O‘zbekiston sharoitida qayta tiklanuvchan energiya va undan foydalanish
samaradorligini oshirish yo‘llari.
Boltayeva Shahnoz Bebudovna-
BuxDU, “Yashil iqtisodiyot va agrobiznes”
kafedrasi katta o`qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada qayta tiklanuvchan energiya va uning turlari yoritib berilgan. Hozirgi kunda dunyodagi energetika tarmoqlaridagi texnologiyalar ularning yutuqlari va kamchiliklari, O‘zbekistonda yashil energetika manbalarini qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi rivojlanish strategiyalari, amalga oshirilayotgan loyihalar rivojlantirish borasida taklif va xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar: qayta tiklanuvchi energiya, shamol elektrostansiyalari, suv oqimlari, shamol generatorlari, eothermal energiya.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasida barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va ularning samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Bu borada qabul qilingan strategiyalar va amalga oshirilayotgan loyihalar mamlakatning energiya mustaqilligini ta'minlash va ekologik barqarorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi Hozirgi kunda neft, ko‘mir va gaz konlarining borgan sari tugab borayotganligi global energiya falokatiga yetaklamoqda. Buning uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiyani tejash kelajakda ham yaxshi yashash uchun najot yo‘li bo‘lib, dunyo aholisining asosiy qismini omon qolishini ta’minlaydi. Tuganmas yoki qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan energiya olish imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilmalar an’anaviy xom ashyolarga qaramlikni bartaraf etadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga butunlay o‘tish kelajakdagi energiya tanqisligi muammosini bartaraf etish imkonini beradi. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining barcha yutuqlari neft, gaz, ko‘mir va boshqa shu kabi tabiiy qazilma boyliklarga asoslangan. Hayotimizdagi aksariyat harakatlar: metroda harakatlanishdan boshlab to oshxonada choy qaynatishgacha oxir-oqibat, ushbu tarixiy taraqqiyot mahsulini yoqib tugatishga qaratilgan. Asosiy muammo shundaki, osonlik bilan erishiladigan ushbu energiya resurslari qayta tiklanmaydi. Ertami-kechmi, insoniyat yerning qa’ridagi barcha ko‘mirni kovlab oladi, neftni qazib chiqaradi va gazni yoqib tugatadi. Shundan so‘ng bir choynak choyni nimada qaynatamiz degan muammoga duch keladi. Shu bilan birga yoqilg‘i yoqishning salbiy ekologik ta’sirini ham unutmaslik kerak. Atmosferada yig‘iladigan zaharli gazlar miqdorining ortib borishi issiqxona effektini keltirib chiqarishi, butun sayyora bo‘ylab haroratning ortishiga sabab bo‘lishini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Yonuvchi mahsulotlardan ajralib chiqadigan tutun va zaharli gazlar havo musaffoligini buzadi. Ayniqsa, katta shaharlarda istiqomat qiladigan aholi ushbu salbiy ta’sirni o‘zlarida juda yaxshi his qilishadi. Biz kelajak haqida doimo o‘ylaymiz, hatto bu kelajak bizning davrimizda kirib kelmasada. Jahon hamjamiyati qazilma boyliklar miqdorining cheklanganligini va ulardan foydalaninishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini azaldan tushunib yetgan va tan olgan. Hozirda jahonning yetakchi mamlakatlari ekologik toza, qayta tiklanadigan energiya manbalariga bosqichma-bosqich o‘tish dasturlarini ishlab chiqqan va uni amalga oshirmoqda. Butun dunyodagi insoniyat, qazilma yoqilg‘ilarni boshqasiga almashtirishni asta-sekinlik bilan amalga oshirish ustida ishlayapti. Uzoq vaqtdan buyon butun dunyoda quyosh, shamol, oqim, geotermal va gidroelektrostansiyalardan foydalanilmoqda. Hozirda ushbu manbalardan insoniyatning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun hech qanday to‘siq mavjud emas Asosiy qism Qayta tiklanadigan energiya vaqt oʻtishi bilan tabiiy ravishda toʻldiriladigan qayta tiklanadigan manbalardan toʻplangan energiyadir. U quyosh nuri, shamol, suv harakati va geotermal issiqlik kabi manbalarni oʻz ichiga oladi.. Koʻpgina qayta tiklanadigan energiya manbalari barqaror boʻlsa-da, baʼzilari barqaror emas. Misol uchun, baʼzi biomassa energiya manbalari hozirgi ekspluatatsiya jarayonida barqarorlik kasb etmaydi deb hisoblanadi. Qayta tiklanadigan energiya koʻpincha elektr tarmogʻi, havo va suvni isitish va sovutish hamda mustaqil ravishda ishlaydigan energiya tizimlariga elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun energiya yaratib beradi. Qayta tiklanadigan energiya oqimlari quyosh nuri, shamol, suv toshqini, oʻsimliklarning oʻsishi va geotermal issiqlik