POLIZ EKINLARI KASALLIKLARINING OLDINI OLISH USULLARI.
Xo’jaqulova Madina Komil qizi
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish inustituti talabasi
Annotatsiya:O`zbekistonning iqlim sharoiti sabzavot, poliz ekinlari va mevali daraxtlarni yetishtirish uchun qulay hisoblanadi. Hozirgi kunda sabzavot ekinlaridan sabzi, kartoshka, piyoz, karam, pomidor, qalamir, bodring kabi sabzavotlar ham dala sharoitida, ham issiqxona sharoitida o`stiriladi. Ushbu maqolada respublikamizda ekiladigan sabzi, karam, kartoshka va pomidor kabi sabzavotlarning kaaslliklari va ularga qarshi kurash yo`llari haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: Poliz ekinlari, un-shudring, fomoz kasalligi, Alternaria radicina, bakterioz.
Poliz ekinlari - oziq-ovqat, yem-xashak va texnika maqsadlarida ekiladigan, palak otib oʻsadigan madaniy ekinlar guruhi. Ayrim olimlar Poliz ekinlariga faqat tarvuz, kovun va qovoqnn kiritadilar; chirmashib yoki yerda yotib usadi. Osiyo, Afrika va Amerikaning tropik va subtropik mamlakatlaridan tarqalgan. Hozirgi davrda barcha qitʼalarda ekiladi. Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Ukraina, AQSH, Bolgariya, Ispaniyada koʻp yetishtiriladi. Poliz ekinlari mevasi parhez xususiyatiga ega qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; chorva mollariga ozuqa sifatida beriladi. Urugʻidan yogʻ olinadi.Poliz ekinlari maysalari chirishini gifomitsetlar Fusarium equisetii, Fusarium spp., Rhizoctonia solani, Thielaviopsis basicola va oomitset Pythium spp., qo‘zg‘atadi.Kasallik poliz ekinlarini ochiq dala va issiqxonalarda zararlaydi va u dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham keng tarqalgan.
Poliz ekinlari issiqsevar bo‘lgani uchun ular past haroratda zaiflashib, kasalliklarga chidamliligi keskin pasayadi. Issiqxonalarda tuproq harorati keskin o‘zgarib turishi va 21°С dan past (14-16°С) bo‘lishi, sovuq (9-11°С) suv bilan sug‘orish, urug‘ni fungitsid bilan dorilamasdan chuqur ekish, bodring urug‘i unmasdan yoki urug‘barg tuproq yuzasiga chiqmasdan chirib ketishining asosiy sabablaridir. Bu sabablar, hamda azotli o‘g‘itni keragidan ortiqcha berish, obhavoning keskin o‘zgarishlari, havo namligi yuqori bo‘lishi, havo almashinuvi yetarli bo‘lmasligi va qatqaloq, unib chiqqan urug‘barg va yosh o‘simliklar xira-yashil tus olishi, ildiz bo‘g‘zida va poyada qaynoq suvda kuyganga o‘xshash rangsiz, so‘ngra qo‘ng‘ir dog‘lar rivojlanishi, ildiz bo‘g‘zi ingichkalashishi, qo‘ng‘ir tus olishi va chirishi, natijada o‘simlik yotib qolishi va so‘lishiga olib keladi.Oxirgi yillarda unshudring kasalliklarining areali kengayib, donli,yem xashak, mevali, rezovor mevali, sabzavotpoliz ekinlarida xamda mevali va manzarali o‘simliklarda keng tarqalmoqda. Un-shudring O‘zbekistonda (va umuman Markaziy Osiyoda) qovun, tarvuz va qovoqdoshlar oilasiga mansub bo‘lgan boshqa ekinlarning eng keng tarqalgan va xavfli kasalliklaridir.Ular bilan o‘simliklar o‘suv davrining barcha fazalarida zararlanadi.
