ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA SOLIQ TIZIMINING TA’SIRI

초록

Maqolada soliq yukining ahamiyati,soliq yukini hisoblashning mexanizmi va soliq yukining tadbirkorlik  faoliyatiga taʼsiri koʻrsatilgan. Soliq, soliqqa tortish, soliq yukining muhimligi tushunchalarini farqlash. Tadbirkorlarning soliqqa tortilishini tavsiflovchi boshqa koʻrsatkichlar koʻrib chiqiladi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun soliq va soliq yukining koʻrsatkichi muhimligi roli aniqlandi. Ushbu koʻrsatkichni aniqlashning turli yondashuvlari va tahliliy jarayonlari koʻrib chiqildi, soliq yukini hisoblashning keltirilgan usullarda afzalliklari va kamchiliklari ko’rsatib o’tildi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA SOLIQ TIZIMINING TA’SIRI

Termiz davlat universitet o’qituvchisi Hojiqulova Feruza Dona qizi

3-kurs talabasi Jabborov Abbos G’affor o’g’li

ANNOTATSIYA

Maqolada soliq yukining ahamiyati,soliq yukini hisoblashning mexanizmi va soliq yukining tadbirkorlik faoliyatiga taʼsiri koʻrsatilgan. Soliq, soliqqa tortish, soliq yukining muhimligi tushunchalarini farqlash. Tadbirkorlarning soliqqa tortilishini tavsiflovchi boshqa koʻrsatkichlar koʻrib chiqiladi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun soliq va soliq yukining koʻrsatkichi muhimligi roli aniqlandi. Ushbu koʻrsatkichni aniqlashning turli yondashuvlari va tahliliy jarayonlari koʻrib chiqildi, soliq yukini hisoblashning keltirilgan usullarda afzalliklari va kamchiliklari ko’rsatib o’tildi.

Kalit so’zlar: Tadbirkorlik, soliq, soliq yuki, sun’iy intellektning soliq tizimiga ta’siri, soliq islohotlari,soliq integratsiyalashuvi va optimallashtirish.

Kirish. Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirib borish muhim masalalardan hisoblanadi.

2022-yilning 22-dekabrida mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga atroflicha to‘xtalib, 2023-yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalarini belgilab berdilar. Vaholanki, erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash Konstitutsiyada alohida o‘rin egallashi lozim ekanligini ta’kidlab o’tdilar. Shuningdek, bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan keskin jarayonlardan barchamiz xabardormiz. Jahonda murakkab geosiyosiy vaziyat, energiya resurslari tanqisligi kuchayib bormoqda, oziq-ovqatga ehtiyoj ortib, moliyaviy resurslar qimmatlashmoqda. Bunday vaziyatda, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, iqtisodiy islohotlarni qat’iy davom ettiramiz, ichki imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilib, xususiy sektorni yanada qo‘llab-quvvatlaymiz. Buning uchun, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini tobora yaxshilash bo‘yicha islohotlarni jadallashtiramiz, Birinchi navbatda, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy etilishi, kelgusi yildan boshlab tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratilishi. Jumladan, tadbirkorlik uchun har tomonlama rivojlangan 26 ta tuman – 1-toifaga; infratuzilmasi yaxshi bo‘lgan 46 ta tuman – 2- toifaga; sharoiti nisbatan qoniqarli bo‘lgan 76 ta tuman – 3-toifaga; jozibadorligi yetarli bo‘lmagan 40 ta tuman – 4-toifaga; sharoiti og‘ir bo‘lgan 20 ta tuman – 5- toifaga to‘g‘ri kelishi, shuningdek, toifaga qarab, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishini belgilanishinishi, tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratilishi, Ular uchun soliq stavkalari har xil bo‘lishi, misol uchun, beshinchi toifaga kiruvchi, sharoiti eng og‘ir bo‘lgan 20 ta tuman uchun aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq stavkalarini 1 foiz miqdorida belgilanishini, mazkur tumanlardagi tadbirkorlar yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning atigi 1 foizini to‘lashi, yakka tadbirkorlar qat’iy stavkadagi soliqlarni to‘lashdan ozod etilishi, byudjet xarajatlari, aholi va tadbirkorlar oldidagi majburiyatlarimizni qisqartirmagan holda, biznesga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishi, jumladan, 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion so‘m mablag‘ qolishi, lekin biznes muhitini yaxshilash uchun faqat soliqni kamaytirishning o‘zi yetarli emasligi, ma’muriy bosimlarni kamaytirib, tadbirkorlik sohasida javobgarlikni yengillashtirish bo‘yicha boshlagan islohotlarimizni jadal davom ettirishini ta’kidlab o’tdilar [1].

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini yoritib berdi. N.Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo‘lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», «soliqlar bilimga ega bo‘lish bilan birga paydo bo‘lib, uning belgisi bo‘lib qoldi Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to‘g‘risida; yig‘iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so‘zlardan yana bir bor amin bo‘lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida tutgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo‘ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi. Shu kabi soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan turli ta’riflarni keltirib o‘tish joizdir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan er mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to‘lanadi». Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan. Keyingi mos ta’rif S.Pepelyaev tomonidan keltirilgan: «Soliq - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir».