kabi tabiiy hodisalarni oʻz ichiga oladi. Xalqaro Energiya agentligi qayta tiklanadigan energiyaga quyidagicha taʼrif bergan. Qayta tiklanadigan energiya doimiy ravishda sodir bo'ladigan tabiiy jarayonlardan olinadi. Turli xil shakllarda u to'g'ridan - to'g'ri quyoshdan yoki yerning chuqurligida hosil bo'lgan issiqlikdan kelib chiqadi. Qayta tiklanadigan energiyaga quyosh, shamol, okean, gidroenergetika, biomassa, geotermal resurslar va qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan bioyoqilg'i va vodoroddan ishlab chiqariladigan elektr va issiqlik energiyalari kiradi. Shamol elektrostansiyalari. Birinchi shamol elektr stansiyalari IX asrning 90 – yillarida Daniyada ishlab chiqilgan. 1910-yilda ushbu mamlakatda bir necha yuz dona kichik uskunalar qurilgan. Bundan bir necha o‘n yil o‘tib ishlab chiqarish va sanoat korxonalari shamol generatorlarida ishlab chiqarilgan energiyadan kerakli miqdorda energiya bilan ta’minlana boshladi. Bu paytda umumiy quvvat 150 – 200 MVt ga teng bo‘lgan, 1982-yilda Xitoy bozorida 1280 dona, 1986-yilda 11 000 dan ortiq shamol trubinalari sotilgan, bu Xitoyning avval elektr energiyasi yetib bormagan bir qator tumanlarini energiya bilan ta’minlash imkonini yaratdi. XX asrning boshlarida Rossiyada va xususan respublikamizda katta miqdordagi 250 mingdan ortiq qishloq shamol va suv tegirmonlariga ega bo‘lib, ularning umumiy quvvati 1 mln. kVt dan ortiqni tashkil etgan. Ushbu qurilmalar yordamida 250 mlrd. pud bug‘doy yanchilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida uzoq masofalarda joylashgan yirik aholi turar joylari (poselkalar) va shaharlarda katta tegirmonlarga borib vaqt va mablag‘ sarflash kabi ortiqcha ovoragarchilikdan voz kechish imkonini bergan. Afsuslar bo‘lsinki, tabiiy resurslardan foydalanishga ayovsiz munasabatda bo‘lish oqibatida o‘tgan asrning 40 - yillarida sobiq SSSR aksariyat shamol va suv elektr dvigatellar buzib tashlandi. 50 - yillarga kelib ushbu uskunalar qoloq texnika sifatida batamom tugatildi. Quyosh elektrostansiyalari. Hozirgi paytda ko‘pchilik mamlakatlarda quyosh energiyasidan isitish maqsadida foydalaniladi, elektr energiyasi manbai sifatida esa juda oz mamlakatlar shamol gereratorlariga ega. Bu, yer sharida insoniyat tomonidan foydalanilayotgan barcha energiyadan 30 ming marta ortiq. Suv oqimlari energiyasiga asoslangan elektr stansiyalar. Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan yana biri daryo va dengiz oqimi energiyasidan foydalanishga asoslangan. Bunday elektrostansiyalarda suv to‘lqini oqimi energiyasidan foydalanib elektr energiyasi olishda daryo o‘zanida yoki bevosia dengizlarning qirg‘oqlarida oqim elektrostansiyalari quriladi. Bunday elektrostansiyalarning bir qancha turlari tadqiq etilgan. Masalan, dengiz va daryo qirg‘og‘idagi suv oqimi yordamida harakatlanadigan oqim bosimi asosida ishlovchi elektrostansiyalar yoki bevosita qirg‘oq bo‘ylab suv ostiga joylashtirilgan suv osti vintlari(parraklari)ga ega bo‘lgan oqim qurilmalari shular jumlasidandir. So‘nggi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohasida energiya samaradorligini yuksaltirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Respublikada iqtisodiyot barqaror o‘sishini ta’minlashga va aholining farovonlik darajasini oshirishga, yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talab-ehtiyojni uzluksiz qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, elektr energetika, ko‘mir, kimyo, qurilish industriyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining mavjud quvvatlari energiya resurslariga ortib borayotgan talab-ehtiyojni to‘liq darajada ta’minlamayapti, mamlakatimiz iqtisodiyotining energiya sarfi hajmi rivojlangan mamlakatlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqoridir. Hozirgi vaqtda asosan gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmining atigi o‘n foizi to‘g‘ri kelmoqda. Nihoyatda katta salohiyat mavjud quyosh va shamol singari qayta tiklanuvchi energiya manbalarining imkoniyatlaridan to‘liq darajada foydalanish zarurdir. Ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytirish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish, shuningdek, yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunida qator imtiyoz va preferensiyalar berilgan, shu jumladan quyidagilar: qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlarini to‘lashdan; qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga mol-mulk solig‘ini hamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan; ishlab turgan energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilgan.
