ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

SURXONDARYO VILOYATI AHOLISI SURXONDARYO VILOYATI AHOLISINI SO‘NGI YILLARDA O‘SISHI.

초록

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati aholisining keyingi yillardagi o‘sishi, migratsiyasi, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari haqida kerakli ma’lumotlar keltirilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

SURXONDARYO VILOYATI AHOLISINI SO‘NGI YILLARDA O‘SISHI.

Iskandarova Nozikoy Isomiddinovna Surxondaryo viloyati Termiz davlat universiteti geografiya magistratura 2-kurs.

Annotatsiya: Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati aholisining keyingi yillardagi o‘sishi, migratsiyasi, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari haqida kerakli ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Demografiya, tug'ilish darajasi, o'lim darajasi, doimiy aholi, tabiiy o'sish, turmush qurganlar.

Surxondaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941- yil 6- martda tashkil etilgan (1925- yil 29- iyundan Surxondaryo tumaniga aylangan). 1960-yil 25-yanvarda Qashqadaryo viloyatiga birlashtirilgan. 1964-yil fevralda qayta tashkil etilgan. Respublikaning janubi-sharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi vohadan oqib oʻtuvchi Surxon (fors-tojikcha “qizil”) daryosi nomidan kelib chiqqan. Janubda Amudaryo boʻyida Afgʻoniston, shimolda, shimolisharqda va sharqda Tojikiston, janubi-gʻarbda Turkmaniston, shimoli-gʻarbda Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 2612,4 ming kishi (2019-yil 1-oktabr holatiga). 14 tuman (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on), u yerda.114 ta shahar, 865 ta qishloq aholi punkti (2020). Markazi — Termiz shahri. Aholisi, asosan, oʻzbeklar (78%), shuningdek, tojik, rus, turkman, qozoq va boshqa millat vakillari (2004). Aholi oʻrtacha zichligi – 1 km² ga 130,0 kishi. Shahar aholisi 923,4 ming kishi, qishloq aholisi 1689,0 ming kishi (2019). Doimiy aholi. Surxondaryo viloyatida doimiy istiqomat qiluvchilar soni 2021- yil 1-yanvar holatiga 2 million 681 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilning yanvar-dekabrida esa 51,8 ming nafarga yoki 1,9 foizga o‘sdi. Jumladan, shahar aholisi soni 971,4 ming kishini (jami aholi ulushi 36,2 foizni tashkil etdi), qishloq aholisi soni 1709,6 ming kishi (63,8%). holatiga 2681,0 ming kishini tashkil etib, 2019-yilning yanvar-dekabr oylarida 51,8 ming kishiga yoki 1,9 % ga o‘sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 971,4 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 36,2 %), qishloq aholisi soni 1709,6 ming kishini (63,8 %) tashkil etdi.

E‘tibor bering: 2020-yil yanvar- dekabr

Aholi soni 51,8 ming kishiga ko‘paydi.

Tirik tug‘ilganlar soni 74,6 ming nafarni tashkil etdi.

FHDYO bo‘limlarida 24,8 mingta nikoh va 1,6 mingta ajralishlar ro‘yxatga olindi.

Surxondaryo viloyati aholisining umumiy o‘sishi

(2020-yil yanvar- dekabr oylarida) tumanida 77,0 ming kishi (2,9 %) tashkil etdi. tumanida 76,5 ming kishi (2,9 %) tashkil etdi.

Hududlar kesimida aholining eng yuqori o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan Termiz shahri 1,8 % ni, Denov tumani 2,0 % ni va Sariosiyo 1,8 % ni, aksincha eng kam o‘sish sur’ati Qiziriq tumanida –1,6 % ni tashkil etdi.

Jinsi bo‘yicha doimiy aholi sonining bo‘linishi

(2021- yil 1- yanvar holatiga, ming kishi dastlabki ma’lumot)

Tumanlar erkak ayol Surxondaryo viloyati 1354,8 1326,2

Termiz sh. 90,3 92,6

Oltinsoy 92,4 87,7

Angor 67,4 67,3

Bandixon 39,1 37,9

Boysun 60,2 57,3

Muzrabot 71,5 72,7

Denov 200,2 192,1

Jarqo‘rg‘on 113,9 108,2

Qumqo‘rg‘on 118,1 120,6

Qiziriq 58,5 57,4

Sariosiyo 106,4 106,7

Termiz 39,5 39

Uzun 88,8 85,1

Sherobod 100,1 97,3

Sho‘rchi 108,4

Tug‘ilish. 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida 74,6 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib (bu yerda va bundan keyin tug‘ilganlarga faqat tirik tug‘ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 28,1 promilleni tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 0,1 promillega oshgan (2019-yilning yanvar-iyun oylarida 28,0 promille bo‘lgan).

Tug‘ilish koeffitsiyenti. 2019- yilning mos davriga nisbatan jumladan. Termiz shahrida (30,6 promilledan 22,6 promillega), Oltinsoy (28,8 promilledan 28,0 promilega) ga kuzatildi.

Ma’lumot uchun

Tirik tug‘ilganlik mezonlaridan (nafas, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyoriy qisqarishi) biri mavjud bo‘lsa ham bola tirik tug‘ilgan hisoblanadi. Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning bo‘yi25smva undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lishi lozim.

