MA’RIFIY, TA’LIM HAMDA ILM-FAN SOHALARIDAGI HAMKORLIGI
Jabborov Sunnatilla Ilhomjon o‘g‘li
O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti Таrix (yo‘nalishlar va faoliyat turi
bo‘yicha) mutaxassisligi 2-kurs magistri
Afg‘oniston asrlar davomida mamlakatimizning eng yaqin qo‘shnilaridan biri, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, diniy e’tiqod, urf-odatlar bog‘lab turadigan o‘lka bo‘lib kelgan. O‘zbek va afg‘on xalqlari o‘zaro birodardir hamda bu uzoq tarixdan buyon o‘z isbotini topib kelmoqda.
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil oktyabr oyida o‘rnatilgan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan siyosatini pragmatik yo‘lga o‘zgartirdi. Pirovardida O‘zbekiston – Afg‘oniston aloqalari mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi va ular yangicha mazmun va izchillikni kasb etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakilining tayinlanishi O‘zbekiston rahbariyati tomonidan Afg‘oniston bilan aloqalarni bosqichma-bosqich va maqsadli rivojlantirishga qaratilayotgan katta e’tiborning yana bir tasdig‘idir. O‘zbekiston Afg‘onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi, deb hisoblaydi va mamlakatni mintaqaviy integratsion jarayonlarga keng jalb qilishga intilmoqda.
Samarali hamkorlikni amalga oshirishda madaniy-gumanitar soha ham muhim rol o‘ynaydi. Xalqlarimiz o‘rtasidagi asrlarga tatiydigan aloqalar madaniyatlararo rishtalarda ham o‘z ifodasini topgan. Afg‘oniston hududida bugun o‘zbek millatiga mansub 4 milliondan ko‘proq aholi istiqomat qilayotgani o‘zaro hamkorlikka ijobiy ta’sir o‘tkazmoqda. Ular o‘z mehnati bilan nafaqat afg‘on davlatchiligi asoslarini mustahkamlashga, balki O‘zbekiston – Afg‘oniston aloqalarini har tomonlama takomillashtirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda1.
O'zbekistonning Afg'onistonga nisbatan keyingi do‘stona qadamlari O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil mart oyida Toshkentda Afg'oniston 1 https://xs.uz/uzkr/post/ozbekiston-va-afgoniston-mushtarak-maqsadlar-va-dostlik-rishtalari bo'yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida xalqaro konferensiyaning boshlanishi bilan bog'liq bo'lib, Forumda so'zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev Afg'onistonni qo'shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar aloqalar tizimiga jalb etish, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish tamoyillarini ishlab chiqish va ular bo'yicha xalqaro konsensusga erishish zarurligi haqida gapirdi.
Prezidentimiz terrorizm, aqidaparastlik, ekstremizm, radikalizm, narkobiznes va zo'ravonlikni qoralab, ta'lim-tarbiya masalalari, yoshlarning muammolari, yoshlarning sifatli ta'lim olish imkoniyatini ta'minlash va o'zligini anglash uchun zarur shartsharoitlarni yaratishga alohida e'tibor qaratdi. Afg'onistondagi muammoni kuch bilan emas, balki siyosiy va gumanitar jihatdan hal qilish zarur. Shu nuqtai nazardan, qo'shni Afg'onistonda ta'limni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi bayonot mantiqiy va izchillik kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan, jarayon madaniy diplomatiya vositalari bilan to'ldirilishi kerak. O'zbekiston va Afg'oniston xalqi, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, ming yillar davomida bir xil madaniy va sivilizatsiya makonida rivojlangan. Madaniy-gumanitar va ijtimoiy tarkibiy qismlar mintaqaviy hamkorlik uchun ham, Afg'onistondagi tinchlik jarayoni uchun ham muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning fikricha, xalq diplomatiyasi, oddiy insoniy muloqot o'zaro anglashuv va barqarorlikni mustahkamlash yo'li bo'lib, u oddiy odamlar o'rtasidagi bevosita aloqalarni ta'minlash va har bir mamlakatning madaniy boyliklarini ommalashtirishga qaratilgan.
Bugungi kunda faol “xalq diplomatiyasi” asosida chet eldagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o‘zaro foydali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni va madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash, asosiy vazifasi O‘zbekiston haqida chet eldagilarga to‘g‘ri ma’lumot berishni o‘z oldiga maqsad qilgan 36 ta do‘stlik jamiyatlari faoliyat yuritib kelmoqda.
“O‘zbekiston-Afg‘oniston” do‘stlik jamiyati O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari orasida madaniy-ma’rifiy, fan-ta’lim sohasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, uning tashkiliyhuquqiy shakli jamoat birlashmasidir.
