--⊱⊱ 173 ⊰⊰--
MOSLASHTIRILGAN MODELlI
Abdulloyeva Farida Xabibullo qizi
Samarqand viloyati Toyloq tumani
43-son DMTT direktor o’rinbosari
Annotatsiya: Ushbu maqolada Singapur ta’lim tizimining asosiy tamoyillari, “Kooperativ o‘qitish” modeli va interfaol metodlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga moslashtirilgan holda yoritiladi. Maqolada ushbu yondashuvlarning bog‘cha yoshidagi bolalarni tafakkurini rivojlantirish, ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarini shakllantirish va ijodkorlikni oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: Singapur dasturi, kooperativ ta’lim, maktabgacha ta’lim, interfaol metodlar, rivojlanish
Аннотatsiя: B данной статье рассматриваются основные принципы сингапурской системы образования и адаптatsiя модели «Кооперативного обучения» для дошкольных образовательных учреждений. Анализируется их влияние на развитие мышления, социальноэмоциональных навыков и творчества детей дошкольного возраста.
Ключевые слова: Сингапурская программа, кооперативное обучение, дошкольное образование, развитие
Annotation: This article describes the main principles of the Singapore education system and adapts cooperative learning strategies to preschool institutions. The paper highlights how these approaches develop children’s thinking, social-emotional skills, and creativity.
Keywords: Singapore program, cooperative learning, preschool, interactive methods, development
Bugungi globallashuv jarayonida ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash jarayonini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Jahonda rivojlangan davlatlar, xususan, Singapur ta’lim tizimi ta’lim oluvchilarni ijtimoiy, intellektual va kommunikativ jihatdan har tomonlama rivojlantiruvchi samarali yondashuvlari bilan mashhurdir. Ushbu tizimning asosiy ustunligi — interfaol, bolaga yo‘naltirilgan, hamkorlikka asoslangan metodlarning keng qo‘llanilishidir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Singapur metodlarini qo‘llash tarbiyalanuvchilarning mustaqil fikrlashi, muloqotchanligi va jamoada ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shuningdek, pedagogning jarayonda boshqaruvchidan ko‘proq yo‘naltiruvchi rolini bajarishiga imkon yaratadi.
Singapur modeli “Kooperativ ta’lim” tamoyillariga asoslanadi. Asosiy komponentlari:
1. Jamoaviy o‘rganish – bolalar kichik guruhlarda ishlaydi;
2. Faol ishtirok – har bir bola jarayonning to‘laqonli ishtirokchisidir;
3. Qiziqtiruvchi topshiriqlar – o‘yin, muloqot va harakatlar asosida o‘rganish;
4. Doimiy rag‘bat – kichik yutuqlarni ham e’tirof etish;
5. Muloqot va fikr almashish – har bir mashg‘ulot nutqiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ushbu tamoyillar ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalar uchun juda mos keladi, chunki ular o‘yin va muloqot jarayonida tez o‘zlashtiradilar.
Maktabgacha ta’limga moslashgan Singapur metodlari:
1. “Think–Pair–Share” (O‘yla – Juftlikda fikrla – Ulash).
--⊱⊱ 174 ⊰⊰--
Moslashuvi: Bolalarga rasm, o‘yinchoq yoki predmet ko‘rsatiladi. Avval o‘zi o‘ylaydi (2–3 soniya), keyin jufti bilan gaplashadi, oxirida butun guruhga aytadi.
Foydasi: Nutqni rivojlantiradi, o‘z fikrini ifoda qilishga o‘rgatadi, uyatchan bolalarni jarayonga jalb qiladi.
2. “Round Robin” (Aylana bo‘ylab fikr aytish).
O‘qituvchi savol beradi, bolalar navbat bilan javob aytadi.
Misol: “Yoz faslida nimalarni ko‘ramiz?” yoki “Qaysi mevalarni yoqtirasan?”
3. “Mix–Freeze–Pair” (Aralash — Qot — Juftlash)
Musiqa qo‘yiladi, bolalar harakatlanadi. Musiqa to‘xtaganda — juftlikka aylanib savolga javob beradi.
Samarali yo‘nalishlar: ranglar, fasllar, hayvonlar, sovuq-issiq tushunchalari.
4. “Gallery Walk” (Galereya bo‘ylab sayohat)
Bolalar kichik guruhlarda rasm chizishadi yoki konstruktorlardan maket yasa Gulchiroy Qizim, [04.12.2025 6:26]
aydilar. Har bir guruh boshqalar ishlari oldiga borib izoh beradi.
Foydasi: Kuzatuvchanlikni, ijodkorlikni, o‘z ishiga mas’uliyatni oshiradi.
Ta’limiy kartochkalar turli nuqtalarga joylashtiriladi. Bolalar guruhlar bo‘lib kelib predmet nomini aytadi, rangni aniqlaydi, harakatni bajaradi.
Singapur dasturi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yin, harakat, nutqiy faollik va jamoaviy ishlashga asoslanadi. Kooperativ o‘qitish strategiyalari bolalarning tafakkuri, nutqi, ijodkorligi va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirishda yuqori samaradorlikka ega. Bu metodlar tarbiyachining ishini yengillashtiradi va ta’lim jarayonini tizimli hamda samarali qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kagan, S. Cooperative Learning. Kagan Publishing.
2. Goh, C. B., & Gopinathan, S. Singapore Education: Preparing for the Future.
3. Tan, C. Education Policy in Singapore. Oxford University Press.
4. Maktabgacha ta’lim vazirligi metodik qo‘llanmalari.
5. Singapur Milliy Ta’lim Markazi materiallari.
6. UNESCO va OECD xalqaro tadqiqotlari.
7. Maktabgacha ta’limda innovatsion metodlar: ilk qadam dasturi, singapur metodi va kit thinger dasturining uyg‘unligi 2025. Scientific-jl.com — maqola onlayn mavjud.
8. Maktabgacha ta’limda STEM ta’lim texnologiyasidan foydalanish zarurati 2023. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. Online maqola.
9. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643- 9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI: 10.47191/ijmra/v3-i12- 09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323
10. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical possibilities of design activity in the process of increasing the qualification of preschool workers// European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8 Number 1 2020 Page 90-95 bet
11. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number 6, 2019. ISSN 2056-5852
12. Valiyeva. F.R., Kurbonov Sh. Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie // East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.