ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

RAQAMLI ASRDA BOSMA NASHRLARNING ROLI

초록

Ushbu maqolada bosma ommaviy axborot vositalarining nima ekanligi, uning o’rni, elektron ommaviy axborot vositalaridan farqi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, bosma OAVlarga bugungi kunda talab, uning zaif va kuchli jihatlari ochib berilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

RAQAMLI ASRDA BOSMA NASHRLARNING ROLI

Ruxsora Shukurova Abdulhofizovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

xalqaro jurnalistika yo’nalishi 2-bosqich talabasi

tel: +998914590310

Annotatsiya: Ushbu maqolada bosma ommaviy axborot vositalarining nima ekanligi, uning o’rni, elektron ommaviy axborot vositalaridan farqi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, bosma OAVlarga bugungi kunda talab, uning zaif va kuchli jihatlari ochib berilgan.

Kalit so’zlar: Bosma ommaviy axborot vositalari, matbuot, tipografiya, Iogan Gutenberg, auditoriya, Yomiuri shimbun.

Bosma ommaviy axborot vositalari deganda, odatda, bosma tarzda axborotni to’plash, qayta ishlash va tarqatishni ta’minlaydigan tahririyatlarni shuningdek, kitoblar, e’lonlar, hatto mahsulot qadoqlarini tushunamiz. Agar qisqaroq ta’rif beradigan bo’lsak, AQShda jurnalistika sohasidagi asosiy nazariy asar hisoblangan, Matbuotning to’rt nazariyasi’’ deb nomlangan kitobda shunday fikr bayon qilingan. Uning mualliflari F. Sibert Piterson va U. Shirammlar matbuotning vazifasini, Xabardor qilish, yangilikni sotish, o’quvchilarning ko’nglini olish’’ dan iborat deb hisoblaydilar. Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikaning eng qadimiy shakli bo’lib, nemis ixtirochisi Iogan Gutenberg tipografiyani ixtiro qilgandan keyin, 1447- yilda birinchi jurnallar, darsliklar va ommabop nashrlar chop etilgandan beri ommaviy kommunikatsiyaning birinchi shakli bo‘lib kelgan. Bosma dastgohning ixtiro qilinishi insoniyatning madaniy-ma’naviy taraqqiyotida ulkan qadam bo‘ldi va matbuotning keng ko‘lamda rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. O‘sha davrlarda ham matbuotlar mamlakatlar taraqqiyotida muhim rol tutganki, ilk gazetalar ommaviy ravishda nashr etilgandan so‘ng aholining savodsizlik darajasi keskin pasaygan. Qachonki, 1920- yillarda radio ishlab chiqarilgunga qadar nashriyotlarga bo‘lgan talab yuqori va auditoriyasi keng qamrovga ega bo‘lgan. Keyingi 90 yil ichida birinchi navbatda televizor, keyin internet ommaviy axborot vositalari qatoridan o‘z o‘rnini egalladi. Bu jarayon aholiga yangiliklarning tez va jonli yetib borishini ta’minladi. Biroq, ommaviy axborot vositalari va texnologik taraqqiyotning rivojlanishi bilan keng jamoatchilik orasida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish holatlari ko’paydi. Bugungi kunda turli kattalikdagi aloqa vositalaridan foydalangan holda internetdan soniyalar ichida bizga kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlarni topish imkoniga egamiz. Hozir texnologiyalar rivojlangan davrda yashayabmiz. Mobil qurilmalar kundalik hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurganki, ular orqali serial tomosh qilamiz, musiqa tinglaymiz hatto elektron kitoblar yoki yangiliklarni ham onlayn o’qiyolamiz. Shu sabab, gazeta va jurnallarga qiziqish avvalgidek bo‘lmay qoldi. Hozirgi yosh-avlodlar internetdagi virtual hayotga qiziqishadi. Ular jahonda nima bo‘layotganini gilobal tarmoqlar orqali bilmoqda. Internet juda foydali vositadir. Ammo, bosma OAVlari hali ham raqamli ommaviy axborot vositalariga qaraganda o’zining afzalliklariga ega. Jumladan, nashriyotlar o’quvchilarga o’qishni o’rganish va savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Matbuotning mazmunini yozma so‘z orqali ifodalovchi o‘ziga xosligi, birinchi navbatda, radio va televideniyega qaraganda matnlarning ko‘proq tahliliyligidadir. Shuningdek, mavzular va yangiliklarni raqamli media mualliflariga nisbatan chuqurroq yoritishi mumkin. Bosma OAVlarning eng qadimgi shakli kitoblar bo‘lib, ular aloqa va axborot vositasi sifatida ishlatiladi. Ular yozuvchilarning ma’lum bir mavzu bo‘yicha bilimlarini oshiribgina qolmay, balki bizni qiziqtiradigan adabiyot, tarix, badiiy hikoyalar va boshqa ko’plab mavzularni o‘z ichiga oladigan turli xil platformadir. Dunyoda kuzatilayotgan axborotlashtirish jarayonining global tabiati, shuningdek, axborot texnologiyalari va yangi ommaviy axborot vositalarining jadal rivojlanishi odamalar uchun maxsus axborot tayyorlash zarurligini ko’rsatadi. Aholining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, nashriyotlar bosma OAVlar yuksalishiga alohida e’tibor qaratyabdi. Chunki , bugungi kunda O‘zbekiston Milliy kutubxonasida jami vaqtli matbuot nashrlariga buyurtmalar (gazeta va jurnallar) 613045 nusxani tashkil etadi. Yana bir ma’lumot; Yaponiyaning ommabop bosma nashri bo’lgan “Yomiuri shimbun’’ gazetasi 1874-yildan e’tiboran har kuni chop etiladi. Uning kunlik adadi 8 million nusxani tashkil qiladi.

