ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Ta’lim tizimidagi islohotlar va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining hozirgi zamon talablari asosida davlat oliy ta’lim muassasalari bilan raqobatdoshligi.

초록

Mazkur maqolada bugungi kunda oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining hozirgi zamon talablari asosida davlat oliy ta’lim muassasalari bilan raqobatdoshligini oshirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, oliy taʼlim muassalariga moliyaviy mustaqillik berish istiqbollari tahlil qilingan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Ta’lim tizimidagi islohotlar va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining hozirgi

zamon talablari asosida davlat oliy ta’lim muassasalari bilan raqobatdoshligi.

Nosirov Amirxon Bahodir o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik

fakulteti tyutori

Annotatsiya

Mazkur maqolada bugungi kunda oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining hozirgi zamon talablari asosida davlat oliy ta’lim muassasalari bilan raqobatdoshligini oshirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, oliy taʼlim muassalariga moliyaviy mustaqillik berish istiqbollari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: nodavlat oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy mustaqillik, хalqaro akkreditatsiya, litsenziya.

Bugungi kunda nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va o‘quv-metodik ta’minot yuzasidan raqobat har doimgidanda kuchliroq namoyon bo‘lmoqda. Raqobat bor joyda dolimo rivojlanish bo‘lganidek, ta’lim sifati ham o‘zaro raqobat jarayonida kundan kunga yaxshilanib bormoqda. Shuning uchun raqobat jarayoninig erkin va oshkora namoyon bo‘lishini muhim sanaladi. Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Ushbu farmonga asosan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 1-ilovasiga muvofiq quyidagilar nazarda tutilgan:

 Oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish;

 O‘zbekiston Milliy Universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;

 Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;

 Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kreditmodul tizimiga o‘tkazish;

 Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichmabosqich o‘tish;

 Oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish1 kabi muhim vazifalar ilgari surilgan.

Bundan tashqari Prezidentimizning 03.07.2023 yildagi “Ma’muriy islohotlar tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-200-son qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra Oʻzbekistonda oliy ta’lim dasturlari yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari dasturlari asosida qayta koʻrib chiqiladi. Shuningdek, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maхsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

 kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4 yilda ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;

 litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklariga belgilangan tartibda koʻchirish huquqi beriladi.

Ta’lim dasturlarini хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi. Jumladan: 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son

 хalqaro reyting tashkilotlarining amaldagi roʻyхatida birinchi 1 000 talikka kirgan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi;

 reyting ta’lim tashkilotining faoliyati va ta’lim jarayoniga aralashmagan holda ma’lumotlarni aхborot tizimi orqali olish yoʻli bilan yuritiladi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab:

 reyting davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari boʻyicha umumiy aniqlanadi;

 soʻnggi besh yil davomida reytingda birinchi 10 talik oʻrinni egallagan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab:

 nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;

 oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:

 akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

 kollej va teхnikumlarning ta’lim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;

 startap loyihasini hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;

 oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korхonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

 oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi. Abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

 umumta’lim fanlari boʻyicha хalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi.

Oliy ta’limda olib borilayotgan islohotlarning yaqqol misoli sifatida 2022 yilning o‘zida 35 ta OTMga moliyaviy mustaqillik berildi va yil mobaynida ularning soni 41 taga yetdi. Yana muhim vakolatlardan biri OTM strategik rejalarini tuzish. Bulardan tashqari moliyaviy masalalardagi vakolatlar ham bor. Kvotalar masalasi ham xuddi shunday mustaqil tarzda hal qilinyapti. Bosqichma-bosqich boshqa OTMga ham bunday vakolatlar berish ko‘zda tutilgan. 2026-yilgacha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish. 2022-yilda Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tashkil etish orqali ularning jami sonini 34 taga yetkazish. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta nufuzli mahalliy va xorijiy oliygohlarning filiallarini hamda Toshkent viloyatida 5 ming nafar talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universitetini tashkil etish. Andijon viloyatida 4 ta xususiy oliygoh tashkil etish. Natijada hududdagi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrovini 23 foizdan 50 foizga yetkazish. Namanganda kelgusi 5 yilda 7 ta oliygoh tashkil etib, jami oliy o‘quv yurtlari sonini 10 taga yetkazish. Samarqand shahrida 20 ming nafar talabaga mo‘ljallangan “Yoshlar shaharchasi”ni barpo etib, unda kamida 4 ta xorijiy universitetning filial va kampuslarini joylashtirish. Xorijiy davlatlarning yetakchi texnika universiteti bilan birgalikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish. Urganch davlat universiteti qoshida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika markazi va jamg‘armasini, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali va uning qoshida Urganch boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatini tashkil etish. 2026- yilga qadar respublika hududlarida kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali ularning sonini 50 taga yetkazish2 belgilangan bo’lib amalda ularning soni 2023-yildayoq ularning soni 64 taga yetgazilgani islohotlar natijasi zamirida deyish mumkin.

