Pul va uning jamiyatdagi o`rni
Abdurahmonov Abdulaziz Maxmudovich
Termiz Davlat Universiteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Iqtisodiyot
ta’lim yo`nalishi II-kurs talabasi
abdulazizabdurahmonov1973@gmail.com
Annotatsiya: “Odamlar o`z sog`lig`ini pul topish uchun sarflaydi, keyin esa sog`lig`ini tiklash uchun pul toppish uchun sarflaydi. Kelajak haqida asabiy o`ylash, ular bugungi kunni unutishadi, shuning uchun ular hozirgi yoki kelajak uchun yashamaydilar. Ular hech qachon o`lmaydigandek yashaydilar va o`lganlarida hech qachon yashamaganliklarini tushunadilar”. Konfutsiy
Kalit so`zlar: Pul, jamiyat, inson, ayirboshlash, ehtiyoj, evolyutsiya, tovar, qiymat, tannarx, iqtisodiyot, korrupsiya, jinoyatlar, daromad, harajat, pul muomalasi, bank, valyuta, pul birliklari, mamlakatlar, reallik, kelajak, tushunchalar, inson hayoti, ota-ona, pul aylanmasi.
Hozirgi kunda pulga bee’tibor bo`lgan insonlar jamiyatimizda juda kam va ularni uchratishimiz anchayin qiyin masala. Shu bois insonlarning pulga bo`lgan muomalasi ham turlicha: Masalan: kimdir pulni hayotining mazmuni deb qaraydi, yana kimdir undan nafratlanadi; boshqalar esa har ikki tarafda ham emas balki unga real birlik sifatida munosabat bildirishadi.
Pul Jamiyat hayotida azaldan tanish bo`lgan so`z hisoblanadi. U turli davrlarda turlicha ko`rinishda bo`lgan. Masalan, ilgari pul paydo bo`lishidan oldin insonlar ehtiyojidan kelib chiqqan holatda ayirboshlash paydo bo`lgan. Odamlar narsabuyumlarni o`zaro almashish orqali o`z ehtiyojlarini qondirishgan. Keyinchalik pulga ehtiyoj sezishgan. Pul barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalent hisoblanadi va u tovarlar uchun alohida nisbiy qiymatga egadir.
Pulning kelib chiqish tarixi. Pulning kelib chiqishi haqida ikkita tushuncha mavjud. Birinchidan – ayirboshlashda qadriyatlar harakati uchun maxsus vositachilar zarurligiga ishonch hosil qilgan odamlar o`rtasidagi kelishuv natijasida pulning kelib chiqishi. Ikkinchidan – pul evolyutsion jarayon natijasida paydo bo`lgan, bu esa odamlarning xohish-irodasidan qat’iy nazar, ayrim ob’ektlarning umumiy massadan ajralib turishiga va ayirboshlash aktida vositachi sifatida alohida o`rni egallashiga olib keladi.
Birinchi tushunchaga tushunchaga to`xtaladigan bo`lsak, avvalo pul insonlarning ehtiyojini qondirish uchun va ular o`rtasidagi ayirboshlashning ishonchlilik darajasini orttirish uchun ishlab chiqilgan hisoblanadi. Ehtiyoj bu – insonlarning yashashi uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlar majmuyi hisoblanadi. Pul ham ehtiyojning bir turidir.
Ikkinchi tushuncha haqida fikr yuritadigan bo`lsak, pul qadimiy tushunchadir ya’ni uzoq yillik o`tmishga borib taqaladi.
Bizga ma’lumki pul barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalentdir. Ammo ba’zi obektlar umumiy massa tarkibiga kirmaydi, ular alohida ajralib turadi va ayirboshlash jarayonida vositachi sifatida ishtirok etadi.
Pulning mohiyati. Pul barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalent rolini o`ynovchi tovardir.
Qiymat formalarining rivojlanish qonuniyatlari shuni ko`rsatadiki, pul Tovar ayirboshlashning stixiyali rivojlanishi asosida, tovar ishlab chiqarish ziddiyatlarining kuchayishi oqibatida kelib chiqqandir. Demak pul Tovar ishlab chiqarishning stixiyali rivojlanishi, kishilar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi natijasi bo`lib, tovar ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu holat D.Defo romanidagi Robinzon misolida yaqqol ko`rinadi. Robinzon yolg`izligida kemadan qutqazib qolgan hamma buyumlar unga qo`l keladi, ammo oltin kerak bo`lmaydi. Chunki pul orqali iqtisodiy aloqa bog`lash uchun hech kim yo`q edi. Shuning uchun pul, oltin bu yerda o`zining qiymatini yo`qotadi, keraksiz bo`lib qoladi.
