ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Pakana nok daraxtlarining fitometrik ko’rsatkichlari,hosildorligining ko’payishiga vegetativ payvantag,hamda intensiv navlarning ta’siri.

초록

Mazkur maqolada Buxoro viloyati,Buxoro tumani  Bog’i Kalon MFY hududida joylashgan MCHJ “ Siyovush Agro” bog’dorchilik fermer xo’jaligi tuproq-iqlim sharoitida o’rtacha o’suvchi payvantagga ulangan intensiv  nok  navlarining  Karmen, Abbam,Vilyam kabilarning  fitometrik ko’rsatkichlari va hosildorligining ko’payishga  ta’siri o’rganilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

10/2021УЙК634.13

Mavzu: Pakana nok daraxtlarining fitometrik

ko’rsatkichlari,hosildorligining ko’payishiga vegetativ payvantag,hamda

intensiv navlarning ta’siri.

BuxDu Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori

Yunusov Rustam.

BuxDu Mevachilik va uzumchilik ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari

Hamitova Dildora Mirzo qizi,Istamova Dilnoza Zaynitdinovna.

Xorazm ma’mun akademiyasi akademiyasi axborotnomasi--10/2021

Annotatsiya: Mazkur maqolada Buxoro viloyati,Buxoro tumani Bog’i Kalon MFY hududida joylashgan MCHJ “ Siyovush Agro” bog’dorchilik fermer xo’jaligi tuproq-iqlim sharoitida o’rtacha o’suvchi payvantagga ulangan intensiv nok navlarining Karmen, Abbam,Vilyam kabilarning fitometrik ko’rsatkichlari va hosildorligining ko’payishga ta’siri o’rganilgan.

Kalit so’zlar: Intensiv mevachiligi,pakana nok daraxtlar,sekin o’suvchi payvantag,o’sish va rivojlanishi,hosil elementlari,zararli organizmlari,sug’orish usuli,samaradorlik.

Аннотация: В данном статье изучено влияние сорта –подвойных комбинации карликовые груши сорта Кармен, Аббам,Вильямс на рост, развитие и плодоношение в почвенно –климатические условиях Бухарского тумана ООО “ СиёвушАгро” садоводческого фермерского хозяйства.

Ключевые слова: Интенсивное плодоводство, карликовые деревья груши,средные бороспа подвои, рост, развитие и образование плодовых элементов, защита от болезней и вредителей, капельное орошение.

Abstract: This article studies the influence of the variety-rootstock combinations of dwarf pears of the Carmen, Abbat,Williams varieties on the growth and development of fruiting in the soil and climatic conditions of the Buxara fog,LLC “ SiyovushAgro” of a horticultural farm.

Keywords: Intensive fruit growing, dwarf pear trees,vegetative rootstocks, growth,development and formation of fruit elements, protection from diseases and pests, drip irrigation.

Kirish: Intensiv mevachilik bog’larida istiqbolli, muttasil mo’l va sifatli hosil beradigan nok navlarini yetishtirish muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi.

So’nggi yillarda Buxoro viloyatida ham intensive urug’li mevali daraxtlarni, shu jumladan,nok daraxtlarining pakana,o’rta o’suvchi payvantagga Behi C1 ga ulangan navlari yetishtirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 21 sentyabrdagi “ Meva sabzavotchilik tarmog’ini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qaroriga meva-sabzavot mahsulotlarining yalpi hosilini 2020 yilda 2-3 bor amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur ilmiy-tadqiqot mavzusining dolzarbligi shundaki, nok daraxtlarining o’rta o’suvchi payvantagga ulangan intensive pakana bog’larning hosildorligi va meva sifatini yaxshilashda,raqobatbardosh sifatli nok mevalari yetishtirishda meva bog’larini barpo qilish va parvarishlash dolzarb masala bo’lib,katta iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Tadqiqot uslubi va sharoiti: Ilmiy tadqiqot ishlari 2020-2029 yillar davomida Buxoro viloyati,Buxoro tumani Bog’I Kalon MFY hududida joylashgan MCHJ “ SiyovushAgro” bog’dorchilik fermer xo’jaligida o’tkaziladi.

Viloyatning iqlimi keskin kontinental hisoblanib,bir yida o’rtacha 125-175 mm yog’ingarchilik bo’ladi,havoning o’rtacha harorati 26-300 C ni tashkil qiladi. Qishi quruq va sovuq, yanvarda o’rtacha harorat 4.00C dan -130C gacha yetadi. O’rtacha havoning nisbiy namligi 40-60% ni tashkil qiladi. ( 1,2,3)

Buxoro viloyatining tuprog’i mexanik tarkibi bo’yicha 56,9% dan iborat cho’lli,og’ir va soz tuproq yerlar sug’oriladigan hududlarida tarqalgan. Sug’oriladigan umumiy yer maydonidan yengil soz tuproq yerlar 35,6% ni,cho’lli va qumli yerlar 64,4% ni egallaydi,0-125 sm va 200-250 sm qatlamlar o’rtacha soz tuproqlar bilan qo’shilgan bo’lib,125-200 smli qatlamlar-og’ir tuproqlarni tashkil qiladi.Tuproqlarning hajm og’irligi 0-70 sm qatlamida -1.40 g/sm3, 0-100 smda 1.32 g/sm3 ni tashkil qiladi. (4,5,6)

Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi-10/2021

Tadqiqot ob’ekti bu pakana nok daraxtini o’rta o’suvchi payvantag Behi C1ga ulangan navlar- Karmen,Abbat ba Vilyams bo’lib,bog’da 4,0-1.2 m li sxemada o’tkazilgan,bir gektarga 1800 dona nok ko’chatlari joylashtirilgan.

