ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O‘ZBEKISTONDA MILLIY MA’NAVIYAT NAZARIYASINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

초록

Maqolada milliy ma’naviyatimiz nazariyasining vujudga kelishi, milliy ruhda tarbiyalashi, ma’naviyatni tо‘g‘ri anglab etishiga erishishi, rivojlanish xususiyatlari haqida qisqacha bayon keltirilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Hamidov Salohiddin Ochilovich

Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Ijtimoiy va gumanitar fanlarni o‘qitish

metodikasi (ma’naviyat asoslari)” mutaxasisligi 2-kurs magistranti

Annotatsiya: Maqolada milliy ma’naviyatimiz nazariyasining vujudga kelishi, milliy ruhda tarbiyalashi, ma’naviyatni tо‘g‘ri anglab etishiga erishishi, rivojlanish xususiyatlari haqida qisqacha bayon keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Milliy ma’naviyat, dunyoqarash, mustaqillik yillari, xotira va qadrlash, tarbiya, o‘zbek modeli, ilm-fan.

Mustaqillikning ma’naviy asoslari birinchi navbatda yangicha dunyoqarash, ijtimoiy ong va ilmiy nazariya bilan bog‘liq sub’ektiv omillardir. Lekin ma’naviy asoslar tushunchasi bular bilangina chegaralanib qolmaydi. Mustaqillikning ma’naviy asoslariga keng ma’nodagi ma’naviy madaniyat va unga tegishli, nisbatan alohidalashgan ijtimoiy muasssasalar ham kiradi. Ular esa nafaqat sub’ektiv, shuningdek ob’ektiv hodisa sifatida ham mavjuddir.

Ma’naviy merosni mustahkamlash va rivojlantirish — yangi O‘zbekistonni yaratish va jahon hamjamiyatiga teng huquqli integratsiya bo‘lishga xizmat qiladi chunki milliy o‘zlikni, milliy manfaatlarni, ajdodlarimiz va zamondoshlar ijodiy yutuqlarni anglash orqali umumjahon taraqqiyoti oqimida o‘z o‘rnimizni, zamonaviy ijodiy yutuqlarimizni va salohiyatimizni aniq tasavvur etishga yordam beradi. Milliy identlikni, o‘ziga xoslikni saqlab qolishga, yuksaltirishga jahon hamjamiyatidan yuz o‘girish hisobiga emas, aksincha, jahondagi ilg‘or yutuqlar va tajribani o‘zlashtirib, milliy madaniyatni, ona tilini rivojlantirish hisobiga erishiladi. Mustaqillik yillari: birinchidan, ma’naviy-madaniy merosni tiklash, rivojlantirish; ikkinchidan, jahon madaniyati yutuqlarini o‘zlashtirish, jahon hamjamiyatiga iqtisodiy integratsiyalashish, uchinchidan ilm-fanni rivojlantirish yo‘nalishlarida ish olib borildi.

Birinchi yo‘nalish ishlari, yuqorida e’tirof etilganidek, mustaqillik uchun bevosita kurash yillari boshlangan edi. Mustaqillik yillari o‘tish davrida ushbu masala milliy o‘zlikni anglashni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, tarixiy xotirani tiklashning, umuman milliy-ma’naviy tiklanishning bosh masalasiga aylandi. Shu sababdan ushbu yo‘nalishda ko‘pqirrali kompleks ishlar olib borildi.

Buyuk allomalarimiz, davlat va jamoat arboblarimiz, shaharlarimiz, madaniy yodgorliklarimiz yubileylari o‘tkazildi. Milliy qadriyatlar, an’analar qayta tiklandi. Ikkinchi yo‘nalish mamlakatni xalqaro nufuzini oshirish, milliy iqtisodiy mustaqillikka erishish, kundalik ehtiyoj iste’molchiligida mahalliy mahsulotlarni ko‘paytirish, energetikka eksportini kuchaytirish, xalqaro integratsion birlashmalarga a’zo bo‘lish, umume’tirof etilgan qoidalarga amal qilish, milliylikdan umummilliylikka tayanish chora tadbirlarini tizimlashtirish choralari amalga oshirildi. Uchinchi yo‘nalish, ilmfan, adabiyot va san’at, madaniyat, davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklari borasida biz milliy an’analarimiz va ba’zi ijtimoiy-siyosiy va fuqarolik institutlarini tiklash (mahalla, hokimlik) qatorida ko‘plab yutuqlarga erishdik.

