ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O‘ZBEKISTON VA XORIJIY MAMLAKATLARDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNING O‘RGANILISHI

초록

Dorivor o‘simliklarni o‘rganish tarixi insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimiy davrlariga borib taqaladi. Bugungi kunda ham farmakognoziya, etnobotanika, fitokimyo hamda ekologiya fanlarining markaziy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Biz O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlarning tarixiy bosqichlari, hozirgi holati haqida fikr yuritamiz


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

O‘SIMLIKLARNING O‘RGANILISHI

Jumayeva Dilnoza Abdusattor qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti,

2-bosqich magistranti

Tel:+998942043001

Dorivor o‘simliklarni o‘rganish tarixi insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimiy davrlariga borib taqaladi. Bugungi kunda ham farmakognoziya, etnobotanika, fitokimyo hamda ekologiya fanlarining markaziy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Biz O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlarning tarixiy bosqichlari, hozirgi holati haqida fikr yuritamiz.

Dorivor o‘simliklar haqida so‘z borar ekan, Abu Rayhon Beruniyni eslamaslik mumkin emas. Uning xalq orasida “Saydana”1 deb nom olgan asari o‘simliklar nomi va ularning xususiyatlarini tasnif qilishga bag’ishlangan. Asar asli tilshunoslikka oid manba hisoblanadi. Unda dorivor o‘simlikllar nomi lug’at tartibida berilgan. Nomlar bir nechta tilda berilgan. Eng yaxshi jihati o‘simliklarning ilim fandagi nomi va uning xalq orasida qanaqa nom bilan mashhurligi ham aniq aytib o‘tilgan. Bu usul oddiy aholining dorivor o‘simliklarni topishdagi zaxmatlarini bir necha barobarga kamaytirgan. Abu Rayhon Beruniy “Kitob as-saydana fi-t-tibb” asarida dorivor o‘simliklar haqida 674 tur va 90 ta mahsulot haqida benazir ma’lumot bergan. Bu asar O‘rta Osiyo florasi haqidagi birinchi sistematik tadqiqot bo‘lib, o‘simliklarning morfologik tavsifi, yig‘ish muddatlari, farmakologik ta’siri, ularni qo‘llanilish usullarini ilmiy jihatdan tasniflagan. Beruniyning yutug‘i shundaki, u dorivor o‘simliklarni faqat empirik tajriba asosida emas, balki kimyoviy va biologik xossalari bo‘yicha tahlil qilgan.

Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) nomi bilan ham mashhur bo‘lib, uning “Al-Qonun fi-t-tibb”2 asarida 800 dan ortiq dorivor o‘simlikni batafsil tasvirlab, ularning ontogenezi, kimyoviy tarkibi, terapevtik ta’sirini tahlil qilib bergan. Uning yutug‘i dorivor 1 Abu Rayhon Beruniy. Kitob as-saydana fi-t-tibb. –Toshkent: Fan nashriyoti, 1974. 5-12-betlar. 2 Abu Ali ibn Sino. Al-Qonun fi-t-tibb. – Toshkent: Fan nashriyoti, 1995. o‘simliklarni nafaqat xalq tabobatida, balki ilmiy tibbiyotda qo‘llashning nazariy asosini yaratganligi bilan ahamiyatlidir.

XX asrning ikkinchi yarmida dorivor o‘simliklarni o‘rganish va yetishtirishga alohida e’tibor qaratildi. “O‘zbekistonda birinchi marta 1973-yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi xo‘jaliklarda dorivor o‘simliklar ekila boshladi. Keyinroq (1978- yilda) Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor o‘simliklar o‘stiriladigan xo‘jalik tashkil qilindi. Bu davrda O‘rta Osiyo Davlat universiteti Botanika bog‘ida, Fanlar akademiyasi Botanika institutida va boshqa muassasalarda keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borildi.

Mustaqillik yillarida (1991-yildan keyin) dorivor o‘simliklarni o‘rganish va yetishtirish yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-sonli qarori “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” dorivor o‘simliklar sohasini rivojlantirishda muhim hujjat bo‘ldi. Ushbu qaror asosida 9 ta dorivor o‘simliklar klasteri tashkil etildi, yovvoyi resurslarni saqlash va madaniy plantatsiyalarni barpo etish choralari ko‘rildi. Hozirgi kunda Toshkent farmatsevtika instituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va boshqa ilmiy muassasalarda dorivor o‘simliklarning biologik xilma-xilligi, farmakologik xossalari va resurslarini o‘rganish bo‘yicha kompleks tadqiqotlar olib borilmoqda. “O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning 700 dan ortiq turi qayd etilgan, shulardan tabiiy sharoitda o‘sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o‘simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi.