Mamlakatimizda xalq diplomatiyasini rivojlantirishda do‘stlik jamiyatlari tomonidan tashkil etilgan ilmiy seminarlar, davra suhbatlarining o‘ziga xos o‘rni mavjud. Bunday tadbirlarda sohadagi yutuq va kamchiliklarni keng jamoatchilik, mutaxassislar bilan birgalikda muhokama etilishi xalq diplomatiyasini samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ekspertlarning fikricha, “O‘zbekiston-Afg‘oniston” do‘stlik jamiyati tomonidan 2018-yil 14-sentyabrda tashkil etilgan “O‘zbekiston - Afg‘oniston aloqalarida yangi davr”nomli davra suhbati ikki mamlakat o‘rtasida xalq diplomatiyasi rivojida muhim qadam bo‘ldi2.
Shu nuqtai nazardan, “O'zbekiston-Afg'oniston” do'stlik jamiyatining tashkil etilishi ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarda tarixiy voqea bo'ldi. Afg'oniston va O'zbekiston xalqlari o'rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy, madaniy hamkorlik uzoq vaqtdan beri mavjud bo'lib, ming yillik tarixga ega. Shu bilan birga, O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasidagi munosabatlarni tarixiy va madaniy, moddiy qadriyatlarni yaqinlashtirish asosida rivojlantirishga ko'maklashuvchi, ikki mamlakat xalqlarini ifodalovchi bunday “ommabop” platforma ilk bor yaratilmoqda.
Do‘stlik jamiyatining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulotda va Muxtor elchisi Sayed Shahobuddin Temuriy, “O‘zbekiston-Afg‘oniston” do‘stlik jamiyati raisi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori Abdurahim Mannonov, tadqiqotchi olimlar, do‘stlik jamiyatlari raislari va ijrochi direktorlari, afg‘on diasporasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida so‘nggi paytlarda O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistondagi vaziyatni yumshatish, mintaqada tinchlik va barqarorlik muhitini yaratishga qaratilgan qator xalqaro doiradagi tadbirlar o‘tkazilib kelinayotgani shuningdek, yangi tashkil etilgan “O‘zbekiston – Afg‘oniston” do‘stlik jamiyati oldida turgan dolzarb masalalar haqida fikr yuritildi.
“O‘zbekiston-Afg‘oniston” do'stlik jamiyati raisi, Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti rektori Abdurahim Mannonov “O'zbekiston-Afg'oniston” do'stlik jamiyatining ochilishi tarixiy voqeaga aylanganligini, hozirgacha ikki 2 Алмардонов О.Қ. Ўзбекистон ва Афғонистон ўртасидаги халқ дипломатиясининг айрим жиҳатларига оид (Ўзбекистон-Афғонистон дўстлик жамияти мисолида). // “Афғонистон ХХ ва XXI асрлар чорраҳасида: тарихий, иқтисодий- ижтимоий, сиёсий жиҳатлари ва унинг марказий осиё мамлакатлари билан ўзаро муносабати масалалари” Халқаро илмий-амалий конференция материаллари тўплами – Тошкент-2019. –Б. 398-406. mamlakat tarixida Afg'oniston bilan munosabatlarni o'rnatishga yordam beradigan hamjamiyat bo‘lmaganligini ta’kidlab o‘tdi. Tashkil etilgan jamiyat davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan bevosita amalga oshirildi. Jamiyat 2017- yildan buyon O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasidagi turli sohalardagi tarixiy hamkorlikda ishtirok etishni o'z oldiga qator maqsadlar qo'ygan.
Ma’lumki, ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar qadimgi tarixga borib taqaladi. Oramizda chegara bo'lmaganida, yuzlab buyuk allomalarimiz Afg'oniston zaminida allaqachon boshpana topgan va jamiyat ularning xotiralarini engillashtirish uchun katta ishlarni rejalashtirgan. Shu bilan birga, ajdodlarimiz merosini o'rganish va targ'ib qilish, afg'on xalqiga iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy yordam ko'rsatish orqali afg'on do'stlarimizning xayrli ishlariga hissa qo'shishga harakat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning tashabbusi bilan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyasi mintaqada tinchlik o‘rnatish yo‘lida dadil qadam bo‘ldi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida: “Afg‘oniston xavfsizligi – bu O‘zbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotning garovidir”, – deya ta’kidlab o‘tgan edi.
Soha mutaxassislari “O‘zbekiston-Afg‘oniston” do‘stlik jamiyati ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy faoliyat doirasida delegatsiyalararo almashuvni, vatandoshlar bilan aloqalarni kengaytirish, badiiy jamoalarning gastrollarini tashkil qilish, O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlariga bag‘ishlangan madaniyat, xalq amaliy san’ati va boshqa turli ko‘rgazmalar o‘tkazilishiga har tomonlama ko‘makchi bo‘lishiga ishonch bildirishadi.