Jumladan, S.H. Gataulin «...soliqlar o‘zi nima va ular nimaga kerak», degan savolga quyidagicha javob beradi: «Soliqlar — bu davlat sarf-xarajatlarining asosiy manbayi bo‘lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni barqarorlashtiruvchi vositadir». Shuningdek, professor D.Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan xo‘jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi».

Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolada qoʻyilgan masala muammosini koʻrib chiqishda sintez va analiz, eksport baholash usuli boʻldi.

Tahlil va natijalar. Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, tadbirkorlik qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va Iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilishga qaratilgan maqsad va vazifalarning ijrosini ta’minlash ma’muriy usullar bilan emas, balki haqiqiy bozor mexanizmlarini amaliyotga joriy etish orqali amalga oshirilishi lozimligi zaruriyati hamda ushbu holatda foydalaniladigan iqtisodiy faoliyatlar ichida soliqlar alohida mavqega egaligi maqbul soliq yuki va soliqlar bo’yicha imtiyozlar berishning maksimal nuqtasi masalalarini nazariy jihatdan tadqiq qilish hamda ular bo’yicha amaliy tavsiyalar berishni bugungi kun mezonining eng dolzarb va kechiktirib bo’lmaydigan muammosiga aylantiradi. Har qanday davlatda soliq yukining maqbul miqdorlarini belgilanishi asosiy makroiqtisodiy masalalar toifasiga kiritiladi. “Soliq yuki” atamasi nisbiy ko’rsatkich hisoblanadi, chunki u soliq summalarini ma’lum moliyaviy ko’rsatkichlar orqali ifodalaydi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, shuningdek texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish korxonalarni mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarini doimiy ravishda kamaytirib borishni taqozo etadi. Iqtisodiy adabiyotlarda soliq yuki darajasi qanchalik miqdorda kam bo’lsa, iqtisodiyot shunchalik har tomonlama barqaror rivojlanishi to’g’risida ko’plab ta’riflar keltirilgan. Demak, soliqlar miqdori qanchalik kam bo’lsa, mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi ko’rsatkichlari shunchalik yuqori bo’ladi.

Ta’kidlash joizki, kichik korxona va mikrofirmalarning moliyaviy natijasi ya’ni foyda solig‘ini to‘laguniga qadar foyda (zarar) miqdori sifatida ishlatilishi nazarda tutiladigan bo‘lsa, ushbu soha darajasidagi faoliyatini ma’noda ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida amalga oshirilgan ishlar va uning natijalari bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini ko‘rib chiqish lozim.

1-jadval.

Hududlar bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalarning foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar (-) va sof foydasi (zarar (-) miqdori, mlrd. so‘m

Foyda solig‘ini

to‘lagunga qadar foyda

(zarar (-))

farq

(+;-)

2020-

yil

2020-

yilga

nisbatan

sof foyda (zarar (-)) farq

(+;-)

2020-

yil

2020-

yilga

nisbatan

2020 2021 2022 2020 2021 2022 O‘zbekiston 15 23 21 5 878.8 11 17 13 2471.6 Respublikasi 963,2 070,0 842,0 419,8 225,1 891,4 Qoraqolpog’iston Respublikasi

402.6 590,3 498,4 95,8 288,2 407,0 338 99.8 Viloyatlar: Andijon 628,7 929,5 1 097 468,3 436,6 686,5 799,2 362.6 Buxoro 810,5 836,6 500,7 -309.3 435,7 547,1 187,8 -247.9 Jizzax 209,8 25,3 457 247,8 112,6 90,9 324,9 212.3 Qashqadaryo 271,9 437,2 666,5 394,6 142,4 280,4 485,9 343.5 Navoiy 201,1 362,0 630,5 429,4 106,2 246,6 477,8 371.6 Namangan 656,2 1027,5 739,9 83.7 464,5 809,1 528,1 63.6 Samarqand 551,9 896,7 992 440,1 285,4 572,7 632,9 347.5 Surxondaryo 252,3 201,3 143,6 108,7 115,6 26,6 18,6 -97 Sirdaryo 58,3 454,5 68,2 0.9 -24,0 360,7 -58,2 -82.8 Toshkent 698,2 1 151, -

355,9

-1054,1 353,6 706,7 -

865,8

-1219.4 Farg’ona 1308,0 434,0 477,2 -830,8 911,7 979,5 1002 90.3 Xorazm 396,2 504,4 391,3 -4.9 265,9 356,3 239,3 -26.6 Toshkent shahar 9517,5 14

219,3

535,6

5018.1 7

525,4

336,7

780,9

2255.5

Manba: Surxondaryo viloyat statistika bosh boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.

