ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Qasddan badanga og`ir shikast yetkazish jinoyatini jinoiy-huquqiy jihatlari va kvalifikatsiya qilish masalalari

초록

ushbu maqolada shaxs sog`ligiga  xavf soladigan qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatini jinoiy-huquqiy jihatlarini o`ziga xos tavsifi yoritiladi.  Ushbu maqolada tizimli, xususiy ilmiy usullarga asoslangan holda statistik, formal, mantiqiy va qiyosiy usullardan foydalangan holda huquqni qo`llash amaliyotida mavjud bo`lgan badanga shikast yetkazish uchun javobgarlik muammolari va ular o`rtasidagi munosabatlarni tahlil qiladi. Bahs va munoraza asosida tegishli  xulosa chiqarilib, badanga og`ir shikast yetkazishni kvalifikatsiya qilish masalalari haqida shuningdek sohadagi qonunchilik va qonunosti hujjatlarida belgilangan badanga shikast yetkazish tahlil qilinadi. 


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Qasddan badanga og`ir shikast yetkazish jinoyatini jinoiy-huquqiy

jihatlari va kvalifikatsiya qilish masalalari

Abduqodirov Shohruxbek Oybek oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti

“Jinoyat qonunchiligini qo`llash nazariyasi va amaliyoti” soha

mutaxassisligi magistratura talabasi

Annotatsiya: ushbu maqolada shaxs sog`ligiga xavf soladigan qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatini jinoiy-huquqiy jihatlarini o`ziga xos tavsifi yoritiladi. Ushbu maqolada tizimli, xususiy ilmiy usullarga asoslangan holda statistik, formal, mantiqiy va qiyosiy usullardan foydalangan holda huquqni qo`llash amaliyotida mavjud bo`lgan badanga shikast yetkazish uchun javobgarlik muammolari va ular o`rtasidagi munosabatlarni tahlil qiladi. Bahs va munoraza asosida tegishli xulosa chiqarilib, badanga og`ir shikast yetkazishni kvalifikatsiya qilish masalalari haqida shuningdek sohadagi qonunchilik va qonunosti hujjatlarida belgilangan badanga shikast yetkazish tahlil qilinadi.

Kalit so`zlar: og`ir shikast etkazish, qarshi jinoyatlar sog`liqqa qarshi jinoyatlar, o`lim.

Kirish. Fuqarolarning sogʻligi va jismoniy daxlsizligini jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqining dolzarb vazifalaridandir.

Inson sogʻligi va uning daxlsizligi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, uning barcha imkoniyatlarini va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan shartsharoitni yaratish respublika rahbariyatining, davlatning, barcha huquqiy institutlarning, sud-tergov organlarining diqqat markazida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining asosini tashkil etadi.

Amaldagi Jinoyat kodeksining 104-mоddasiga muvofiq, sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast yetkazish natijasida ko`rish, so`zlash, eshitish qobiliyatini yo`qotish yoxud biron a`zoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yo`qolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sog`lig`ining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining o`ttiz uch foizidan kam bo`lmagan qismining doimiy yo`qolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo`lsa va ushbu Kodeksning126-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo`lmasa, qasddan badanga og`ir shikast yetkazish hisoblandi.

Bevosita qasddan badanga og`ir shikast yetkazish jinoyati tushunchasi haqida fikr yuritadigan bo`lsak, ushbu tushunchaga nisbatan bir qator yondoshuvlar ham mavjud bo`lib, ular bir-biridan xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Avvalo, badanga og`ir shikast yetkazish tushunchasiga to`xtalib o`tish maqsadga muvofiq. Shuni alohida ta`kidlash kerakki yuridik abadiyotlarda badanga og`ir shikast yetkazish tushunchasi haqida yagona to`xtamga kelinmagan.

Bu esa qilmishni to`g`ri kvalifikatsiya qilish va o`xshash jinoyatlardan farqlashdan dastavval dastlabki tushunchani o`rganishni taqozo etadi. Umuman olganda badanga shikast yetkazish tushunchasi haqida olimlar turlicha qarashlarni ilgari suradilar.

