TEXNOLOGIYALARI
Yo`ldasheva Muhayyo Alisher qizi
Farg`ona politexnika instituti talaba
yoldashevamuhayyo99@gmail.com
Tel:+998916627993
Annotatsiya
Mazkur maqolada, paxta- to`qimachilik klasteri, xoashyo va materiallarni qayta ishlashning yangi usulda va resurs-tejamkor texnologiyalar orqali amalga oshirish haqida ma`lumotlar berib o`tilgan.
Аннотация
В данной статье представлена информация о внедрении классов хлопка и текстиля, домашних хозяйств и материалов по-новому и с помощью ресурсосберегающих технологий
Annotation
This article provides information on the implementation of cotton and textile classes, households, and materials in a new way and through resource-efficient technologies.
Tayanch so`zlar
Paxta, to`qimachilik, mahsulot, korxona, xomashyo, innovatsiya, qishloq xo`jaligi,texnologiyalar.
Keywords
Mining, textiles, products, enterprises, raw materials, innovation, agriculture, technology
Ключевые слова
Горнодобывающая промышленность, текстиль, продукция, предприятия, сырье, инновации, сельское хозяйство, технологии.
Hozirgi kunda paxta-to`qimachilik sanoatiga e`tibor sezilarli darajada ortgan. Shuningdek, paxta-to`qimachilik sanoatini keng targ`ib qilinmoqda. Ushbu sihani rivojlantirish maqsadida pxta-to`qimachillik klasteri faoliyati yo`lga qo`yilgan. Paxta yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer yoki xo`jalik aʼzolariga klasterning foydali tomonlarini quyidagicha izohlashimiz mumkin.
A) qishloq xo`jaligida zamonaviy bozor munosabatlarini keng joriy etish, yangi ish joylari yaratish va manfaatdorlikni ta`minlash imkonini beradi.
B) paxtachilikka ilg`or agrotexnologiyalarni joriy etish uchun qulaylik yaratadi, raqobatbardoshlikni oshiradi.
C) fermer xo`jaliklarini zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikalari bilan ta`minlashga xizmat qiladi.
D) paxtadan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini yanada oshirib, uning eksportbopligini ta`minlaydi.
Jumladan, paxta-to`qimachilik klasterlari tarixiga nazar soladigan bo`lsak. Respublikada klasterlar tizimi 2017-yilda joriy etildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilikto`qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2978-son qarori asosida Buxoro viloyatida “BCT cluster” MCHJ QK hamda 2017-yil 15-sentyabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish choratadbirlari to`g`risida”gi PQ-3279-son qarori asosida Sirdaryo viloyatida “Bek cluster” MCHJ QK paxta-to`qimachilik klasterlari tajriba-sinov tariqasida tashkil etildi.
Tajriba-sinov davrida ushbu klasterlar kutilganidan ko`ra yuqori natija qayd etishdi. Shuning natijasida, 2018-yili paxta-to`qimachilik klasterlari soni 16 taga, 2019- yili 77 taga, 2020-yili 97 taga hamda 2021-yili 122 taga, 2022-yilda esa 134 taga yetdi va klasterlar respublikada mavjud paxta maydonlarining 100 foizini qamrab oldi.[1] Shuningdek, Paxta-to`qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning qishloq xo`jaligi yerlaridan samarali foydalanishdagi roli va mas`uliyatini oshirish, mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilarning manfaatdorligini ta`minlashga doir bozor tamoyillarini keng joriy etish maqsadida 2021-yil 16-noyabrda “Paxta-to`qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-14-son O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonga asosan, paxta-to`qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tashkil etildi. Shuningdek, paxtato`qimachilik klasterlarini tashkil etishda to‘rt tomonlama bitim imzolash tartibi joriy etildi. Bunda bitim Vazirlar Mahkamasining paxta-to`qimachilik klasterini tashkil qilish bo`yicha qaroriga asosan Qishloq xo`jaligi vazirligi, «O`zbekiston paxtato`qimachilik klasterlari» uyushmasi, tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi va paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil qilish bo`yicha talabgor o‘rtasida o‘ttiz yil muddatga, talabgor chet - el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet ellik yuridik shaxs bo`lgan taqdirda yigirma besh yilgacha bo`lgan muddatga tuzilishi belgilangan. [2] Ushbu Farmonda paxtato`qimachilik klasterlari tomonidan yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xom - ashyosining kamida 50 foizini o`zida qayta ishlash quvvati mavjud bo`lgan talabgorlarga boshqa shaxslarga nisbatan ustunlik berilishi belgilab qo`yilgan. Mazkur mezon, paxta-to`qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tomonidan paxta-to`qimachilik klasterlarini tashkil etish uchun talabgorlarning arizalarini ko`rib chiqish davrida e`tiborga olinadi va talabgorlarga klaster tashkil etiladigan hududlar uchun o`tkaziladigan tanlovda ustunlik berishi nzarda tutilgan. Bugungi kunda bizlarga ma`lum bo`lib turgan statistik ma`lumotlar quyidagicha;
Paxta-to`qimachilik klasterlari statistikasi
Bugungi kunda respublika bo`yicha 134 ta paxta-to`qimachilik klasterlariga 1 034,2 ming ga (100%) yer maydonlari biriktirilgan.
