ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

SURXONDARYO VILOYATINING INVESTITSION IMKONIYATLARI

초록

Har bir hududning ma’lum bir imkoniyatlari mavjud bo‘lib, oqilona investitsion siyosat orqali samaradorlikka erishish mumkin. Xususan, Surxondaryo viloyatining o‘ziga xos-jihatlari: agrar sohada, sanoat, mehnat resurslari, jug‘rofik imkoniyatlari shular jumlasidan. Ushbu maqolada oxirgi yillarda erishilgan yutuqlar va ularni oshirish imkoniyatlari, statistik tahlillar, xulosa va takliflar yoritilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

SURXONDARYO VILOYATINING INVESTITSION IMKONIYATLARI

Turdinazarova Yorqinoy Sirojiddin qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

iqtisodiyot mutaxassisligi 1-bosqich magistranti

Rahmatullayev Bobur Chorshamiyevich i.f.f.d (PhD), (TISU)

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Moliya va turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya. Har bir hududning ma’lum bir imkoniyatlari mavjud bo‘lib, oqilona investitsion siyosat orqali samaradorlikka erishish mumkin. Xususan, Surxondaryo viloyatining o‘ziga xos-jihatlari: agrar sohada, sanoat, mehnat resurslari, jug‘rofik imkoniyatlari shular jumlasidan. Ushbu maqolada oxirgi yillarda erishilgan yutuqlar va ularni oshirish imkoniyatlari, statistik tahlillar, xulosa va takliflar yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Investor, iqtisodiy-ijtimoiy o'sish, faol investitsiya siyosati, tabiiy resurslar, agrar sektor, davlat dasturlari, statistik ko'rsatkichlarni tahlil qilish, Surxondaryo viloyati bo ' yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi.

Аннотация. У каждого региона есть определенные возможности, и эффективность может быть достигнута за счет разумной инвестиционной политики. В частности, особенности Сурхандарьинской области: аграрная сфера, промышленность, трудовые ресурсы, географические возможности. В этой статье рассматриваются достижения последних лет и возможности их увеличения, статистический анализ, выводы и предложения.

Ключевые слова: Инвестор, экономико-социальный рост, активная инвестиционная политика, природные ресурсы, аграрный сектор, государственные программы, анализ статистических показателей, объем валового регионального продукта по Сурхандарьинской области.

Annotation. Each region has certain opportunities, and efficiency can be achieved through a sound investment policy. In particular, the peculiarities of the Surkhandarya region: the agricultural sector, industry, labor resources, geographical opportunities. This article examines the achievements of recent years and the possibilities of increasing them, statistical analysis, conclusions and suggestions.

Keywords: Investor, socio-economic growth, active investment policy, natural resources, agricultural sector, government programs, analysis of statistical indicators, the volume of gross regional product in Surkhandarya region.

Kirish.

Har qanday hududning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning muhim shartlaridan biri investorlar uchun qulay sharoit yaratish va hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hisoblanadi. Hududda shart-sharoitlar yaratilmas ekan barqaror iqtisodiy-ijtimoiy o‘sish haqida gap bo‘lishi dargumon. Dunyo mamlakatlari iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish orqali bunga yaqqol amin bo‘lish mumkin. Chunki, investor qayerda imkoniyat va shart-sharoit, moliyaviy xatarlarni boshqarish imkoniyati mavjud bo‘lsagina kapitalini olib kiradi.

Shuning uchun hozirgi kunda mamlakatimizdagi faol investitsion siyosat olib borishdagi islohotlarning izchilligiga ustuvorlik sifatida asosiy e’tibor qaratish muhimligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev: “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki,qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan”1,– deb e’tirof etib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. 1960-yil 25-yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964-yil fevralda qaytadan tashkil qilindi.

Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shimoli-gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 2959,823 ming kishi (2024-yil 1-iyun holatiga koʻra). Markazi — Termiz shahri.2

Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning janubida joylashgan bo‘lib, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga ega. Viloyat quyidagi asosiy jihatlari bilan ajralib turadi:

1. Tabiiy resurslar: Surxondaryo viloyati tabiiy gaz, neft, minerallar va boshqa resurslarga boy. Bu resurslar sanoatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish uchun imkoniyat yaratadi. 1 1 Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisга Murojaatnomasi. 2018-yil 28-dekabr. 2 https://uz.wikipedia.org/

2. Agrar sektor: Viloyatda qishloq xo‘jaligi rivojlangan, paxta, meva-sabzavotlar kabi mahsulotlar yetishtiriladi. Ushbu sohani diversifikatsiya qilish va eksport salohiyatini oshirish uchun investitsiyalar jalb qilish mumkin.

3. Transport infrastrukturasі: Surxondaryo viloyati transport yo‘llari bilan yaxshi bog‘langan, bu esa mintaqaning savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirishga yordam beradi.

4. Turizm salohiyati: Viloyatda tarixiy va madaniy obidalar mavjud bo‘lib, bu turizm sohasida investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini yaratadi. Ayniqsa, Termiz shahridagi tarixiy joylar diqqatga sazovor.

5. Sanoat rivojlanishi: Viloyatda sanoat korxonalari soni ortib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imkoniyat yaratadi.

6. Davlat dasturlari: O‘zbekiston hukumati tomonidan investitsiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan bir qancha dasturlar amalga oshirilmoqda, bu esa investorlar uchun qulay shart-sharoitlarni taqdim etadi.

Surxondaryo viloyati o‘zining tabiiy resurslari, agrar sektori va transport infratuzilmasi bilan investorlar uchun qiziqarli hudud hisoblanadi.

Demak, tadbirkorlik va investitsiyaviy faoliyatni rivojlantirish orqali hudud iqtisodiyotini yanada rivojlantirish imkoniyati mavjud.

Statistik ko‘rsatkichlar tahlili

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yil uchun Surxondaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 54 354,1 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yil bilan taqqoslaganda 5,9 % ga o‘sdi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Surxondaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 3,7 % ga yetdi. 1-rasm.

1-rasm. Surxondaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi3

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 1 454 573,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning mos davriga nisbatan 6,5 % ga o‘sdi. Demak, viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘sish ko‘rsatkichi respublika ko‘rsatkichidan past bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida, barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 493 652,0 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,6 foizni tashkil etdi.4

Shu davrda, Surxondaryo viloyatida 15 277,5 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 79,3 % ni tashkil etgan. 3 Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 4 Stat.uz

2-rasm. Surxondaryo viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi.

Ushbu ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi jamiga nisbatatan tog‘-kon sanoati (28.7%), turar-joy qurilishi (16.4%), ishlab chiqarish sanoati tarmoqlarida (13.6%) yuqori.

Xulosa

Viloyatning agrar sohasi imkoniyatlaridan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, bu sektorga investitsiyalarni yanada keng jalb etish hududning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘sishiga olib keladi. Chunki, hudud aholisining aksar qismida yer bilan ishlash va agrobiznes bilan shug‘ullanish malakasi mavjud. Fikrimiz isboti sifatida, birgina poliz mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha quyidagi ma’lumotni keltiramiz:

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 351,5 ming tonna poliz (2023-yilga nisbatan 3,3 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Poliz ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, poliz ishlab chiqarish umumiy hajmidan 58,0 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatilmoqda.5

Bu sektorni yanada rivojlantirish yangi ish o‘rinlari yaratish, ichki va tashqi bozorga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish parametrlarini ijobiy o‘sishiga olib keladi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1. Karimov N.G‘., Xojimatov R.X., Razzoqov J.X. Investitsiya. O‘quv qo‘llanma.–

T.: TDIU, 2019.– 343 b.

2. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil uchun

mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisга

Murojaatnomasi. 2018-yil 28-dekabr.

3. https://stat.uz/uz/default/press-relizlar

4. https://surxonstat.uz/uz/default/press-relizlar 5 surxonstat.uz

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.