Ijtimoiy havfli qilmish odatda jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ob`ektga qarshi qilinadigan ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi.

Ikkinchidan, sodir qilingan harakat yoki harakatsizlik aybli bo`lishi kerak, ya`ni shaxs tomonidan qilingan harakat natijasida shaxs badaniga shikast yetkazilgan bo`lishi kerak.

Qasddan badanga og`ir shikast yetkazish harakat bilan, ba`zi vaqtlarda esa, harakatsizlik bilan ham sodir qilinadi. Shu harakat yoki harakatsizlik oqibatida ob`ektiv tomondan ob`ektga zarar keltiriladi. Harakat orqali shikast yetkazish, deganda shu narsani tushunish kerakki, badanga shikast yetkazishda jinoyatch o`zining kuchi bilan yoki sovuq qurol yordamida shuningdek, xoʻjalikda ishlatiladigan buyumlarni qurol sifatida ishlatish jarayonida shaxsning badaniga qasddan shikast yetkazilishi tushuniladi.

Badanga og`ir shikast yetkazish kishi organizmiga biologik, kimyov ashyolarning ta`sir ettirilishi natijasida, shuningdek, kishi organizmiga ruhiy ta`s o`tkazish oqibatida yetkazilishi ham mumkin. Badanga shikast yetkazilishida aybdor shaxsning o`zi bajarmasligi ham mumkin. Bunday hollarda aybdor turli hayvonlar, jumladan, itlar yordamidan foydalanadi. Shunday harakatlarni qilgan sub`ekt yoshiga yetmaganlar hamda o`z harakatining oqibatini anglamaydigan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar. Badanga shikast yetkazish jarayonida qo`llangan usullar va foydalanilgan qurollar jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta`sir qilmaydi, lekin jinoiy jazo tayinlash vaqtida e`tiborga olinishi mumkin. Mazkur jinoyatning bevosita obyekti boshqa shaxsning sogʻligini himoya qilish borasidagi ijtimoiy munosabat hisoblanadi. JKning104-moddasida nazarda tutilgan jinoyat obyektiv tomondan huquqqa xilof ravishda boshqa shaxs sogʻligiga ogʻir zarar yetkazishga sabab boʻlgan harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi. Bu jinoyat boʻyicha javobgarlik boshlanishining muqarrar sharti –sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish va boshlangan jinoiy oqibat oʻrtasidagi sababiy bogʻlanishni aniqlash. Ogʻir shikast yetkazishning shartli elementlari quyidagilardir: shikast yetkazilayotgan lahzada hayot uchun xavfli; koʻrish, nutq, eshitish qobiliyatini yoki a`zosini yoʻqotish yoki bajaradigan vazifasini butunlay bajara olmay qolishi; ruhiy kasallikka chalinish; 33% dan ziyod umumiy mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotish; badanni tuzatib boʻlmaydigan darajadaxunuklashtirish1.Jinoyat huquqi va sud tibbiyoti fanlari tomonidan badanga yetkaziladigan shikastning ogʻirlik darajasini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan. Ular jumlasiga:

1) shikastning hayot uchun xavfliligi;

2) sogʻliqqa yetkaziladigan haqiqiy ziyon;

3) mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasi;

4) estetik mezonlar kiradi.

