ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Talabalarni ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida harbiy-vatanparvarlik sifatlarini tarbiyalashda zamonaviy yondashuvlar

초록

Ma’lumki, bugungi kunda ta’limning hamma yo‘nalishida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda interfaol ta’lim metodlari, ta’lim jarayonining samaradorligini ko‘paytirishga bo‘lgan diqqat e’tibor oshib bormoqda. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash, mashg‘ulotlar jarayonida talabalar egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarni oshib borishida, mustaqil ta’lim orqali o‘rganib, mantiqiy tahlil, qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari chiqarishlariga qaratilgan


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Talabalarni ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida harbiy-vatanparvarlik

sifatlarini tarbiyalashda zamonaviy yondashuvlar

Elboboyev Yashin Komil ug‘li

Nizomiy nomidagi O‘zMPU mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya: Ma’lumki, bugungi kunda ta’limning hamma yo‘nalishida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda interfaol ta’lim metodlari, ta’lim jarayonining samaradorligini ko‘paytirishga bo‘lgan diqqat e’tibor oshib bormoqda. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash, mashg‘ulotlar jarayonida talabalar egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarni oshib borishida, mustaqil ta’lim orqali o‘rganib, mantiqiy tahlil, qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari chiqarishlariga qaratilgan.

Tayanch so‘zlari: Global, mafkuraviy, g‘oya, zamonaviy, raqobat, bilim, innovatsion, texnalogiya.

Globalizatsiya, axborot urushi, madaniy bosim va mafkuraviy raqobat kuchaygan sharoitda yoshlarni milliy g‘oya, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi dolzarb ilmiy-pedagogik yo‘nalishlardan biriga aylandi. Zamonaviy ta’lim tizimi yosh avlodni nafaqat bilimli, balki Vatan manfaatiga sodiq, ma’naviy yetuk, fuqarolik mas’uliyatiga ega shaxs sifatida shakllantirishni talab etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, harbiy xizmatga tayyorlash konsepsiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar strategiyasida ham ushbu yo‘nalish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan.

Ma’lumki, bugungi kunda ta’limning hamma yo‘nalishida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda interfaol ta’lim metodlari, ta’lim jarayonining samaradorligini ko‘paytirishga bo‘lgan diqqat e’tibor oshib bormoqda. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash, mashg‘ulotlar jarayonida talabalar egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarni oshib borishida, mustaqil ta’lim orqali o‘rganib, mantiqiy tahlil, qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari chiqarishlariga qaratilgan. Vatanparvarlikni tushunishga zamonaviy fanda mavjud bo‘lgan yondashuvlarni tadqiqotlarda ajratib ko‘rsatilgan jiddiy farqlar bo‘yicha quyidagilarga farqlash mumkin.

birinchidan, vatanparvarlik yosh davrlarda ya’ni, bolalik yoshidayoq namoyon bo‘ladigan psixologik, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy tajribada va oilada kurtak otadigan va rivojlanadigan hamda yillar davomida sayqal topadigan oliy his-tuyg‘ular majmui sifatida ko‘rib chiqiladi;

ikkinchidan, vatanparvarlik Vatan farovonligi yo‘lida amalga oshiriladigan qadriyatlar, sadoqatlilik xatti-harakatlari asosidagi faol ijtimoiy faoliyatning namoyon bo‘lishi sifatida tushuniladi;

uchinchidan, vatanparvarlik insonning jamiyatda mavjudligi jamiyat va tevarak olamda rivojlanishi va kamolga yetishining manbai sifatida tug‘ilib o‘sgan makonidan iborat bo‘lgan tarixiy ijtimoiy hodisa sifatida harakterlanadi;

to‘rtinchidan, sharqona Vatanparvarlikning tarixan shakllangan mafkuraviy xususiyatlari davlatchilik, ijtimoiy jipslik va adolat tamoyillaridir;

beshinchidan, asl vatanparvarlikning shakllantiruvchi xususiyati sifatida madaniyatli inson, vatanparvarlikning qadriyatli motivatsion negizi yuzaga chiqadi, buning asl mohiyati ma’naviy yetuklikda bo‘lib axloqiy tarbiya o‘z Vatani va ona yurtiga beg‘araz xizmat qilishda, jonbozlik fidoiylik, javobgarlik yuqori mas’uliyat hissini anglashda, shaxsning jamiyatdagi bosh maqsad vazifalari tomon og‘ishmay intilishiga xizmat qiladi.

Pedagoglar tarkibi o‘quv jarayonida talabalar, kichik guruh, guruh va jamoaning rivojlanishi, bilim va tarbiya olishiga juda qulay sharoit yaratib, liderlik, tashabbuskorlik vazifalariga ega bo‘ladi.

Sh.Durmenov talabalarni harbiy vatanparvarlik yo‘nalishida tarbiyalashning asosiy jihatlariga to‘xtalar ekan: “Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining bosh vazifasi mustaqil, o‘z yo‘lidan rivojlanayotgan, Vatanni himoya qilish uchun tayyorlikni ta’minlaydigan fikr, ishonchi dunyoqarashni shakllantirish, unga bor kuchni kerak bo‘lsa o‘z hayotini ham berish, bo‘lajak jangchilar ma’naviyjangovar xislatlarini tarbiyalash deb ifodalab o‘tgan . Mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs Vatan himoyachisini tarbiyalashdan iboratdir.