Zamonaviy davrda O.Kahharovich Khojimatov3ning hissasini alohida ta’kidlash lozim. O.K.Khojimatov “Лекарственне растения Юго-Западного Тян-Шаня” (2008) va “An overview of Ethnomedicinal plants of Uzbekistan” (Ethnobotany Research and Applications, 2020) asarlarida O‘zbekiston florasidagi 600 dan ortiq dorivor turini etnobotanik va farmakognoz yondashuv bilan o‘rgangan. Uning yutug‘i endemik turlarni inventarizatsiya qilish, ularning xalq tabobatidagi qo‘llanilishini ilmiy asoslashda bo‘ldi. O.Abduraimov4ning “The Main Medicinal Plants in Arid Regions of Uzbekistan and 3 Кҳожиматов О.К. Лекарственне растения Юго-Западного Тян-Шаня. – Тошкент, 2008. 322 c. 4 Abduraimov O.S., Li W., Shomurodov H.F., Feng Y. The Main Medicinal Plants in Arid Regions of Uzbekistan and Their Traditional Use in Folk Medicine // Plants. 2023. Vol. 12. № 16. Article 2950. https://doi.org/10.3390/plants12162950 Their Traditional Use in Folk Medicine” (Plants, 2023) asari cho‘l va adir zonalardagi 529 tur dorivor o‘simlikni tahlil qilgan. O.Abduraimov adir hududlarda dorivor o‘simliklarning ekologik moslashuvchanligini va xalq tabobatidagi qo‘llanilishini chuqur o‘rgangan. Uning yutug‘i iqlim o‘zgarishi sharoitida resurslarni saqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishda yaqqol namoyon bo‘lgan.

O‘.Ahmedov5, A.Ergashev, A.Abzalov, M.Yulchiyeva, D.Mustafakulovlarning “Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya” asari sovet davridan keyingi yetishtirish tajribasini umumlashtirgan. Yetishtirish qonuniyatlari haqida juda qimmatli ma’lumotlar berganligi bilan xarakterlidir. Z.I.Sanoyev6, P.Q.Turdiyev, N.X.Alimova, B.P.Berdimurodovlarning “Farmakognoziya” ishida ham O‘zbekistondagi 700 dan ortiq dorivor turini va ularning farmakologik xossalarini sistemalashtirgan.

H.X.Xolmatov7ning “Farmakognoziya I qism” ishida klaster tizimi va eksport salohiyati tahlil qilgan.

X.K.Karshibayev8, T.X.Maxkamovlarning “Dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi” nomli asarida o‘simliklarning biologik va ekologik xususiyatlari chuqur o‘rganilgan.

D.Khamraeva9 va A.Khujanovning hamkorlikdagi ishlarida Lamiaceae oilasiga mansub efir moyli o‘simliklarning introduksiyasi va etnobotanikasi o‘rganilgan. Bu ishlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutida dorivor o‘simliklar resurslarini saqlash va barqaror foydalanish strategiyasini ishlab chiqishga asos bo‘ldi.