Pul – muomala vositasi hisoblanadi. Uning muhim funksiyalaridan biri bu aloqa vositasi ekanligi, pul orqali hayotimizdagi juda ko`plab ishlar hal bo`ladi, muammolar yechim topadi. Ammo shu bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham yo`q emas. Yuqorida aytib o`tilganidek jamiyatimizdagi ba’zi bir qatlam vakillari pulni hayotining mazmuni, hayotidagi barcha narsani u orqali o`lchaydigan insonlar bo`lishadi. Aynan o`sha turdagi insonlar orqali ko`plab jinoyatlar, o`g`irliklar, hattoki o`lim holatlari ham juda ko`plab kuzatiladi. Jamiyatimizda avj olib borayotgan barchamizga xavf solayotgan korrupsiya negizida ham pul yotadi.
Iqtisodiy taraflama pulning mohiyatiga qaraydigan bo`lsak, davlat iqtisodiyotida pulning ahamiyati beqiyosdir. Pul bevosita davlatlar o`rtasida ham, kompaniyalar zavodlar, shu va shu kabi ko`plab tashkilotlar o`rtasida shartnomalar, kelishuvlar imzolashda o`zaro aloqa o`rnatishda yuksak e’tiborga egadir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida ko`plab aniqliklarni yuzaga keltiradi. Masalan, ishlab chiqarishda sarflangan sarmoyalarning xulosaviy o`lchamini ya’ni mahsulot tannarxini, harajatlar miqdorini, daromadlar va olingan foyda barchasini pul tushunchasisiz anglash imkoni yo`q. Darhaqiqat hayotimizda pulning o`rni sezilarli darajada muhim.
Pul muomalasi – bu pulning qo`ldan qo`lga o`tib, doimo aylanma harakatda bo`lishidir.
Pul banklardan chiqib firmalar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari kassasiga kelib tushadi. Bu yerdan pul ishlovchilar va nafaqaho`rlar qo`liga o`tadi. Ular Tovar va xizmatlarni tirikchilik uchun xarid etgach, davlat va nodavlat tashkilotlar resurs yoki iste’mol tovarni olgach, pul yana bankka keladi. Tovarlar xarididan ortib qolgan pul bankka omonatlar sifatida qo`yiladi. Pulning bunday harakati uzluksiz takrorlanib turadi. Yer yuzida nechta mamlakat bo`lsa, shuncha milliy valyutalar border. Garchi ular nomi o`xshash bo`lsa ham, ular o`zaro farqlanadi.
AQSH, Avstraliya, Kanada, Gonkong pullari nomi bir xil dollar nomi bilan yuritilsa ham bir-biridan farqlanadi.
Avstraliya – Avstraliya dollari
Avstriya – Yevro (EUR)
Armaniston – Dram (AMD)
AQSH – dollar
BAA – dirham
Bolgariya – Bulgarian Lev (BGN)
Germaniya – Yevro (EUR)
Daniya – Danish Krone (DKK)
Polsha – Polsha zlotiy (PLN)
Rossiya – rubl
Xorvatiya – Xorvatiya Kunasi (HRK)
Ukraina – Ukraina grivnasi
Tailand – bat
Xulosa
Xulosa o`rnida aytish mumkinki jamiyatda har bir narsaning o`z o`rni, o`z ahamiyati bor. Shu o`rinda pulning ham. Ammo jamiyatni pul emas, pulni jamiyat boshqarishi kerak. Ammo pul haqida to`g`ri fikr yuritadigan to`g`ri xulosa chiqaradigan insonlar juda kam. Insonlarni pulga bo`lgan munosabati bolaligidan shakllanadi. Ularga bu tushuncha ota-onalari orqali o`rgatiladi. Yosh avlodga pul haqidagi fikrlarni to`g`ri singdira bilish, hayot faqat puldan iborat emasligi haqida tushuntirilsa, pulni faqat halol yo`llar orqali toppish zarurligi va birovning haqqidan qo`rqish kerakligi uqtirilsa yqain kelajakdagi ko`plab jinoyatlarning, o`g`irliklarning, qotilliklarning oldi olingan bo`ladi.
“Pul hamma narsani qiladi deb o`ylamang, aks holda siz pul uchun hamma narsani qilasiz. (Volter).
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Usmon Umarov “Iqtisodiyot nazariyasi” 2004-yil “Meros” nashriyoti.
2. Ch.Jumayev, O.Ro`ziyev “Iqtisodiyot nazariyasi” (o`quv qo`llanma)
3. A.O`lmasov, A.Vahobov “Iqtisodiyot nazariyasi” (darslik) O`zbekiston Respuplikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti – T “Iqtisod – Moliya”. 2014. 424-bet.
4. Baxtiyor.uz
5. Uz.warbletoncouncil.org
6. Gocs4.ru
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.