Ayni paytda O‘zbekistonda qayta tiklanadigan barcha energiya manbalaridan daryolar energetika salohiyati muvaffaqiyatli o‘zlashtirilmoqda. Bundan tashqari so‘nggi yillarda shamol va quyosh energiyasi garchi namunaviy xususiyatga ega bo‘lsada, ulardan foydalanish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi. Shu bilan birga, respublikada qayta tiklanadigan energetikaning quyidagi texnologiyalaridan yanada kengroq foydalanish uchun imkoniyat hamda undaydigan sabablar bor: • suv isitishga mo‘ljallangan quyosh panellari; • elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh fotoelektr tizimlari; • elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mikrogidroelektr stansiyalar; • elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun shamol generatorlari; • elektr energiyasi va issiqlik ishlab chiqarish uchun biogaz qurilmalari. Kelajakda boshqa texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilishi lozim, ya’ni: • chiqindi yoqadigan yirik moslamalar, masalan, Toshkent yoki Samarqand kabi yirik shaharlarda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimida maishiy chiqindilardan foydalanish; • quyosh elektr stansiyalaridan foydalanish; • geotermal energiyadan foydalanish.
Qayta tiklanadigan energiya oqimining intensivligi ma’lum darajada yil mavsumi, kunlar va iqlim sharoitlariga bog‘liqligi tufayli ushbu energetika texnologiyalaridan foydalanishda ularni kafolatlangan va ishonchli energiya manbai deb qabul qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masalan, fotoelektr ctansiyalar kechasi ishlay olmaydi, shamol qurilmalari shamol esmasa yoki uning tezligi past bo‘lsa, kerakli miqdordagi elektr energiyasini ishlab chiqarmaydi va hokazo. Shu sababli ular, odatda zaxira energiya manbaini talab qiladi va asosan an’anaviy energiya manbalari tomonidan chiqariladigan energiya miqdorini to‘ldirishga xizmat qiladi. Olib borilgan ishlar natijasida 2021 yilda Navoiy viloyatida birinchi yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu ham o‘z navbatida mamlakatimiz taraqqiyotida tarixiy jarayon hisoblanadi. Birgina joriy yilning o‘tgan 5 oyida (yanvar-may) yurtimizning 4 ta viloyatida 5 ta yangi issiqlik va 1 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi, yil yakuniga qadar 1 ta issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Shunday qilib, bu borada oxirgi 5 yilda elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha yaratilgan yangi quvvatlar hajmi 5000 megavattdan oshdi. Bu avvalgi 25 yilga nisbatan 1,5 barobarga ko‘pni tashkil qildi. Sohada yana bir tarixiy qadam tashlashdi ya’ni, O’zbekiston tarixida birinchi marta aholi xonadonida o‘rnatilgan quyosh panellari yordamida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat tomonidan sotib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari rivojlantirilmoqda Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasiga asosan yurtimizda quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvatini 8 000 megavattga, gidroelektr stansiyalar quvvatini esa 2920 megavattga (jami 10 920 megavatt) yetkazish belgilandi. Bu ham Yangi O’zbekiston taraqqiyotida “Yashil energetika”ni rivojlantirish borasidagi dastlabki, lekin dadil qadamlaridan biri bo‘lmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalarini rivojlantirishning asosiy omillari: 1. atrof muҳitni asl ҳolatida saқlab қolish va ekologik xavfsizlikni ta`minlash; 2. ijtimoiy vazifalarni ҳal etish, aҳoli turmush tarzini yaxshilash 3. mamlakat energetika xavfsizligini ta`minlash 4. kelajak avlod uchun energetik resurslar zaҳirasini saқlab қolish
O‘zbekiston "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini oshirishni rejalashtirgan. Xususan, 25 ming megavatt quvvatga ega qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish va umumiy iste'moldagi ulushini 40 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu maqsadda 9 gigavatt quyosh va 5 gigavatt shamol elektr stansiyalari davlat-xususiy sheriklik asosida qurilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 1,9 gigavatt quvvatga ega 28 ta gidroelektr stansiyasi barpo etilishi mo‘ljallangan.
Xorijiy investitsiyalar ham ushbu sohada muhim rol o‘ynamoqda. Masalan, 2024-yil oktabr oyida ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 402 million dollarlik islomiy moliyalashtirish bitimini imzoladi. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi O‘zbekiston energetika sohasiga sarmoyasini 2 milliard dollardan 4 milliard dollargacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu orqali kompaniya mamlakatdagi qayta tiklanuvchi energiya quvvatini 4 gigavattga yetkazishni maqsad qilgan.
Xulosa.