Xorijiy mamlakatlarda dorivor o‘simliklarni o‘rganish tarixi ham qadimiy davrlarga borib taqaladi. Qadimgi Xitoyda Shen Nung (miloddan avvalgi 2500-yillar) dorivor o‘simliklar haqida birinchi qo‘llanmani tuzgan. Hindistonda Ayurveda tizimi dorivor o‘simliklarni kompleks ravishda o‘rganib, bugungi kunda ham ularning 40-60% dori vositalari o‘simlik xom ashyosidan tayyorlanadi. Yevropada farmakognoziya fani 5 Ahmedov O‘., Ergashev A., Abzalov A., Yulchiyeva M., Mustafakulov D. Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. – Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2018. 45-47-betlar. 224 b. 6 Sanoyev Z.I., Turdiyev P.Q., Alimova N.X., Berdimurodov B.P. Farmakognoziya. Darslik. – Toshkent, 2023. 417 b. 7 Xolmatov H.X. Farmakognoziya. I qism. – Toshkent, 2023. 210-212-betlar. 404 b. 8 Karshibayev X.K., Maxkamov T.X. Dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi. – Guliston: “Ziyo Nashr-Matbaa” nashriyoti, 2022. 245 b. 9 Khamraeva D.T., Fakhriddinova D., Khojimatov O., Bussmann R.W., Abdinazarov S.K. Introduction of valuable medicinal plants of traditional medicine of Lamiaceae family in the conditions of the Tashkent Botanical Garden // Ethnobotany Research and Applications. 2024. Vol. 29. P. 1–12. Rasmiy havola: XVIII-XIX asrlarda shakllangan bo‘lib, Dioskoridning “Materia medica” asari (I asr) va Galen asarlari asos bo‘ldi. Rossiyada A.F. Gammerman, A.P. Orexov va boshqa olimlar O‘rta Osiyo dorivor o‘simliklarini chuqur o‘rgandilar. Zamonaviy davrda Xitoyning an’anaviy tibbiyoti (TCM), Hindistonning Ayurveda va Yevropa mamlakatlaridagi farmatsevtika sanoati dorivor o‘simliklarni biotexnologiya va nanotexnologiya usullari bilan birgalikda o‘rganmoqda.

Hozirgi holatda O‘zbekiston Respublikasida dorivor o‘simliklarni o‘rganish ilmiytadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari va klasterlar tizimida olib borilmoqda. Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Botanika bog‘ida efir moyli, dorivor va bo‘yoqli o‘simliklar laboratoriyalari faoliyat yuritmoqda. 1997-yilda “Safro haydovchi Hojimatov yig‘masi” kabi dorivor yig‘malar yaratildi va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etildi. Prezident qarorlari (PQ-3532, PQ-5707, PQ-4670) asosida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va dorivor o‘simliklar resurslarini barqaror boshqarish choralari kuchaytirildi. Natijada, 2020-yildan keyin dorivor o‘simliklar yetishtirish klasterlari soni ortib, eksport salohiyati oshdi.

Xorijiy tajribada Xitoy va Hindiston dorivor o‘simliklarning 80% dan ortig‘ini madaniy holda yetishtiradi va global bozorga yetkazib beradi. Yevropa Ittifoqida farmakognoziya laboratoriyalari kimyoviy tarkib va standartlashtirishga katta e’tibor qaratadi. O‘zbekiston bu tajribani o‘zlashtirib, introduksiya va iqlimlashtirish orqali mahalliy florani boyitmoqda. Hozirgi holatda iqlim o‘zgarishi va antropogen ta’sir tufayli ba’zi dorivor o‘simliklar kamayib bormoqda, shuning uchun muhofaza va barqaror foydalanish dolzarb masaladir. Surxondaryo viloyati kabi mintaqalarda dorivor o‘simliklar resurslari boy bo‘lib, ularni o‘rganish va qayta ishlash istiqbollari katta.

Xorijlik tadqiqotchilar S.W.Eisenman10, D.E.Zaurov va L.Struwe tahriridagi monumental “Medicinal Plants of Central Asia: Uzbekistan and Kyrgyzstan” nomli asari diqqatga sazavordir. Bu kitob Rutger universiteti (AQSh) va O‘zbekiston, Qirg‘iziston olimlari hamkorligida yaratilgan birinchi ingliz tilidagi yirik asar bo‘lib, Markaziy Osiyoning 200 dan ortiq muhim dorivor o‘simligini taksonomiya, morfologiya, ekologiya, etnobotanika, fitokimyo va farmakologiya jihatdan batafsil yoritib bergan. S.Eisenman va D.Zaurovlarning yutug‘i shundaki, ular ko‘plab turlarning dorivor xossalarini birinchi 10 Sasha Eisenman, David Zaurov, Lena Struwe. Medicinal Plants of Central Asia: Uzbekistan and Kyrgyzstan. – New York: Springer, 2013. 340 p. marta ingliz tilida hujjatlashtirganlar, yuzlab rangli fotosuratlar va ingliz-rus lug‘atlarini tuzganlar. Kitob O‘zbekiston florasining geografik, iqlimiy va vegetatsiya xususiyatlarini ham tahlil qilgan bo‘lib, Surxondaryo kabi janubiy hududlar uchun muhim manba hisoblanadi. Bu asar xorijiy olimlarning Markaziy Osiyo dorivor o‘simliklarini ilmiy jihatdan “kashf etishida” muhim qadam bo‘lgan va keyingi xalqaro loyihalarga asos yaratdi. R.W.Bussmann11 ning hamkorlikdagi “An overview of Ethnomedicinal plants of Uzbekistan” (Ethnobotany Research and Applications, 2020) maqolasi muhim tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Bussmannning yutug‘i etnobotanik metodlarni (yarim strukturalashtirilgan intervyular, ekspeditsiyalar) shaklida qo‘llab, O‘zbekistonda 117 tur dorivor o‘simlikni 45 oila va 94 turkum bo‘yicha hujjatlashtirishdagi mehnatlari orqali aniq ko‘ringan. U O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning dorivor o‘simliklar xilma-xilligi markazi sifatida baholagan va endemizm darajasini ta’kidlagan. Bussmannning boshqa ishlari (masalan, 2020-yildagi bir qator maqolalar) Markaziy Osiyo etnofarmakologiyasini global kontekstda solishtirishga yordam beradi.

