ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Parrandalarning maxsuldorligini oshirishda ozuqa qo‘shimchalarining ahamiyati

초록

Maqola Parrandachilik korxonalarida yil davomida parrandalarda uchraydigan yuqumli hamda yuqmusiz kasalliklarga qarshi profilaktik chora-tadbirlar doirasida qo‘llaniladigan preparatlarning kasalliklarni oldini olishdagi amaliy ahamiyati, ozuqaviy qo‘shimchalar, probiotiklarning bugungi kunda bozordagi narhi va iqtisodiy va tibbiy jihatdan samaradorligini o‘rganish natijalari to‘g‘risida yozilgan


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Parrandalarning maxsuldorligini oshirishda ozuqa qo‘shimchalarining

ahamiyati

Xolbo‘tayev Ilyosjon Rustam o‘g‘li

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali Zooinjeneriya va ipakchilik

kafedrasi assistenti

Qo‘chqorov Abdukarim Nuriddinovich

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali Zooinjeneriya va ipakchilik

kafedrasi assistenti

Xoljigitov Asqar Marufjonovich

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali Zooinjeneriya va ipakchilik

kafedrasi assistenti

Annotatsiya: Maqola Parrandachilik korxonalarida yil davomida parrandalarda uchraydigan yuqumli hamda yuqmusiz kasalliklarga qarshi profilaktik chora-tadbirlar ahamiyati, ozuqaviy qo‘shimchalar, probiotiklarning bugungi kunda bozordagi narhi va iqtisodiy va tibbiy jihatdan samaradorligini o‘rganish natijalari to‘g‘risida yozilgan.

Kalit so‘zlar: broyler, probiotik, rodimet, peroksidatsiya, mikotoksin, antioksidant, protein, yog‘, mikroorganizm, bakteriya,lactobatsilla, antibacterial, bifidobakterium.

Аннотaтциия: Статья написана о практическом значении препаратов, применяемых птицеводческими предприятиями в рамках профилактических мер против инфекционных и неинфекционных заболеваний, встречающихся у птицы в течение года, в профилактике заболеваний, о результатах исследования стоимости и экономической и медицинской эффективности пищевых добавок, пробиотиков, представленных сегодня на рынке.

Ключевые слова: бройлер, пробиотик, родимет, перекись, микотоксин, антиоксидант, белок, жир, микроорганизм, бактерия, лактобацилла, антибактериальный, бифидобактерии.

Annotation: the article is written about the practical importance of drugs used in poultry enterprises as part of preventive measures against infectious and noninfectious diseases that occur in poultry throughout the year, the results of studies on the effectiveness of nutritional supplements, probiotics in the market today and economically and medically.

Keywords: broiler, probiotic, rodimet, peroxidation, mycotoxin, antioxidant, protein, fat, microorganism, bacteria, lactobacilli, antibacterial, Bifidobacterium.

Mavzuning dolzarbligi: Ozuqaning yaxshi sifati parrandachilik fermalarining iqtisodiyotini sezilarli darajada belgilaydi va biologik jihatdan to‘liq mahsulot olish imkonini beradi. Bugungi kunda parrandachilik korxonalari mutaxassislari yuqumli hamda yuqmusiz kasalliklarning avj olishidan xavotirda. Parrandalarning kasalliklarga nisabatan kurashish qobilyatining turli sabablarga ko‘ra pasayishi tufayli bugungi kunda turli hildagi antibacterial hususiyatga ega bo‘lgan preparatlarni qo‘llashni talab qilmoqda.Bugungi kunda dunyoning bir nechta davlatlari tomonidan parranda kasalliklariga qarshi vaksina hamda preparatlar, probiotiklar, aminokislotalar ishlab chiqarilmoqda. Tadqiqotimiz davomida biz bir nechta preparatlarning parrandalar organizmiga bo‘lgan ta’siri hamda ularning foydalilik xususiyatlarini o‘rgandik.

