ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

RAQAMLI TEXNOLOGIYANING HAYOTIMIZDAGI O‘RNI

초록

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishi, ortiqcha xarajatlarni kamaytirishi va korrupsiyaga qarshi kurashdagi roli yoritilgan. Xizmat ko‘rsatish sohasida axborot texnologiyalari kundalik vazifalarni soddalashtirishi orqali samaradorlikni oshiradi


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

RAQAMLI TEXNOLOGIYANING HAYOTIMIZDAGI O‘RNI

Pardayeva Ashirgul Botirovna Anotatsiya: Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishi, ortiqcha xarajatlarni kamaytirishi va korrupsiyaga qarshi kurashdagi roli yoritilgan. Xizmat ko‘rsatish sohasida axborot texnologiyalari kundalik vazifalarni soddalashtirishi orqali samaradorlikni oshiradi. Raqamli iqtisodiyot dunyo miqyosida yangi yo‘nalish bo‘lib, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bu borada sezilarli yutuqlarga erishmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida mamlakat raqamli iqtisodiyot sari jadal qadamlar tashlamoqda. Shu bilan birga, malakali kadrlar tayyorlash va o‘quv adabiyotlarining yetishmasligi kabi muammolar mavjud. Muallif raqamli texnologiyalarni oqilona va samarali foydalanish lozimligini, ular yordamida innovatsion iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkinligini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, internet, innovatsiya, Raqamli iqtisodiyot, innovatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), iqtisodiy o‘sish, xizmat ko‘rsatish sohasi, korrupsiyaga qarshi kurash, kadrlar tayyorlash, samaradorlik, O‘zbekiston iqtisodiyoti.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Har kuni ertalab uygʻonganimizdan boshlab, kechqurun uxlagunimizcha, bu texnologiyalar bizni oʻrab oladi. Ular orqali biz bilim olamiz, doʻstlarimiz bilan bogʻlanamiz, xarid qilamiz, hatto oʻqituvchilar bilan masofadan turib muloqot qilamiz.Raqamli texnologiyalar keng ko‘lamli bo‘lib, kompyuterlar, internet, mobil telefonlar, planshetlar, sun’iy intellekt, bulutli hisoblash tizimlari va boshqa ko‘plab vositalarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda ular inson hayotining har bir jabhasida faol qo‘llanilmoqda. Masalan, uyda o‘tirib turib onlayn xarid qilish, ish joyidan masofadan ishlash yoki onlayn ta’lim olish — bularning barchasi raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshadi. Ta’limda raqamli texnologiyalar – o‘quv jarayonini sezilarli darajada yaxshiladi. Endilikda o‘quvchilar darsliklarni elektron shaklda o‘qiy oladi, videodarslar yordamida murakkab mavzularni tushunish osonlashadi. Masofadan ta’lim tizimi orqali esa mamlakatning chekka hududlaridagi o‘quvchilar ham sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Bundan tashqari, o‘qituvchilar uchun elektron baholash tizimlari, onlayn testlar, darslarni rejalashtirish uchun maxsus dasturlar mavjud. Tibbiyotda raqamli texnologiyalar – Elektron tibbiy kartalar bemorlarning barcha ma’lumotlarini bir joyda saqlashga yordam beradi. Telemeditsina orqali odamlar masofadan shifokor bilan maslahatlashadi, bu ayniqsa qishloq joylarida juda muhim.