F.Sharopov12ning “Aromatic Medicinal Plants from Tajikistan (Central Asia)” maqolasida hamda Markaziy Osiyo bo‘yicha keyingi tadqiqotlari efir moyli o‘simliklarning fitokimyosini chuqur o‘rgangan. F.Sharopovning yutug‘i 18 ta aromatik o‘simlikning ikkilamchi metabolitlar tarkibini va biologik faolligini aniqlashida bo‘ldi. Bu ishlar O‘zbekistonning Surxondaryo va boshqa tog‘li zonalardagi shunga o‘xshash turlar (yalpiz, shuvoq) uchun qiyosiy tahlil imkonini beradi.

Y.Gafforov13 va hamkorlarining “Exploring biodiversity and ethnobotanical significance of Solanum species in Uzbekistan” maqolasida Solanum jinsining 8 turini (S. dulcamara, S. lycopersicum va boshqalar) etnobotanik va farmakologik jihatdan batafsil ko‘rib chiqqan. Ularning yutug‘i O‘zbekistonda Solanum turlarining morfologiyasi, tarqalishi, fenologiyasi, farmakologiyasi va fitokimyosini birinchi marta kompleks tahlil 11 Khojimatov O. K., Khamraeva D. T., Khujanov A. N., & Bussmann R. W. (2020). An overview of Ethnomedicinal plants of Uzbekistan. Ethnobotany Research and Applications, 20, 1–19. https://doi.org/10.32859/era.20.08.1-19 12 Sharopov F. S., Zhang, H., Wink, M., & Setzer, W. N. (2015). Aromatic Medicinal Plants from Tajikistan (Central Asia). Medicines, 2(1), 28–46. https://doi.org/10.3390/medicines2010028 13 Gafforov Y., Rašeta M., Zafar M., Makhkamov T., Yarasheva M., Chen J.-J., Zhumagul M., Wang M., Ghosh S., Abbasi A.M., Yuldashev A., Mamarakhimov O., Alosaimi A.A., Berdieva D., Rapior S. Exploring biodiversity and ethnobotanical significance of Solanum species in Uzbekistan: unveiling the cultural wealth and ethnopharmacological uses // Frontiers in Pharmacology. 2024. 14. 1287793. https://doi.org/10.3389/fphar.2023.1287793 qilishgan. Bu tadqiqot O‘zbekiston florasi uchun yangi yo‘nalish ochdi va xalqaro hamkorlikni kuchaytirdi.

N.Aldayarov14 va hamkorlarining “An ethnoveterinary study of wild medicinal plants used by the Kyrgyz farmers” va “An ethnobotanical study of plants and traditional herbal therapies in the Kara-Koy Gorge, Kyrgyz Republic” ishlarida Markaziy Osiyo etnoveterinariyasini o‘rgangan. N.Aldayarovning yutug‘i uy hayvonlari kasalliklarida qo‘llaniladigan yovvoyi o‘simliklarni hujjatlashtirish va tayyorlash usullarini tizimlashtirishida bo‘ldi. Bu ishlar O‘zbekistonning qo‘shni hududlari bilan qiyosiy tahlil uchun fundament bo‘la oladi.

