SIL KASALLIGIDA DISPANSER NAZORATI
Saitmuratov M.A., Boltayev J.J., Ibragimov N.X.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat
salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi Ushbu dolzarb muammo har bir davlatning sogʻliqni saqlash sohasidagi jiddiy, tibbiyot islohotlarining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Butun dunyo olimlari xavotiriga sabab boʻlayotgan sil kasalligining tarqalishi oʻz-oʻzidan ijtimoiy ahamiyat kasb etib, barcha davlat va hamkor tashkilotlarning diqqateʼtiborida boʻlib kelmoqda. Global muammo tusini olgan mazkur kasallik mamlakatimiz tibbiyot mutaxassislarining ham yangicha yondashuv va davolash profilaktika tizimi asosida ish tutishlarini taqozo etmoqda. Soʻnggi oʻn yil ichida sil kasalligi har yili oʻrtacha 5 foizga qisqarsada, OITS kasalligidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, yiliga 8,6 mln. kishi ushbu xastalikka chalinib, 1,43 mln. bemor silning har xil asoratlaridan vafot etadi. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining xabar berishicha, yer yuzida taxminan 2,1 milliard odam sil bilan zararlangan. Shularning 10 foizida, hayoti davomida sil kasalligi yuzaga kelishi mumkin, bunda OITS katta ahamiyatga ega. Oʻzbekiston respublikasida silga qarshi bir qator tadbirlarning olib borilishiga va xalqaro dasturlarga qaramasdan, sil boʻyicha epidemiologik vaziyat ogʻirligicha qolmoqda. Respublikamizda sil kasalligining tarqalishiga noqulay ekologik vaziyat, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, aholi oʻrtasidagi migratsiya, shu jumladan, OIVinfeksiyasi va OITS bemorlar sonining koʻpayishi sabab boʻlmoqda. Biroq, soʻnggi yillarda jadal va keng koʻlamda profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning hamda DOTS strategiyasining tadbiq qilinishi natijasida kasallanish, oʻlim koʻrsatkichlarining bir qadar barqarorlashishiga va kamayishiga erishildi. Oʻzbekistonda har yili, qariyb 18-20 ming nafar kishi silning faol turlari bilan ogʻriydi va 2 mingdan koʻproq bemorlar vafot etadi. Shunday qilib, sil kasalligi epidemik jarayoning faollashishi qator tibbiy - ijtimoiy omillarga, aholi tomonidan shaxsiy gigiyena meʼyorlariga, sogʻlom turmush tarzi tamoyillariga rioya etilmasligiga bogʻliq. Bu hol mazkur muammoni kasallikning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari, laboratoriya tashxisot usullaridan foydalanib batafsil oʻrganishni, ushbu infeksiya epidemiologik nazorat tizimini takomillashtirish zaruriyatini belgilab beradi. Tadqiqot maqsadi: Sil kasalligining oldini olishda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyatini oʻrganish. Tadqiqot materiallari: Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining sil bilan kasallanishi boʻyicha rasmiy hisobotlari. Sil kasalligi epidemik oʻchoqlarini epidemiologik tekshirish xaritalarining tahlili. Natijalar va munozaralar: Kasallikning oldini olish, unga qarshi kurash choratadbirlari. Sil kasalligiga qarshi kurashda sogʻlomlashtirish va sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarinnng ahamiyati katta. Kasallikning oldini olish choralaridan biri aholining yashash va turmush sharoitini yashilash, ularni sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan turar joy bilan taʼminlash, sanoat korxonalari, qishloq xoʻjaligi va boshqa muassasalarda ishlovchilarning ish joylarida gigiyenik sharoyatni yaxshilash, shuningdek bolalar va oʻsmirlarni jismonan chiniqtirish, ovqatlanish va shu kabilar kiradi. Aholi oʻtasida sil bilan ogʻrigan bemordarni oʻz vaqtida aniqlash va ularni davolash, ular ustidan dispanser nazoratini oʻrnatish eng asosiy va samarali choralardan biridir. Mikobakteriyalarni ajratuvchi (KB) bemorlar kasalxonalarga asosan klinik koʻrsatmalar asosida yotqiziladi. Epidemik oʻchoqda joriy va yakunlovchi dezinfeksiya oʻtkaziladi. Sil bilan ogʻrigan bemorlarni aniqlash, hisobga olish, davolash va dispanser nazorati olib borish sil kasalligiga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega. Silga qarshi kurashda epidemik oʻchoqda joriy dezinfeksiya ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish yaxshi natija beradn. Buning uchun bemorlar oʻzi bilan doimo olib yuradigan tufdonlar bilan taʼminlanishi kerak, tufdon xloramin yoki xlorli ohakning 3-5% eritmasi, balgʻam esa qaynatish yoʻli bilan dezinfeksiya qilinishi lozim. Bemorlarniig idish-tovogʻi, koʻrpa-yostigʻi, sochigʻi va shu singari buyumlari alohida boʻlishi kerak. Bemorlarning kiyim kechaklarini yuvishdan oldin qaynatiladi yoki xloraminning 5% eritmasiga 4 soat mobaynida ivitib qoʻyib dezinfeksiya qilinadi. Xonani hoʻl latta bilan artib tozalab tez-tez shamollatib turish lozim. Yakunlovchi dezinfeksiyada xonaning devorlari, mebellar, bemorning koʻrpa-toʻshagi, kiyim-kechaklar, vannaxona, oshxona, xojatxona va boshqa xonalar dezinfeksiya qilinishi lozim. Sil kasalligi bilan ogʻrigan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalaridan va maktablardan chetlatiladi, oziq-ovqat korxonalarida ishlovchi xodimlar boshqa korxonalarga ishga oʻtkaziladi. Silning oldini olishda bu kasallikka qarshi kuchsizlantirilgan tirik vaksina (BSJ) bilan emlash samara beradi. Emlash bolalar tugʻilgandan keyin 2-5 kunligida tugʻruqxonalarda davlat tomonidan emlash kalendar rejasiga asosan oʻtkaziladi. Xulosa: Yuqoridagi maʼlumotlardan koʻrinib turibdiki sil kasalligining oldini olishda profilaktik chora-tadbirlar, sanitariya targʻibot ishlari, emlash jarayonlarini toʻgʻri tashkil etilishi va oʻtkazilishining ahamiyati nihoyatda zarur hisoblanadi.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.