ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

QISHLOQ XO’JALIGIDA YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI

초록

Qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan yerlardan foydalanishda tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish bosqichi yerlarni takror ishlab chiqarish davrida muhim tarkibiy qism sanaladi. Agar yer resurslari takror ishlab chiqarilmasa, kelgusi takror ishlab chiqarish davrida yerning mahsuldorligi past bo‘ladi. Avval iste’mol qilingan yer resurslarini takror ishlab chiqarmasdan turib ham, ma’lum bir muddat vaqtinchalik samara olib turish mumkin, lekin bu yerning sifatiga bog‘liq bo‘lmay, ishlab chiqarishning boshqa omillarini intensifakitsiyalash orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Bunda ishlab chiqarishning asosiy omili – yer ishlab chiqarish jarayonida o‘z rolini kamroq bajaradi va pirovardida, boshqa omillar zarur natijalarni bermaydi yohud sarflangan xarajatlarga mutanosib bo‘lmaydi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI

Хo’jageldiyev Chorshanbi Pardayevich

PhD

Altieva Muxabbat Abdurashidovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 2-kurs magistranti

Qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan yerlardan foydalanishda tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish bosqichi yerlarni takror ishlab chiqarish davrida muhim tarkibiy qism sanaladi. Agar yer resurslari takror ishlab chiqarilmasa, kelgusi takror ishlab chiqarish davrida yerning mahsuldorligi past bo‘ladi. Avval iste’mol qilingan yer resurslarini takror ishlab chiqarmasdan turib ham, ma’lum bir muddat vaqtinchalik samara olib turish mumkin, lekin bu yerning sifatiga bog‘liq bo‘lmay, ishlab chiqarishning boshqa omillarini intensifakitsiyalash orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Bunda ishlab chiqarishning asosiy omili – yer ishlab chiqarish jarayonida o‘z rolini kamroq bajaradi va pirovardida, boshqa omillar zarurnatijalarni bermaydi yohud sarflangan xarajatlarga mutanosib bo‘lmaydi.

Yer resurslarini takror ishlab chiqarish davri bosqichlarining barchasiteng kuch va ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risidagi ob’ektiv qoida va talablar o‘tgan yillar ichida buzildi, tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish bosqichiga yetarli e’tibor qaratilmadi. So‘nggi yillardagi ayrim ekin turlari bo‘yicha hosildorlikning o‘sishi ishlab chiqarishning boshqa omillari samaradorligining ortishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda yerning roli past darajada bo‘ldi, vaholanki yer (uning sifati, xususan uning unumdorligi) ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish borasida eng muhim va asosiy ahamiyatga ega.

Tuproq unumdorligi dinamik xususiyatga ega, bunda uning tabiiy unumdorlik va sun’iy unumdorlik kabi turlari ham dinamik xususiyatga egadir. Aholi soni va uning moddiy ne’matlarga ehtiyojlarining ortishi kuzatilayotgan bir paytda, tuproq unumdorligini oshirish jamiyat vaiqtisodiyot taraqqiyotining ob’ektiv omilidir.

Tuproq unumdorligini tizimli takror ishlab chiqarish deyilganida, asoslangan muddatlarda o‘tkaziladigan, resurslarni minimal sarflab, tuproq unumdorligini maksimal oshirishni ta’minlovchi meliorativ, agrotexnik, iqtisodiy, tashkiliy tadbirlarning majmui tushuniladi. Shu maqsadda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi1:

–tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarishda yer sifatining bonitirovkasi va monitoringining roli aniqlanadi;

–tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish usullarining samaradorligi o‘rganiladi;

–ekinlar hosildorligining tuproq unumdorligi pasayishi bilan bog‘liqligi aniqlanadi;

–tuproq boniteti balini baholashning natural va qiymat ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlari belgilanadi;

–tuproq unumdorligi bir balini takror ishlab chiqarish qiymatianiqlanadi;

–tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish darajasini dasturlashimkoniyatlari o‘rganiladi;

–tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish xarajatlarini nazorat qilish mexanizmi ishlab chiqiladi;

–yerlar (tuproqlar)ni takror ishlab chiqarish davrining barcha turdagi sarfxarajatlari aniqlanadi;

–tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining bozor iqtisodiyotiga muvofiq modeli ishlab chiqiladi.