Nodavlat oliy ta’limini tubdan rivojlantirish hamda ta’lim sifatini taminlash maqsadida shoshma shosharlik va ko‘r ko‘ronalikka yo‘l qo‘ymaslik lozim. Darhaqiqat son jihatdan ustunlikka erishish sifat unutilishi kerak degani emas. Bunga misol tariqasida “VALLEY INNOVATIVE UNIVERSITY” MCHJga nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan litsenziyasi bekor qilindi. Fargʻona 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 17-iyuldagi hal qiluv qarori bilan “VALLEYINNOVATIVE UNIVERSITY” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022- yil 13-dekabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 053546-sonli litsenziya bekor qilindi. Boʻlib oʻtgan sud majlisi muhokamalarida oliy taʼlim tashkiloti faoliyatida aniqlangan qoʻpol qoidabuzarliklar sudga taqdim etilgan asosli hujjatlar bilan oʻz isbotini topdi. Nodavlat taʼlim sohasida umumiy va alohida litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etishda qator qoʻpol qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyganligi aniqlandi. Jumladan:

1) mazkur oliy taʼlim tashkilotining litsenziyada koʻrsatilgan foydalanish uchun ajratilgan bino-inshootlari muassislarga mulk huquqi yoki ijara shartnomasi asosida tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emas;

2) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining HEMIS axborot tizimiga taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisida toʻgʻri va toʻliq maʼlumotlar kiritilmagan;

3) vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda yoshlar masalalari va maʼnaviymaʼrifiy ishlar bilan shugʻullanadigan rektor maslahatchisi shtat birligi joriy etilmagan;

4) taʼlim tashkilotining bankdagi hisob varagʻida 150 ming AQSH dollari yoki shu miqdor ekvivalentdagi mablagʻ mavjud emas;

5) 60 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona va 20 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborotresurs markazi tashkil etilmagan;

6) taʼlim oluvchilar har bir fandan oʻquv adabiyotlari (darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari) bilan taʼminlanmaganligi aniqlandi3.

Bundan tashqari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan nodavlat oliy taʼlim muassasalari tashkil etish faoliyatini litsenziyalash bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar tahlil qilindi. Tahlillar davomida ushbu yo‘nalishda masʼul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalar samarali amalga oshirilmayotgani, normativ-huquqiy bo‘shliqlar va boshqa korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyil bo‘lgan holatlar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, 2022-yil va 2023-yilning o‘tgan davri davomida faoliyati litsenziyalangan 65 ta nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan 38 tasiga litsenziya berishda 82 ta holatda turli kamchilik va qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, 22 ta holatda talabgorlarga davlat yong‘in 3 https://oliygoh.uz/post/bir-xususiy-oliygoh-litsenziyasi-bekor-qilindi nazorati va sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining tegishli xulosalari olinmagan holda litsenziya berilgan. Shuningdek, nodavlat taʼlim xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan talabgorlar tomonidan qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq elektron tizimga o‘quv reja va fan dasturlari to‘liq yuklanmagan yoki umuman yuklanmagan bo‘lsa-da, ularga litsenziyalar berib kelingan. Tahlil yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan nodavlat oliy taʼlim muassasalarini tashkil etish faoliyatini litsenziyalash sohasida mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi4.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda har bir mamlakat raqobatbardoshligi avvalo, uning ta’lim va fan darajasiga bog‘liq. Iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining zamonaviy holati inson faoliyatining kasbiy va kasbiy tayyorgarlik sifati darajasiga har qachongidan ham ko’proq talablar qo‘ymoqda. Zamonaviy xodimning ma’lum bir ish faoliyatiga moslik darajasini baholash borasidagi talablar doimiy ravishda o’zgarib va kuchayib bormoqda. Bunda “Kasbiy kompetentlik” sifatida uning nafaqat kasbiy bilimlari, malaka va ko’nikmalari, balki mantiqiy fikrlashi, tashabbuskorligi, uddaburonligi, guruhda ishlash va hamkorlik qilishga bo’lgan qobiliyati, ma’lumotliligi va boshqa sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Nodavlat oliy ta’lim muassasalarining tizimdagi kamchiliklarnianiqlash va ularni keyinchalik yo'q qilish, shuningdek, ularning rivojlanish potentsiali va yo'llarini aniqlash uchun ba'zi omillarning boshqalarga ta'siri mezonlarini belgilashga imkon beradi. Bularning barchasi ta'lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish yo'nalishlarini ishlab chiqishga imkon beradi. 4 https://anticorruption.uz/uz/item/2023/08/17/nodavlat-oliy-talim-muassasalari-faoliyatini-litsenziyalash-bilanbogliq-korrupsiyaviy-xavf-xatarlarni-bartaraf-etish-boyicha

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.