Shuningdek, zamonaviy diagnostika uskunalari, sun’iy intellekt yordamida kasalliklarni aniqlash va davolash samaradorligini oshirish mumkin. Internet va ijtimoiy tarmoqlar – odamlar orasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqdi. Bugun telefon, elektron pochta, messenjerlar yordamida butun dunyo bilan bog‘lanish mumkin. Bu nafaqat do‘stlar bilan muloqot qilish, balki ishbilarmonlik, yangiliklar olish, madaniy almashinuv imkonini beradi. Ammo, bu sohada ham xavfsizlik masalalariga e’tibor berish zarur, chunki shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘riligi va kiberhujumlar ko‘paymoqda.Raqamli texnologiyalar ham kundalik hayotimizda koʻplab qulayliklar yaratdi. Masalan, Click yoki Paymeda telefon orqali toʻlov qilish,oziq ovqat buyurtma berish,telefon orqali Yandex taxilarini chaqirish, bankdagi hisobni boshqarish- bularning barchasi texnologiyalar yordamida amalga oshmoqda. Bularning barchasi vaqtni tejash va samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Salbiy jihatlar – raqamli texnologiyalardan ortiqcha foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko‘p vaqtni ekran qarshisida o‘tkazish ko‘zlar charchashi, uxlash buzilishi, ijtimoiy izolyatsiya kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, onlayn makonda yolg‘on axborot tarqalishi, kiberhujumlar xavfi mavjud. Shu sababli, raqamli madaniyatni rivojlantirish, xavfsiz foydalanish qoidalarini o‘rgatish juda muhim.Ma’lumot uchun artificial intelligence, ya’ni, sun’iy aql- informatikaning alohida sohasi bo’lib, kompyuter yoki mashinaning inson ongidagi imkoniyatlarga taqlid qilishi, codda qilib aytganda, sun’iy aql kompyuterlarni odam kabi o’ylash va yechim topishga yo’naltirilgan texnologiya hisoblanadi. Big Data — salmoqli ma’lumot atamasi kuniga 100 gigabaytdan ko’p ma’lumot tushadigan oqimlarga nisbatan qoʻllanib kelingan.Raqamli texnologiyalar nafaqat davlat va jamiyat Boshqaruvini takomillashtiradi va ijtimoiy sohada odamlarga katta qulayliklar yaratadi.

Bundan tashqari raqamli texnologiyalar ijobiy iqtisodiy o’sishiga zamin yaratadi: mahsulot Va xizmatlar sifatini oshiradi, va ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi, va yana bir muhim Afzallik — korrupsiyaga chek qo’yadi.Xizmat ko’rsatish sohasi haqida gapiradigan bo’lsak, axborot texnologiyalari ko’plab Kundalik vazifalarni hal qiladi, buning natijasida esa yirik ko’lamdagi amallar tezroq, Arzonroq, qulayroq va o’rtadagi vositachilarsiz bajariladi.Raqamli iqtisodiyot – dunyo iqtisodiyotida yangi yo’nalish. Iqtisodiyoti rivojlangan Davlatlar bu yo’nalishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo’lsa, boshqalari bu yo’nalishda Ilgarilab borishmoqda.Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2016- yilda O’zbekiston rahbariyatiga kelishi bilan, Respublikamiz iqtisodiyoti tub o’zgarishlarga uchradi. Iqtisodiyot ochiq, jadal, innovatsion rivojlanishga aylandi. Biroq, tan olish kerakki, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va Texnologik taraqqiyot sharoitida O’zbekistonning keyingi iqtisodiy rivojlanishini raqamli Iqtisodiyotni rivojlantirmasdan tasavvur qilish qiyin. Shu sababli, o’z iqtisodiyotlarini raqamli iqtisodiyotga aylantirishga kirishgan deyarli barcha mamlakatlar bir xil muammoga duch kelmoqdalar - raqamli iqtisodiyotda milliy tillarda malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur bo’lgan o’quv va ilmiy adabiyotlarning etishmasligidir. Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalar zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylangan. Ular hayotimizni qulay va samarali qilmoqda. Ammo ulardan oqilona foydalanish, ularga bog‘lanib qolmaslik muhimdir. Har bir inson, ayniqsa yoshlar, bu texnologiyalarni o‘zini rivojlantirish yo‘lida ishlatishi zarur. So’nggi yillarda iqtisodiyotni rivojlantirishda ilg’or texnologiyalar va Innovatsiyalarning ahamiyati oshib bormoqda. Eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarish va Biznes jarayonlarining samaradorligini oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson Faoliyatining barcha yangi sohalari va sohalariga kirib borishi bilan an’anaviy yondashuvlar Va ish uslublari o’zgaradi.

Axborotkommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) paydo Bo’lishi va tarqalishi global iqtisodiyotga shu qadar ta’sir ko’rsatdiki, yangi bir hodisa – Raqamli iqtisodiyot paydo bo’ldi.Raqamli iqtisodiyotning o’sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan bevosita bog’liq Bo’lgan bir qator bozorlarning o’sishi bilan bog’liq. Texnologiyalar rivojlanishining hozirgi Bosqichida va bozorlarning hozirgi holati sharoitida raqamli iqtisodiyotni maqsad sifatida emas, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida ko’rib chiqish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati 1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. T.: Ma’naviyat, 2008. 2. Axborot texnologiyalari asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2020. 3. www.ziyonet.uz – O‘zbekiston ta’lim portali. 4. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.