Davlat hokimiyatining uch tarmog‘i – qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlari bir biridan ajratilgani bu boradagi islohotlar, demokratiya va inson huquqlari rivojlantirilgani, ko‘plab yangi nodavlat notijorat va boshqa jamoat tashkilotlari shakllantirildi. Mustaqillik sharoitida eski qadriyatlardan to‘liq voz kechilishi tarafdorlari ko‘paydi. Chunki, eski mafkura va soxta an’analardan voz kechmasdan asl milliy qadriyatlarni qayta tiklab bo‘lmasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Ularni xalq iste’molida turgani to‘g‘ri talqin etilishi uchun sharoit yaratildi. Masalan, 9-may g‘alaba kuni emas, “Xotira va qadrlash kuni” deb e’lon qilindi. Ulug‘ Vatan urushi, ikkinchi jahon urushi nomi bilan ataldi va shunga o‘xshash to‘g‘ri talqin etish tizimi yuzaga keldi. Milliy qadriyatlar umummilliy qadriyatlarga qarama-qarshi bo‘lishi, yoki umummilliy qadriyatlar milliy qadriyatlarni inkor etmasligi modeli shakllantirildi. Milliy qadriyatlar umummilliy qadriyatlarga integratsiyalashib bordi. Inson huquqlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Inson-jamiyat-davlat formulasi maqbul topildi. Olimlar jamoasida ham yo‘nalishlar integratsion xarakter kasb etib bordi. Ilk bosqichda ba’zi qadriyatlarni saqlab qolish kerak degan olimlar jamoasi ham eski soxta qadriyatlardan to‘liq voz kechish yoki to‘g‘ri nomlanishini joriy etish kerak degan xulosaga kelishdi. Bu eng to‘g‘ri va samarali yo‘l bo‘lib chiqdi.

