ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

TABIIY FANLARNI O‘QITISH MEXANIZMLARINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

초록

Ushbu maqolada bugungi zamonaviy ta’limda integrativ yondashuvning o‘rni va ahamiyati, tabiiy fanlarni o‘qitish mexanizmlarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishning afzalliklari faqida yoritilgan. Fanlararo yondashuvni tashkil etish ta’lim sifatini oshirishi va o‘quvchilar dunyoni yaxlit bir butun holda idrok etishga yordam berishi nazarda tutilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Azіza Normurotova

Termіz davlat pedagogіka іnstіtutі

Erkin tadqiqotchіsі, Denov tadbіrkorlіk va pedagogіka іnstіtutі

"Boshlangʻіch taʼlіm metodіkasі" kafedrasі oʻqіtuvchіsі

Tel: +998906450244

E-maіl: azіzanormurodova68@gmaіl.com

Kalit so‘zlar: Sience, integratsiya, boshlang‘ich ta’lim, o‘quv predmeti, ta’lim, innovatsiya.

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi zamonaviy ta’limda integrativ yondashuvning o‘rni va ahamiyati, tabiiy fanlarni o‘qitish mexanizmlarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishning afzalliklari faqida yoritilgan. Fanlararo yondashuvni tashkil etish ta’lim sifatini oshirishi va o‘quvchilar dunyoni yaxlit bir butun holda idrok etishga yordam berishi nazarda tutilgan.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕХАНИЗМОВ ПРЕПОДАВАНИЯ

ЕСТЕСТВЕННОСТИ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА

Ключевые слова: Наука, интегратция, начальное, учебный, предмет, образование, инноватции

Аннотатция:В данной статье описаны роль и значение интегративного подхода в современном современном образовании, преимущества совершенствования механизмов преподавания естественных наук на основе интегративного подхода. Предполагается, что организация междисциплинарного подхода повысит качество образования и поможет студентам воспринимать мир в целом.

IMPROVING NATURAL SCIENCE TEACHING MECHANISMS BASED ON

AN INTEGRATIVE APPROACH

Keys word: Sience, integration, primary education, educational subjest, education, innovation.

Annotation:This article describes the role and importance of the integrative approach in today's modern education, the advantages of improving the mechanisms of teaching natural sciences based on the integrative approach. It is assumed that the organization of an interdisciplinary approach will increase the quality of education and help students perceive the world as a whole.

Kirish: So‘nggi yillarda mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida barcha fanlarni hozirgi zamon talablariga muvofiq holda o‘qitish bo‘yicha tizimli islohotlar olib borilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, kishilik jamiyati hayotida bilim berish va ilmma’rifatning ahamiyatining izchil oshib borilayotganligi bilan uzviy bog‘liqligidir. Bunga prezidentimizning “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-sonli qarori [1.1] milliy o‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab 1-6-sinflarda yagona “Tabiiy fanlar” (Sience) joriy qilinishinini misol qilib keltirishimiz mumkin. “Tabiiy fanlar” bevosita aniq fanlarni integrativ tartibda o‘qitilishiga olib keladi. Bugungi kunda integratsion ta’lim taraqqiyoti bo‘lib qolmasdan, u jamiyat, fan va texnika taraqqiyoti, davlatlar va millat rivoji uchun ham muhim o‘rin tutadi.

So‘ngi yillarda tez tez duch kelayotganimiz integratsiya tushunchasi XVIII asrning yigirmanchi yillarida ingliz olimi G. Spenser tomonidan fanga kiritilgan.

Integratsiya - lotincha integration so‘zidan olingan bo‘lib, tiklash to‘ldirish, integr- to‘liq, yaxlit bir butun holga keltirish degan ma’nolarni anglatadi.

