SAVOD O‘RGATISH METODLARIGA QIYOSIY-TANQIDIY TAHLILI
Atamurodova Qunduzoy Abdug'aniyevna
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Pedagogika fakulteti Boshlang'ich
ta'lim metodikasi kafedrasi óqituvchisi
atamurotovaqunduzoy@gmail.com
Xoliyorova Xumora Husniddin qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-
bosqich talabasi
xumoraxolyorova@gmail.com
Tel:+998903770106
Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang'ich sinf óquvchilariga savod órgatish metodlari, ularning qiyosiy-tanqidiy tahlili haqida bayon qiladi.
Kalit sózlar: Savod órgatish, hijjai qadimiy, zer-u zabar, metod, alifboi Qur'on
Eski maktabda o'qish bilan yozish bir vaqtda o'rgatilmagan, avval faqat o'qish o'rgatilgan. O'qish hijo (bo'g'in) usuli bilan o'rgatilgan. O'qishga o'rgatishning „hijjai qadimiy" deb atalgan usuli uzoq vaqtlar davomida hech qanday o'zgarishsiz davom etib kelgan. Hijo usulida o'qishga o'rgatishni 3 bosqichga bo'lish mumkin: 1-bosqich. Harflaming nomini yodlatish („harfiy metod“). Bu metodning mohiyati quyidagilardan iborat bo'lgan: bir necha yildan beri o'qiyotgan bolalar maktabxonaga yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani og'zaki yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so'zlarining m a’nosini tushunm ay, suralarni birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxm inan bir yilga yaqin vaqt o'tgan. Shundan keyin arab alifbosi yodlatila boshlangan; bola uyidan har ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. M aktabdor taxtaning bir tomoniga qora siyoh bilan 28 ta arabcha harfning yolg'iz shaklini alifbo tartibida bandlarga bo'lib yozib bergan.Maktabdor birinchi banddagi harflaming nomini alif, be, te, se deb aytgan. Bola domlaga ergashib takrorlagan, ayta olmasa, domla yana aytgan va shuni yaxshilab o'rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgacli, ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan. Bolalar 28 harf nomini 5—6 oyda zo'rg'a bilib olganlar, ularning ko'pchiligi harflaming nomini yodlab olsalar ham, qaysisi be (чО, qaysisi se (“) ekanini ko'rsatib bera olmaganlar. Ayrim domlalar, otinoyilar yosh bolalaming eslab qolishiga yordam berish maqsadida har bir harf uchun shartli iboralar o'ylab topganlar (I — uzunchoqqina alif, v — bittagina be, ^ — ikkitagina te , ^ — uchtagina se kabi).2-bosqich. Bo‘g‘in hosil qilish. Harflar nomi yodlab bo'lingach, bo'g'in hosil qilishga, ya’ni „ zer-u z a b a r “ni o'rgatishga o'tilgan. Eski maktabda ,,zer-u za b a r “ (zabar, zer, pesli) har xil o'rgatilgan. Masalan, ba’zi domlalar v (be, za b a r-b a ), b e-zer-b i, be-pesh -bu , teza b a r-ta kabi o'rgatsalar, boshqalari be za b a r ba, te za b a r ta kabi, yana birovlari b e -za b a r-a ; ze r-i, pesltu ; te -za b a r-a , zer-i, p esh -u deb o'rgatganlar. Maktabxonada „ ze r-и z a b a r “ quruq yodlatilgan, nimaga xizmat qilishi aytilmagan. Aslida esa bu belgilarning m a’lum xizmati bor: zabar (fatha) —undosh harf ustidagi urg‘u belgisiga o ‘xshash chiziqcha bo‘lib, undoshga a unli tovushini qo‘shib aytish zarurligini ko'rsatadi; zer (kasra) undosh harf ostidagi chiziqcha bo'lib, shu undoshga / unli tovushini qo'shib aytish kerakligini bildiradi; pesh (zam m a) esa undosh harf ustiga qo'yiladigan belgi bo'lib, shu undosh tovushga и unlisini qo'shib aytish zarurligini ko'rsatadi. Dem ak, arabcha matnlarni o'qish uchun .,zer-u zabar“ ni bilish juda zarur bo'lgan, ammo o'qishga o'rgatish anglab o'qishga asoslanmagani uchun bolalar mim zabarm a, m im zer mi, m im pesh mu deb yodlaganlar, ,,zer-u zabar"ning mohiyatini anglamaganlar. 