Sabzi soyabonguldoshlar oilasiga mansub ildiz mevali o`simlik bo`lib, unda turli bakterial va zamburug` kasalliklari mavjud bo`li, u hosildorlikka zararli ta’sir ko`rsatadi. Sabzining fomoz kasalligi. Bu kasallikni Takomillashmagan zamburug'lar sinfi, Piknidiyalilar turkumining vakili Phoma rostrupii turi keltirib chiqaradi. Kasallik ildizmevalarni saqlash jarayonida chirishi yoki quruq chirishi, urug' ko'chatlarning qurib qolishi shaklida namoyon bo'ladi. Kasallik belgilari barg bandi va tomirida cho'zinchoq oq-jigarrang dogiar tarzida namoyon bo'ladi. Kasallik barglardan ildizmevaga o'tib, uning ildiz bo'g'zining chirishiga sabab bo'ladi.
Ildizmevalarning chirishi ularni omborxonalarda saqlash davrida jigarrang dog'lar tarzida namoyon bo'ladi. Bu dog'larning osti quruq bo'lib, usti zamburug'ning oq mitseliy mog'ori bilan qoplanadi. Mitseliydan qish o'rtalarida piknidiyalar pay do bo'ladi. Kasallangan ildizmevalar ekilganda, o'simlik qurib qoladi yoki urugiarning yalpi kasallanishi kuzatiladi va rang doglar paydo bo'ladi. Bu dog’lar atrofida yopishqoq modda hosil bo'lib, keyinchalik zararlangan joylar qurib qoladi, usti qora rangdagi piknidiyalar bilan qoplanadi. Piknidiyalardagi sporalar yordamida boshqa o'simliklar kasallanadi. Kasallangan ildizmeva, o'simliklar qoldig'i va urugiar fomoz kasalligi infeksiyasining tarqalish manbayi hisoblanadi.
Kasallikka qarshi kurash olib borish uchun yerga fosforli va kaliyli o'g'itlar solish, sog'lom o'simliklardan urug'lik tayyorlash, ekishdan oldin ularga fungitsidlar bilan yoki 15-20 minut davomida 52-53°C haroratda ishlov herish kerak. Almashlab ekish qoidalariga amal qilish va omborxonalami yaxshilab dezinfeksiyalash, ildizmevalami saralash, bino haroratini I-2°C, namligini 85-90% miqdorda saqlash kerak.Alternarioz, ya 'ni qora chirish. Kasallik qo'zg'atuvchi Takomillashmagan botiq dog'lar paydo bo'ladi. Kasallikka qarshi kurash choralari fomoz kasalliginiki bilan bir xil.
Bakterioz. Kasallikni Erwinia corotovora bakteriyasi keltirib chiqaradi. Bu kasallik sabzini birinchi va ikkinchi yilda kasallantirishi mumkin. Kasallikning dastlabki belgilari pastki yarusda joylashgan barglarda namoyon bo'lib, barglar yuzasida sariq dog'lar muntazam yiriklashib, qo'ng'ir rangga kiradi. Dog'lar atrofi sariq halqa bilan o'raladi. Urug'lik o'simliklaming barglaridan tashqari, poyasi va soyabonlari ham kasallanadi. Poyada uzun to'q qo'ng'ir rangdagi suvli dog'lar paydo bo'ladi Alternarioz, ya'ni qora chirish. Kasallik qo'zg'atuvchi Takomillashmagan botiq dog'lar paydo bo'ladi. Ildizmevani ko'ndalang kesilganda asosiy parenxima qorayib ko'rinadi. Bunday ildizmevalar urugiik uchun ekilganda, gullaguncha qurib qoladi. Alternarioz bilan kasallangan o'simliklar birinchi yili kam miqdorda bo'lib, barglari sarg'ayadi va qurib qoladi. Kasallik nam havo sharoitida ko'p tarqaladi. Urug'lik, ildiz meva va o'simliklar qoldig'i kasallikning tarqalish manbayi hisoblanadi .
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. D.T.Abdukarimov. Qishloq xo`jalik ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi. Toshkent. 2002
2. D.T.Abdukarimov, T.E.Ostonaqulov va boshq. Seleksiya va urugʻchilik praktikumi. Samarqand 1993.
3.I.Uzoqov, Gʻ.Qurbanov “Urugʻchilik va urugʻshunoslik”. T. Mexnat. 2000 y.
4.Boʻriyev X.Ch. Sabzavot ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi. Toshkent, “Mehnat”, 1999 y.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.