Surxondaryo viloyati bo‘yicha tug‘ilganlar soni (2019-2020- yil yanvardekabr oylari)

Tumanlar 2019- y 2020- y O‘sish

sur’ati o‘tgan

yilga nisbatan %

Surxondary o viloyati

72 680 74 616 102,7

Termiz sh. 4041 5553 137,4

Oltinsoy 4878 5142 105,4

Angor 3497 3517 100,6

Bandixon 2371

Boysun 3105 3020 97,3

Muzrabot 3764 3802 101,0

Denov 10839 11070 102,1

Jarqo‘rg‘on 6042 6358 105,2

Qumqo‘rg‘o n

6867 6666 97,1

Qiziriq 5055 3325 65,8

Sariosiyo 5682 5815 102,3

Termiz 2929 1934 66,0

Uzun 4835 4774 98,7

Sherobod 5130 5129 100,0

Sho'rchi 6016 6140 102,1

Tumanlar kesimida tug‘ilganlar koeffitsiyenti

(2019-2020- yil yanvar-dekabr, kishi)

2019- y. 2020- y. O‘sish sur’ati o‘tgan

yilga nisbatan (+;-)

Surxondaryo viloyati

28,0 28,1 100,4

Termiz sh. 22,6 30,6 135,4

Oltinsoy 28,0 28,8 102,9

Angor 26,7 26,4 98,9

Bandixon 31,2

Boysun 27,2 25,9 95,2

Muzrabot 26,9 26,6 98,9

Denov 28,5 28,5 100,0

Jarqo‘rg‘on 28,0 28,9 103,2

Qumqo‘rg‘on 29,8 28,2 94,6

Qiziriq 45,2 29,0 64,2

Sariosiyo 27,4 27,5 100,4

Termiz 38,7 24,9 64,3

Uzun 28,5 27,7 97,2

Sherobod 26,8 26,3 98,1

Sho'rchi 29,2 29,2 100,0

Vafot etganlar. 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida 11,9 mingta o’lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi, 2019- yilning mos davriga nisbatan 0,4 promillega kamaydi (2019- yilning yanvar-dekabr oylarida 4,1 promille bo‘lgan).

O‘lim koeffitsiyenti. 2019-yilning mos davriga nis-batan ko‘payishi Termiz sh. (5,5 promilledan 3,6 promil-lega), Denov (4,5 promilledan 4,0 promillega), Angor (4,8 рromilledan 4,5 promillega), Jarqo‘rg‘on (4,9 pro-milledan 4,4 promillega) tumanlarida kuzatildi.

2020-yilning yanvar-dekabr oylarida 11,9 ming nafar o‘lim qayd etilgan bo‘lib, vafot etganlarning 62,3 % i qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 5,9 % i o‘simtalardan, 4,0 % i baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,5 % i ovqat hazm qilish a’zo-lari kasalliklaridan, 7,4 % i nafas olish a’zolari kasalliklaridan 1,5 % i yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 14,4 % i boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 0,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 58,1 % i perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 22,3 % i nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 14,0 % i tug‘ma anomaliyalardan va 5,6 % i boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Tabiiy o’sish. 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida aholining tabiiy o‘sishi 62,7 ming kishini (2019-yilning yanvar-dekabr oylarida 62,1

Nikoh tuzganlar. 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO оganlari tomonidan 24,8 ming nikoh qayd etildi, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 9,3 promilleni tashkil etdi.

Nikohdan ajralishlar. 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan 1,6 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan koeffitsiyenti, 0,6 promilleni tashkil etdi.

Nikoh tuzganlar soni. 2019- yilning mos davriga nisbatan ka-mayish sur’atlari Denov (441), Qum-qo‘rg‘on (508), Jarqo‘rg‘on (456 ), Termiz tumani (446 ) to‘g‘ri kelmoqda

Nikohdan ajralishlar soni. 2019- yilning mos davriga nisbatan yuqori kamayish sur’atlari Jarqo‘rg‘on (45), Denov (78), Termiz shahri (10), Uzun (43) to‘g‘ri kelmoqda.

Migratsiya. 2020-yil yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 8,5 ming kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 19,4 ming kishini tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 10,9 ming kishi bo‘lib, 2019-yilning mos davrida minus 2,9 ming kishi bo‘lgan.

Migratsiya saldosining yuqori darajasi Denov tumanida (minus 1,6 ming kishi), Uzun tumanida (minus 1,6 ming kishi), Sariosiyo (minus 1,2 ming kishi), Jarqo‘rg‘on (minus 1,0 ming kishi) qayd etildi.

Adabiyotlar ro’yxati:

P.Baratov , “O’zbekiston tabbiy geografiyasi” –T O’qituvchi 1996-y

2.A.Soliyev ,Muxammadiyev “Iqtisodiy geografiya asoslari” T: O’zbekiston 1996-69.

3. A.Soliyev,Nazarov M,Qurbonov Sh. “O’zbekiston hududlarini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish” T-Mumtozso’z. 2010-y

4.”Tarixdan manzaralar” Surxandaryo T-1991

5.”Mustaqillik yillarida O’zbekiston viloyatlari” T-Sharq .1996

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.