ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O’ZBEKISTON YOSHLARINING KOREYS TILINI O’RGANISH JARAYONIDAGI KAMCHILIK VA YUTUQLARI

초록

Bu maqolada koreys tilini o’rganganda qanday qilib samarali usullardan foydalanish kerakligi, bu tilning o’z ona tilimizga o’xshashligi, gapdagi gap bo’laklarining o’rni qanchalik mos kelishini ko’rib o’tamiz. Shuningdek, koreys tilida so’zlashuvga urg’u berayotganda qaysi amaliy metodlardan foydalanishimiz kerakligi haqida so’z boradi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

JARAYONIDAGI KAMCHILIK VA YUTUQLARI

Akromova Robiya Sunnatjon qizi

Kimyo International University in Tashkent

Annotatsiya: Bu maqolada koreys tilini o’rganganda qanday qilib samarali usullardan foydalanish kerakligi, bu tilning o’z ona tilimizga o’xshashligi, gapdagi gap bo’laklarining o’rni qanchalik mos kelishini ko’rib o’tamiz. Shuningdek, koreys tilida so’zlashuvga urg’u berayotganda qaysi amaliy metodlardan foydalanishimiz kerakligi haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar: Kelishiklar, unli va undosh harflarni o’qilishi, diftonglar, gapdagi hurmat shakli, bosh bo’lak va ikkinchi darajali bo’laklar.

Annotation: In this article, we will consider how to use effective methods when learning the Korean language, how similar this language is to our native language, and how well the parts of the sentence fit in the sentence. It also talks about what practical methods we should use when emphasizing Korean speaking.

Keywords: Cases, pronunciation of vowels and consonants, diphthongs, honorific form in the sentence, primary clause and secondary clauses.

Rivojlanayotgan yurtimizda sharq tillarini o’rganishga tobora qiziqish ortmoqda, ayniqsa so’ngi besh yil ichida deyarli barcha yoshlar yapon, koreys va xitoy tillarini o’rganishmoqda. Bunga sabab esa, o’rganish uchun imkoniyatlar va mustaqil o’rganish uchun kitoblar bisyordir. Janubiy Koreya bilan aloqalarning rivojlanib borishi, jahon tiliga aylanib ulgurgan ingliz tili bilan bir qatorda, koreys tilini o‘rganishga bo‘lgan talabni yuzaga keltirdi. Shu boisdan ham, koreys tilini o’rganishda shu tilning gramatikasini, lug’atlarini, gapning tuzilishini va albatta maqollar va iboralarni bilish va to’g’ri qo’llay olish lozim.

Tilni o’rganayotganda birinchi navbatda gramatikasini ya’ni gapdagi bosh bo’lak va ikkinchi darajali bo’laklarni to’g’ri qo’llay olishimiz kerak. O’zbek va koreys tilining gramatik o’xshashligi juda ham yaqin va koreys tilidagi harflar ya’ni iyerogliflarning aytilishi va yozilishi bizning lotin yozuvidan tamomila farq qiladi. Biroq gramatik o’xshashlik deyarli bir xil. Koreys tilida ham o’zbek tili singari bosh va ikkinchi darajali bo’laklar mavjud va ularning gaplarda kelishi ham deyarli bir xil. Masalan:

Ega Ikkinchi darajali

bo’lak

Kesim

Men kutubxonaga bordim

저는 도서관에 갔어요.

Bu misolda o’zbek va koreys tilidagi gramatik o’xshshligini ko’rsatgan, hattoki o’z ona tilimizdagi kelishik qo’shimchalari koreys tilida ham bor va bir xil. Biroq farqi shundaki, koreys tilida bosh kelishikda kelgan so’zlarga ham 은/는 (nin yoki in) qo’shimchasi qo’shiladi va koreys tilida ko’pchilik gramatikalar so’zning oxirgi unlisi yoki undoshliligiga qarab qo’shiladi va bu tilda biror so’zning oxiri unli harf bilan tugamaydi va o’zidan oldingisi bilan ham ng yani ㅇharfi bilan yoziladi. Misol:

Bosh kelishik Ot kesm

오늘 은 금요일입니다

Bugun Jumadir.

Bu misolda koreys tilidagi bosh kelishikka misol keltirilgan. 오늘 (bugun) so’zimizning oxirgi harfi undosh harf bo’lganligi uchun 은 bosh kelishikni qo’shdik agar oxirgi harfimiz unli bo’lganida edi biz unga 는 qo’shimchasini qo’shar edik. Biroq bunday qoidalar o’z ona tilimizda yo’q.

Bu ikki tilning shakillanishida madaniyat katta va muhum ro’l o’ynaydi. Birinchidan, bu tillarda hurmat gramatikasi mavjudligi. Masalan, koreys tilida 3 darajali hurmat qo’shimchalari bor va hattoki ba’zi otlarning ham hurmat shakldagisi mavjud.