3-bosqich. Bo‘g‘inlarni qo‘shish. Eski maktabda bo'g'inlarni qo'shish „abjad" bilan boshlangan. M aktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta harf jam langan 8 so'zni ,,zer-u zabar" bilan yozib bergan. Bolalar bu 8 ta so'zni birin-ketin hijo usulida o'qib yodlab olganlar. M asalan, abjad so'zi alifga zabar qo'yib,begr/ itrisluirilsa ab, jinigrt zabar qo'yib, dolga urishtirilsa jadid , bularning ikkisidan abjad hosil bo'lgan.Abjaddan keyin eski maktab o'quv kitobi bo'lgan ,,Haftiyak“ka o'tilgan. ,,Haftiyak"dagi suralar ham ,,Abjad"dagi kabi hijo usulida o'qitilgan. Bolalar ,,Haftiyak“ ning bir betini hijo usulida o'qish uchun juda ko'p vaqt va kuch sarflaganlar.So'zni hijo usulida o'qishda aw al so'zdagi birinchi undosh harfning, keyin ikkinchi undosh harfning noniini aytib, unga zarur harakatni qo'yib hijo hosil qilingan. Shu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, hijolarni bir-biriga qo'shib, bu so'z bir butunicha aytilgan. So'zni hijo usulida o'qishda tovush emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan. So'zni tovush jihatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan, tovushlarning qo'shilishi bolalarga tushunarli bo'lm agan, bolalar so'zdagi har bir harf m a’lum bir tovushni bildirishini mutlaqo anglamaganlar. Hijo usulida o'qishga o'rgatish, birinchidan, mexanik ravishda bo'lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan, ikkinchidan, bola o'zi aytgan so'zining m a’nosini tushunm ay, maktabdordan eshitganini takrorlayvergan.,,Haftiyak“ ning keyingi ayrim suralari so'zni yaxlit „o'qish" usulida olib borilgan, aniqrog'i bola o'qim agan, eshitganini yodlagan. Natijada bolalar maktabxonada o'qiganlarini o'zi o'qib yurgan kitobidan „o'qib bergan", amm o ularning qo'liga maktabda o'qilm agan boshqa bir kitob berilsa, uni o'qiy olmagan; eski m aktabda 6—10 yil m untazamo ‘qigan bolalaming juda ko‘p deganda 4—5 foizigina o'qish va yozish ko'nikmasini hosil qilgan.Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o'rgatishda ma’lum darajada ijobiy o'rin tutdi. Rus-tuzem maktablarining o'zbekcha sinflarida o'zbekcha xat-savod o'rgatish metodi 1900-yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi: hijo m etodidan tovush metodiga o'tildi. 1900-yilIardan rus-tuzem maktabi o'zbekcha sinflarining peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan f'oydalana boshladilar. Bu kitobning tili va mazmuni o'zbekcha sinflarga mos kelmas edi. 1902-yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili alifbesi — „Ustodi avval" nashr etildi. „Ustodi aw al" nashr qilingandan keyin o'zbekcha xat-savod o'rgatishda yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod o'rgatishning eski usulidan tam om ila farq qilib, o'qitishni osonlashtirdi, ta’limni bola tushunadigan, anglaydigan ta ’limga, ya’ni faol ta ’limga aylantirdi.„Ustodi avval" 3 bo'lim dan iborat edi: 1-bo'lim , hozirgi atama bilan aytganimizda, alifbe davridir. M uallif bu bo'lim da arab alfavitidagi harflarni alfavit tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi osonqiyinligini, harflaming yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan holda tizib chiqqan. M uallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat-savod o'rgatishni qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida deyarli har doim bir xil shaklda qo'llanadigan harflarni bergan. U shakli yozilish o'rniga qarab turlicha bo'ladigan harflaming so'z boshida, so‘z o'rtasida, so'z oxirida va alohida yozilish shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan. Masalan, q harfini tanitish uchun qor, uyqu, oq so'zlarini, g‘ harfini tanitish uchun g'or, uyg'oq, tog‘ so'zlarini tanlagan. M uallif soddadan murakkabga tamoyiliga amal qilib, alifbe davrini asta-sekin murakkablashtira borgan. Kitobning alifbe qismiga, asosan, o'zbek tilining lug'at tarkibidagi so'zlar tanlab olingan.„Ustodi avval“ ning 2-bo'limi alifbedan keyingi davrdir. Bu bo'lim da hikoya, masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim olish targ'ib qilinsa, boshqalari tarbiyaviy m azm unda bo'lgan.S.Saidazizov kitobining 3-bo'lim ini „Alifboi Q ur’on" deb atagan va o'z oldiga bolalarga ,,Qur’o n “ni tushunib o'qishga o'rgatishni m aqsad qilib qo'ygan.U m um an, tovush metodi M arkaziy Osiyoga ikki m anbadan yoyilgan:
