ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

PARODONTOZ KASALLIGIDA TISH ATROF TO‘QIMASINI QON BILAN TA’MINLANISHINI YAXSHILOVCHI DORI VOSITALARI

초록

Tadqiqotning maqsadi — parodontoz kasalligida tish atrofidagi yumshoq va suyak to‘qimalarining qon bilan ta’minlanish darajasini yaxshilashda angioprotektor va mikrosirkulyatsiyani faollashtiruvchi dori vositalarining (trental, solkoseril, pentoksifillin va boshqalar) klinik samaradorligini o‘rganish, ularning parodontal to‘qimalarning trofikasini, reologik xususiyatlarini va regeneratsiya jarayonlariga ta’sirini aniqlashdir.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI

DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”

TA’MINLANISHINI YAXSHILOVCHI DORI VOSITALARI

1Xolbekov Baxtiyor Baymanovich

ToshDavTU Termiz filiali, Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi, assistent,

Termiz shahri, O‘zbekiston

2Aminova Moxinur Normurod qizi

ToshDavTU Termiz filiali 1-son davolash fakulteti 5-bosqich talabasi Tadqiqot maqsadi. Tadqiqotning maqsadi — parodontoz kasalligida tish atrofidagi yumshoq va suyak to‘qimalarining qon bilan ta’minlanish darajasini yaxshilashda angioprotektor va mikrosirkulyatsiyani faollashtiruvchi dori vositalarining (trental, solkoseril, pentoksifillin va boshqalar) klinik samaradorligini o‘rganish, ularning parodontal to‘qimalarning trofikasini, reologik xususiyatlarini va regeneratsiya jarayonlariga ta’sirini aniqlashdir. Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqot Toshkent stomatologiya klinikasining terapevtik bo‘limida parodontoz tashxisi qo‘yilgan 30 nafar bemor (18–60 yosh oralig‘ida) ishtirokida o‘tkazildi. Bemorlar 2 guruhga bo‘lindi: asosiy guruhga qon aylanishini yaxshilovchi dori vositalari (trental — 100 mg, solkoseril — 2 ml in’eksiya shaklida) bilan kompleks muolaja qo‘llanildi, nazorat guruhi esa faqat mahalliy gigiyenik davolashni oldi. Tadqiqot davomida parodontal indekslar (PMA, CPITN), milkning mikrosirkulyatsiya holati (kapillyaroskopiya usuli orqali) va to‘qima trofikasi baholandi. Davolashdan oldin va so‘nggi 14 kun yakunida klinik natijalar taqqoslab tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar statistik tahlil qilinib, preparatlarning qon aylanishiga va to‘qima regeneratsiyasiga ta’siri aniqlangan. Natijalar. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, parodontoz bilan og‘rigan bemorlarda milk va tish atrof to‘qimalarida mikrosirkulyatsiya keskin buzilgan, kapillyarlarning torayishi va qon oqimining sekinlashuvi kuzatilgan. Asosiy guruh bemorlariga trental va solkoseril preparatlari bilan kompleks muolaja o‘tkazilgach, 14 kun ichida parodontal to‘qimalarning qon bilan ta’minlanish darajasi sezilarli yaxshilangan. Kapillyaroskopiya natijalariga ko‘ra, asosiy guruhda qon oqimining tezligi o‘rtacha 27–32 % ga oshgan, kapillyarlarning diametri esa 0,8–1,1 mkm gacha kengaygan. Bu holat to‘qimalarda kislorod yetkazilishini va modda almashinuvini yaxshilagan. Shuningdek, bemorlarda milkning shishishi kamaygan, qon ketish holatlari 2–3 barobarga qisqargan va og‘riq sezgisi yo‘qolgan. Nazorat guruhida esa bunday o‘zgarishlar minimal bo‘lgan — faqat gigiyenik parvarish tufayli yengil yaxshilanish kuzatilgan, ammo mikrosirkulyatsiya ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan. Xulosa. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, parodontoz kasalligida tish atrof to‘qimalarining qon bilan ta’minlanishining buzilishi kasallikning asosiy patogenetik omillaridan biridir. Qon aylanishini yaxshilovchi va angioprotektor ta’sirga ega preparatlar — trental va solkoseril — ni kompleks davolash tarkibiga kiritish natijasida mikrosirkulyatsiya yaxshilanadi, kapillyar o‘tkazuvchanligi normallashadi, to‘qima trofikasi va regeneratsiya jarayonlari faollashadi. Klinik kuzatuvlar asosida aniqlanishicha, ushbu dori vositalarining qo‘llanilishi milkning shishishini, qon ketishini va og‘riq sindromini sezilarli kamaytiradi hamda parodontal to‘qimalarning

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

funksional holatini tiklaydi. Shunday qilib, trental va solkoseril preparatlari parodontozni kompleks davolashda samarali farmakologik vosita sifatida tavsiya etilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov A. “Parodontal kasalliklarda mikrosirkulyatsiya buzilishlari va ularni korreksiya qilish usullari.” — Toshkent tibbiyot akademiyasi jurnali, 2022. 2. Mamedov R. “Tish atrof to‘qimalarining qon bilan ta’minlanishini yaxshilovchi dorilar samaradorligi.” — Stomatologiya va farmakologiya jurnali, 2023. 3. Solovyev A. V. Клиническая пародонтология. — Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2021.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.