Xurmat shakldagi Xurmat shakldagi Xurmat shakldagi

Uy Ism Odam

댁 (daek) 성함 (seongham) 분 (bun)

Oddiy daraja Oddiy daraja Oddiy daraja

집 이름 사람

Bu misolda bitta so’zning hurmat shaklidagi sinonim so’zlari mavjudligini ko’rishimiz mumkun. Biroq, bunday gramatikalar o’rganuvchilarning o’rganish samaradorligini pasaytirmaydi, aksincha til o’rganish bilan bir qatorda muomala madaniyati va o’zgalar bilan gaplashayotganda so’zlarni tanlab ishlatishga chaqiradi, ayniqsa, yoshi katta odamlar bilan. Shu yergacha o’z ona tilimiz bilan koreys tilining o’xshashlik jihatlari yoritildi, ammo asosiysi, suhbatlashish va shu jarayonda talaffuzga e’tibor berishdir.

Koreys tili alifbosi 40 ta harfdan iborat bo'lib ulardan 19 tasi undosh va 21 tasi unli hisoblanadi. Undosh harflarning ba’zilari ikkitalik qilib talaffuz qilinadi va rus tilidagi harflarga ham o’xshash qilib talaffuz qilinadigani bor. Unli harflarining esa ikkitasi bir biri bilan qo’shilib kelishi (murakkab unli harflar) yani diftong dep yuritiladi.

ㄲ [KK]

ㄸ [TT]

ㅃ [PP]

ㅆ [SS]

ㅉ [JJ]

ㅖ [ye]

ㅒ [ye]

ㅘ [va]

ㅝ [yõ]

ㅢ [ыi]

Koreys tilining eng murakkab qismi bu “Suhbatlashish”, chunki bu tildagi harflarning o’zgacha bo’lib aytilishi. Harflarning aytilishi o’zbek tilidagi tovushlar bilan bir xil bo’lsa ham maxrajlari turli joylardan chiqadi va aksariyat xollarda yumshoqroq va bazi joylarda qattiqroq talaffuz qilinadi, ayniqsa, ikkitalik undosh kelganda. Nutqni o’stirishning asosiy usuli bu ko’p tinglab, takrorlash sanaladi. Chunki, koreys tilidagi harflar har doim ham ko’ringandek talaffuz qilinavermaydi, ayniqsa so’roq gaplarda ohang biroz ko’tariladi va biz shundan ko’rishimiz mumkunki bu so’roq gap. Ammo, bu qoida har doim ham qo’l kelavermaydi aksariyat hollarda xudda o’zbek tiliga o’xshab so’roq yuklamalari va so’zlari bilan so’roq gap tuziladi.

Hozirda ko’pkina yoshlar ㄲ [KK] tovushini chiqarishga qiynalishadi, agarda yakka holda kelsa bu oson, lekin, so’zlarning o’rtasi yoki oxirida kelsa o’zbek tilidagi

Murakkab

undosh harflar

Murakkab

unli harflar K tovushiga o’xshab talaffuz qilinmaydi. Bu tovushni chiqarish uchun zamonaviy usuldan foydalanish zarur, ya’ni eshitib takrorlash yoki tajribamdan kelib chiqqan holda shuni aytishim mumkunki, har kuni 3 yoki 5 daqiqadan og’izga to’ldirib suv olib, boshni ko’tarib aytib ko’rish kerak. Natijada, suvni tomoqdan ketib qolmaslik uchun ham suvning yo’li tilning eng chuqur orqa tarafi bilan to’siladi va shu paytda ikkitalik K tovushi chiqadi.

Keyingi aytilishi qiyin bo’lgan tovush ㄸ [TT] tovushidir. 어떤 (qaysi) so’zida ikkitalik T tovushi bor. Ko’p hollarda T tovushida qisqa muddatga to’xtab, keyin ikkinchi T harfini aytamiz. Bu harfni chiqarish uchun 1 yoki undan ham kamroq soniyaga to’xtab, urg’u berishimiz kerak bo’ladi.

Kuzatishlar natijasida, tilni taqqoslab o‘rganish yangi tilni tez va oson o’rganishda 80% ni ko‘rsatadi.

Tilni taqqoslab o‘rganish jarayonida nafaqat tilni tez o‘rganishga, balki, samaraliroq o‘rganishga ham yordam beradi. Ushbu maqolada ikkita til grammatikasi yuzasidan taqqoslash olib borildi. Jadvallar asosida sxema tuzilib, misollar tariqasida berildi.

References: 1. N. Erkaboyeva O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami (pp.45-78). 2. The Study of Language is a book by George Yule. 3. 연세 한국어Yonsei Korean 2-1 (English Version) by Yonsei Korean Institute.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.