1. Rus-tuzem maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodibilan o‘rgatilar edi. O'zbekcha sinf muallimlari tovush m etodi oson va qulayligini amalda o ‘z ko'zlari bilan ko'rganlar va asta-sekin tovush metodini o'z sinflariga tatbiq eta boshlaganlar.2. XIX asrning oxiridan boshlab Rossiyadan Markaziy Osiyoga kelgan tatar muallimlari, ya’ni jadidlar tovush m etodida xat-savod o'rgata boshlagan edilar, oradan ko'p o'tm ay, bir qancha mahalliy muallimlar ular kabi yangi maktablar ochadilar va bolalarga xat-savodni tovushi metodi asosida o'rgata boshlaydilar.Shunday qilib, O 'rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo m etodining o'rnini egallay boshlagan.M a’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o'rgatishga Rossiyada K .D .U shinskiy asos solib, u sintetik tovush m etodini q at’iy himoya qilgan.Tovush meiodi bilan savod o'rgatilganda, so'zning eng kichik bo'lagi, ya'ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So'zning ma’nosini o'zgartira oluvchi har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so'zda tovushlar almashinishi, ortishi yoki kamayishi natijasida boshqa bir yangi so'z hosil bo'lishi mumkinligi bolalar ongiga yetkaziladi. Keyingi yillarda ham xat savod tovush m etodida o'rgatilm oqda. Atoqli metodistlar (S. P. Redazubov, A. I. Voskresenskaya, K. Qosimova, Y.Abdullayev, O. Sharafiddinov va boshq.) tovush m etodida xat-savod o'rgatishni takomillashtirdilar.Arab alilbosida yozuvni o’rgatish qiyin bo'lgan. Bu alifbodagi harflar so'zda qo'llash o'rniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozuvni o'ranishni qiyinlasluirgan. Shuning uchun ko'p m aktablarda bolalarga (o’qish o'rgatilib yozuv o'rgatilm agan, chunki dom la va otinoyilarning ko'pchiligi o'qishni bilib, yozishni bilmagan.Eski maktabda yozish chiziqsiz tekis oq qog'ozga dastlab yo'g'onroq savag'ich qalamda o'rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o'rganganlaridan keyin qamish qalamda ham yozishgan, ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.Yozishni o'rgatish alifbo tartibida harflaming alohida-alohida shaklini yozdirishdan boshlangan. Aw al alifax yozish o'rgatilgan, keyin o'.xshash shaklli harflar bandlarga bo'linib, o'xshash unsuri bo'lm aganlari esa ayrim-ayrim yozdirilgan. Ba’zi dom lalar ayrim harflaming elementlarini yozishni ham alohida mashq qildirganlar.Shundan keyin harflarni nusxaga qarab alifbo tartibida katta-katta qilib yozish (bu m ufradot (sarhad) deyilgan: bunday yozish bir-ikki yilga cho'zilgan) o'rgatilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar róyxati:
1. Karima Qosimova va bosh. Ona tili o’qitish metodikasi.
2.Ibragimova F.E., Farsaxonova D.R., Shukurova H.S., Mamayusupova S.M.,
Xolsaidov F.B. BOSHLANG`ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH
METODIKASI
3. https://t.me/testlar_2024
4.Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10- 11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.
5. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari
//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т. 1.
– №. 5. – С. 186-190.
6. Rustam o‘g A. T. et al. Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 88-93.
7. Rustam o‘g A. T. et al. XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O
‘QUVCHILARNING BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI //Journal of
Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 94-100.
8. Rustam o‘g A. T. et al. Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 101-109.
9. TA Rustamovich (2021) Issues of Personal Spirituality in Islamic Teaching International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) 1(6), 886-889
10. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Abdullayeva Xumora O‘tkirbekovna. (2023). TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 503–508. Retrieved from
11. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Choriyeva Diyora Muhiddinovna. (2023). Boshlang‘ich ta’limda tarbiya metodlari. Journal of Universal Science Research, 1(5), 509–512. Retrieved from
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.