Faylasuf olim E.Yusupovning fikricha qadriyat bu-inson yoki jamiyatning u yoki bu extiyojini qondiradigan va ular manfaatiga xizmat qiladigan moddiy, ma’naviy ehtiyoj va manfaatdır. Umuman qadryatlar jamiyat xayotining tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan o‘tmishda, xozirgi kunda va kelajakda ham ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyotga ta’sir etadigan kishilar ongiga singib, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy va ma’naviy boylikdir [68].

Pedagog olim Sh.Mardonov tushunchaning mohiyatini quyidagicha izohlaydi: “Qadriyatlar shaxsga ilmiy nazariy bilimlarni berish, unda yuksak ma’naviy axloqiy sifatlarni tarbiyalash, uning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishishida muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi obyektiv va subyektiv omillar majmuasidir.

Milliy qadriyatlar xalqimizning azaliy an’analari, udumlari, ona-tili, ruhiyatiga asoslanib , ertangi kuniga ishonch uyg‘otadi” .

B.Mirkomilov fikricha qadriyat insoniyat xayotining tarkibiy unsurlaridan biri bo‘lib, u moddiy va ma’naviy omillarning ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi ahamiyatliligi insonlar tomonidan qadrlanishini ifoda etadi .

U.Shobduraximova fikricha jismonan sog‘lom, ruhan va aqliy jihatdan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy nuqtai nazarga ega talabalarni tarbiyalash, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faollaligini oshirish hamda vatanparvarlik sifatlarini rivojlantirish asosiy omillardan sanaladi .

V.Raximov fikricha zamonaviy sharoitda talabalarning qadr-qimmati kelajakdagi mutaxassisning kasbiy fazilatlarini shakllantirish jarayoniga va uning kelajakdagi kasbiga sezirarli ta’sir ko‘rsatadi. Qadriyatlar insonning tashqi voqeligini uning ehtiyojlari bilan bog‘lash natijasida paydo bo‘ladi va voqelikka shaxsiy hamda guruhiy munosabatni baholashni ifodalaydi .

Mamlakatimizning kuch qudrati manbai ham uning milliy qadriyatlarga sodiqligidur .

Ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va harbiy vatanparvarlik tushunchalari bir biri bilan bog‘liq holda quyidagicha shakllanadi;

- tarixiy meroslardan foydalangan holda buyuk ajdodlarimizni qahramonlik namunalarini o‘rgatish orqali o‘z yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirish;

- harbiy sohada, yurt uchun fidoiy bo‘lish, Ona-Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, yuksak mas’uliyat va javobgarlik, halollik, mas’uliyat, adolat, sabr-toqat, kamtarlik kabi axloqiy fazilatlar va muhim xususiyatlarga ega bo`lish;.

Ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida harbiy vatanparvarlik tayyorgarligining maqsadi OTM pedagogika yo‘nalishidagi talabalarning yuqori darajada harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyasi mazmunini amalga oshirishdan iborat:

-talabalarni ma’naviy - axloqiy qadriyatlar asosida harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlashga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga chorlovchi, birlashtiruvchi g‘oyalarni rivojlantirish;

-talabalarning shaxsiy sifatlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan psixologik tayyorgarlikka qo‘yilgan maqsadlarga erishishga imkon berish;

-berilgan topshiriqlarni ijro etishda muhim bo‘lgan, mashg‘ulotlari va vatanparvarlik to‘garaklaridan foydalanish usullarini egallash bilan bog‘liq bo‘lgan tayyorgarlik;

-sog‘liqni mustahkamlash, jismonan rivojlanish, gigiyena me’yorlari bilan yaqindan tanishishga qaratilgan tayyorgarlik;

- vatanparvarlik darslarining o‘ziga bog‘likligi to‘g‘risidagi asosiy tasavvurlar tizimini ifoda etuvchi boshlang‘ich tayyorgarlik[140].

Vatanparvarlik tayyorgarligi bosqichlarini talabalarni o‘qitish xususiyatlariga ko‘ra ajratdik. OTM talabalarining o‘qitish vatanparvarlik bo‘yicha darslar tashkil etiladi va vatanparvarlik darslarini mukammal egallaydilar . Talabalarni vatanparvarlik ruhida tayyorlashda ikki bosqichga ajratdik, ulardan har birida ma’naviy, psixologik, bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

Adabiyotlar ro‘yxati 1. Umarov M.X. “Talabalarning harbiy- vatanparvarlik tarbiyasi” nomli qo‘llanmasi. 28.70. 2. Axatov S.A. “Chaqiriqqacha yoshlarda harbiy vatanparvarlik tarbiyasi tushunchalarini shakillantirish “T. 2003-yil 3. Yoqubov A “O‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish” Diss.Avtoref.: T-2022. 4. Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. - Toshkent: Universitet, 1998. - B. 148-164. 30.76. 5. Tolipov O‘, Ro‘zieva D. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.: “Innova- Ziyo”.:T2019 y, 16 bet. 6. O‘sarova F.X Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yurt tinchligi g‘oyasining o‘rni // Milliy istiqlol g‘oyasi va armiya. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent:2004. 4.10. 7. Sh.Tilavoldiyev. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi asoslari fanidan ma’ruzalar matni. Farg‘ona. 2001-yil. 8. Shermatov F, A.Beknazarov “Jangovar stress va uning psixologik oqibatlari” nomli o‘quv qo‘llanmasi. 74. 9. O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan.- T: O‘zbekiston”, 1995, 225-b.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.