Ekspertlarning fikricha “O‘zbekiston-Afg‘oniston” do‘stlik jamiyati tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘lgan bir qator dolzarb vazifalar mavjud. Jumladan,
– O‘zbekiston Respublikasining Afg‘onistonga nisbatan munosabati, xalqaro kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi va mazkur xalqaro anjumanda imzolangan Toshkent deklaratsiyasining asosiy bandlari mazmun-mohiyatini chuqur anglash, uni keng jamoatchilikka yetkazish. Bunda siyosiy masalalar bilan bir qatorda afg‘on zaminida ijtimoiy-iktisodiy ifnratuzilmani rivojlantirish va bu boradagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga alohida e’tibor berish;
– Afg‘onistondagi ta’lim muassasalari, olimlar, ilm-fan doiralari vakillari bilan aloqalarni, o‘zaro hamkorlikni yulga qo‘yish. Bunda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish (xususan TDShU), afg‘on olimlari va ilmiy doira vakillarini O‘zbekistonga taklif qilish va o‘z navbatida O‘zbekistonlik olimlarning afg‘on zaminiga tashrifini tashkillashtirish. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari o‘rtasidagi turli sohalardagi aloqalar juda qadimiy zamonlarga borib taqaladi. Ikki davlat o‘rtasida chegaralar bo‘lmagan zamonlarda hozirgi Afg‘oniston hududida xalqimizning buyuk vakillari tomonidan madaniyat, tarix, ilmfanga oid ulkan me’ros yaratilganligi, bu meroslar ikki mamlakat xalqlarini mushtarak mulki sifatida o‘zaro bog‘lab kelayotganligi ham ma’lum. “O‘zbekiston-Afg‘oniston” do‘stlik jamiyati raisi A.Mannonovning fikricha tarix ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi aloqalarning uzluksiz va davomli bo‘lishiga har vaqt ham ochiq yo‘l yaratib bermagan. Xususan, Rossiyadagi oktyabr inqilobidan keyin to 1991 yil - mustaqillikka qadar O‘zbekiston davlati va hukumati qo‘shni Afg‘oniston bilan na siyosiy, na boshqa sohalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishga imkoni bo‘lmagan. 2017 yildan Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan bo‘lgani kabi Afg‘oniston bilan ham birinchi navbatdagi davlat siyosati belgilab olindi. E’tiborlisi shundaki mutaxassislarning ta’kidlashicha, tili, dini, tarixi, urf-odatlari o‘xshash bo‘lgan mamlakat bilan siyosiy, madaniy va iqtisodiy aloqalarimiz butkul yangi tarixiy bosqichga chiqishida mamlakat Prezidentining shaxsan tashabbusi bevosita muhim va asosiy rol uynadi. O‘zbekiston Prezidentining BMTning 72-sessiyasida chiqishi va unda Afg‘oniston muammosining ko‘tarilishi, Samarqand konferensiyasi, tarixda ilk bor Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi va uning muvafaqqiyatli yakunlanishi ushbu jarayonlarni asosini tashkil etadi. Shuningdek, O‘zbekistonning Afg‘oniston iqtisodiyotini, ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bu mamlakat talabalarini o‘qitish, elektr energiyaga bo‘lgan extiyojini qondirish, o‘zaro tovar almashinuviga zamin yaratib berishdagi beg‘araz yordamlarini ham keltirib o‘tish mumkin. “O‘zbekiston-Afg‘oniston” do‘stlik jamiyati xalq diplomatiyasining bir qator vazifalarini, jumladan,
– xalqaro, ilmiy va madaniy hamkorlik masalalari bo‘yicha doimiy axborot almashinuvini yulga qo‘yish, davlat va nodavlat hamda jamoattashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
– O‘zbekiston Respublikasining madaniyat, san’at, ilm va maorif sohalarida erishgan yutuklar bilan afg‘on xalqiga tanishtirish;
– badiiy jamoalar va yakka ijrochilarning chiqishlari, tele va kino ko‘rsatuvlari, tasviriy san’at asarlari va xalq ijodi mahsulotlari ko‘rgazmalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘onistonga bag‘ishlangan kompleks tadbirlarni belgilangan tartibda uyushtirish;
– Respublikamizda istiqomat qilayotgan afg‘on fuqarolari hamda ularning birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish va hamkorlik qilish;
– hukumat darajasida O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi shaharlari va hududlari o‘rtasidagi gumanitar, ilmiy-texnik, madaniy aloqalar, shuningdek sheriklik munosabatlari bo‘yicha o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish;
– Afg‘oniston hududida joylashgan O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari tarixiga oid madaniy meros obyektlarini tadqiq etish va muhofaza qilishda ko‘maklashish; – Afg‘onistonga o‘zbek tilidagi turli soha va yunalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni yetkazib berishda ko‘maklashish kabi vazifalarni amalga oshirishi lozim bo‘ladi.