Milliy ma’naviyatni rivojlantirishning “O‘zbek modeli” sifatida ravnaq topdi. Mustaqillik yillarida milliy ma’naviyatga doir ilmiy qarash va munosabatlarning rivojlanish xarakteri ikki xil shart-sharoitlar asosida kechdi. Birinchi ob’ektivlik shartsharoitlari asosida, ikkinchi sub’ektivlik shart-sharoitlari asosida. Mazkur shartsharoitlar va omillar o‘zining turli-tumanligi, murakkabligi va ta’sirchanligi bilan tavsiflanadi. Buning ustiga, ular komil inson madaniyatiga alohida-alohida tarzda emas, o‘zaro uyg‘unlikda va aloqadorlikda ta’sir ko‘rsatadi. milliy ma’naviyatga doir ilmiy qarash va munosabatlarning rivojlanish xarakteri ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv omillarni sxematik ravishda quyidagicha tasavvur qilish mumkin: Mazkur ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv omillar mazmuni talqini, uning ta’siri xarakteri va ko‘lami tahlili, birinchidan, milliy ma’naviyatga doir ilmiy qarash va munosabatlarning rivojlanish xarakterining dinamik xususiyatlari va undagi qonuniyatlarning o‘ziga xos jihatlarini ilg‘ab olish imkonini beradi. Ikkinchidan esa, mazkur yondashuv konkret jamiyatdagi milliy ma’naviyatga doir ilmiy qarash va munosabatlarning rivojlanish xarakteri modelining shakllanganligi darajasini aniqlashda nazariy asos vazifasini o‘taydi. Milliy ma’naviyatga doir ilmiy qarash va munosabatlarning rivojlanish xarakteri – Vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik faoliyati sifatiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs eng avvalo o‘z Vatani tabiatidan ruhlanib uni ardoqlashga va qadrlashga odatlanadi, fuqaro sifatida uni asrab-avaylashga, manfaatlariga xizmat qilishga kirishadi. Milliy ma’naviyatga doir ilmiy qarash va munosabatlarning rivojlanish mazmuni va xarakteriga ta’sir ko‘rsatadigan omillar haqida gapirganda dastlab jamiyatdagi iqtisodiy shart-sharoitlarni tilga olish kerak bo‘ladi. Iqtisodiy shartsharoitlar deganda mamlakat iqtisodiyotining aniq bir davrdagi ahvoli nazarda tutiladi. Ishlab chiqarish va iste’mol hajmi, iqtisodiyot tarkibidan joy olgan tarmoqlar va ularning samaradorligi darajasi, eksport va import salohiyati, iqtisodiy o‘sish sur’atlari – bu va bunga o‘xshagan ko‘plab mezonlar mamlakatdagi iqtisodiy shart-sharoitlarni ifodalaydi. Siyosiy shart-sharoitlarning ham milliy ma’naviyatga doir ilmiy qarash va munosabatlarning rivojlanish mazmuni va xarakteriga ta’siri benihoya katta. Siyosiy shart-sharoitlar deganda jamiyatda hukm surayotgan siyosiy rejim, davlat hokimiyati qudrati, siyosiy institutlar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri nazarda tutiladi. Demokratik siyosiy rejim o‘rnatilgan davlatlarda fuqarolar ijtimoiy bilim va gumanistik g‘oyalarni o‘zlashtirishlari uchun keng imkoniyatlar vujudga keladi. Bunday sharoitda fuqarolar manfaatlarini ifoda etadigan fuqarolik jamiyati institutlari keng rivoj topadi. Natijada jamiyat a’zolari ular orqali ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishga muvaffaq bo‘ladilar. Ijtimoiy shart-sharoitlarning milliy ma’naviyatga doir ilmiy qarash va munosabatlarning rivojlanishiga ta’siriga keladigan bo‘lsak, bu o‘rinda turmush tarzi va darajasi, aholi real daromadlari miqdoriga e’tiborni qaratishimiz zarur. Jamiyat turmush tarzi milliy ma’naviyatga doir ilmiy qarash va munosabatlarning rivojlanish xarakterini belgilovchi muhim omillardan biridir. Turmush darajasi va aholi daromadlari miqdori ham komil inson madaniyati darajasida iz qoldiradi. Umumiy daromadlar miqdori kattaligi bois jamiyat a’zolari real daromadlari ham yuqori, turmush darajasi esa shunga monand bo‘lgan. Bunday turmush darajasi komil inson madaniyatining qaror topishiga zamin yaratgani aniq. Ko‘rinib turibdiki, milliy ma’naviyatga doir ilmiy qarash va munosabatlarning rivojlanish xarakteri shakllanishida ijtimoiy shart-sharoitlarning ahamiyati nihoyatda katta. Milliy ma’naviyatga doir ilmiy qarash va munosabatlarning rivojlanish xarakteri tabiati mavjud madaniy shart-sharoitlarga borib taqaladi. Biz madaniy shart-sharoitlar deganda milliy madaniyat komponentlari - til, an’ana va qadriyatlar, madaniy meros, adabiyot va san’atning muayyan davrdagi ahvolini nazarda tutmoqdamiz. Ma’lumki, milliy madaniyatning yuqorida tilga olingan tarkibiy qismlari millat vakillarining dunyoqarashini belgilab beradi. Insonning olamni his qilishi va tushunishi modeli aynan ana shu qismlar ta’sirida takomiliga yetadi. Bu model pirovardida inson xulqatvori va faoliyatining xarakterini, ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi. Zotan, uning Vatan haqidagi tasavvurlari, fuqarolik qadriyatlari va bilimlari doirasi ajdodlar tomonidan asrlar davomida arjumand sanalgan qadriyatlar negizida shakllanadi. Shaxs fuqarolik madaniyatining shakllanishi jarayoni nuqul ob’ektiv shart-sharoitlarga bog‘liq emas. Ayni paytda unga turfa sub’ektiv omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, milliy ma’naviyatga doir ilmiy qarash va munosabatlarning rivojlanish xarakteri siyosiy tarbiya davomida shakllantiriladi va muvofiqlashtiriladi. Siyosiy tarbiya, avvalo, shaxsning siyosiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan va uning butun umri davomida turli vositalar orqali amalga oshiriladigan maqsadga muvofiq jarayondir. Huquqiy tarbiyaning milliy ma’naviyatga doir munosabatlarning rivojlanish xarakteri shakllantirishdagi roli katta. U shaxs huquqiy madaniyatini huquqiy ongi va faoliyatini takomil toptirishga yo‘naltiriladi.