Ushbu jadvaldan ko’rishimiz mumkinki, 2022- yilda kichik korxona va mikrofirmalarning moliyaviy natijasi ya’ni foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar (-)) miqdori 21 842,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bu esa 2020- yilning mos davriga nisbatan moliyaviy natijani 5878.8 mlrd. so‘mga ko‘payishiga olib keldi. Shuningdek, 2022- yilda kichik korxona va mikrofirmalarning sof foydasi (zarar (-)) miqdori 13 891,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bu esa 2020- yilning mos davriga nisbatan sof foydani 2471.6 mlrd. so‘mga ko‘payishiga olib keldi. Bundan ko’rinib turibdiki, soliqlar miqdori ko’p ekanligi, uni kamaytirib maksimal foydaga erishish mumkinligini ko’rishimiz mumkin.

Shuningdek, 2022- yil yakunlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan 429 292,7 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yoki iqtisodiyotdagi yalpi qo‘shilgan qiymatning 51,8 % i yaratilgan. Shundan 46,6 % i qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi, 11,0 % i sanoat, 9,5 % i qurilish tarmoqlari va 32,9 % i xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keldi. 2022- yilda 90,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari) tashkil etilib, ularning eng ko‘p soni savdo (38,1 %), sanoat (18,0 %), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (13,3 %), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (6,4 %), qurilish (5,3 %), tashish va saqlash (3,7 %), axborot va aloqa (2,9 %) sohalarida tashkil etildi.

Xulosa va takliflar. Iqtisodiyotni rivojlantirish borasida hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan soliq siyosatining amaliy natijasi asosan harakatdagi soliqlarni qisqarish va soddalashtirish hamda unifikatsiya qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq hisobotlarini taqdim etish holatlarini kamaytirishga hamda davlat byudjeti bilan hisob-kitoblari mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan. Mamlakatimiz tomonidan olib borilayotgan soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari yuridik va jismoniy shaxslar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishga, soliqqa tortish tizimini soddalashtirishga, soliq stavkalarini pasaytirishga, soliqqa tortiladigan ob’ektlarni maqbul darajada kamaytirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Soliq amaliyotida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini maqbullashtirish masalasi quyidagilarda namoyon bo’lishi bilan e’tiborlidir. Birinchidan, korxonalar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirish ularning o’z vaqtida va so’zsiz to’lanishi, qonunchilikka aniq rioya qilinishi bilan belgilanadi. Bunda buxgalteriya va boshqa hisobotlar shakli aniq hamda to’g’ri yuritiladi, qonunchilikka qattik rioya qilinadi. Ikkinchidan, soliq yukini optimallashtirishning yana bir shakli bu soliq to’lovchi kamroq soliq to’lash maqsadida amaldagi qonunchilik imtiyozlardan va boshqa preferentsiyalardan foydalangan holda soliq majburiyatlarini maqbullashtirishga erishishi mumkin. Soliq yukining pasaytirilishi, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoridan soliqlar shaklida byudjet ixtiyoriga olinayotgan mablag’lar bir qismining shu sub’ektlar ixtiyoriga qoldirilishini anglatadi. Bunday vaziyatda soliq yukining pasaytirilishi natijasida byudjetga borib tushmaydigan mablag’larni byudjet manfaatlari nuqtai-nazaridan qoplash masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda iqtisodchi-olimlar tomonidan soliq yukining pasaytirilishidan kutiladigan yo’qotishlarni qoplashning bir necha yo’llari taklif qilinmoqda. Shuni aytish joizki, soliq tizimida suniy tomonidan yartilgan dasturlar ishga tushadigan bo’lsa, soliq tizimi avtomatlashadi va soliq organlarining barcha tashkilotlar bilan integratsiyalashuvi ro’y beradi, ya’ni kameral soliq tekshiruvi, soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi tizimlarida ish faoliyati optimallashadi, soliq to’lovchi tadbirkorlar shuningdek jismoniy shaxslarga yengillik kiritilib, ular orasidagi ma’muriy to’siqlarga barham beriladi, shaffoflik adolatlilik tamoyili o’z ishini boshlaydi. Shu bilan birga, soliqlar va to’lovlarni soddalashtirishga katta e’tibor qaratiladi. Bu esa soliqqa tortish mexanizmlarini oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga doir korxonalar faoliyatini soddalashtirishga, shuningdek, soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat qilishga yordam beradi. Ayni paytda bu hol Respublikamizda qo’llaniladigan soliq tizimini xalqaro me’yorlar va andozalariga moslashtirishga katta etibor berilyapti.

Adabiyotlar ro’yxati

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2022-yil 22- dekabrdagi Oliy majlisga murojaatnomasi ma’ruza qismi.

2. Surxondaryo viloyat statistika bosh boshqarmasi ma’lumotlari

3. Soliqlar va soliqqa tortish: darslik / A.V. Vahobov, A.S. Jo‘rayev; Toshkent Moliya instituti, — Toshkent: Sharq, 2009. — 448 b.

4.Babaeva N.M., Begmatov X.M. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodietida investitsiyadan samarali foydalanish. “Iqtisodiet va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnal №1 2019yil.

5. www.un.int/uzbekistan/news

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.