R.A. Mavlonova shunday yozadi: “Integratsiya – ―butun degan ma’noni bildiradi, demak, bu tafakkur o‘sishi jarayonining turli qism va integratsiya atama va uslubiy nuqtaiy nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko‘rib chiqaylik[2]. Integrativ ta’lim jarayonida o‘quvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat qonunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning o‘zaro munosabatlari haqida xar tomonlama bilimlarga ega bo‘lib kamol topadi[2]. Tabiat go‘zalligini xis qila olish, undan zavqlanish, e‘zozlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ta’limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qo‘llash ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta’lim muassasalari o‘quv jarayoni uchun tadbiqiy tus olishi lozim.[2]

Asosiy qism: Ta’lim integratsiyasi – fanlararo aloqaning yuqori darajasi, bir butun integrallashgan bilimlarni yaratishga imkon beruvchi vosita hisoblanadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ta’lim tizimida integratsiya ikki xil ma’noda qo‘llanilishi mumkin.

1. O‘quvchilarda atrofimizdagi olam haqida bir butun, yaxlit tasavvurni shakllantirish (bunda integratsiya ta’lim maqsadi sifatida qaraladi)

2. Predmetlardan beriladigan bilimlarni yaqinlashtirishning umumiy platformasini toppish ( bu yerda integratsiya – ta’lim vositasi hisoblanadi[3.144])

Zamonaviy tadqiqotlarda “Tabiiy fan” nafaqat tabiiy fanlar, balki ijtimoiygumanitar turkumdagi fanlar bilan ham bevosita o‘zaro integratsiyalashib borayotganligi e’tirof etilmoqda. Fanlar rivojlanishini hozirgi postnoklassik bosqichi o‘zida integrativlik xususiyatini namoyon etib, ilmiy muammolarni toboro fanlararo aloqadorlikda, hamkorlikda yechish xarakteriga ega bo‘lib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida «O‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta'limi sohasiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish» vazifalari belgilangan.

Tadqiqotchi N.Yusupovaning fikricha: “Fanlararo aloqadorlik tashkiliy metodik aloqadorliklardan iborat”. Olima o’z tadqiqotlarida fanlararo aloqadorlikning bir necha ko’rinishlarda tasniflaydi:

- bilimdagi bog’lanishlar bo’yicha: reproduktiv, izlanish, ijodiy;

- amalga oshirish bo’yicha: sinflararo, turkum ichida, turkumlararo, izchil, birgalikda, istiqboldagi;

- o’zaro fanlar bog’lanishiga ko’ra: bir, ikki va ko’p tomonlama;

- davomiyligiga ko’ra: epizodik, doimiy, tizimli;

- maqsadiga ko’ra: sinf va sinfdan tashqari; - shakliga ko’ra: yakka, guruhda, jamoada.[4.10]

Tabiiy fanlar integratsiyasi – fizika, kimyo, bialogiya, astranomiya fanlari o‘rganadigan tabiatga oid g‘oya, tushuncha, qonun hodisalarni bir butun, yaxlit holga keltirib, o‘quvchilarga umumlashtirilgan yagona (bir butun) ta’lim berish jarayoni hisoblanadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining haftalik yuklamasi ko‘pligi ularning sifatli ta’lim olishini ta’minlamaydi, aksincha ularni toliqtiradi. Shu sababli fanlarni qisqartirib integrativ tarzda darslarni tashkil etish ham dars yuklamasi kamayishi, ham o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari ortishiga olib keladi. Bu esa ularning o‘zlari qiziqqan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari hamda shaxsiy rivojlanishlari uchun imkoniyat beradi.

: Mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish, ta'lim muassasalari moddiytexnik bazasini mustahkamlash, ta'lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar o'qitish jarayoniga xalqaro tajribalarni samarali tatbiq etish, o'quvchilarning tabiiy-intellektual qobiliyatini rivojlantirishda integrativ ta'lim texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshiradi. Shu sababli integrativ yondashuv asosida o'quvchilarda tayanch va fanga doir xususiy kompetentsiyalarni shakllantirish metodikasini elektron ta'lim resurslaridan foydalanish asosida takomillashtirish lozim[5:245].