Milliy ma’naviyatga doir munosabatlarning shakllanishi jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan sub’ektiv omillardan biri axloqiy tarbiya bilan bog‘liq. Mazkur hattiharakat va xulq-atvor normalari esa aynan axloqiy tarbiya yordamida shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Axloqiy tarbiya davomida komillik ideallari qaror topadi. Ilmiy manbalarda komil ideal deganda inson hoyu-havaslari, intilishlariga muayyan yo‘nalish baxsh etadigan namuna, etalon nazarda tutiladi. Eng yuksak axloqiy ideal Vatanga muhabbat bilan bog‘liq. Chunki axloqan komil insongina o‘z Vatanini seva oladi, uning maqsad va manfatlariga astoydil xizmat qilishga ehtiyoj sezadi. Vaholanki, aynan Vatanga muhabbat bilan bog‘liq axloqiy ideal shaxs fuqarolik ongining muhim elementidir. Binobarin, eng yuksak axloqiy ideallarni shakllantirishga yo‘naltirilgan axloqiy tarbiya shaxs fuqarolik madaniyatini yuksaltirishning salmoqli sub’ektiv omilidir. Milliy ma’naviyatga doir munosabatlarning shakllantiruvchi sub’ektiv omillar haqida gapirganda diniy tarbiyaning ahamiyatini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Uzoq yillar davomida diniy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda muayyan diniy e’tiqodni shakllantirish bilan bog‘lab kelindi.

Milliy ma’naviyatga doir munosabatlarning shakllanishi jarayonida estetik tarbiya o‘ziga xos o‘rin tutadi Estetik tarbiya faqat adabiyot va san’at asarlaridagi go‘zallikni his qilish va undan zavqlanish tuyg‘usini shakllantirish bilan bog‘liq emas. To‘g‘ri, adabiyot va san’at asarlaridagi go‘zallikni chuqur his qilishga odatlangan shaxsda keyinchalik nafaqat estetik, balki axloqiy, komillik ideallari ham yuzaga keladi. Mehnat tarbiyasi insonni kamol toptirishning muhim omilidir. U insonda mehnatga ehtiyojni, unga oqilona munosabatni shakllantirishga qaratilgan maqsadga muvofiq jarayondir. Mehnat tarbiyasi jarayonida inson o‘zi va o‘zgalar mehnatini qadrlashga, mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga, insoniyat yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarni qadrlashga odatlanadi. Milliy ma’naviyatga doir munosabatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan sub’ektiv omillardan yana biri ekologik tarbiyadir. “Ekologik tarbiya o‘z mazmuniga ko‘ra tarbiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib, shaxs ekologik ongini yuksaltirish, ekologik faoliyatini takomillashtirish maqsadida amalga oshiriladigan maqsadga muvofiq tarbiyaviy jarayondir. U turli sub’ektlar tomonidan olib borilishi mumkin. Masalan, oilada, u yoki bu institutda, jamoada ham ekologik tarbiyaning muayyan shakllari amalga oshiriladi.

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida milliy ma’naviyatni qayta tiklash uch yo‘nalishda olib borildi: birinchidan, ma’naviy-madaniy merosni tiklash, rivojlantirish; ikkinchidan, jahon madaniyati yutuqlarini o‘zlashtirish, jahon hamjamiyatiga iqtisodiy integratsiyalashish, uchinchidan, ilm-fanni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Imomnazarov M. “Milliy ma`naviyat bosqichlari”, Toshkent - 2010

2. Imomnazarov M. “Milliy ma`naviyatimiz asoslari”, Toshkent - 2006

3. Otamurotov S. “Milliy rivojlanish falsafasi”, Toshkent- 2005

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.