ZAMONAVIY TENDENSIYASI
1,2Berdiyeva Z.I. 1Ormonova N.B., 2Rajabov G‘.X., 2Sa’dinov P.O.,
2Kushnazarova N.A., 2Xakimova M.S., 2Mirzayeva R.U. 1Respublika OITSga qarshi kurash markazi statsionari, 2Toshkent vaksina va
zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, O‘zbekiston. Dolzarbligi. Ma’lumki, ko‘lab ishak infeksiyalari kabi qorin tifi ham bakterial tabiatga ega eng keng tarqalgan yuqumli kasalliklaridan biri bo‘lib, ushbu kasallik turli yosh toifasida yuzaga kelgan endemik hududlarga katta tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammoga olib keladi. Klinik kechishi va ko‘rinishining o‘ziga xosligi bilan bemorlarda yetarlicha noqulaylik hamda hayot sifatini yomonlashtiruvchi shikoyatlarga sabab bo‘luvchi patologiya hisoblanadi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, Qorin tifi kasalligi bo‘yicha vaziyatni iqtisodiy jihatdan eng sezgir hisoblangan o‘rta va past darajada rivojlangan mamlakatlarda qoniqarsiz sanitariya-gigiena sharoitlari, faol rivojlanayotgan xalqaro turizm hamda ushbu hududlarda sodir bo‘lgan harbiy mojarolar yoki tabiiy ofatlar sezilarli darajada murakkablashtiradi. Qorin tifi etiologiyasi salkam bir asrdan ortiq vaqt davomida aniq bo‘lsada, asosan o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir, ba’zi hollarda esa qaytalanish bilan tavsiflangan bu kasallik hali ham jahon salomatligiga jiddiy tahdid solmoqda. Qorin tifini oldini olishda maxsus bo‘lmagan profilaktika choralari mavjud emas va mikroblarga qarshi davolash antibiotiklarga nisbatan chidamlilik rivojlanayotgani sababli bugungi kungacha yetarlicha samarali emas. Shu munosabat bilan bugungi kunda ushbu patologiyaga qarshi kurashishida turli yosh toifalari uchun vaksinasiya eng samarali usul ekanligi e’tirof etilmoqda. Tadqiqotning maqsadi. Taqdim etilgan ushbu tadqiqot ishining asosiy mqasadi qorin tifiga qarshi vaksinalarini yaratishning dolzarbligi, asosiy jihatlari va yangi vaksinalarni ishlab chiqishning istiqbolli yo‘nalishlari to‘g‘risida qisqacha tahlili olib borishdan iborat. Tadqiqot materiali va usullari. Tadqiqotning asosiy obye’kti sifatida bugungi kunda mavjud hamda butun dunyoda qorin tifiga qarshi litsenziyaga ega konyugirlangan (typhoid conjugate vaccine, TCV), konyugirlanmagan VI – polisaxaridli (VI polysaccharide vaccine, VIPS) va tirik attenuirlangan vatsinalar tanlab olingan. Konyugirlangan vaksina o‘zida 25 mkg faol modda saqlaydi va ushbu vaksinaning 0,5 ml miqdordagi dozasi bilan 6 oylikdan boshlab 45 yoshgacha bo‘lgan aholining mushak orasiga emlanadi. Konyugirlanmagan VI – polisaxaridli vaksina esa 2 yoshdan boshlab 0,5 ml miqdordagi dozada mushak orasiga, tirik attenuirlangan vatsina esa 6 yoshdan keyin 3 xil dozada kapsula shaklida og‘iz orqali qo‘llaniladi. Olib borilgan emlash amaliyotining samaradorligi o‘z navbatida emlash o‘tkazilgan har bir insonda qorin tifiga qarshi antitela ishlab chiqarilishi bilan baholanadi. Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Olib borilgan tadqiqotlarda ta’kidlangan dozalardagi vaksinalar takror xususan ikki yoki uch marta qo‘llanilganda qorin tifiga qarshi antitela ishlab chiqarilish bir marotaba qo‘llashga nisbatan 5-6 martagacha yuqori bo‘lganligi kuzatilgan. Shu bilan bir qatorda, har bir insonda xususan bolalar yoki kattalarda emlash natijasida hosil qilingan ushbu antitela bolalar qonida faqatgina 5 yilgacha vaqt davomida saqlanganligini ko‘rish mumkin. Darhaqiqat, olingan dastlabki natijalar ushbu yo‘nalishda erishilgan yutuqlarning debochasi bo‘lib, bu o‘z navbatida sohani yanada takomilklashtirishni taqozo etadi. Xulosa. Shunday qilib, olingan natijalar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, Qorin tifini davolashda unga qarshi emlash eng samarali profilaktik usul bo‘lib xizmat qilish istiqboli mavjud. Qorin tifiga qarshi emlashning rivojlanish tendensiyalari ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ham mavjud bo‘lsada, kasallikning yuqori epidemiologik ahamiyati tufayli ilgari ishlab chiqilgan vaksinalarning samaradorligini oshirish shuningdek, kombinatsiyalangan vaksina preparatlarini yaratish zamonaviy vaksinologiyaning dolzarb yo‘nalishlari bo‘lib qolmoqda. Bu esa tabiiyki, ushbu yo‘nalishda yanada kengroq mashstabda, chuqur ilmiy izlanishlar olib borish vazifasini yuklaydi.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.