Longwood Gardens15 (AQSh) botaniklari va Plant Collecting Collaborative guruhining O‘zbekistondagi ekspeditsiyalari noyob va tahdid ostidagi turlarni yig‘ish va saqlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni boshlagan. Ularning yutug‘i O‘zbekiston florasi bilan hamkorlikdagi urug‘ va gerbariy to‘plamlarini yaratishda namoyon bo‘ldi.

Bundan tashqari, Pedanius Dioskorides16ning “De Materia Medica” asarida 657 ta o‘simlik tasvirlangan; Li Shizhen17 “Ben Cao Gang Mu” ishida 1892 ta dori va 11 000 retseptni o‘z ichiga oladigan ma’lumotlar uchraydi; Shen Nung18 “Shen nong ben cao jing” ishi birinchi dorivor qo‘llanma hisoblanadi; Barbara Griggs19 “Green Pharmacy” ilk bor G‘arb tabobatining tarixini ochib bergan; David Hoffman20 “Medical Herbalism” klinik amaliyotni birlashtirgan; Andrew Chevallier21 “Encyclopedia of Herbal Medicine” 550 ta o‘simlikka ensiklopedik tavsif tayyorlagan.

Yuqoridagi tadqiqotlardan ayon bo‘ladiki, dorivor o‘simliklar bo‘yicha xorijda hamda respublikamizda juda keng qamrovli ishlar amalga oshirilgan. Ularning kimyoviy, 14 Aldayarov N., Tulobaev A., Salykov R., Jumabekova J., Kydyralieva B., Omurzakova N., Kurmanbekova G., Imanberdieva N., Usubaliev B., Borkoev B., Salieva K., Salieva Z., Omurzakov T., Chekirov K. An ethnoveterinary study of wild medicinal plants used by the Kyrgyz farmers // Journal of Ethnopharmacology. 2022. 285. 114842. 15 Zale P. Uncharted Territory: Plant Exploration in Uzbekistan // Longwood Gardens Blog. 2019. January 10. 16 Dioscorides Pedanius (of Anazarbus). De materia medica. Translated and edited by Lily Y. Beck. Hildesheim: OlmsWeidmann, 2005. xxviii + 540 p. (Altertumswissenschaftliche Texte und Studien, Band 38). ISBN 3-487-12881-0. 17 Uiversity of California Press seriyasi: https://www.ucpress.edu/series/ben-cao-gang-mu-16th-century-chineseencyclopedia-of-materia-medica-and-natural-history 18 Shen Nong. Shen Nong Ben Cao Jing (The Divine Farmer’s Materia Medica) / Transl. by Yang Shou-zhong. Boulder, CO: Blue Poppy Press, 1998. 19 Barbara Griggs Green Pharmacy. – Rochester: Healing Arts Press, 1997. 400 p. 20 David Hoffman Medical Herbalism. – Rochester: Healing Arts Press, 2003. 672 p. 21 Andrew Chevallier Encyclopedia of Herbal Medicine. –London: DK Publishing, 2016. 336 p. morfologik, farmokologik va boshqa xususiyatlari yaxshi o‘rganilgan. Biroq Surxondaryo viloyatida va O‘zbekistonning boshqa hududlarida deyarli o‘rganilmagan dorivor o‘simliklar mavjud. Masalan, noyob Ferula turlari (Ferula tadshikorum va boshqalar), ba’zi endemik Astragalus va Lagochilus turlari, shuningdek, tog‘li zonalardagi kam uchraydigan Lamiaceae va Asteraceae vakillari kimyoviy tarkibi, farmakologik ta’siri va ekologik holati bo‘yicha to‘liq o‘rganilmagan. Ular iqlim o‘zgarishi va antropogen ta’sir tufayli yo‘qolib ketish xavfi ostida. Kelgusidagi tadqiqotlar ushbu bo‘shliqlarni to‘ldirishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Abu Rayhon Beruniy. Kitob as-saydana fi-t-tibb. –Toshkent: Fan nashriyoti,

1974. – 674 b.

2. Abu Ali ibn Sino. Al-Qonun fi-t-tibb. – Toshkent: Fan nashriyoti, 1995.

3. Кҳожиматов О.К. Лекарственне растения Юго-Западного Тян-Шаня. –

Тошкент, 2008. – 322 c.

