ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

SILGA CHALINGAN BEMORNIIG EPIDEMIOLOGIK XAVFINI BILDIRUVCHI MEZONLARI VA OLDINI OLISH CHORALARI

초록

Sil, dunyo miqyosida jiddiy va dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammo sifatida saqlanib qolmoqda. Yer yuzida yuz berayotgan toʻfonlar, ekologik fojialar, qashshoqlik, ijtimoiy oʻzgarishlar sil kasalligining koʻpayib ketishiga va epidemiya holatiga aylanishiga olib kelmoqda. 


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

BILDIRUVCHI MEZONLARI VA OLDINI OLISH CHORALARI

Djuraeva M.E., Rasulova K.M., Muxiddinova G.A.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat

salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi. Termiz, Oʻzbekiston Sil, dunyo miqyosida jiddiy va dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammo sifatida saqlanib qolmoqda. Yer yuzida yuz berayotgan toʻfonlar, ekologik fojialar, qashshoqlik, ijtimoiy oʻzgarishlar sil kasalligining koʻpayib ketishiga va epidemiya holatiga aylanishiga olib kelmoqda. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining xabar berishicha, yer yuzida taxminan 2,1 milliard odam sil bilan zararlangan. Yer yuzida sil kasalligi bilan kasallanish turli mamlakatlarda 100000 aholiga quyidagicha: Afrikada - 179,6; Amerikada – 32,7; Sharq va Oʻrta Yer dengizida – 74,7; Yevropada – 29,6; Osiyo va janubiy Sharqda – 146,7; Tinch okean orti davlatlarida - 54,5 ga toʻgʻri keladi. Sil bilan kasallanish va oʻlimning koʻpayishida boshqa qashshoq davlatlardan kelayotgan aholi va OIV-infeksiyasining tarqalishi muhim ahamiyatga ega. Rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarda OITS bilan kasallanish zamirida silning rivojlanish davri tezlashmoqda. Sildan kasallanish va oʻlim koʻrsatkichlarining eng yuqori darajasi 2002-yilda (100 ming aholiga nisbatan kasallanish – 79,6 va oʻlim – 12,3 ga teng) kuzatildi, ammo soʻngi 5 yilda kasallanish 14,7% ga(79,1 dan 67,5 ga 100 ming aholiga), oʻlim – 38,2% ga (12,3 dan 7,6 ga 100 ming aholiga) kamayishiga erishildi. Respublikamizda sil boʻyicha epidemik vaziyat tangligi saqlanib qolgani holda, shuni taʼkidlash joizki, maʼlum darajada kasallikning kamayish tendensiyasi kuzatilyapti. Keltirilgan koʻrsatkichlarga asoslangan holda sildan kasallanish va oʻlim koʻrsatkichi shu darajada ketadigan boʻlsa, 2015-yilda 100 ming aholiga nisbatan Respublikamizda kasallanish 60,4 ga, oʻlim esa 3,9 ga toʻgʻri kelishi bashorat qilinmoqda (A.M.Ubaydullayev). Oʻzbekistonda har yili, qariyb 18-20 ming nafar kishi silning faol turlari bilan ogʻriydi va 2 mingdan koʻproq bemor vafot etadi. Silga chalingan bemorniig epidemiologik xavfini bildiruvchi bir qator mezonlar mavjud: batsilla ajratish xususiyati, balgʻam ajratish va ularda nam xirillash boʻlishi, oilada bolalar va oʻsmirlar yashashi, sil oʻchogʻida yashovchi oila aʼzolari, sil bemori tomonidan sanitariya-gigiyena talablarini bajarishi. Sil oʻchogʻining atrofdagilarga xavf darajasini aniqlashda birinchi navbatda, sil bemorining bakteriya ajratish darajasini inobatga olish zarur. Hozirgi davrda ular nisbatan 3 guruhga boʻlinadi: 1) koʻp mikdorda: 2) oz mikdorda; 3) rasmiy bakteriya ajratuvchilar. Balgʻamda sil mikobakteriyasi bakterioskopik usulda yoki bakteriologik tekshirishda 20 va undan koʻp koloniya topilsa, bemor koʻp mikdorda bakteriya ajratuvchi hisoblanadi. Agar sil bakteriyasi balgʻamni faqat bakteriologik usulda 20 tadan kam koloniya topilsa, oz mikdorda bakteriya ajratuvchilar qatoriga kiritiladi. Rasmiy bakteriya ajratuvchilarda oldin bakteriya ajratgan, lekin hozir tekshirilganda, sil koʻzgʻatuvchisi topilmaganlar hisoblanadi. Shu munosabat bilan smlga qarshi dispanser DSENM va umumdavo tarmogʻi bilan birgalikda joylarda silga qarshi oʻtkaziladigan tadbirlarni kuchaytirishi zarur.

1. Bolalar muassasalari, bogʻcha, maktab, kolledj va axoli orasida sanitar

targʻibot ishlarini olib borish.

2. Tuberkulyozni oldinini olish maqsadida BSJ vaksinasi bilan emlash ishlari

olib borilishini nazorat qilish.

3. Aholini ovqatlanish tartibini nazorat qilishni, ularni toʻgʻri ovqatlanish

boʻyicha tushuntirish ishlari olib borish.

4. Aholi orasida bemorni buyumlarini alohidalash, ular foydalangan

buyumlarni zararsizlantirishni tushuntirish.

5. Bemor maxsus kaloriyali ovqatlanish ratsioniga amal qilishi haqida

tushuntirish ishlarini olib borish. Yuqoridagi tavsiyalar oʻz vaqtida bajarilsa va ular ustidan nazorat oʻz vaqtida olib borilsa, aholi oʻrtasida tuberkulyoz kasalligini kamaytirish mumkin. Shuni taʼkidlash lozimki, Oʻzbekistonda sil bilan kasallanish va oʻlim koʻrsatkichlari Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya Federatsiyasiga qaraganda 1,5-2 barobar kam. Sil epidemiologiyasining barcha yuqumli (infeksion) kasalliklarga xos boʻlgan xususiyatlari bilan bir qatorda sil infeksiyasining alohida tabiatiga aloqador bir qancha jihatlari ham mavjud. Uning tarqalishi, shu infeksiya keltirib chiqaradigan koʻpchilik xastaliklarning surunkali kechishi, odam organizmining kasallikka nisbatan immunobiologik holati oʻzgarishi shular jumlasidan. Jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga, aholining iqtisodiy, yashash va madaniy shart-sharoitlariga uzviy bogʻliqligi infeksiya tarqalishining eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Shu sababli, sil qadimdan bir vaqtning oʻzida yuqumli va ijtimoiy-iqtisodiy xastalik hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi jadal rivojlanayotgan mamlakat hisoblanadi. Hamma joyda emlash va qayta emlash ishlari bajarilayotgan boʻlsada, aholining sil bilan zararlanish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Shuni aytib oʻtish joizki, sil bilan zararlanganlarning hammasi ham kasal boʻlavermaydi. Buning uchun tegishli ichki va tashqi salbiy sharoitlar boʻlishi lozim. Shunday qilib, silning epidemiologik koʻrsatkichlari, asosan, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va xususan ilm-fan hamda sogʻliqni saqlash sohasidagi faoliyat taʼsirida shakllanadi. Sil xastaligining asosiy epidemiologik koʻrsatkichlari ancha pasaygan davlatlarda aholining turmush sharoitlari yaxshi boʻladi.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.