ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

PEG-INF ALFA-2B (ALGERON) VA TENOFOVIR ALAFENAMID (TAF) KOMBINATSIYASINING SURUNKALI DELTA GEPATITNI DAVOLASHDAGI SAMARADORLIGINI BAHOLASH

초록

Surunkali delta gepatit (SDG) – gepatit B virusi (HBV) bilan birgalikda yuquvchi kasallik bo‘lib, jigar to‘qimasida og‘ir yallig‘lanish va fibroz jarayonlarini keltirib chiqaradigan kasallikdir. SDG dunyo bo‘yicha gepatitlar orasida eng xavfli va davolashda murakkab bo‘lgan turlaridan biri hisoblanadi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

DAVOLASHDAGI SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Raimov Kamol Eshmo’minovich

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali assistenti. Termez.

O‘zbekiston.

Dolzarbligi:Surunkali delta gepatit (SDG) – gepatit B virusi (HBV) bilan birgalikda yuquvchi kasallik bo‘lib, jigar to‘qimasida og‘ir yallig‘lanish va fibroz jarayonlarini keltirib chiqaradigan kasallikdir. SDG dunyo bo‘yicha gepatitlar orasida eng xavfli va davolashda murakkab bo‘lgan turlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi:Ushbu ishda PEG-INF alfa-2b va Tenofovir alafenamid kombinatsiyasining surunkali delta gepatitni davolashdagi samaradorligi va xavfsizligi tahlil qilindi.Tenofovir alafenamid (TAF) – HBVga qarshi samarali antivirus dori bo‘lib, u yangi avlod sifatida kamroq nojo‘ya ta’sirga ega. PEG-INF alfa-2b (Algeron) bilan kombinatsiyada qo‘llanganda bu ikki dori virus yuklamasini va klinik labarotor ko’rsatkichlarni dinamikada kuzatish. Materiallar va usullar:Tadqiqotda jami 80 nafar bemor ishtirok etdi, ular ikkita guruhga bo‘lingan:Asosiy guruh (n=50): PEG-INF alfa-2b (Algeron) haftada 1 marta 1,5 mkg/kg dozada va Tenofovir alafenamid kunlik 25 mg doza bilan 6 oy davomida davolandi.Nazorat guruhi (n=30): faqat Tenofovir alafenamide kunlik 25 mg doza bilan 2 yil davomida monoterapiya qilindi.Bemorlarning barchasida HBsAg, HBV-DNA, anti-delta IgG, HDV-RNA ko‘rsatkichlari aniqlangan. Diagnostika immunoferment usuli (ELISA) va polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) yordamida o‘tkazildi.Davolash davomida bemorlar 1, 3 va 6 oylarda tekshirildi. Barcha bemorlarga shuningdek gepatoprotektorlar va antifibrotik vositalar ham berildi. Natijalar:Asosiy guruhda davolash boshlangandan keyin 1 oy ichida HDV-RNA miqdori o‘rtacha 8,7×10^6 nusxadan 2,6×10^5 nusxagacha kamaydi, 3 oyda esa bu ko‘rsatkich 3,1×10^4 nusxagacha pasaydi.Nazorat guruhda esa virus yuklamasida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi; ba’zi hollarda esa virus yuklamasi oshishi qayd etildi.Biokimyoviy ko‘rsatkichlar (ALT, AST) va jigar fibroz darajasi ham asosiy guruhda yaxshilandi. PEG-INF va TAF kombinatsiyasining davosi davomida grippga o‘xshash alomatlar va trombotsitlar sonining pasayishi kabi nojo‘ya ta’sirlar kuzatildi. Xulosa:Olingan natijalar PEG-INF alfa-2b va Tenofovir alafenamid kombinatsiyasining surunkali delta gepatitni davolashda virus yuklamasini sezilarli kamaytirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi. Nazorat guruhda monoterapiya virusga ta’sir ko‘rsatishda yetarli bo‘lmadi, bu esa murakkab virusli kasallikni davolashda kombinatsiyalangan terapiyaning zarurligini tasdiqlaydi.PEG-INF alfa2b (Algeron) va Tenofovir alafenamid kombinatsiyasi 6 oy davomida surunkali delta gepatitni samarali davolash imkonini beradi. Ushbu terapiya virusologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi hamda jigar fibrozini kamaytiradi.Tenofovir alafenamid monoterapiyasida klinik va labarator ko’rsatkichlarda past natija kuzatildi. Surunkali delta gepatitni davolashda kombinatsiyalangan terapiya tavsiya etiladi. Davolash muddati va dozalariga diqqat qaratish lozim.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.