O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va ularning samaradorligini oshirish yo‘lida izchil harakat qilmoqda. Qabul qilingan strategiyalar, xorijiy investitsiyalar va qonunchilikdagi o‘zgarishlar bu yo‘nalishda muhim qadamlar bo‘lib, mamlakatning energiya mustaqilligini ta'minlash va ekologik barqarorlikka erishishda asosiy omillar hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. 1.. Gulomov, A. (2021). Qayta tiklanuvchan energiya va uning iqtisodiy samaradorligi. O‘zbekiston iqtisodiyoti jurnali, 4(2), 45-50. 2. Ismoilov, B. (2022). O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish: muammolar va yechimlar. Energiya va ekologiya, 3(1), 12-18. 3. Karimov, R. (2023). Qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar. Fan va texnologiyalar, 5(3), 77-85. 4. Murodov, A. (2023). Energiya samaradorligini oshirish yo‘llari: O‘zbekiston 5. Turobova, Kh R., and N. B. Giyasova. "Improving the training and financing of highly qualified personnel in the knowledge economy." Economics and Innovative Technologies 2018.4 (2018): 13.
6. Turobova, H. (2022). БИОЭКОНОМИКА: ВОЗМОЖНОСТИ
РАЦИОНАЛЬНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ
ПЛОЩАДЕЙ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu.Uz), 8(8). извлечено от
7. QM Matyakubovna. THE CONTEMPORARY TRENDS IN THE
DIGITALIZATION OF THE AGRICULTURAL SECTOR AND THE SOCIO-
ECONOMIC SPHERE. Science and innovation 3 (Special Issue 42), 156-160 8. KM Matyakubovna, SF Kamolovna. O’ZBEKISTONDA YASHIL
IQTISODIYOTNI JORIY ETISHNING IMKONIYATLARI VA
RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting 4 (07), 214-221 9. Djuraeva D. Инновацион хизматлар кўрсатиш самарадорлигини оширишнинг тизимли бошқариш модели //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 16. – №. 16. 10. Djuraeva D. Improving the effectivenessof developing innovative approaches to expanding new types of services //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 12. – №. 12.
11. SAIDOVA, F. (2021). ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ РЫНКА
УСЛУГ В БУХАРЕ ФК Саидова, преподаватель, Бухарский государственный 12. Saidova, F. K. (2022, October). Factors that ensure the successful implementation of the system of key performance indicators. In Formation of psychology and pedagogy as interdisciplinary sciences: a collection scientific works of the International scientific conference.–2022.–Is (Vol. 12, pp. 43-47).
13. AO Axmedov. ZAMONAVIY IQTISODIYOTNING YASHIL
RIVOJLANISHINI BOSHQARISH TAMOYILLARI VA MEXANIZMLARINI
O'RGANISHNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI. Inter education & global study, 171-178
14. AO Axmedov. YASHIL IQTISODIYOT FANINI O'QITISH KONTEKSTIDA
YASHIL IQTISODIYOTNING ZAMONAVIY AMALIYOTLARI VA
TEXNOLOGIYALARINI TAHLIL QILISH. Inter education & global study, 96-104
15. KM Matyakubovna. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ УСОВЕРШЕНСТВОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКИХ
КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ. ВЕСТНИК НУУз 1 (5), 100-104
16. Bebudovna, Boltayeva Shaxnoz. "ATROF-MUHITNING
IFLOSLANISHI VA INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI." SCIENTIFIC ASPECTS
AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 2.17 (2024): 10-12.
17. Bebudovna, Boltayeva Shaxnoz, Abduhakimov Nurbekjon Nuriddin o‘g‘li, and Xo‘jaqulov Ramozon Saloxiddinovich. "OZBEKISTONDA
AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI." INNOVATIVE
DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION 3.25 (2024): 172-175.
18. Kayumovich, K. O., & Kamalovna, S. F. (2019). Social mediamarketing-a forceful tool for tourism industry. European science, (7 (49)), 41-43.
19. SAIDOVA, F. (2021). ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ РЫНКА
УСЛУГ В БУХАРЕ ФК Саидова, преподаватель, Бухарский государственный 20. Туробова, Хулкар. "Агротуризмни ривожлантиришнинг ўзига хос хусусиятлари." Экономика и инновационные технологии 6 (2019): 166-172. 21. Turobova, Hulkar, Feruza Axmedova, and Malika Buranova. "Foreign experiences in organizing cooperation relations in Uzbekistan." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.3 (2021): 2397-2400.
22. Turobova, H. (2021). ЎЗБЕКИСТОНДА АГРОБИЗНЕСНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ ИМКОНИЯТЛАРИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu.Uz), 4(4). извлечено от
23. Turobova, Hulkar. "ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ КООПЕРАТИВЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШДАГИ МУАММОЛАР." ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 36.36 (2023). .
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.