«O‘zbekiston-Afg‘oniston» do‘stlik jamiyatining faoliyati nafaqat O‘zbekistonda qolaversa, Afg‘onistonda ham diqqat bilan kuzatib boriladi. Xususan, 2022 yil 5 yanvarda Afg‘onistonning «The Kabul Times» gazetasida ikki qo‘shni davlat o‘rtasida madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi aloqalarning faollashuviga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Unda «O‘zbekiston-Afg‘oniston» do‘stlik jamiyati raisi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, filologiya fanlari doktori Abdurahim Mannonov qalamiga mansub maqolada ikki davlat o‘rtasidagi madaniygumanitar, ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va ularning istiqbollari bayon qilingan3.
Ta’kidlanganidek, o‘zbek va afg‘on xalqlarini necha asrlarki do‘stlik va birodarlik rishtalari bog‘lab turadi. Shu nuqtai nazardan, hozirga kelib O‘zbekiston va 3ttps://dunyo.info/uz/site/inner?slug=afg%E2%80%98oniston_ommaviy_axborot_vositalari__o%E2%80%98zbekiston_ bilan_madaniy-gumanitar_va_ta%E2%80%99lim_sohalaridagi_aloqalar_haqida Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarining yangi bosqichga ko‘tarilishi, ayniqa, madaniy-gumanitar va ta’lim munosabatlarining jadal sur’atlarda rivojlanish jarayonini bevosita kuzatish mumkin.
Muallif mazkur sohadagi aloqalarimiz faollashuvining tasdig‘i o‘laroq qator muhim amaliy qadamlarga alohida e’tibor qaratgan.
«Jumladan, O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlari tarixida ilk marotaba «O‘zbekiston-Afg‘oniston» do‘stlik jamiyati tashkil etildi. Ta’kidlash lozimki, ushbu jamiyat ikki qardosh xalqlar o‘rtasida madaniy-gumanitar munosabatlarni yanada jonlantirish yo‘lida o‘ziga xos do‘stlik ramziga aylandi», - deyiladi nashrda.
Materialda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar munosabatlar faollashuvining yana bir e’tiborga molik jihati ta’lim sohasidagi aloqalarda namoyon bo‘layotgani qayd etilgan. «Xususan, 2018 yilning yanvar oyidan boshlab Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, Afg‘oniston fuqarolarini mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida grant asosida magistratura va doktoranturada (PhD) o‘qitish uchun kvotalar ajratilmoqda», - deya urg‘u beriladi maqolada.
Shunday qilib, globallashuv sharoitida madaniy diplomatiyadan foydalangan holda ikki tomonlama munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Boshqa tomondan, madaniy diplomatiya tomonlar o'rtasida ishonchning shakllanishi va o'sishi uchun sharoit yaratadi va davlatning ijobiy imidjini shakllantiradi. Bunda jamiyatga katta rol beriladi. Jamiyat taraqqiyoti ochiq ekan, biz fuqarolarimiz va afg'on do'stlarimizni ularning hayotida faol ishtirok etishga undaymiz.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonning qo‘shni Afg‘oniston bilan munosabati do‘stona, yaqin qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatlarni tan olish hamda har qanday masalani hal qilish uchun muloqotga tayyorlik prinsipiga asoslanadi. Bunday yondashuv pirovardida mintaqada barqarorlikni yanada mustahkamlash, xalqlarimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda mamlakatlarning barqaror sur’atlarda rivojlanishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar va ta’lim sohasidagi hamkorlik yaxshi an’anaga aylanib borayapti, bunda O‘zbekistonda shakllangan xalq diplomatiyasi o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, faol xalq diplomatiyasi O‘zbekistonning jahondagi xalqaro mavqei va imidjini o‘sishiga, mamlakatimizga hayrixoh bo‘lgan davlatlar va xalqlarning ko‘payishiga, mintaqa va jahonda tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida xalq diplomatiyasining rolini oshirish maqsadida quyidagi ishlarni yanada jadallashtirish mumkin:
– O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida ilmiy aloqalarni kengaytirish;
– Qishloq xo‘jaligi sohalari mutaxassislar o‘rtasida hamkorliklarni kuchaytirish;
– O‘zbekiston va Afg‘oniston yoshlari o‘rtasida ilmiy-marifiy hamkorlikni rivojlantirish;
– Ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda Afg‘oniston xalqining shoirlari, yozuvchilari asarlaridan namunalar berib borish.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.