Bu mezonlar JK normalarida va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Badanga yetkazilgan shikastlarning ogʻirlik darajasini sud-tibbiy yoʻl bilan aniqlash qoidalari»da oʻz ifodasini topgan. Hayot uchun xavfli shikast deganda, sodir etilayotgan vaqtida jinoyatchi tomonidan 1 Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi.Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan vaqayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiytexnik instituti, 2018. hayot uchun xavf tugʻdiruvchi shikastni yetkazish tushuniladi. Bunday shikastga tibbiy yordam koʻrsatilmasa, jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan shikast kiradi. Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish shaxsning sogʻligiga turlicha shikast yetkazish yoki sogʻliqning muayyan muddatga izdan chiqishida ifodalanadi. Mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasi foizlarda aniqlanadi va yetkazilgan shikast mehnat qobiliyatining qisman yoki butunlay yoʻqotilishiga sabab boʻladi.Badanni tuzalmaydigan qilib xunuklashtirib yuborish estetik mezoni oʻziga xos xususiyatga ega. Bunda yetkazilgan shikast natijasida jabrlanuvchi badanining xunuklashganligi uning ruhan ezilishiga olib keladi. Shikastning ogʻirligi oqibatnatijada, avvalo, jabrlanuvchiga uning badani xunuklashgani sabab boʻladigan ruhan ezilishlar bilan bogʻliqdir. Bu badanga shikast yetkazishning eng koʻp tarqalgan turlaridan biridir. Bunday shikast, odatda, oʻlim bilan tugaydi yoki jabrlanuvchining hayotiga bevosita xavf tugʻdiradi. Biror-bir oqibat yuz berishidan qat`i nazar, hayot uchun xavfli shikast yetkazilgan paytdan jinoyat tugallangan hisoblanadi va javobgarlik vujudga keladi. Yetkazilgan shikastning nima bilan tugashi jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta`sir koʻrsatmaydi. «Badanga yetkazilgan shikastning ogʻirlik darajasini aniqlash qoidalari»da badanga yetkaziladigan hayot uchun xavfli shikastning roʻyxati berilgan. Badanga yetkaziladigan hayot uchun xavfli shikastni kvalifikatsiya qilish uchun bunday jinoyat subyektiv tomonining eng muhim belgilarini e`tiborga olish lozim. Bunday shikast yetkazilishining oʻzi (ayniqsa, koʻkrak qafasi, qorin, bosh suyagiga hayot uchun xavfli jarohat yetkazish) shundan dalolat beradiki, jinoyatchining jabrlanuvchiga nafaqat ogʻir jarohat yetkazishi, balki uning oʻlishi mumkinligiga koʻzi yetadi. Badanga hayot uchun xavfli boʻlgan shikast yetkazishni odam oʻldirishga suiqasd qilishdan farqlash lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida»gi qarorida: «Qasddan odam oʻldirish jinoyatini jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jinoyatidan farqlash uchun aybdorning qasdi nimaga qaratilganligini, uning oʻz harakatlari oqibati, ya`ni jabrlanuvchining oʻlimiga nisbatan subyektiv munosabatini inobatga olish darkor. Qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etayotganda aybdor shaxsni hayotdan mahrum qilish niyatida harakat qiladi, badanga ogʻir shikast yetkazish shaxsning oʻlimiga sabab boʻlgan hollarda esa, oʻlimga nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi. Aybdorning qasdi nimaga qaratilganligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda qilmishning barcha holatlari majmuidan kelib chiqilishi, xususan, jinoyatni sodir etish usuli va quroli, tan jarohatlari soni, xususiyati va oʻrni (masalan, odam hayoti uchun muhim a`zolarning jarohatlanganligi), jinoiy harakatlar toʻxtashi sabablari, shuningdek, aybdor va jabrlanuvchining jinoyat sodir etilgunga qadar boʻlgan fe`latvori, oʻzaro munosabatlari, aybdorning jinoyat sodir etilgandan keyingi harakatlari xususiyati e`tiborga olinishi lozim»2.

Aybdor badanga hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir shikast yetkazayotganida jabrlanuvchini oʻldirib qoʻyishi mumkinligini nafaqat anglagan va shunday boʻlishi ehtimoli borligini faraz qilgandagina emas, balki shunday oqibat yuz berishini xohlagan, ya`ni boshqa odamni oʻldirishga qaratilgan toʻgʻri qasd bilan harakat qilgandagina uning qilmishi oʻldirishga qasd qilish deb kvalifikatsiya qilinishi lozim. Toʻgʻri qasd odam oʻldirishga qaratilmagan boʻlsa, qasddan badanga hayot uchun xavfli boʻlgan shikast yetkazish Oʻzbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Javobgarlik belgilanishining asosiy sharti – sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish bilan yuz bergan oqibat oʻrtasidagi sababiy bogʻlanishni aniqlash. Har qanday qilmishni jinoyat deb topish uchun yetkazilgan zarar va kelib chiqqan oqibat o`rtasida sababiy bog`lanishni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida biz tahlil qilayotgan modda moddiy tarkibli jinoyat bo`lgani bois oqibat kelib chiqishini nazarda tutadi. Aks holda qilmish jinoyat kodeksi boshqa mustaqil moddalari bilan kvalifikatsiya etilishi lozim. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida»gi qarori.