1- sinf o‘quvchilariga tabiiy fanlarni o‘qitishda 1-sinflar uchun 2023-2024- o‘quv yilidan boshlab ta’sis etilgan informatika fani bilan integratsiyalab ta’lim berish o‘rganilishi kerak bo‘lgan mavzuni yanada mukammal va teran idrok etilishiga yordam beradi.

1-sinf tabiiy fanlar dasturida bo‘yicha o‘qitilishi kerak bo‘lgan “Men izlanuvchiman” mavzusini o‘qitish davomida dunyoni qaysi nimalar orqali o‘rganilishi, kichik izlanuvchiga qaysi tana a’zolari yaqindan yordam berishi haqida bilimlar beriladi. Bu o‘z navbatida informatika fan dasturida belgilangan “Mening sezgi organlarim” mavzusi bilan o‘zaro bog‘liq holda ekanligini ko‘rishimiz mumkin. O‘quvchilar bir darsda o‘tirib ham bir necha fanlar uzra bilimga ega bo‘ladi, bu esa butun olamni, borliqni bir butun holda o‘rganishga yordam beradi.

Bundan tashqari tabiiy fanlar va tarix faninlarini o‘zaro integratsiyalashuvi ham o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Ma’lum o‘simlik yoki tog‘ jinslari, tabiat hodisalari haqidagi olimlar fikrlari yoki kashfiyotlarni darsda foydalanish mumkin[6:115]. Dorivor o‘simliklar haqida gi mavzularni o‘rganish jarayonida turli xil ekskursiyalarni tashkil etish, o‘sha hudud tarixi va u yerdagi tarixiy qadamjolar bilan tanishtirish, dorivor o‘simliklar haqidagi Ibn Sinoning fikrlarini o‘rganish dars sifatini yanada oshirishga yaqindan yordam beradi.

Bugungi zamonaviy ta’lim tizimimda 50/50 tamoyiliga asoslangan holda o‘qitilmoqda. Ya’ni ellik foiz nazariy, ellik foiz amaliy tarzda bilim olish demakdir.Bu o‘z navbatida o‘quvchilar dars davomida egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini kundalik hayotda qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirishga yordam beradi. Bunda mashq daftarlarida keltirilgan amaliy mashg‘ulotlar va topshiriqlar didaktik vosita bo‘lib hizmat qiladi.

Xulosa: Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bugungi kunda ta’limda integrativ yondashuv rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidan allaqachon joy olgan va bu o‘z samarasini ko‘rsatib kelmoqda. Ta’lіm jarayonіda fanlararo aloqadorlіk ta’mіnlangan sharoіtda o‘quvchіlarnіng egallagan bіlіmlarі samaralі rіvojlanіshі bіlan bіr qatorda ularnіng іdrok etіsh qobіlіyatі, faollіklarі, qіzіqіshlarі, aqlіy іntellektual іmkonіyatlarі ortіshіga erіshіladі. O‘quv jarayonіda fanlararo aloqadorlіknі turlі o‘quv predmetlarі bo‘yіcha o‘quv dasturlarі, darslіklar mutanosіblіgіnі ta’mіnlovchі dіdaktіk іmkonіyat sіfatіda tushunіsh lozіm.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.08.2020 yildagi PQ-4805- son

2. “Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda ekologik kompitensiyalarini shakllantirishning pedagogic shart sharoitlari” Sience and innovation.Hayitov A. Mansurova Sh. 2022.

3.”Malaka oshirish tizimida integratsiya va innovatsiyon tafakkur uyg‘unligi masalasi: muammo va yechimlar” Xalqaro ilmiy amaliy anjuman. Musayeva M. Umidov A 2020.

4. Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim: innovatsialar, muammolar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Xalqaro ilmiy amaliy anjumanlar materiallar to‘plami. Mardonova L.2023.

5. .Ta’limda integrativ texnologiyalardan foydalanish. “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida madaniy muhitni yaratishning pedagogic texnologiyalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani. Yo‘ldoshova I. 15-16-may 2023.

6.Ergashev J. “ Talabalarni integrativ yondashuv asosida tabiiy fanlarni o‘qitishga tayyorlash metodikasi”. Golden brain 2023. 115-bet.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.