ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

O’ZBEKISTONNING YAQIN XORIJ DAVLATLARI BILAN SAVDO-IQTISODIY ALOQALARI

초록

Mazkur maqolada O’zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalari, eksport va import imkoniyatlari haqida so’z boradi. Tashqi iqtisodiy aloqaning bugungi kundagi holati, takliflar, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar yoritilgan. Shuningdek xuquqiy asoslari yoritilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

IQTISODIY ALOQALARI

Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo`nalishi

talabasi Olimqulov Yashnar Maxmadamin o`g`li, Narziyev Furqat Fayzullo

o`g`li, Safaraliyeva Sabrina Akbaraliyevna.

Annotatsiya: Mazkur maqolada O’zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalari, eksport va import imkoniyatlari haqida so’z boradi. Tashqi iqtisodiy aloqaning bugungi kundagi holati, takliflar, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar yoritilgan. Shuningdek xuquqiy asoslari yoritilgan.

Kalit so`zlar: Tashqi aloqa, iqtisod, xuquq, resurs, O’zbekiston, agrotexnologiya, tumanlar, Surxondaryo, oziq-ovqat, dehqonchilik.

Abstract: This article talks about foreign economic relations, export and import opportunities of the Republic of Uzbekistan. Today's state of foreign economic relations, proposals, aspects that should be paid attention to are highlighted. The legal basis is also explained.

Key words: Foreign relations, economy, law, resource, Uzbekistan, agrotechnology, districts, Surkhandarya, food, agriculture.

O‘zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishdir. Ular bilan valyuta-kredit munosabatlari, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, xo‘jalik korxonalarini birgalikda qurish, oldi-sotdi ishlari kengaytirilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Respublika tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqa vazirligi tuzildi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham o‘z ishini boshlab yubordi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada xorijiy sarmoyalar bilan korxonalar, jumladan, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar hamda ularning bo‘linmalarini barpo etish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida maxsus qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi ko‘plab chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar qurish xususida shartnomalar imzolagan.Ularning anchasi qurilishni boshlab yubordilar. Bir qancha qo‘shma korxonalar o‘z mahsulotlarini bera boshladi. “Sovplastital” 30 turdan ortiq mahsulot Xitoy xalq Respublikasi bilan birgalikda qurilgan korxonalar termos, televizor, Ispaniya hamkorligida qurilgan korxona bir marta foydalanadigan shpris ishlab chiqarmoqda. AQSH bilan birgalikda kon chiqindilaridan oltin ajratib olinmoqda. Janubiy Koreyaning DEU firmasi, Asaka, GFRning Mersedes-Bens firmasi Do‘stlik (Xorazm) shaharlarida avtomobilььь zavodlari qurmoqda. Buxoroda Hindiston bilan birgalikda shifobaxsh o‘tlardan dorilar tayyorlaydigan korxona. Bukada Turkiya bilan hamkorlikda akkumlyator zavodi qurildi. Turkiya Respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida yengil va oziq-ovqat korxonalari qurmoqda. Bunday korxonalarni Pokiston, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlar ham qurmoqdalar.

Tashqi iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan beri tez sur’atlar bilan kengayib bormoqda.

O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarga anchagina keng iste’mol buyumlari, ayniqsa milliy gazlamalar, oziq-ovqat (o‘simlik moyi, meva sabzavot, sharoblar va hokazo) mahsulotlar chiqaradi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish jarayonidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimidir. Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va turli milliy davlatlar iqtisodiyotidagi o’zaro bog’liqlik va xo’jalik aloqlarining kengayishi natijasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, soha va yo’nalishlari yanada ortib bordi. Oddiy tovarlar ayirboshlash o’rnini teng huquqli va manfaatli savdo egallay boshladi. Milliy davlatlarning tashqi savdonitartibga solish dastaklari, usullari murakkablashib bordi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning yo’nalishlari, ularni amalga oshirish mexanizmi va shakllarini to’liq tasavvur qilish uchun o’tgan asrning 50- yillaridan boshlab xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini xalqaro miqyosda tartibga solishdagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir :

- xalqaro savdoni taribga solishda Tariflar va Savdo bo’yicha Bosh Bitimning qabul qilinishi hamda 1995-yilda Jahon savdo tashkilotining shakllanishi davlatlar o’rtasidagi tovar va xizmatlar savdosi, investitsiyalar va maxsus xarid xususiyatiga ega tovarlarni tartibga solish qoidalarini belgilab berdi;

BMTning tarmoq va sohalar bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlari (komissiylar, konferensiyalar, qo’mitalar, dasturlar) doirasida tashqi savdoning tartibga solinishi lozim bo’lgan sohalar bo’yicha Konvensiyalar, shartnomalar qabul qilindi. Masalan, xalqaro savdoda yuk tashish qoidalari, intellektual mulk himoyasi, investitsiyalarni sug’urtalashga oid xalqaro konvensiyalar shular jumlasidandir;

- tashqi va xalqaro savdoni amalga oshirishda xalqaro bank-moliya tizimi – Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabilar shakllandi hamda o’zaro hisob-kitob, kredit, investitsiyalar va grantlarni o’zlashtirish bo’yicha tegishli

tartiblar belgilandi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkiban tashqi savdoga aloqador bo’lgan boshqa sohalar bilan bog’liqligi ortdi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy yo’nalishlar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:

- maxsulotlar (tovar va xizmatlar) ayrboshlash, ya’ni xalqaro savdo;

- ilmiy-texnikaviy maxsulotlarni ayrboshlash;

- ishlab chiqarishni joylashtirish;

- investitsiyalar, valyuta va kreditlar borasidagi yo’nalishlar;

- axborot va aloqa sohalaridagi yo’nalishlar;

- mehnat resurslari harakati yo’nalishlari.