Mana shu belgilarning har birini mohiyatini to`g`ri aniqlash, sodir qilingan jinoyatni to`g`ri kvalifikatsiya qilishda muhim rol o`ynaydi.

Biz yuqorida ko`rsatib o`tilgan belgilarning har birini maxsus qism dispozitsiyasida qanday ifodalanishini ko`rib chiqamiz.

1) Jabrlanuvchining hayoti uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohati

yetkazish.

Hayot uchun xavf deganda, sodir etilayotgan vaqtida jinoyatchi tomonidan haqiqatdan ham jabrlanuvchi hayoti uchun xavf tugʻdiruvchi shikastni yetkazish tushuniladi. Bunday shikastga tibbiy yordam koʻrsatilmasa, jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan shikast kiradi. Bu badanga shikast yekazishning keng yoyilgan turi bo`lib odatda jabrlanuvchini o`limiga olib keladi. Bunda biror bir oqibat yuz berishi bermasligi ahamiyat kasb etmaydi3.

Hayot uchun havfli shikast zarba berilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblandi ya`ni javobgarlikka sabab bo`ladi. Bu yerda hayot uchun havfli shikast yetkazilishi qanday oqibat bilan tugagani ham qiziq emas. Hayot uchun havfli deb kvalifikatsiya qilish uchun shikastning ko`krak qafasi, qorin sohasi va boshqa hayotiy zarur organlariga berilishini o`zi hayot uchun havfli shikast ekanligidan dalolat beradi.

Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, huquqshunoslik hamda sud meditsinasiga oid adabiyotlarda badanga shikast yetkazilishi natijasida jabrlanuvchining hayotini xavf ostida qolishi masalasiga turli fikr mulohazalar bildirilgan.

Bir qator mualliflar tan jarohatining darajasi va tan jarohatini jabrlanuvchining hayoti uchun xavfliligi tan jarohati yetkazilishi natijasida kelib chiqqan oqibatga qarab belgilanadi, degan fikrni bildirganlar.

Har qanday yuz beradigan voqelik singari, badanga shikast yetkazishda ham boshlanish, davom etish, tugash jarayonlaridan iborat bo`ladi. Badanga yetkazilgan shikastning darajasini og`irligiga baho berishda jabrlanuvchiga shikast yetkazish 3 M.X.Rustamboyev. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. Umumiy qism. - Toshkent: “Adolat”, 2016. - 608 b paytini, yetkazilgan shikastning rivojlanishini hamda yetkazilgan shikastning oqibatini albatta e`tiborga olish kerak.

Amaliyotda shunday hollar uchraydiki, badanga shikast yetkazish paytida yetkazilgan jarohat jabrlanuvchining hayoti uchun xavfli bo`lmasa-da, lekin vaqt o`tishi bilan o`sha jarohat jabrlanuvchining sog`lig`i buzilishi natijasida o`z ta`sirini ko`rsatib, uning hayotini xavf ostida qolishiga sabab bo`lgan. Jabrlanuvchiga yetkazilgan shikastning og`irlik darajasini aniqlab, xulosa beruvchi ekspertiza xulosasi jabrlanuvchining badanida shikast yetkazilishi oqibatida yuz bergan o`zgarishni aniqlashda faqatgina tananing shikast yetkazilgan qisminigina tekshirmasdan, balki uning butun jismini tanasini tekshirib chiqishi zarur.

Agar yetkazilgan shikast haqiqatdan ham hayot uchun xavfli deb topilsa, u holda yetkazilgan shikastni jabrlanuvchining hayoti uchun xavfli deb baholash kerak. Bu badanga shikast yetkazishni og`irlik darajasini aniqlashning yagona to`g`ri yo`lidir.