4. Abduraimov O.S., Li W., Shomurodov H.F., Feng Y. The Main Medicinal Plants

in Arid Regions of Uzbekistan and Their Traditional Use in Folk Medicine //

Plants. 2023. Vol. 12. № 16. Article 2950.

5. Ahmedov O‘., Ergashev A., Abzalov A., Yulchiyeva M., Mustafakulov D.

Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. – Toshkent: Tafakkur

bo‘stoni, 2018. – 224 b.

6. Sanoyev Z.I., Turdiyev P.Q., Alimova N.X., Berdimurodov B.P.

Farmakognoziya. Darslik. – Toshkent, 2023. – 417 b.

7. Xolmatov H.X. Farmakognoziya. I qism. – Toshkent, 2023. – 404 b.

8. Karshibayev X.K., Maxkamov T.X. Dorivor o‘simliklar biologiyasi va

ekologiyasi. – Guliston: “Ziyo Nashr-Matbaa” nashriyoti, 2022. –245 b.

9. Khamraeva D.T., Fakhriddinova D., Khojimatov O., Bussmann R.W.,

Abdinazarov S.K. Introduction of valuable medicinal plants of traditional

medicine of Lamiaceae family in the conditions of the Tashkent Botanical

Garden // Ethnobotany Research and Applications. 2024. Vol. 29. P. 1–12.

Rasmiy havola:

10. Sasha Eisenman, David Zaurov, Lena Struwe. Medicinal Plants of Central Asia:

Uzbekistan and Kyrgyzstan. – New York: Springer, 2013. 340 p.

11. Khojimatov O. K., Khamraeva D. T., Khujanov A. N., & Bussmann R. W. (2020).

An overview of Ethnomedicinal plants of Uzbekistan. Ethnobotany Research and

Applications, 20, 1–19. https://doi.org/10.32859/era.20.08.1-19

12. Sharopov F. S., Zhang, H., Wink, M., & Setzer, W. N. (2015). Aromatic

Medicinal Plants from Tajikistan (Central Asia). Medicines, 2(1), 28–46.

13. Gafforov Y., Rašeta M., Zafar M., Makhkamov T., Yarasheva M., Chen J.-J.,

Zhumagul M., Wang M., Ghosh S., Abbasi A.M., Yuldashev A., Mamarakhimov

O., Alosaimi A.A., Berdieva D., Rapior S. Exploring biodiversity and

ethnobotanical significance of Solanum species in Uzbekistan: unveiling the

cultural wealth and ethnopharmacological uses // Frontiers in Pharmacology.

2024. 14. 1287793. https://doi.org/10.3389/fphar.2023.1287793

14. Aldayarov N., Tulobaev A., Salykov R., Jumabekova J., Kydyralieva B.,

Omurzakova N., Kurmanbekova G., Imanberdieva N., Usubaliev B., Borkoev B.,

Salieva K., Salieva Z., Omurzakov T., Chekirov K. An ethnoveterinary study of

wild medicinal plants used by the Kyrgyz farmers // Journal of

Ethnopharmacology. 2022. 285. 114842.

15. Zale P. Uncharted Territory: Plant Exploration in Uzbekistan // Longwood

Gardens Blog. 2019. January 10. https://longwoodgardens.org/blog/2019-01-

10/uncharted-territory-plant-exploration-uzbekistan

16. Dioscorides Pedanius (of Anazarbus). De materia medica. Translated and edited

by Lily Y. Beck. Hildesheim: Olms-Weidmann, 2005. xxviii + 540 p.

(Altertumswissenschaftliche Texte und Studien, Band 38). ISBN 3-487-12881-0.

17. Uiversity of California Press seriyasi: https://www.ucpress.edu/series/ben-cao-

gang-mu-16th-century-chinese-encyclopedia-of-materia-medica-and-natural-

history

18. Shen Nong. Shen Nong Ben Cao Jing (The Divine Farmer’s Materia Medica) /

Transl. by Yang Shou-zhong. Boulder, CO: Blue Poppy Press, 1998.

19. Barbara Griggs “Green Pharmacy” – Rochester: Healing Arts Press, 1997. 400 p.

20. David Hoffman “Medical Herbalism” (Rochester: Healing Arts Press, 2003. –

672 p.

21. Andrew Chevallier “Encyclopedia of Herbal Medicine” (London: DK Publishing,

2016. – 336 p.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.