Ko‘rishimiz mumkinki, matbuotlar elektron ommaviy axborot vositalari kabi aholining axborot olish huquqining kafolati vazifasini bajaradi. Yuqorida bosma OAVlarning o’ziga xos kuchli va zaif tomonlarga ega ekanligini ko’rdik. Ba’zi tahririyatlarga qiziqish pasayib, obunachilari kamayayotgani achinarli hol, albatta. Biroq, bosma nashrlar kuchli tahlil va jamiyatdagi mavjud muammolarni hal qilish takliflari orqali hamon o’zining o’rnini saqlab qolmoqda. Shuningdek, gazeta va jurnallar onlayn makonga o’tyabdi, bu bilan bosma ommaviy axborot vositalari bugungi kunda keng jamoatni jalb etishning eng samarali usullaridan biriga aylanib boryabdi. Yurtimiz tahririyatlarida shuningdek Amerikada ham har bir bosmadan chiqayotgan yangiliklarning sarlavhasida e’tibor tortadigan jumlalardan ishlatishga va ko’proq rasmlardan foydalanishga e’tibor qaratayotgani be’jiz emas. Bu bilan tahririyatlarning o’rnini saqlab qolish va aholiga xolis ma’lumotlarni yetkazishga harakat qilishyabdi. Muammolar yechim topishi uchun tahririyatlar ham xalq ham birgalikda harakat qilishi kerak. Iste’molchi ma’lumot manbasini tanlashga ehtiyotkorlik bilan yondashishi lozimki, internet saytlaridagi xabarlarda soxtakorlik holatlari ko’p. Shu bois har bir shaxs matbuotga obuna bo’lib aniq ma’lumotlarni o’qishi va shu bilan birga o’zini ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siridan himoya qilishi foydali hisoblanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Bosma ommaviy axborot vositalari hanuzgacha muhim ma’lumot manbai bo’lib qolmoqda. Jahon gazetalar assotsatsiyasi ta’kidlaganidek, dunyoda bir milliard odam har kuni gazeta o’qiydi. Bosma ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, davlat va nodavlat davriy bosma nashrlar, tahririyatmatbaa komplekslarining miqdor va sifat jihatidan o’sishi, fuqarolik jamiyati institutlari, shakllanishiga sabab bo’ladi. Ma’lumotlarni o’tirgan joyingizda internet orqali bilish yaxshi lekin, kunlik, haftalik, yoki oylik gazetalarga obuna bo’lib, olib o’qishingiz savodxonligingizni oshiradi, u yerdagi krasvordlar miya faoliyatining charxlanishiga sabab bo’ladi yoki turli reklamalardan xabardor bo’lishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda kunlik yangiliklar e’lon qilinadi ammo, aniq ma’lumot ekanligiga ishonish va ishonmaslik holatlari yuz beradi. Nashriyotlar esa chuqur tahlil va keng yoritishi bilan ahamiyatlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Xudoyqulov, M (2005) Jurnalistikaga kirish : O’quv qo’llanma: Toshkent: 2. Xudoyqulov, M. Qozoqboyev, T. (2008) Jurnalistikaga kirish: Toshkent: Iqtisodmoliya. 3. Xudoyqulov, M. Qozoqboyev, T. (2009) Jurnalistika asoslari: Toshkent 4. “Yomiuri Shimbun Apologizes on Comfort Women Issue’’. The Diplomat. 4. December 2014. Retrieved 13 July 2020. 6.T. Qozoqboev, M. Xudoyqulov Jurnalistika asoslari. T., Toshkent,2009−141. 7. A. Nurmatov, B. Do‘stqorayev, F.Mo‘minov, H.Saidov, N.Toshpo‘latova, S.Maxsumova Jurnalisika nazariyasi, tarixi va taraqqiyoti. T., “o‘zbekiston” 2019 8.X.Do‘stmuhammad, N. Toshpo‘latova, K. Baxriev, F. Saidov. Jurnalistika huquq va etikasi. T., “o‘zbekiston”2019. 9.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.