Ba`zi mualliflarning ta`kidlashicha, «Ayrim jarohatlar hattoki, ko`krak va qorin bo`shlig`iga yetkazilgan bo`lsa-da, lekin jabrlanuvchining hayotiga xavfi to`g`ilmasa, bunday harakatni og`ir shikast yetkazish, deb baholab bo`lmaydi».

Yuqorida aytib o`tilgan fikrni M.L.Avdeev tanqid qilib, o`z fikrini quyidagicha bayon qilgan: «Urush va janjal vaqtida pichoq yoki boshqa o`tkir kesuvchi qurollar bilan ko`krak va qorin bo`shlig`iga jarohat yetkazilishi natijasida jabrlanuvchining ichki organlariga o`sha qurollar orqali har xil organizm uchun zararli bo`lgan mikroblar o`rnashib qoladi, shu holning o`zi jabrlanuvchining hayotini xavf ostida qoldiradi».

Xulosa qiladigan bo`lsak, biror a`zoning yo`qotilishi yoki uning funksiyasini tamoman yo`qotilishi deganda, JKning 104-moddasi dispozitsiyasida sanab o`tilgan a`zolarni birontasining yo`qotilishi yoki uning funksiyasining tamoman yo`qotilishi tushuniladi. Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, inson tanasining ba`zi a`zolari, jumladan ko`zi, qulog`i, qo`li, oyog`i juft a`zo hisoblanadi. Shu yerda savol tug`ilishi mumkin, ya`ni badanga shikast yetkazilishi natijasida tananing juft a`zolaridan bittasi yo`qotilganda yetkazilgan shikastning darajasiga qanday baho berish kerak.

Bu masalada A.A.Duboves quyidagi fikrni bildirgan: Tananing har bir a`zosi inson organizmi faoliyatida muhim vazifani bajaradi. Tanadagi juft a`zolarning bittasini tamoman yo`qotilishi ham badanga og`ir shikast yetkazish deb qaraladi.

P.A.Dubovesning fikriga qisman qo`shilish kerak. Shunday masalani hal qilishda avvalambor, juft a`zoni o`ziga xos xususiyatini, shuningdek, juft a`zolardan birini yo`qotilishi o`sha a`zoning funksiyasini tamoman yo`qotilishiga olib kelgan yoki kelmaganligini e`tiborga olish kerak. Misol uchun bitta ko`zdan ko`rish yoki bitta quloqdan eshitish qobiliyatini yo`qotish, ko`rish va eshitish darajasini pasaytirsada, lekin ularning funksiyasini tamoman yo`qotilishiga olib kelmaydi.

Agar jabrlanuvchining bitta qo`li yoki bir oyog`i yo`qotilsa, u holda shu a`zolarining funksiyalari tamoman yo`qotilgan, deb hisoblanadi. Chunki bir oyoq bilan qolgan jabrlanuvchi yurish imkoniyatidan mahrum bo`ladi. Yoki bir qo`lini yo`qotgan odam ikkita qo`l bilan qilinadigan harakatlarni bajarish imkoniyatini yo`qotadi. Demak, juft a`zolardan birining shikastlanishi oqibatida o`sha a`zolarning funksiyasi tamoman yo`qotilsa, u holda o`sha a`zoning yo`qotilishi yoki uning funksiyasini umuman yo`qotilishi deb qaraladi.

REFERENCES

1.M.Usmonaliyev, P.Bakunov. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Darslik. - T.: Yangi asr avlodi, 2010. - 662 b.

2. M.X.Rustamboyev. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. Umumiy qism. -Toshkent: “Adolat”, 2016. - 608 b.

3. M.X.Rustambayev. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. I-tom: Jinoyat to`g`risida ta`limot. – T.: Ilm ziyo, 2011. – 400 b.

4. M.X.Rustambayev. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. II-tom. Jazo to`g`risida ta`limot. – T.: Ilm ziyo, 2011. – 304 b.

5. M.X.Rustambayev. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Maxsus qism. III-tom. Jazo to`g`risida ta`limot. – T.: Ilm ziyo, 2011. – 315 b.

6. M.X.Rustambayev. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Maxsus qism.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.