Payvantag Behi C1-Polsha mamlakatida topilgan,bog’dorchilik va gulchilik institutida,injener Samorovskiy tomonidan yararilgan. Bu Behi payvantagi ko’pgina ko’pgina behi turlari ichida tanlab olingan.

Behi C1- Polshada behi va nok uchun asosiy payvantag hisoblanadi va sovuqqa chidamli payvantag hisoblanadi.

Sovuqni ta’siri ayrim behi payvandtaglarida 88-92% bo’lsa, Behi C1 payvantagiga 80% bo’ladi. Nokni Vilyams naviga mos keladi. Bu payvantag ildiz kasalligiga chidamli,barglarda qoradog’lar kasalligiga o’rta chidamli. Intensiv bog’larda 3x1.0m, 4x0.8-1.6 mli sxemada ekish tavsiya etiladi. Nok navlari bu payvantakka ulangan 2-3 yildan boshlab hosilga kiradi,20-25 mo’l va sifatli hosil beradi.

Behi C1-pakana payvantagi o’rta o’suvchi payvantag hisoblanadi. Nok navlarini bu payvandtakka ulanganda ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi.

ABBAT-Turtsiya noki,ko’chatlari turkiyadan keltirib bog’ga o’tqazgan,kechki nav,mevasini rangi sariq,uzunchoq,ko’za shakl,kasallik va zararkunandalarga chidamli serhosil nav hisoblanadi,o’rtacha hosildorligi 180-210st/ga,qishga yaxshi saqlanadi.

KARMEN-navi hajmi katta,ko’rinishi yaxshi ,kechki nav.Hajmi katta-180-200 gramm.Hosildorligi yuqori,220-240 st/ga,ta’mi shirin,qishga yaxshi saqlanadi,kasallik va zararkunandalarga chidamli hisoblanadi.

VILYAMS- navi_G’arbiy Evropada yaratilgan.Nav kech kuzgi, mevasi avgustning birinchi o’n kunligida pishadi. Daraxtning bo’yi o’rtacha 3-4 metr bo’lib,ikkinchi yili hosilga kiradi.Yuqori hosildorligi -232,9 st/ga. Mevasining o’rtacha vazni-140 g. Eti mayin,sershira,mevasi juda ham yaxshi. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi-4,9 ball.

Daraxt shox-shabbalarida yarim siyraklashtirilgan usulda shakl berilgan. Nok bog’i to’liq tomchilatib sug’oriladi. Kun oralab shlanglar orqali sug’oriladi,suv sarfi 2-3 marotab tejaladi. Behi C1 past bo’yli nok daraxtlari uchun asosiy payvandtag hisoblanadi,bugungi kunda ham katta nokzor bog’larga ham bu payvandtag qo’llaniladi. Behi C1 payvandtagida nok daraxtlarini hosildorligi yuqori bo’ladi.

Bog’da o’tqazilgandan so’ng 2-3 yil ichida hosilga kiradi. ( 4,5)

Past bo’yli payvandtagli daraxtlar kuchli o’suvchi payvandtagli daraxtlardan daraxtlardan ayrim biologic xususiyatlari bilan farq qiladi. Past bo’yli payvandtaglarga ulangan nok daraxtlari assimilyatsiyada hosil bo’lgan mevali kurtag hosil qilish va hosilni shakllantirish uchun to’liqroq foydalaniladi.Biz o’tkazgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,past bo’yli payvandtaglar,ayniqsa vegetativ pakana payvandtaglarga o’stirilayotgan bog’larda daraxtni o’sishi va rivojlanishi jarayonida ko’pgina uglevodlar meva elementlarini hosil qilishi uchun va nisbatan kam qismi daraxt va ildizlarning o’sishi uchun sarflanadi.

O’suv davrida nok daraxtlarini o’sishi,rivojlanishi,hamda hosilni kattalashish jarayonlari tajriba bog’ida normal holatda bo’lmoqda. Shuni alohida qayd etish lozimki,nok va olma daraxtlarini kompleks zararli organizmlardan himoya qilish ishlari MCHJ “ SiyovushAgro” bog’dorchilik fermer xo’jalik agronomlari qat’iy nazoratdan o’tkazilib kelinmoqda.Tajriba bog’ida,ya’ni pakana nok o’tqazilgan bog’larda quyidagi kompleks oziqlanish va himoya choralari olib borilmoqda.