Amaliyot va ko‘plab tadqiqotlar ko‘rsatishicha, sug‘oriladigan yerlar sifatining pasayishi tuproqda oziqlantiruvchi moddalarning kamayib ketishi, sho‘rlanish, botqoqlashish, eroziyalar, zaranglashuv, ifloslanish va zararlanish oqibatida yuz beradi. Shu nuqtai nazardan yer sifati dinamikasining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko‘rsata olamiz: yerning oziq moddalarining to‘ldirilmasligi, yerosti suvlarining yuzaga qalqib chiqishi, sug‘orish me’yorlariga rioya qilmaslik, tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish tizimining buzilishi, almashlab ekishga roya etmaslik, o‘g‘itlash tizimining buzilishi, kimyoviy preparatlardan me’yorida foydalanmaslik, sug‘orish uchun ifloslangan suvlardan foydalanish, agroo‘rmon meliorativ tadbirlarning o‘tkazilmasligi, tuproqning suv vashamol eroziyasi, tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarishga investitsiyalarning yetarli darajada emasligi va 1Вильямс В.Р. Общее земледелия сосновами почвоведения. Новое изд. Дописпр. М.; Агропромиздат, 2003. -253 с h.k. Tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish tizimi muammolariningtahlili ushbu jarayonga quyidagi tarkibiy qismlar kiritilishi kerakligini ko‘rsatdi:

- iqtisodiy, meliorativ, tashkiliy, agrotexnik nuqtai nazardan sifatsiz bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarning inventarizatsiyasi uslublarinitakomillashtirish;

- meliorativ va boshqa tadbirlar o‘tkaziladigan yer maydonlarining xaritalarini yaratish;

- tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish darajasini dasturlash;

- yerlarning dastlabki holatini baholash (tuproq bonitirovkasi);

- meliorativ va boshqa tadbirlar turlarini belgilash, o‘tkaziladigan tadbirlarning turi va muddati bo‘yicha zonalarga ajratish;

- yerlar melioratsiyasi va boshqa tadbirlar uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar hajmini asoslash;

- meliorativ va boshqa tadbirlarning kompleks o‘tkazilishi;

- agrotexnik, meliorativ va boshqa tadbirlar o‘tkaziladigan yerlar monitoringi;

- meliorativ va boshqa tadbirlarning samaradorligini baholash;

- meliorativ va boshqa tadbirlar amalga oshirilishi uchun sarflanadigan mablag‘larni hisobga olish;

- sug‘oriladigan yerlar unumdorligini takror ishlab chiqarish doirasida meliorativ va boshqa tadbirlar samaradorligini aniqlash.

Yer sifatining yomonlashuviga olib keluvchi sabablarga barham beruvchi asosiy meliorativ va boshqa tadbirlarga quyidagilar kiradi:

- mineral va organik o‘g‘itlar tizimini amalga oshirish;

- beda ekishni o‘z ichiga olgan almashlab ekish tizimini joriy etish;

- kollektor-zovur tizimlarini o‘z vaqtida tozalash va yer maydonlaridagi minerallashgan yer osti suvlarini chiqarib yuborish;

- sho‘rlangan yerlarni yuvish;

- dala maydonlaridan foydalanishni istiqbolli va joriy rejalashtirish;

- chuqur shudgorlash (tilimlash);

- sug‘orish tarmoqlari va inshootlarini ishchi-texnik holatida saqlash;

- sug‘orish me’yorlari va texnikasini asoslash va ularga rioya qilish,sug‘orish suvini hisobga olish;

- eroziyaga qarshi chora-tadbirlar o‘tkazilishi;

- ixota o‘rmon daraxtlarini tashkil etish;

- qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash;

- dalalarga ishlov berish tizimiga rioya qilish;

- zaharli kimyoviy preparatlar qo‘llanilishini nazorat qilish.