Klasterlar tomonidan 2022-yilda yetishtiriladigan 3 mln 800 ming tonna paxta xomashyosidan meʼyor bo‘yicha 1,3 mln tonna (34%) tola ishlab chiqariladi.
Ayni paytda klasterlarda 1,9 mln tonna tola ishlab chiqarish quvvatlari mavjud bo`lib, yetishtiriladigan paxta xomashyosi mavjud quvvatlarni 58 foizga ishlashini taʼminlaydi (705 ming tonna yoki 42 foiz ortiqcha tola ishlab chiqarish quvvatlari mavjud).
Sohaga ilm-fan, innovatsiya yutuqlari hamda ilg`or texnologiyalarni joriy etish natijasida, 2016 – 2021-yillarda paxta hosildorligi 26,4 s/gadan 32,7 s/ga (+6,6 s/ga)ga oshdi. Yalpi hosil 2021-yilda 3,4 mln tonnaga yetkazildi.
Buning uchun klasterlar tomonidan, 5,4 trln so‘mlik 21,4 ming dona yuqori unumli texnika va agregatlar xarid qilinib, qishloq xo`jaligi texnik jihatdan yangilandi.
83,4 ming gektar paxta maydonlariga suv tejovchi texnologiyalar o`rnatilib, 30,3 ming gektar yer maydonlari qayta foydalanishga kiritildi.
2021-yilda 106 ming gektar maydonda 25 ta paxta-to`qimachilik klasterlari faoliyati yo`lga qo`yildi.
Shuningdek, hozirgi vaqtga kelib, ikkilamchi resurslardan samarali foydalanish g`oyasi keng targ`ib qilib kelinmoqda. Jumladan, to`qimachilik chiqindilaridan foydalanishning noan`anaviy lekin samarali usullaridan biri- ko`p qavatli rulon materiallari, to`qimachilik devor panellari payvandlovchilar uchun maxsus kiyimi uchun olovga va issiqqa chidamli materiallari ishlab chiqarishdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. https://www.agro.uz/11-0295/
2. PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARI: ILG‘OR
TEXNOLOGIYALAR, ZAMONAVIY BOZOR MUNOSABATLARI VA
EKSPORTBOP TAYYOR MAHSULOT - AGRO.UZ
3. Gulbayev U. Y. O., Ruzmatov B. S., Yuldashev K. X. CREATION AND
INTRODUCTION OF INNOVATIVE EDUCATION CLUSTER IN THE LEATHER
AND FUR INDUSTRY //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 1.
4. Jumaniyazov Q. J. et al. Korxonalarda paxta tolasidan saralanmalar tuzish tartibi //Science and Education. – 2021.
5. Jumaniyazov Q. J. et al. YIGIRISH JARAYONI O’TIMLARI
BO’YICHA ARALASHMA TARKIBIGA ASOSAN CHIQINDI VA IP
MIQDORINING O’ZGARISHI //Science and Education. – 2021
6. Mikusova M. et al. Designing of Parking Spaces Taking into account the Parameters of Design Vehicles in Russia //Communications-Scientific letters of the University of Zilina. – 2020. – Т. 22. – С. 31-41.
7. Эргашов М. и др. Определение натяжения композитного ремня передаточного механизма //Композиционные материалы. – 2003. – №. 3.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.