MCHJ “ SiyovushAgro” bog’dorchilik fermer xo’jaligida o’tkazilgan tadqiqotlarning maqsadi nok bog’larida pakana payvandtagning biologik xususiyatlari,ko’chat qalinligining o’sish va rivojlanishiga ta’siri,hamda pakana nok daraxtlarida yorug’likni maqbul rejimini belgilashdan iborat. Intensiv pakana nok daraxtlarini yorug’lik rejimini aniqlashda Luksometr Y-16 foydalanildi.Shuni qayd etish lozimki,pakana payvandtaglarga ulangan nokni Vilyams,Karmen va Abbat navlarida 2019 yilda shox-shabbada joylashgan pastki yarusida 66%,o’rtangi yarus (ichki qismi) 56% va yuqori qismida esa 72% yorug’likni tashkil qiladi. Xuddi shunday natijalar 2023 yilda o’tkazilgan tajribalarda ham kuzatildi.Lekin shuni qayd etish lozimki,nok daraxtlarining o’sishi natijasida yorug’lik foizi daraxtlarning yaruslari bo’yicha 2-4 % gacha kamayadi.

2021-2023 yillar davomida o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki,o’rganilgan nokning Vilyams,Karmen va Abbat navlari yorug’lik o’rganishda 10 tadan tipik daraxt tanlab olindi va barcha o’tkaziladigan fitometrik hosil paydo bo’lish jarayonlari hosildorlik va meva yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi kabi ko’rsatkichlar atroflicha o’rganildi.Tajriba bog’ida noklarni qator oralab shlanglar orqali tomchilatib sug’orish sug’orish usulida foydalanilmoqda.Nok daraxtlarini qator oralari amal davrida begona o’tlarning o’sishini hisobga olib,2-3 marta chopiq qilinadi. Bir gektar nok ekilgan bog’larga azotli o’g’itlar 250 kg/ga,fosforli o’g’itlar - 150-180 kg/ga va kaliyli o’g’itlar esa 45-60 kg/ga miqdorga yerga kiritilgan.

Nok daraxtlariga to’g’ri parvarishlash agrotexnologiyasini tanlash,shakl berish va kesish jarayonlarini o’tkazish,maqbul payvandtag va ko’chat qalinligini tanlab olish kabilar quyosh nurlarini daraxt ichki qismlariga bir xilda tarqalganligiga erishish bilan pirovard natijasida esa pakana nok barglarida assimilyatsiya jarayoni yaxshi o’tishiga olib keladi.

Xulosa: Tajriba natijalari shundan dalolat beradiki,qalin bo’lmagan nok daraxtini shox-shabbasi tizimiga quyosh nurlari bir maromda tarqaladi,kompleks kasallik va zararkunandalarning miqdori kamayadi,daraxtlarni o’rta qismida ham havo almashinuv jarayoni yaxshi o’tadi. Quyosh nurlari esa pakana nok navlarini hosil shakllanish jarayoniga yaxshi ta’sir qilib,nok daraxtlarining hosildorligining oshishiga sharoit yaratadi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki,pakana nok navlarini vegetativ payvandtaglarga ulanishi ularni fitometrik ko’rsatkichlarini yaxshilanishiga va pirovard natijada nokning hosildorligi 15-25% ga oshadi.

Shuningdek,yuqorida keltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki,pakana intensiv nok daraxtlariga to’g’ri shakl berish,zamonaviy tejamkor tomchilatib sug’orish usulini qo’llash va nok navlarini biologic xususiyatlariga e’tibor berish katta ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Aripov A.U, Aripov A.A., Urug’lik intensiv meva bog’lari-T., “Sharq”,2013,156 bet.

2.Yunusov R., Umarov K., Bog’dorchilik .,T., “O’zbekiston milliy faylasuflar jamiyati”, Toshkent -2007, 183 bet

3. Ganiyeva F.A., Yunusov R., “ Buxoro viloyati sharoitida intensiv olmazorlarda o’sish va hosildorlikning nav-payvandtag kombinatsiyalari,hamda ko’chat qalinligiga bog’liqligi. “ Durdona”, Buxoro , 2021, 102 bet.

4.Ганиева Ф.А, Юнусов Р., Рост и развития вегетативно –размножаемиых подвоев яблони в зависимости от плотности посадки. “ Столица Науки” М. 2021. https://www.scientific-capital.ru

5.Юнусов Рустам,Ганиева Ф.А.,Тураева Н.М, Рост и плодоношение деревьев персика в орошаемых садах в зависимости от конструкции кроны.. Ж. “ Столица Науки ”. М. 2021. https://www.scientific-capital.ru

6. Yunusov R., Ganiyeva F.A.,Kesish usuli va darajalarining olma daraxti barg sathiga ta’siri // Xorazm Ma’mun Akademiyasi axborotnomasi4/2021.http://journal.buxdu.uz/

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.