Yerlar unumdorligini tizimli takror ishlab chiqarishda yuqoridagi va boshqa tadbirlarning o‘tkazilish muddatlari (boshlanish vaqti, davomiyligi) muhim omildir. Ko‘pgina tadbirlarning o‘tkazilish muddati, odatda, ishlab chiqarish vaqtiga mos kelmaydi, shuning uchun yuqori samaradorlikka ega muddatni asoslab berish muhim ahamiyatga ega.

Respublikamizda umumiy yer maydoniga nisbatan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar 45,13 foizni, aholi punkti yerlari 0,49 foizni, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar 1,91 foizni, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar 1,57foizni, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar 0,03 foizni, o‘rmon fondi yerlari 24,84 foizni, suv fondi yerlari 1,86 foizni va zaxira yerlar 24,16 foizni tashkil qiladi2.

Shuni e’tirof etish zarurki, iqtisodiyot uchun nihoyatda muhim hisoblangan qishloq xo‘jalik yer turlarining sifat holati respublikaning aksariyat mintaqalarida talabga javob bermaydi. Ularning 50 foizdan ortig‘i sho‘rlangan, meliorativ holati yomonlashgan; 8,0 foizi eroziyaga uchragan va 4,0 foizga yaqini tosh aralashgan maydonlarni tashkil etadi3. Mamlakat hududi arid mintaqada joylashganligi sababli, dehqonchilik asosan sun’iy sug‘orish yordamida amalga oshiriladi. Lekin keyingi yillari sug‘orish suvi taqsimotini cheklanganlik sharoitiga o‘tishi hamsug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanish samaradorligiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Shu sababli ham yerlardan (ayniqsa sug‘oriladigan) foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, ularni va umuman atrof muxitning ekologik holatini muhofaza qilish bugungi bozor sharoitida asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Yuqorida e’tirof etilganidek, iqtisodiyot tarmoqlarida, xususan qishloq xo‘jaligida yerlardan foydalanishni tashkil etishda keyingi yillari chuqur o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, yerdan foydalanish tizimiga bozor mexanizmlari joriy etildi, yer solig‘i va yer ijarasi haqining yerdan foydalanishda iqtisodiy manfaatdorlikka xizmat qilishi yoki yerdan samarasiz foydalanganda jazo sanksiyalarini qo‘llash bo‘yicha 2Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги статистика агентлиги 2022 йил маълумотлари 3Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги статистика агентлиги 2022 йил маълумотлари mexanizmlar joriy qilinmoqda, yerlarning iqtisodiy qiymatini aniqlash asosida yer bozorining elementlari rivojlantirilmoqda.

ADABIYOTLAR

1.Jo‘raev F. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish. – T.: “Istiqlol”, 2004. 340 b.

2.Zokirov O., Pardaev A. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. –T.: “O‘AJBNT” markazi, 2003. -455 b.

3. Вильямс В.Р. Общее земледелия сосновами почвоведения. Новое изд. Дописпр. М.; Агропромиздат, 2003. -253 с

4.Rasulov S. Yerdan foydalanish va uni iqtisodiy baholash //Toshkent: O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. 2001. №2. -B. 24-25.

5.Sagaydak A.E. Zemelnaya sobstvennost i renta. –M.: Agropromizdat, 1991.

6.Xotamov O.Q. Qishloq xo‘jalik texnikasi lizingiga investitsiyalar jalb etish jarayonlarini modellashtirish. –T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” 2007. Monografiya -142 b.

7.Xo‘jageldiev Ch.P. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar unumdorligini oshirishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish. –T.:“IQTISOD-MOLIYA” 2014. Monografiya -128 b.

8. Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги статистика агентлиги 2022 йил маълумотлари

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.