Qayd etilgan yo’nalishlar alohida tarzda emas, balki o’zaro bog’langan va birbirini ta’minlovchi sohalar sifatida ham qaralmog’i lozim. Masalan, ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlashda ularning bank tizimlari, balyuta almashinuvi tartibi bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berishda ishtirok etuvchi transport - ekspeditorlik, sug’urta, sifatni tekshirish va nazorat etish kabi sohalarga aloqador masalalarda ham munosabatlar albatta o’rnatilgan bo’lishi shart. Jahon xo’jalik faoliyati va xususan, tashqi iqtisodiy faoliyatga quyidagi sohalar kiradi:

-xalqaro savdo;

-ishlab chiqarish va fan-texnika sohasidagi xalqaro ixtisoslashuv;

-fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ayrboshlash; mamlakatlar o’rtasidagi valyuta moliyaviy hamda kredit aloqalari; kapital va ishchi kuchining harakati;

-xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati,

global muammolarni hal etishdagi iqtisodiy hamkorlik.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli shakllari mavjud bo’lib, unga quyidagilar kiradi: tashqi savdo(tovar va xizmatlar bo’yicha), qo’shma tadbirkorlik (qo’shma korxonalar, franchayzing, laysenzing, agentlik va h.k.), hamkorlikning boshqa shakllari (biznes alyanslar, konsortsiumlar va h.k.).

Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy printsiplаri quyidаgilаrdаn iborаt:

• tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining erkinligi vа iqtisodiy mustаqilligi;

• tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining tengligi;

• sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаrni аmаlgа oshirishdа kаmsitishlаrgа yo‘l qo‘yilmаsligi;

• tаshqi iqtisodiy fаoliyatni аmаlgа oshirishdаn o^ro mаnfааtdorlik;

• tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining huquqkri vа qonuniy mаnfааtlаri dаvlаt tomonidаn himoya qilinishi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning eng muhim shakillaridan biri - tashqi savdo bo’lib u milliy mehnat natijasida yaratilgan mahsulot va xizmatlar bilan xalqaro almashinuv demakdir. Tаshqi sаvdo fаoliyati xаlqаro tovаrlаr, ishkr (xizmаtlаr) sаvdosi sohаsidаgi tаdbirkorlik fаoliyatidir. Tаshqi sаvdo fаoliyati tovаrlаrni, ishlаrni (xizmаtlаrni) eksport vа import qilish yo‘li bilаn аmаlgа oshirdi. Uni tog’ri rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga erishish uchun tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvini oldi-sotti va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish mumkin. Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish harakteri va predmetiga ko’ra u quyidagilarga ajratiladi:

1. Tayyor maxsulotlar savdosi

2. Yig’ilmagan ko’rinishdagi maxsulotlar savdosi

3. Barter operatsiyalari

4. Eskirgan uskunalar savdosi

5. Xom-ashyo savdosi

6. Litsenziyalar savdosi

7. Injiniring hizmatlarini ko’rsatish va boshqalar.

8. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat tufayli mamlakatlar o’z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatiga egadirlar. Shuni takidlash joizki, xalqaro savdo tashqi iqtisodiy faoliyat barcha qolgan shakllari va turlarining boshlang’ich, muvofiqlashtiruvchi va ko’paytiruvchi negizi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning horijiy sarmoyani jalb etishdek shaklining samaradorligi ham uning darajasiga bog’liqdir. Savdodagi qonun hujjatlari tomonidan belgilangan va boshqa cheklashlar investitsiya jarayonlarida aks etadi.

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga loyiqdir. Rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu albatta, mamlakatimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlarning mahsulidir. O`zbekiston o`z taraqqiyot yo`lidan dadil borar ekan, xorijiy davlatlar bilan, xususan, rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan o`zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston Republikasi tashqi siyosatida rivojlangan va MDH mamlakatlarining o`rni haqida quyidagi fikrlarni bildirishimiz mumkin: - Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi. - O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi. - O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan keng ko`lamli hamkorlikni yo`lga qo`ydi. - O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarning muhim jihati – iqtisodiy yo`nalishdagi hamkorlik hisoblanadi; - O`zbekiston xalq xo`jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi: - Hamkorlikning ikkinchi davri (2000-2019-yillar)da iqtisodiy aloqalarning o`sishi kuzatildi. - O`zbekiston rivojlanga va MDH mamlakatlar bilan neft-gaz sohasidagi hamkorlik istiqbolli yo`nalishlardan hisoblanadi. Bu borada rivojlanga va MDH mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar.

2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2017-yil.

3. O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat” to’g’risida (yangi tahriri)gi qonuni. 26.05.2000 yil

4. O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to'g'risida”gi qonuni.

5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, Investitsiyalar va savdo vazirligi tashkil etish” tog’risidagi PQ-136- sonli qarori 26.02.2005 yil.

6. Karimov F. O`zbekiston jahon hamjamiyati safida. // Jamiyat va boshqaruv, - T.: 2004. №1

7. Ismailov O.Sh., Umarov B. XXI asrda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning o`ziga xos xususiyatlari. // Iqtisod va moliya., -T.:2010. №11-12.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.