizmidan foydalanishga ustuvor yo‘nalishlar sifatida katta e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 7-fevraldagi 1475-sonli Qarori dasturil amal vazifasini bajardi. Ushbu qarorda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash asnosida muhim natijalarga 61 erishildi. Chunonchi, so‘nggi yillarda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elektron savdolar hajmi sezilarli darajada oshdi. Ushbu elektron savdolar jarayonida byudjet mablag‘larining ma’lum miqdorda iqtisod qilinishiga erishildi. Shuningdek, mazkur elektron savdolar kichik biznes subyektlarining asosiy bozorlaridan biriga aylanib, unda asosiy ulushga ega bo‘ldi. Bu borada yuqoridagi qaror bilan belgilab berilgan 3 https://www.mf.uz davlat xaridlarini amalga oshirishning kichik biznes sub'ektlari uchun ajratiladigan kvotalar o‘rnatilishini o‘z ichiga olgan yangi mexanizmi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. oqilona ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonda davlat xaridini samarali tashkil etishda Janubiy Koreya va Xitoy tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Zero davlatimiz hamda ushbu mamlakatlarning rivojlanish yo‘llari, aholisining mentalitetida o‘xshashliklar mavjud bo‘lib, bu o‘xshashliklar davlat xaridi tizimining ijobiy jihatlarini o‘zlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, bu davlatlar bilan bugungi kunda mustahkam aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.