Parrandalarda qo‘llaniladigan preparatlar Salmokil 60 preparati haqida qisqacha ma’lumot beradigan bo‘lsak Salmokil 60 quruq kislotalashtiruvchi-yuqori konsentratsiyali antibakterial preparat bo‘lib u organizmda moddalar almashinuvini yaxshilaydi, parrandalarda organizmga tushgan potologik bakteriyalarga qarshi kuchli kurashish imunitetini shakllantiradi. Ushbu preparat Fransiyaning “Global Nutrition” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Bugungi kunda bir kilogram preparatning bozordagi narxi 42000 so‘mni tashkil qiladi. Ushbu preparatni parrandalarga ozuqa suviga aralashtirib berish tavsiya qilinadi bunda 10000 bosh parrandaga sutkada 0.5 kg miqdorda qo‘shib berilsa ta’sir etish kuchi hamda natijasi ijobiy ko‘rsatgichni qayd etadi.

Keyingi preparat “Globafiks” ozuqa qo‘shimchasi-mikotoksinlarga qarshi ishlaydigan polisorbent ushbu preparat parrandalarga beriladigan ozuqlar tarkibidagi mikotoksinlarni zararsizlantirish xususiyatiga ega bo‘lib ushbu preparat parrandalarga bir kund abir boshga 2gm miqdorda ozuqalarga qo‘shib beriladi. Preparat Fransiyaning “Global Nutrition” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Bugungi kunda bir kilogram preparatning bozordagi narxi 35500 so‘mni tashkil qiladi.

Xolin Xlorid 60% B4 vitamin maxsuldorlikni oshirish uchun ozuqaga aralashtirib beriladi 1000 kg ozuqa yemiga 0.5 kg miqdorda qo‘shib berish tavsiya qilinadi. Preparat Xitoyning Taian Havay Chemicals Co, Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi bugungi kunda bozordagi narxi 1 kg 18000 so‘mni tashkil qiladi.

Globatsid A preparati parrandalar iste’mol qiladigan suvdagi bakteriyalarni va turli mikroblarni zararsizlantiruvchi va maxsuldorlikni stabillashtiruvchi antibakterial preparat hisoblanadi. Salmokil 60 quruq tarkibida faol moddalar mavjud: formik kislota (22,2 - 25,6%), ammoniy formati (6,5 - 7,5%), propion kislotasi (10,9 - 12,6%%), sirka kislotasi (9,7 - 11,1%), limon kislotasi (4,2 - 4,9%), benzoik kislota (1,8-2,2%).% ) va plomba moddalari: kremniy (26,1 - 30,0%) va bentonit (10,0- 14,7%). Ushbu preparat Fransiyaning “Nutri-Concept Sarl” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi preparatni parrandalarga qo‘llashda bir boshga 3 gm miqdorda suv orqali yuborish tavsiya qilinadi. Preparatning bugungi kundagi narxi 43260 so‘mni tashkil qiladi.

Ilmiy tadqiqot natijalari: Ushbu tadqiqotlar davomida qo‘llanilgan preparatlarning ta’sir kuchi yordamizda Jizzax Poultry MCHJ da maxsuldorlik 1,1% oshdi va parrandalaring yashovchanlik qobilyati 3% ga oshganini aytish mumkun. Bu esa o‘z-o‘zidan ushbu preparatlarni parrandachilik korxonlari va kichik parranda fermalarida ham qo‘llash mumkunligini ko‘rsatadi. Qolaversa ushbu preparatlarning aksariyat qismi Fransiyaning Global Nutrition kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib ushbu kompaniya va qolaversa fransiya davlati ham bugungi kunda dunyo parrandachilik tarmog‘ida o‘zining yetakchilik qobilyatini namoyon qilib kelmoqda.

Xulosa; Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak ushbu ozuqa qo‘shimchalarini parrandalarda qo‘llash orqali maxsuldorlikni sezilarli darajada oshishiga va iqtisodiy samaradorlik

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Raxmatillayev P.E Nurmuxammedov X.N. “Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarni parvarishash qilish” Toshkent 2013- yil

2. Vasilieva, E. E. parrandachilik: muammolar va echimlar / E. E. Vasilieva, D. A. Davtyan, T. T. Papazyan, E. L. qizil.- M.: "Mageric", 2005 Yil. 28-32, 47- sahifalar.

3. Бондаренко, В.М. Препараты пробиотики, пребиотики и синбиотики в терапии и профилактике кишечных дисбактериозов / Фарматека. -2003. - №7. - ст. 56-63

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.